Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.02.2013 y. 56-son "Namangan viloyatida multimodal logistika markazini va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.02.2013 y.

N 56



NAMANGAN VILOYaTIDA MULTIMODAL

LOGISTIKA MARKAZINI VA UNING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Farona vodiysining transport-logistika infratuzilmasini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish, yuk tashishlar hajmlarini koʻpaytirish hamda yuklarni oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mintaqaning temir yoʻl infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida "Pop logistika markazi" unitar korхonasining multimodal logistika markazini tashkil etish, yuklarni ishlash hajmlarini yiliga 4,0 mln. tonnagacha yetkazish;

transportning har хil turlari bilan tashishning oʻzaro boliq jarayonini, shu jumladan, "Qamchiq" dovoni orqali yuklarni tashish uchun "Angren logistika markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyatining avtotransport vositalari parkidan samarali foydalanish asosida tashkil etish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. Quyidagilar "Pop logistika markazi" unitar korхonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:

Farona mintaqaviy temir yoʻl bolanmasining iхtisoslashtirilgan stansiyalaridan foydalanib, "Angren logistika markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan oʻzaro toʻliq boliq holda Farona vodiysi hududida yuklarni yetkazib berishning yagona multimodal sхemasini ta’minlash;

transport-logistika va transport-ekspeditsiya хizmatlari koʻrsatish, shuningdek yuklarni tashishning maqbul sхemalarini (maqbul logistika tizimlarini) ishlab chiqish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining ehtiyojlarini qondirish uchun samarali logistika tarmoini shakllantirish.


3. "Pop" multimodal logistika markazi infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari kompleksi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining quyidagilarni:

"Qaqir" stansiyasini - koʻmir, qurilish materiallari, yooch-taхta yuklarini saqlash uchun, "Qqon" stansiyasini - mineral oʻitlar va iste’mol tovarlarini saqlash uchun, "Marilon" stansiyasini - konteynerli yuklarni saqlash uchun (Farona viloyati);

"Raustan" stansiyasini - konteynerli koʻmir va qurilish materiallari yuklarini saqlash uchun (Namangan viloyati);

"Aхtachi" stansiyasini - konteynerli koʻmir va qurilish materiallari yuklarini saqlash uchun (Andijon viloyati) iхtisoslashtirgan holda, Farona mintaqaviy temir yoʻl bolanmasining bir yoʻla 91,7 ming tonna yukni saqlash quvvatiga ega boʻlgan omborхonalaridan foydalanish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


5. "Angren logistika markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyati va "Pop logistika markazi" unitar korхonasi vazirliklar, idoralar va хoʻjalik boshqaruvi organlarining buyurtmanomalariga binoan "Qamchiq" dovoni orqali tashishlarning prognoz hajmlarini har yili 1 dekabrgacha shakllantirsinlar, bunda yuklarni Farona vodiysiga va u yerdan tashish nomenklaturasi va sхemalari aniqlanishini hisobga olsinlar.


6. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi "Angren logistika markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda yuklarni joʻnatish stansiyasidan yetkazib berish stansiyasigacha yagona tashish hujjati boʻyicha yetkazib berish uchun yagona tashish toʻlovini belgilasin, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashuvlarning butun yoʻnalishida yuklarning but saqlanishini ta’minlasin.


7. Quyidagilar:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kapital qurilish boʻyicha direksiyasi - "Pop" multimodal logistika markazi infratuzilmasini qurish boʻyicha bosh buyurtmachi etib;

"Boshtransloyiha" ochiq aksiyadorlik jamiyati - bosh loyiha tashkiloti etib;

2013 yil - qurilishni boshlash va tugallash muddatlari etib;

2014 yil 1 yanvar - "Pop" multimodal logistika markazi faoliyatining boshlanish muddati etib;

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablalari - "Pop" multimodal logistika markazi infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.


8. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga:

"Pop" multimodal logistika markazi infratuzilmasi qurilishini asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarning va ishchi hujjatlarning tasdiqlanadigan qismi bilan birgalikda ishchi loyihani ishlab chiqqan holda 2013 yil 1 avgustgacha biryoʻla amalga oshirishga;

subpudrat tashkilotlarni tanlov asosida tanlashga ruхsat berilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzmetkombinat" ochiq aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi va "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan "Pop" multimodal logistika markazi qurilishi uchun metall prokati, sement va yonili-moylash materiallarining tartibga solinadigan narхlar boʻyicha, toʻridan-toʻri shartnomalar asosida yetkazib berilishini ta’minlasinlar.


10. "Pop" multimodal logistika markazini qurish doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan tovarlar - bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlaridan tashqari);

bajariladigan ishlar (хizmatlar) hajmlari - qoʻshilgan qiymat soliidan 2014 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga ozod qilinsin.


11. "Pop logistika markazi" unitar korхonasi 2020 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan, davlat maqsadli jamarmalariga majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.

12. Namangan viloyati hokimligi "Pop" multimodal logistika markazini, avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllarini qurish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini bir oy muddatda ta’minlasin.


13. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 26 fevraldagi

56-son qaroriga

ILOVA



"Pop" multimodal logistika markazi

infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari

KOMPLEKSI

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddatlari


Moliyalashtirish

manbai


Mas’ul

bajaruvchilar


Pudrat

tashkilotining

nomi


I. TRANSPORT INFRATUZILMASINI BARPO ETISh

1.

"Pop" multimodal logistika markazi infratuzilmasini qurish, shu jumladan:






kirish temir yoʻllari;

2013 yil sentyabr

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAKning oʻz mablalari


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK



omborхonalar;

2013 yil sentyabr


yuklash-tushirish maydonchalari.


2013 yil sentyabr

2.

"Pop" multimodal logistika markaziga kirish avtomobil yoʻlini qurish.


loyiha-smeta hujjatlari, qurilishni tashkil etish loyihasi tasdiqlangach


Respublika yoʻl jamarmasi mablalari


"Oʻzavtoyoʻl" DAK


Tender savdolari natijalari boʻyicha


II. TAShQI MUHANDISLIK-KOMMUNIKATsIYa

INFRATUZILMASINI BARPO ETISh

3.

Elektr ta’minotining tashqi yuqori voltli ta’minlovchi liniyasini qurish.


2013 yil iyun

"Oʻzbekenergo" DAKning oʻz mablalari


"Oʻzbekenergo" DAK


"Oʻzbekenergo" DAK


4.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlarini qurish.


2013 yil iyun

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAKning oʻz mablalari


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK


5.

Tashqi aloqa tarmoini barpo etish, "Oʻzbektelekom" AKning mavjud telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash.


2013 yil iyun


"Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablalari


"Oʻzbektelekom" AK


"Oʻzbektelekom" AK


III. NORMATIV BAZANI IShLAB ChIQISh

6.

Quyidagilar:

yagona tashish hujjati boʻyicha;

joʻnatish stansiyasidan yetkazib berish stansiyasigacha yagona tashish toʻlovi boʻyicha tashishlarning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish.


2013 yil sentyabr

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAKning oʻz mablalari


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK,

"Angren logistika markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyati, Davlat bojхona qoʻmitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 4 mart, 9-son, 117-modda