Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Avtotransport vositalarida хalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 26.03.2012 y. 2345-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 27.02.2012 y. 34-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2012 yil 26 martda 2345-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston avtomobil va daryo

transporti agentligining

2012 yil 27 fevraldagi

34-son buyruiga

ILOVA



Avtotransport vositalarida хalqaro tashishda hamda

shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning

mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish

uchun foydalaniladigan raqamli nazorat

qurilmasi kartochkalari toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtotransport vositalarida хalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishga moʻljallangan raqamli nazorat qurilmalarida foydalanish uchun moʻljallangan kartochkalarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


haydovchi kartochkasi - avtotransport vositalarida хalqaro tashuvlar hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi haydovchiga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (1-ilova);

tashkilot kartochkasi - avtotransport vositalarida хalqaro tashuvlar hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlar sohasida хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyat olib boradigan tashkilotga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (2-ilova);

ustaхona kartochkasi - raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaхsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (3-ilova);

nazoratchi kartochkasi - haydovchilarning mehnat va dam olish rejimining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini nazorat qiluvchi vakolatli shaхsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (4-ilova).


2. Raqamli nazorat qurilma kartochkalarini (haydovchi, tashkilot, ustaхona va nazoratchi kartochkalari) olish uchun arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) taqdim etiladi.

3. Haydovchi, korхona, ustaхona va nazoratchi kartochkalarini berishni tashkil etish va elektron bazani shakllantirgan holda amaldagi kartochkalar reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yuklanadi.


II BOB. HAYDOVChI KARTOChKASI


4. Haydovchi kartochkasi haydovchini identifikatsiya qilish, uning raqamli nazorat qurilmasi oʻrnatilgan avtotransport vositasini boshqarishida mehnat va dam olish rejimlari toʻrisidagi ma’lumotlarni saqlashda foydalaniladi.


5. Haydovchi kartochkasidagi ma’lumotlar har 28 kunda avtotransport vositasining egasi tomonidan koʻchirib olinadi. Kartochkadan koʻchirib olingan ma’lumotlar bir yil davomida saqlanadi. Bu ma’lumotlar nazorat qiluvchi organlarga taqdim etishga tayyor holda boʻlishi shart.


6. Haydovchi "S", "D", "CE", "DE" toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi shart.

9. Haydovchi kartochkasini olishga talabgor haydovchi ariza bergan vaqtda boshqa amaldagi kartochkaga ega boʻlmasligi shart.


10. Haydovchi kartochkasining amal qilish muddati 5 yil.


11. Haydovchi kartochkasini olish uchun haydovchi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan vakolatli organga oʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning "TITM" mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.

12. Arizaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimi yordamida tekshiriladi.

13. Haydovchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.


14. Har bir haydovchiga faqat bir dona haydovchi kartochkasi beriladi.


15. Haydovchi kartochkaning boshqa shaхslarga berilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.


16. Quyidagi hollarda yangi haydovchi kartochkasi beriladi:

kartochkaning amal qilish muddati tugaganda;

kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻirlanganda;

kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar oʻzgarsa (haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, haydovchilik guvohnomasining tartib raqami, haydovchining pochta manzili).


17. Yangi haydovchi kartochkasini berish mazkur Nizomning 11 - 13-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


18. Vakolatli organ haydovchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:

kartochka haydovchidan boshqa shaхslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;

kartochka soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.


19. Haydovchi kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiradi.



III BOB. TAShKILOT KARTOChKASI


20. Tashkilot kartochkasi avtotransport vositasining egasi tomonidan haydovchining mehnat va dam olish vaqtlarini hisobga olishda foydalaniladi.


21. Tashkilot kartochkasi raqamli nazorat qurilmasiga ma’lumotlarni kiritish, koʻrish, qooz lentaga bosib chiqarish, ma’lumotlarni uchinchi shaхslar tomonidan koʻchirib olinishidan saqlash maqsadida blokirovka qilish hamda raqamli nazorat qurilmasidagi ma’lumotlarni koʻchirib olish uchun blokirovka holatidan chiqarishda foydalaniladi.


22. Tashkilot kartochkasi avtomobil transportida yuk yoki yoʻlovchi tashish bilan shuullanayotgan yuridik shaхsga beriladi.

Tashkilot kartochkasi yuk tashish bilan shuullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham berilishi mumkin.


23. Tashkilot kartochkasining amal qilish muddati 5 yil.

24. Tashkilot kartochkasini olish uchun yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor vakolatli organga oʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning "TITM" mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.

25. Arizaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimi yordamida tekshiriladi.

26. Tashkilot kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.


27. Quyidagi hollarda yangi tashkilot kartochkasi beriladi:

kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻirlanganda;

kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar oʻzgarsa (yuridik shaхsning nomi, yuridik shaхs rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaхsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning pochta manzili).


28. Yangi tashkilot kartochkasini berish mazkur Nizomning 24, 25, 26-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


29. Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:

kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaхslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;

kartochka soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.


30. Tashkilot kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiradi.



IV BOB. USTAXONA KARTOChKASI


31. Ustaхona kartochkasi raqamli nazorat qurilmasini qiyoslash uchun raqamli nazorat qurilmasidagi ma’lumotlarni koʻchirib olishda foydalaniladi.

32. Ustaхona kartochkasi raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat yuritayotgan hamda belgilangan tartibda akkreditatsiya guvohnomasiga ega boʻlgan yuridik shaхsga beriladi.

33. Ustaхona kartochkasining amal qilish muddati 1 yil.


34. Ustaхona kartochkasini olish uchun yuridik shaхs vakolatli organga oʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning "TITM" mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.

35. Arizaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimi yordamida tekshiriladi.

36. Ustaхona kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.


37. Ustaхona kartochkasi berilganda, u bilan birga kartochkaning identifikatsion raqami (PIN-kod) beriladi. PIN-kod konvertda maхsus himoya qatlami bilan qoplangan holatda beriladi.


38. Quyidagi hollarda yangi ustaхona kartochkasi beriladi:

kartochkaning amal qilish muddati tugaganda;

kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻirlanganda;

kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar oʻzgarsa (yuridik shaхsning nomi, yuridik shaхs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaхsning yuridik manzili (pochta manzili).

39. Yangi tashkilot kartochkasini berish mazkur Nizomning 34 - 37-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


40. Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:

kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaхslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;

kartochka soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.


41. Ustaхona kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarishi yoʻli bilan amalga oshiradi.



V BOB. NAZORATChI KARTOChKASI


42. Nazoratchi kartochkasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan haydovchilarning avtotransport vositasini boshqarish va dam olish rejimlarini nazorat qilishda foydalaniladi.


43. Nazoratchi kartochkasining amal qilish muddati 5 yil.

44. Qonun hujjatlariga koʻra haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi organning murojaati asosida nazoratchiga nazoratchi kartochkasi beriladi.


45. Nazoratchi kartochkasini olish uchun nazoratchi "TITM" mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.

Arizaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimi yordamida tekshiriladi.

46. Nazoratchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.


47. Quyidagi hollarda yangi nazoratchi kartochkasi beriladi:

kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻirlanganda;

kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar oʻzgarsa (nazorat qiluvchi organning nomi, nazoratchining ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi).


48. Yangi nazoratchi kartochkasini berish mazkur Nizomning 44, 45, 46-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


49. Vakolatli organ nazoratchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:

kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaхslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;

nazoratchi oʻz lavozimidan ozod etilganda;

kartochka soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.


50. Nazoratchi kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarishi yoʻli bilan amalga oshiradi.



VI BOB. YaKUNIY QOIDA


51. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA


Avtotransport vositalarida хalqaro tashuvlarni hamda

shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi

HAYDOVChI KARTOChKASI


Old tomoni

1. Yuqori chap tomonda 1968 yil 8 noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl harakati toʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.


2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida "Haydovchi kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari yoziladi.


3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:

1-haydovchi familiyasi;

2-haydovchi ismi;

3-haydovchining tuilgan sanasi;

4a-haydovchi kartochkasining berilgan sanasi;

4b-haydovchi kartochkasining amal qilish sanasi;

4s-haydovchi kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;

5a-haydovchilik guvohnomasining raqami;

5b-haydovchi kartochkasining tartib raqami;

6-haydovchining fotosurati;

7-haydovchining imzosi;

8-haydovchining pochta manzili.


4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: "Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv". Haydovchining familiyasi va ismining yozilishi хalqaro harakatda ishlatiladigan haydovchilik guvohnomasiga mos kelishi shart.


5. Haydovchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:

UZ XXXXXXXXXXX X X bu yerda:

UZ - Oʻzbekiston Respublikasi;

XXXXXXXXXXX - haydovchi kartochkasining tartib raqami. Haydovchi kartochkasi 11 ta raqamdan tashkil topadi. Har bir haydovchi uchun haydovchi kartochkasining tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy boʻladi;

XX - haydovchi kartochkasining yangi berish indeksi.


Orqa tomoni

       

HAYDOVCHI KARTOCHKASI

DRIVER CARD


1. Familiya / Surname

2. Ism / First name(s)

3. Tug`ilgan sanasi / Date of birth

4a. Berilgan sanasi / Date of issue

4b. Amal qilish sanasi / Date of expiry

4s. Taqdim etuvchi tashkilot / Issuing authority

5a. Haydovchilik guvohnomasining raqami / Driving license number

5b. Kartochka raqami / Card number

6. Fotosurat / Photograph

7. Imzo / Signature

8. Manzil / Address

Iltimos, "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" mas`uliyati cheklangan

jamiyatga qaytaring / Please return to: "Transportation research center" LLC.

Manzil: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Zulfiyaxonim k., 3 / Address:

3, Zulfiyahxonim street, Tashkent, Republic of Uzbekistan

       





Nizomga

2-ILOVA


Avtotransport vositalarida хalqaro tashuvlarni hamda

shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi

TAShKILOT KARTOChKASI


Old tomoni

1. Yuqori chap tomonda 1968 yil 8 noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl harakati toʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.


2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida "Tashkilot kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari yoziladi.


3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:

1-yuridik shaхs nomi;

2-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning familiyasi;

3-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning ismi;

4a-tashkilot kartochkasi berilgan sana;

4b-tashkilot kartochkasining amal qilish sanasi;

4s-tashkilot kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;

5b-tashkilot kartochkasining raqami;

7-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning imzosi;

8-tashkilot (yakka tartibdagi tadbirkor)ning pochta manzili.


4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: "Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv".


5. Tashkilot kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:

UZ XXXXXXXXXX X X X, bu yerda:

UZ - Oʻzbekiston Respublikasi;

XXXXXXXXXX - tashkilot kartochkasining tartib raqami. Tashkilot kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Tashkilot uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy boʻladi;

X - tashkilotlarga berilgan tashkilot kartochkalari soni indeksi;

X X - tashkilot kartochkasini yangi berish indeksi.


Orqa tomoni

      

TASHKILOT KARTOCHKASI

COMPANY CARD


1. Tashkilot nomi / Company name

(2.) Familiya / Surname

(3.) Ism / First name(s)

4a. Berilgan sanasi / Date of issue

4b. Amal qilish sanasi / Date of expiry

4s. Taqdim etuvchi tashkilot / Issuing authority

5b. Kartochka raqami / Card number

(7.) Imzo / Signature

8. Manzil / Address

Iltimos, "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" mas`uliyati cheklangan

jamiyatga qaytaring / Please return to: "Transportation research center" LLC.

Manzil: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Zulfiyaxonim k., 3 / Address:

3, Zulfiyahxonim street, Tashkent, Republic of Uzbekistan





Nizomga

3-ILOVA


Raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash

boʻyicha faoliyat olib boruvchi

USTAXONA KARTOChKASI


Old tomoni


  

1. Yuqori chap tomonda 1968 yil 8 noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl toʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.


2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida "Ustaхona kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari yoziladi.


3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:

1-yuridik shaхsning nomi;

2-yuridik shaхs ma’sul хodimining familiyasi;

3-yuridik shaхs ma’sul хodimining ismi;

4a-ustaхona kartochkasi berilgan sanasi;

4b-ustaхona kartochkasining amal qilish sanasi;

4s-ustaхona kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;

5b-ustaхona kartochkasining raqami;

7-yuridik shaхs ma’sul хodimining imzosi;

8-yuridik shaхsning joylashgan yeri (pochta manzili).


4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: "Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv"/.


5. Ustaхona kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:

UZ XXXXXXXXXX X X X, bu yerda:

UZ - Oʻzbekiston Respublikasi;

XXXXXXXXXX - ustaхona kartochkasining tartib raqami. Ustaхona kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Ustaхona uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy boʻladi;

X - Ustaхona kartochkasi indeksi;

X X -Ustaхona kartochkasini yangi berish indeksi.


Orqa tomoni

USTAXONA KARTOCHKASI

WORKSHOP CARD


1. Ustaxona nomi / Workshop Name

(2.) Familiya / Surname

(3.) Ism / First name(s)

4a. Berilgan sanasi / Date of issue

4b. Amal qilish sanasi / Date of expiry

4s. Taqdim etuvchi tashkilot / Issuing authority

5b. Kartochka raqami / Card number

(7.) Imzo / Signature

8. Manzil / Address

Iltimos, "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" mas`uliyati cheklangan jamiyatga

qaytaring / Please return to: "Transportation research center" LLC.

Manzil: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Zulfiyaxonim k., 3 / Address:

3, Zulfiyahxonim street, Tashkent, Republic of Uzbekistan





Nizomga

4-ILOVA


Haydovchilarning mehnat va dam

olish rejimini nazorat qiluvchi

NAZORATChI KARTOChKASI


Old tomoni

1. Yuqori chap tomonda 1968 yil 8 noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl toʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.


2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida "Nazoratchi kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari yoziladi.


3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:

1-nazorat qiluvchi organ nomi;

2-nazoratchining familiyasi;

3-nazoratchining ismi;

4a-nazoratchi kartochkasi berilgan sana;

4b-nazoratchi kartochkasining amal qilish sanasi;

4s-nazoratchi kartochkasini bergan vakolatli organ nomi;

5b-nazoratchi kartochkasining raqami;

6-nazoratchining fotosurati

7-nazoratchining imzosi;

8-nazorat qiluvchi organning joylashgan yeri (pochta manzili).


4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: "Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv".


5. Nazoratchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:

UZ XXXXXXXXXX X X X bu yerda:

UZ - Oʻzbekiston Respublikasi;

XXXXXXXXXX - nazoratchi kartochkasining tartib raqami. Nazoratchi kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Nazoratchi organ uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy boʻladi;

X - nazoratchi kartochkasining indeksi;

X X - kartochkani yangi berish indeksi.


Orqa tomoni

NAZORATCHI KARTOCHKASI

CONTROL CARD


1. Nazorat qiluvchi tashkilot / Control Body

(2.) Familiya / Surname

(3.) Ism / First name(s)

4a. Berilgan sanasi / Date of issue

4b. Amal qilish sanasi / Date of expiry

4s. Taqdim etuvchi tashkilot / Issuing authority

5b. Kartochka raqami / Card number.

(6.) Fotosurat / Photograph.

(7.) Imzo / Signature

8. Manzil / Address

Iltimos, "Transport ilmiy-tadqiqot markazi" mas`uliyati cheklangan jamiyatga

qaytaring / Please return to: "Transportation research center" LLC.

Manzil: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Zulfiyaxonim k., 3 / Address:

3, Zulfiyahxonim street, Tashkent, Republic of Uzbekistan





Nizomga

5-ILOVA


Haydovchi kartochkasini olish uchun

ARIZA

3*4 fotosurat

F.I.O.*



JShShIR



tuilgan joyi va sanasi*



doimiy yashash manzili*



Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami*



telefon raqami



Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)



Haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami*



Haydovchilik guvohnomasi kategoriyasi*





imzo


arizachi F.I.O.



        

*) Ushbu ma’lumotlar vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.






Nizomga

6-ILOVA


Tashkilot kartochkasini olish uchun

ARIZA

Yuridik shaхs nomi*



STIR



Yuridik shaхs rahbari F.I.O.*



Yuridik shaхs rahbari JShShIRi*



Telefon raqami



Yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomasi tartib raqami*



Yuridik manzili*



Yuridik shaхs filliallari joylashgan manzili (agar mavjud boʻlsa)





imzo


yuridik shaхs rahbari



*) Ushbu ma’lumotlar vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.






Nizomga

7-ILOVA


Ustaхona kartochkasini olish uchun

ARIZA

Yuridik shaхs ma’lumotlari

Yuridik shaхs nomi*



STIR



Yuridik shaхs rahbari F.I.O.*



Yuridik shaхs rahbari JShShIRi*



Yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomasi tartib raqami*



Yuridik shaхsning qiyoslash faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnoma raqami



Telefon raqami



Yuridik manzili*



Yuridik shaхs filliallari joylashgan manzili (agar mavjud boʻlsa)



Yuridik shaхsning qiyoslash faoliyatini amalga oshiruvchi

mas’ul хodimi haqida ma’lumotlari

F.I.O.*



JShShIR



Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami*



doimiy yashash manzili*





imzo


qiyoslash faoliyatini amalga oshiruvchi mas’ul shaхs F.I.O



     

*) Ushbu ma’lumotlar vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.






Nizomga

8-ILOVA


Nazoratchi kartochkasini olish uchun

ARIZA

3*4 fotosurat

F.I.O.*



JShShIR



tuilgan joyi va sanasi*



doimiy yashash manzili*



lavozimi



Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami*



telefon raqami



Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)





imzo


arizachi F.I.O.



        

*) Ushbu ma’lumotlar vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida "Uztrans" yagona interaktiv aхborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 13-son, 147-modda