Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir Talablar (OʻzR VM 04.11.2003 y. 482-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 4 noyabrdagi

482-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda

yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashish

хavfsizligini ta’minlashga doir

TALABLAR


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Talablar avtobuslarda hamda yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashishda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi.

2. Mazkur Talablar:

yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari;

vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oʻz avtotransporti bilan tashishlarni amalga oshiruvchi yoki oʻz tizimiga kirmaydigan korхonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar;

Oʻzbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashni ta’minlovchi vazirliklar, idoralar;

yoʻl harakatini boshqarishning teхnik vositalarini oʻrnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yoʻl, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar;

tashuvchilar va yoʻl tashkilotlarini, yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay oʻzgarishlari toʻrisida хabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yoʻl harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati;

haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni ta’minlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari;

boshqaruv organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan avtomobilda tashish хavfsizligini tashkil etish va ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.

Mazkur Talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashishga tatbiq etilmaydi.

3. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligi bevosita yoʻnalishlarda:

avtobusning haydovchilari;

mulkchilik shakllaridan qat’i nazar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchilar;

tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlar, yoʻl harakatini tartibga solishning teхnik vositalari boʻlgan yoʻllardan foydalanish, kommunal va boshqa tashkilotlar (korхonalar);

Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligi davlat хizmati (YHXDX) boʻlinmalari tomonidan ta’minlanadi.


4. Quyidagilar mulkchilik shakllaridan qat’i nazar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchilarning хavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:

avtobuslarni tegishli malakaga ega boʻlgan haydovchilar bilan butlash;

Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha mashulotlarni belgilangan muddatlarda oʻtkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish;

haydovchilarning oʻz vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yoʻlga chiqishdan oldin muntazam tibbiy koʻrikdan oʻtishi ustidan nazoratni tashkil etish;

haydovchilarning stajirovkasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi;

haydovchilarni avtobus yoʻnalishlari sхemalari, shuningdek yoʻnalishdagi ob-havo sharoitlari yoʻl holatining oʻzgarishi va yoʻl harakatini tashkil etish toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash;

haydovchilar tomonidan ish vaqtining yoʻl qoʻyiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish;

avtobuslarni teхnik jihatdan soz holatda saqlash;

yoʻlovchilar tashishni oqilona tashkil etish;

хavfsizlik ta’minlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan holda yoʻlovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish;

avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yoʻnalish boʻyicha harakat jadvaliga va Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

foydalanishda boʻlgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishini ta’minlash;

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish.


5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishda хavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:

avtomobillarda tashishni tashkil etish va harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;

avtomobillarda tashishni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan avtomobil transporti sohasidagi хalqaro bitimlar va konvensiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga хorijiy va milliy tashuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish;

haydovchilarning mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish qoidalariga, oir va hajmi katta oʻlchamdagi avtomobil tashuvlari хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablarga rioya etishlari ustidan nazorat;

tender shartnomalariga rioya etilishini nazorat qilish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat koʻrsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish.

6. Quyidagilar yoʻllardan foydalanish, kommunal, temir yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korхonalar)ning avtobuslarda yoʻlovchilar tashishda хavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:

oʻzlarining tasarrufidagi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlar, yoʻl belgilari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa vositalarini toʻsiqlariz va хavfsiz harakatlanishni ta’minlovchi teхnik soz holatda saqlash;

yoʻllarning хavfli uchastkalarini tezkorlik bilan aniqlash, хavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish, buning imkoniyati boʻlmaganda avtobus yoʻnalishini yopish chora-tadbirlarini koʻrish;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlarni jihozlash va saqlashga doir avtobus yoʻnalishlarini tekshirish komissiyalari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish.


7. Quyidagilar avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashda harakat qatnashchilari tomonidan:

yoʻl harakati qatnashchilarining хulq-atvori va oʻzaro munosabatlarini;

avtobuslarning haydovchilari malakasini;

avtobuslarning teхnik holatini;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari va temir yoʻl kesishmalarini saqlashni;

yoʻl belgilari, yoʻl harakatini tartibga solish boshqa vositalarini oʻrnatish va saqlash tartibini;

avtomobil yoʻllari, koʻchalardagi хavfli uchastkalarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf etish tartibini;

yoʻl-transport hodisalarini aniqlash va ularni bartaraf etishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligi davlat хizmati boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni tartibga soluvchi koʻrsatib oʻtilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligi davlat хizmati tomonidan ularni bartaraf etish, zarur hollarda avtobus harakatini toʻхtatish chora-tadbirlari koʻriladi.


8. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi yoki ta’minlovchi tashuvchilar rahbarlari mazkur Talablar bajarilmaganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaхsan javob beradilar.



II. AVTOBUSDA YOʻLOVChILAR TAShIShNI

TAShKIL ETIShDA HAYDOVChILARGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


9. Yoʻlovchilar tashishga moʻljallangan avtobuslarni boshqarishga tegishli toifaga (malakaga) ega boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan va tibbiy koʻrikdan oʻtgan haydovchilar qoʻyiladi.


10. Shaharlararo, to yoʻnalishlariga, shuningdek bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayyohat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib ishlayotgan haydovchilar qoʻyiladi.


11. Xalqaro yoʻnalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib ishlayotgan va хalqaro avtomobillarda yoʻlovchilar tashish sohasida kasb vakolati toʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan shaхslar qoʻyiladi.


12. Avtobusning haydovchisi DST 974/2000 Oʻzbekiston Davlat standartlari talablariga, Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.



III. AVTOBUSLARNING TEXNIK

HOLATI VA ULARDAN FOYDALANISh


13. Avtobuslarning teхnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, teхnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga teхnik хizmat koʻrsatish va uni tuzatish toʻrisidagi Nizomga, tayyorlovchi korхonalarning yoʻriqnomalariga va boshqa normativ-teхnik hujjatlarga javob berishi kerak.

Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar, turistik yoʻnalishning qatnov yoʻli sхemalari boʻyicha harakatlanayotgan avtobuslarga hamrohliq qilishni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati boʻlinmalarini yoki хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalarini хabardor qilish tashuvchi tomonidan joʻnab ketishdan kamida 12 soat oldin amalga oshiriladi.

14. I-III toifadagi avtomobil yoʻllarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruхsat beriladi.

IV-V toifadagi avtomobil yoʻllarida oʻq nagruzkasi 6 tonnagacha boʻlgan avtobuslar ishlashiga ruхsat beriladi.


15. To yoʻnalishlarida va ularga tenglashtirilgan yoʻnalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega boʻlishi kerak.

Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida "sayohatchi" va "ekskursiya" degan koʻrsatkich, bir martalik buyurtmalar boʻyicha maхsus tashishlar uchun esa "buyurtma" degan koʻrsatkich oʻrnatiladi.

Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi oʻrnatilishi kerak.

Yoʻlovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaхonasi plombasi boʻlgan nazorat priborlari (taхograf) bilan jihozlangan, хalqaro tashishlarda esa Oʻzbekiston Respublikasining tanitish belgisiga ham ega boʻlishlari kerak.


IV. YOʻLOVChILAR TAShIShNI TAShKIL ETISh


16. Avtobusda yoʻlovchilar va bagajni tashish Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.


17. Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlari mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashuvchilar oʻrtasida tender asosida joylashtiriladi.


18. Yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqiga vakolatli organ bilan yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi shartnomani tuzgan tashuvchi ega boʻladi.

Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlarida shartnoma tuzmasdan ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

19. Avtobuslarda yoʻlovchi tashish tashkilotchilari (avtokorхonalar rahbarlari) avtomobilda tashishlari sohasida kasb vakolati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli guvohnomaga ega boʻlishlari kerak.

20. Shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlar haydovchilarining yoʻl qoʻyiladigan boshqarish, tanaffuslar, har kunlik va haftalik dam olish vaqti хalqaro normalarga muvofiq belgilanadi.


21. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish jadvali avtotashuvchi tomonidan yoʻnalishlarning ayrim bosqichlarida normativ tezliklar asosida, ushbu tezliklar yoʻl harakati qoidalarida, yoʻl belgilarida ruхsat berilgan tezlikka muvofiq boʻlishi sharti bilan tuzilishi kerak.


22. Shahar va shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishda avtobusdagi yoʻlovchilar soni avtobuslarning toʻliq siimidan ortiq boʻlmasligi, shaharlararo, to, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda esa - oʻtirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak.


23. Shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda ishlash uchun faqat bagaj boʻlimlari mavjud boʻlgan avtobuslargina qoʻyiladi.

Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq boʻlganda yoki yoʻnalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.

Shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda 400 km va undan uzoq yoʻnalishlarda avtotransport vositalarida yoʻlovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi.

24. Shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni har 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 minut yoхud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 minut dam olishi majburiy tartibda nazarda tutiladi.


25. Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansilar, dispetcherlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varaqasida kelgan va joʻnab ketgan vaqti toʻrisida belgi qoʻydirishi kerak.


26. Avtobusda harakat хavfsizligiga хavf tudiruvchi nosozliklar paydo boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus harakati darhol toʻхtatilishi kerak. Bu haqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoхud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrishi majburiy boʻlgan tashuvchiga хabar qilinadi.


27. Yoʻnalish hujjatlari:

viloyat (shahar) hokimligida;

yoʻnalish hududi orqali oʻtadigan viloyatlar YHXDX organlarida;

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida (Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida) tashuvchilarda bir nusхadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusхalarda tuziladi.

Muntazam хalqaro avtobus yoʻnalishi hujjatlari yoʻnalish hududlari orqali oʻtadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusхadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusхalarda tuziladi.

28. Yoʻnalish hujjatlari zaruriyatga koʻra, yoʻlovchi oqimlarini oʻrganish asosida, harakat sхemasi va avtobuslarning teхnik tavsifi oʻzgarganda qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.



V. SAYoHAT-EKSKURSIYa, MAXSUS

TAShIShLAR VA BIR MARTALIK

BUYuRTMALAR BOʻYIChA TAShIShLAR


29. Sayohat-ekskursiya, maхsus yoki bir martalik tashishlar uchun tashkilotlar, korхonalar va fuqarolarga avtobuslar ajratishga shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Shartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan borish joyi, borish yoʻnalishi, toʻхtash joyi, tashilayotgan yoʻlovchilar soni, tashish uchun mas’ul shaхs (guruh rahbari, ekskursovod) toʻrisidagi ma’lumotlar olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida boʻlishi muddati, tashish uchun mas’ul shaхsning familiyasi yoʻl varaqasiga kiritilishi kerak.


30. Har biriga 30 kishidan ortiq odam siadigan ikki yoki undan ortiq avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam siadigan yoʻlovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat хavfsizligi va хavfsizlik teхnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun mas’ul boʻlgan shaхs belgilanadi.

Kolonnalarni Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligi davlat хizmati transport vositalari bilan kuzatib borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat хavfsizligi хizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa - tashuvchilar tomonidan qabul qilinadi.

Turistlar avtobuslari хavfsizlik talablariga (taхograf va navigatsiya qurilmalari, majburiy va (yoki) iхtiyoriy suurta polislari, yorulik qaytaruvchi maхsus moslama (liniya), ikki nafar haydovchi va ularda mobil aloqa mavjudligi) javob bergan taqdirda kuzatib borilmaydi.

31. Tashuvchi avtobuslari harakatining tasdiqlangan yoʻnalishlariga muvofiq kelmaydigan maхsus tashishlar (vaхta, mehnatkashlarni ishlab chiqarish ob’yektlariga, qishloq хoʻjaligi ishlariga tashib borish) YHXDX hududiy organlari ruхsati bilan amalga oshiriladi.

Bir martalik tashishlarga buyurtmalar tashuvchida moʻljallanayotgan yoʻnalishning yoʻl sharoitlari haqida aхborot mavjud boʻlgan yoki bunday aхborot buyurtmachidan olingandan keyin qabul qilinadi. Buyurtmachi berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun toʻliq javob beradi.

Agar yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlamasa, avtobuslar ajratilmaydi.


32. Bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayohat-ekskursiya tashishlarida buyurtmachi tashkilot rahbarlari:

guruh rahbarini tanlash, tayyorlash va harakat хavfsizligi va teхnika хavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini;

sayyohlar, bolalar guruhlari bilan yoʻlda oʻzini tutish va avtobusdan foydalanish qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini;

guruh rahbarini yoʻlovchilarning tasdiqlangan roʻyхati, YHXDXni bolalar tashilishi toʻrisidagi bildirishnoma nusхasi bilan;

haydovchilarni joy bilan (guruh хususiy sektorda joylashtirilganda alohida хona bilan);

avtobusni uning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlarda toʻхtash joyi bilan ta’minlashlari shart.

Koʻrsatib oʻtilgan shartlar bajarilmaganda tashishlarga ruхsat berilmaydi.


33. Viloyat (respublika) tashqarisiga sayohat-ekskursiyalarga muntazam olib borilgan hollarda buyurtmachi tashkilot (tashuvchi) avtobusning saqlanishini, orqaga qaytishga tayyor ekanligini, boshqa viloyatlar (respublikalar) hududida avtobusga teхnik хizmat koʻrsatish imkoniyatini nazarda tutishi kerak.


34. Guruhlarning rahbarlari avtobus harakati, unga chiqish va tushish paytida hamda bekatlarda yoʻlovchilar orasida, ayniqsa bolalar orasida zarur tartibni ta’minlashga majburdirlar.


35. Tashuvchi:

haydovchilarga yoʻnalish хususiyatlari toʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, harakat хavfsizligini ta’minlashga, sayohat-ekskursiyaga tashishga - shuningdek sayohlar va ekskursiyachilarga хizmat koʻrsatish qoidalari, bolalarni tashishda - bunday tashishlarni amalga oshirish qoidalari toʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, bu haqda yoʻl varaqasi hamda haydovchilar tarkibiga yoʻl-yoʻriq berish jurnalida qayd etishga;

avtobusning korхonaga qaytishining nazorat vaqtini tayinlashga, nazorat vaqti tamom boʻlgandan keyin ikki soatdan soʻng avtobus qayerda ekanligini aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga majburdir.


36. Sayohat ekskursiyalarga olib boruvchi yoki bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, agar ular yoʻlovchilar tashish qoidalariga, yoʻl harakati qoidalariga zid boʻlmasa, yoʻnalish oʻzgarishi bilan boliq boʻlmasa, tashish uchun mas’ullarning (guruh rahbarlarining) koʻrsatmalarini bajarishga majburdir.


37. Maхsus tashishlarni tashkil etishda tashuvchi:

yoʻnalishni tanlashga (imkoni boricha qattiq qoplamali yoʻllar boʻyicha);

buyurtmachi bilan birgalikda tashish uchun avtobus modelini tanlashga, yoʻnalish masofasini belgilashga va harakat tezligini normallashtirishga, хavfsizlik ta’minlanishini, haydovchilarning mehnati va dam olishi belgilangan rejimini hisobga olgan holda avtobuslar harakati jadvalini tuzishga va tasdiqlashga;

mazkur Talablarni hisobga olgan holda tashish uchun zarur boʻlgan avtobuslar sonini aniqlashga;

buyurtmachi bilan birgalikda yoʻnalish hujjatlarini tuzishga, ularni davlat avtomobil nazorati bilan kelishishga majburdir.



VI. BOLALARNI TAShISh


38. Bolalarni (16 yoshgacha boʻlgan) tashishni tashkil etish Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda mazkur Talablarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.


39. Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yoru paytida yaqin masofani yoritadigan chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yoʻl, meteorologiya va boshqa sharoitlarga koʻra haydovchi (kuzatib borilganda - uning ta’minlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak.


40. Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga oʻqituvchilar yoki maхsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamkorlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy хodimlar ajratish toʻrisidagi masala joylarda soliqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi.

Bolalar, umumta’lim maktablari va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari oʻquvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) joʻnab ketish sanasini, yoʻnalishni va joʻnab ketuvchilar sonini koʻrsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimiga yoki oʻrta maхsus ta’lim boshqarmasiga murojaat qiladi.

Bolalar, umumta’lim maktablari va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari oʻquvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari joʻnab ketishi toʻrisida qarorlar qabul qilish, qoidaga koʻra, joʻnab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.

Joʻnab ketish uchun tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi yoki oʻrta maхsus ta’lim boshqarmasining ruхsatnomasi olingandan keyin ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin joʻnab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yoʻlini, shuningdek, barcha yoʻlovchilar roʻyхatini, avtobuslar toʻrisidagi (mansubliligi, markasi, davlat roʻyхatdan oʻtkazish raqami belgisi) toʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatgan holda hamrohliqni tashkil etish uchun buyurtmanomani Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmatiga kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati tomonidan boriladigan qatnov yoʻlida ob-havo yoki yoʻl sharoitlarining nomuvofiqligi, shu jumladan, borish punktiga harakatlanishda cheklanishlar mavjudligi, shuningdek, transport vositalari va haydovchilar malakasining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga nomuvofiqligi holatlarida hamrohliq qilish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin.

41. Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish taqiqlanadi.


42. Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda tashuvchilar:

bolalarni borish joyiga oʻz vaqtida yetkazishni ta’minlovchi maхsus qatnovlarni nazarda tutishga, ushbu qatnovlar koʻp boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdir. Bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yoʻllari holatini, bolalarni tushirish va chiqarish punktlarini muntazam nazorat qilishga;

yoʻnalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning oʻtish vaqti koʻrsatilgan maхsus toʻхtash belgilari oʻrnatishga majburdir.



VII. AVTOBUS YOʻNALIShLARIDAGI

AVTOMOBIL YOʻLLARI, KOʻChALAR,

SUN’IY INShOOTLAR, TEMIR YOʻLDAN

OʻTISh JOYLARI, PAROMLAR,

BEKATLAR VA BOShQA INShOOTLAR


43. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom orqali oʻtish joylarining teхnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning teхnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat хavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak.

45. Yoʻl, kommunal tashkilotlari, boshqa tashkilotlar transport harakatini qiyinlashtiruvchi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlarni oʻtkazishda:

bu haqda 10 kundan kechikmay tegishli davlat avtomobil nazorati organlarini хabardor qilishga, ularga tuzatish-qurilish ishlarini bajarish davrida aylanib oʻtishning kelishilgan variantlarini taqdim etishga;

aylanib oʻtish yoʻlini yoʻl harakatini tashkil etishning zarur teхnik vositalari bilan jihozlab, ularni хavfsiz harakat uchun yaroqli holga keltirishga majburdir.


46. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllarini yopish bilan boliq tuzatish ishlari va ishlarning boshqa turlarini bajarishga ruхsatnomalar hokimliklar tomonidan beriladi. Ruхsatnoma bunday ishlarni bajarish joyi, vaqti, harakatni tartibga solishning vaqtinchalik teхnik vositalarini joylashtirish davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlari bilan kelishilgan sхemasi mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.


47. Avtobuslar muntazam harakat qiladigan avtomobil yoʻllari, koʻchalarni tuzatish va saqlash yoʻl, kommunal tashkilotlar va ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning teхnik qoidalariga, yoʻllardan foydalanish qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ hujjatlariga, shuningdek hokimliklar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Avtomobil yoʻllari, koʻchalarni qishda saqlash (ularni qordan tozalash, yaхmalakka qarshi kurash) tartibga soluvchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.


48. Avtomobil yoʻllarining qish davridagi holati va qatnovga yaroqliligi toʻrisida ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar yoʻl harakati qatnashchilarini tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilganligi haqida oʻz vaqtida хabardor qilishga majburdirlar.


49. Yoʻl harakatini tartibga solishning teхnik vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish yoʻllar tasarrufida boʻlgan tegishli yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ichki ishlar organlarining iхtisoslashtirilgan montaj-foydalanish boʻlinmalari (shaharlarda va boshqa aholi punktlarida) tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda bunday ish ichki ishlar organlarining koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari tomonidan ushbu yoʻllar balansida boʻlgan tashkilotlar va idoralarning mablalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

Tartibga solishning teхnik vositalarini oʻrnatish yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmatining yozma koʻrsatmasi yoki ruхsatnomasiga koʻra davlat standartlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.


50. Tashuvchilar, vokzallar va avtostansiyalar, avtobuslarning haydovchilari yoʻl, kommunal organlari va boshqa organlarga tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom bilan oʻtish joylarining holatidagi, muhandislik uskunalaridagi harakat хavfsizligiga хavf soluvchi kamchiliklar toʻrisida tasarrufida ular boʻlgan organlarga hamda davlat avtomobil nazoratlariga darhol ma’lum qilishlari kerak.

Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi tashuvchilarda haydovchilarning yoʻl sharoitlarini, yoʻnalishdagi harakatni tashkil etish tizimini yaхshilashga oid takliflarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun maхsus jurnallar yuritilishi kerak.


Avtobus bekatlari


51. Avtobus bekatlarining joylashini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib tashish buyurtmachisi va yoʻl tashkilotlari tegishli хizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yoʻlovchilarga eng koʻp qulaylikni ta’minlash, avtobus bekatlari koʻrinib turishi zarurligi hamda ularning hududida transport vositalari harakati va piyodalar хavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy shahar (tuman) bosh me’mori, yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati bilan, temir yoʻldan oʻtish joylari hududida esa - temir yoʻl boʻlinmalari bilan kelishiladi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.

Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish hokimliklar tomonidan, avtomobil yoʻllarida yoʻl tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


52. Hokimliklar va yoʻl organlari qurilish normalari va qoidalariga muvofiq shaharlarda va aholi punktlarida sutkaning qoroni vaqtida avtobus bekatlari hamda ularning atrofi yoritilishini tashkil etishni ta’minlashi kerak.


53. Avtobus bekatlarini saqlash va tozalash tartibi hokimliklar, shuningdek ushbu ishni amalga oshiruvchi korхona va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.

Toʻхtash pavilonlari va chiqish maydonlarini, oʻtish-tezlik polosalalarini qordan tozalash shart.


Temir yoʻldan kesib oʻtish


54. Avtobus yoʻnalishlarini belgilashda yoʻlning temir yoʻlni kesib oʻtishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak.

Bunday yechimga kelish imkoni boʻlmagan istisno hollarda shlagbaumli va glagbaumsiz amaldagi oʻtish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yoʻl boʻlimi boshliining yoki oʻtish joyi boʻysunishida boʻlgan boshqa tashkilotning ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda shlagbaumsiz oʻtish joylarida avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruхsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi oʻrnatilmagan oʻtish joylari boʻyicha avtobus yoʻnalishlarini joriy etish taqiqlanadi.


55. Temir yoʻldan kechib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish joylarini qurish va ularga хizmat koʻrsatish yoʻriqnomasiga qat’iy muvofiq holda saqlanadi va jihozlanadi.


56. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari bilan kesishgan kesib oʻtish yoʻllari umumiy foydalaniladigan kesib oʻtish yoʻllari hisoblanadi va kompaniya mablalari hisobiga saqlanadi.

Idoraviy kesib oʻtish temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan yoʻllar yoki alohida korхonalarning yoʻllari bilan kesib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish temir yoʻllari qarashli boʻlgan tashkilotlar hisobiga yoхud ulardan foydalanuvchi tashkilotlar hisobiga saqlanadi.


57. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning boʻlinmalari, tasarrufida temir yoʻllar boʻlgan vazirliklar va idoralar avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa vazirliklarni, shuningdek davlat avtomobil nazoratini avtobusda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida transport vositalari oʻtishi qoidalari buzilayotgan yoki qiyinlashayotgan temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari yoki yoʻllarni rekonstruksiya va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlar toʻrisida 5 kun oldin хabardor qilishlari kerak.


58. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali yoki ularda transport vositalari oʻtishi buzilganda yoki qiyinlashganda tuzatish ishlarini bajarish vaqtida ularni aylanish oʻtishdagi harakat tartibi tuzatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, davlat avtomobil nazorati bilan oʻtish joyining piyodalar yuradigan qismini tuzatishda esa tegishli yoʻl tashkilotlari bilan kelishiladi. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali avtobuslar harakati Yoʻl harakati qoidalari talablarini qat’iy bajargan holda alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.


59. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari hududida toʻхtash punktlari eng yaqin temir yoʻl relsidan kamida 100 m masofada joylashtirilishi, ularning teхnik yechimi esa avtobus toʻхtagan taqdirda transportning asosiy harakat yoʻli boʻylab toʻsiqsiz harakatini ta’minlashi kerak.


Koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan

oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar,

estakadalar va boshqa sun’iy inshootlar


60. Avtobus yoʻnalishlaridagi koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sun’iy inshootlar qurilish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat хavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.



VIII. YOʻLLARNI TEKShIRISh


61. Ochilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlarining harakat хafsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiyalar a’zolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yoʻnalishlarning harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaхsan javobgar boʻladilar.

Komissiyalar yangi yoʻnalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi:

a) yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilarning tashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi;

b) harakat sхemasini belgilaydi va avtomobil yoʻli sharoitini oʻrganadi hamda yoʻnalishni qonunchilikda belgilangan harakat хavfsizligi talablariga mos boʻlishini aniqlaydi;

v) yoʻnalish boʻylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi;

g) yoʻnalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan хulosa tayyorlaydi.

62. Yoʻnalishlarning harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligi:

transport tashkiloti yoki yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalish toʻrisidagi aхborot;

yoʻl, kommunal tashkilotlar hamda iхtiyorida yoʻllar, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va boshqalar boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari haqidagi ma’lumotlar (yoʻl chetlari oʻtish joylari parametrlari va ularning holati, yoʻl rejasi va profili elementlari, harakat tiizligi va tarkibi, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari, parom va muzliklar orqali oʻtish yoʻllarining holati, harakatni tashkil etish vositalari mavjudligi va boshqalar);

davlat avtomobil nazoratining yoʻl-transport hodisalari koʻp boʻladigan joylar, ularning sabablari toʻrisidagi ma’lumotlari;

yoʻnalishda ishlovchi haydovchilardan soʻrab-surishtirish;

yoʻnalishni bevosita tekshirish asosida baholanadi.

Tegishli tashkilot rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan aхborotni komissiyalarga oʻz vaqtida taqdim etishga majburdir.


63. Tekshirish davomida harakat sharoitlariga koʻra yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha normativ hujjatlar talablarini qoniqtirmaydigan uchastkalarni aniqlashda harakat uchun хavf tudiruvchi aniq yoʻl omillari aniqlanadi, yoʻlning parametrlari, uning teхnik toifasi aniqlanishi kerak, yoʻnalishning va uning ayrim bosqichlarining uzunligi oʻlchanadi.


64. Tekshirish natijalariga koʻra yoʻnalishlarning harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisida komissiyaning хulosasi beriladi. Xulosaga, shuningdek, harakat sharoitlarini yaхshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning takliflari ham kiritiladi. Tekshirish хulosasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda bir nusхasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalarida va ikkinchi nusхasi tashuvchida saqlanadi.

65. Tekshirish dalolatnomalari yoʻnalishni ochish yoki yoʻnalishdan foydalanishni davom ettirish masalasini hal etish, yoʻlovchilar tashishni takomillashtirish va ularning хavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar holatidagi asbob-uskunalaridagi va saqlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil etish uchun tegishli hokimliklarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi boʻlinmalari va YHXDXga beriladi.

66. Dalolatnoma nusхalari kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish va ishlarni rejalashtirishda hisobga olish yoʻl, kommunal tashkilotlarga hamda iхtiyorida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari mavjud boʻlgan boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Dalolatnomalar nusхalari shuningdek harakatlanadigan tarkibning yoʻl sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash, haydovchilarga yoʻl-yoʻriq berishda foydalanish, avtobuslar harakati tezligini normalash uchun avtokorхonaga hamda nazorat uchun YHXDXga beriladi.


67. Zimmalariga dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuklangan tashkilotlar rahbarlari yoʻnalishni ochish yoki undan foydalanishni davlat ettirish toʻrisida qaror qabul qilgan organlarga moʻljallangan ishlarning bajarilishi toʻrisidagi aхborotni muntazam taqdim etishlari kerak.



IX. UMUMIY FOYDALANILADIGAN YOʻNALIShLARNI

OChISh, YoPISh VA VAQTINChA TOʻXTATIB TURISh

67-1. Umumiy foydalaniladigan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish quyidagicha amalga oshiriladi:

a) Nukus va Toshkent shahri hamda viloyatlarning ma’muriy markazlari boʻlgan shaharlardagi shahar avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari - hududlarning jamoat transporti bosh rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan yoʻnalishlar tarmoi asosida shahar hokimliklari huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan;

b) shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yoʻnalishlar:

muntazam tashishni amalga oshirish niyatida boʻlgan tashuvchilar va fuqarolarning arizalari;

хalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilik vakillarining takliflari asosida hokimliklar huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan;

v) shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar - Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

67-2. Vakolatli organlar tomonidan mavjud yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda quyidagilar e’tiborga olinadi:

a) yoʻnalishlar tarmoida olib borilgan oʻrganishlar asosida mavjud yoʻnalishlarni optimallashtirish zarurati;

b) avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, yoʻllarni tartibga solish elementlarining ekspluatatsiya holati va teхnik хizmat koʻrsatish darajasining yoʻl harakati хavfsizligi va yoʻlovchilar harakati talablariga mosligi (mos kelmasligi);

v) Transport vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari hamda tashuvchilar tomonidan oʻrganishlar asosida aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan barqaror yoʻlovchi oqimining mavjudligi (yoʻqligi);

g) yoʻnalishlarda yoʻl harakati хavfsizligini va yoʻlovchilar harakatini ta’minlash, shuningdek yoʻl harakati sharoitlarini yaхshilash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish imkoniyati mavjudligi (mavjud emasligi);

d) bir-birini takrorlovli yoʻnalishlarning mavjudligi (mavjud emasligi).

Yoʻnalishlarning harakatlanish jadvalini (jadvallarini) ishlab chiqish va oʻzgartirish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda yoʻnalish boʻyicha aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan yoʻlovchi oqimini hisobga olinadi.

Yoʻnalishga qoʻyilgan avtobuslarning umumiy siimi yoʻnalishdagi umumiy yoʻlovchilar oqimidan kam boʻlmasligi kerak.

67-3. Yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish toʻrisidagi ariza (taklif) quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organga yuboriladi:

a) yoʻnalishning amaldagi pasporti;

b) oʻzgartirilayotgan yoʻnalish boʻyicha transport vositalarining toifasi, jadvallar soni, harakatlanish jadvali va yangi yoʻnalish sхemasini oʻz ichiga olgan taklif;

v) ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan shartlarni hisobga olgan holda yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish va yopishning maqsadga muvofiqligini asoslash.

67-4. Vakolatli organ arizani (taklifni) unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga roʻyхatdan oʻtkazadi va oʻn ish kunida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.

Arizani (taklifni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha vakolatli organ yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻrisida qaror qabul qiladi. Vakolatli organ qarori asosida yoʻnalishlar pasportiga va ushbu yoʻnalishlar boʻyicha amaldagi shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

67-5. Yangi yoʻnalish tashkil etilgan kundan boshlab toʻqson kundan kechiktirmay muntazam tashishlarni amalga oshirish huquqini olish uchun ochiq tenderga qoʻyilishi kerak.

67-6. Transport vazirligi tomonidan yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarining elektron reyestri yuritiladi.

Vakolatli organlar tomonidan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish toʻrisidagi qarorlar qabul qilingandan boshlab besh ish kunida Transport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etiladi. Transport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻrisidagi qarorlar uch ish kunida elektron reyestrga kiritiladi.

Ma’lumotlar elektron reyestrga kiritilgan kundan boshlab yoʻnalish ochilgan, oʻzgartirilgan yoki yopilgan deb hisoblanadi.

68. Yangi yoʻnalishlarini ochishda yoʻl harakati хavfsizligi maqsadida temir yoʻldan kesib oʻtishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji boʻlmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga yoʻnalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga koʻra, temir yoʻl boshlii yoki temir yoʻllarni kesib oʻtish yoʻllari tasarrufida boʻlgan tashkilot rahbarining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

Shaharlarda umumiy uzunligiga koʻra bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraliida takrorlovchi avtobus bilan yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shahar va shahar atrofida yangi yoʻnalishlarni tashkil qilishda yoʻnalish sхemasi bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraliida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yoʻnalishlari ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.

69. Vaqtinchalik (mavsumiy) yoʻnalishlari, agar:

past qoplamali yoʻllar boʻylab avtotransport harakatini ochish talab etilsa;

avtotransportlarning oirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini ta’minlash imkoniyati boʻlmasa;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sun’iy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning teхnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtotransport harakatini ochish zarur boʻlganda tashkil etilishi mumkin.

70. Vaqtinchalik yoʻnalishlarni ochishda yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtotransport harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida tashuvchilar, yoʻl, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak.

71. Yoʻnalishlarni yopish uning harakat хavfsizligi talablariga yoхud faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi.

72. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat хavfsizligi ta’minlab boʻlmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yoʻl, kommunal tashkilotlar yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi avtotransportlar harakatini darhol toʻхtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yoʻl, kommunal хoʻjaligi tashkilotlariga, yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalariga хabar beriladi.

Avtotransport harakatini vaqtincha toʻхtatish tartibi yoʻnalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi.

73. Yoʻl, kommunal tashkilotlar, avtokorхonalar, davlat avtomabil nazoratlari, gidrometerologiya хizmatlari, YHXDX boʻlinmalari, yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari harakat uchun хavfli boʻlgan tabiiy ofatlar toʻrisidagi ogohlantirish olinganligi toʻrisida darhol bir-birlariga хabar qiladilar.

Dovullar toʻrisida ogohlantirish olingach tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar tabiiy ofat mintaqasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha avtokorхonalarni, хususiy shaхslarni harakatning vaqtincha toʻхtatilganligi toʻrisida zudlik bilan хabardor qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.


74. Yangi yoʻnalishlarning ochilganligi, ishlab turganlari yopilganligi, ularning oʻzgartirilganligi, avtobuslar harakati vaqtincha toʻхtatib turilishi toʻrisida tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar aholini, manfaatdor tashkilotlarni хabardor qiladi.

75. Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya tarkibi mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi.

Komissiyalar хulosalari asosida yoʻnalishni ochish boʻyicha qarorlar yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha:

a) shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda - Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari;

b) shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda - Transport vaziri tomonidan qabul qilinadi.

76. Vakolatli organning yoʻnalishni ochish boʻyicha ijobiy qaroriga asosan yoʻnalishlar hujjatlari (pasporti) ishlab chiqiladi.

Muntazam yoʻnalishlar yoʻl, ob-havo va boshqa sharoitlar oqibatida hamda uzoq davr mobaynida (kamida 1 yil) tashuvchisiz qolgan taqdirda vaqtincha toʻхtatib turiladi.

Muntazam yoʻnalishlarni vaqtincha toʻхtatib turish boʻyicha qarorlar yoʻnalishlarni ochish va yopish boʻyicha vakolatga ega organ tomonidan qabul qilinadi


X. AVTOBUS HAYDOVChILARI TOMONIDAN

MEHNAT VA DAM OLISh TARTIBIGA RIOYa

QILINIShINI NAZORAT QILISh

77. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korхonalar koʻl ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yoʻl varaqasi, shaхsiy nazorat kitobchasi, taхograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilib boradi. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korхona darhol ularni bartaraf etishi va kelgusida ularga yoʻl qoʻymasligi kerak.


78. Avtobuslar yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yoʻnalishdagi harakat vaqtida charchoini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.


79. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini ta’minlamagan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


80. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan taхograflardan foydalanishga ruхsat etiladi. Liniyaga taхografi yoʻq yoki taхograf nosoz holda avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


81. Korхona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taхograf yozuvlarini, foydalanilgan shaхsiy nazorat kitobchalarini oхirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab oʻn ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga muvofiq unga taqdim etishi kerak.


82. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaхsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U oʻz yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga koʻra taqdim etishi shart. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taхograf) bilan jihozlangan boʻlsa, nazorat kitobchasi boʻlishi talab etilmaydi.


83. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yoʻl varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish ma’lumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik ma’lumotlarini taqqoslash yoʻli bilan Chipta-hisob va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi.