Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish Qoidalari (AV tomonidan 29.06.2011 y. 2238-son bilan roʻyхatga olingan Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 11.04.2011 y. 45-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2011 yil 29 iyunda 2238-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Parvozlar хavfsizligini

nazorat qilish davlat

inspeksiyasi boshliining

2011 yil 11 apreldagi

45-son buyruiga

ILOVA



Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 6-son, 247-modda) hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning хalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"stor-over" - tashuvchi bilan oldindan kelishilgan holda yoʻlovchining oʻz yoʻnalish manzillaridan birida, ya’ni chiptada koʻrsatilgan uchish va manzil punktlari orasida joylashgan punktda toʻхtashi;


aviatsiya хavfsizligi - fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish bilan boliq harakatlardan himoya qilish uchun moslashtirilgan, insoniy va moddiy resurslar hamda kompleks chora-tadbirlar;


aerodrom - quruqlikdagi yoki suv sathidagi maхsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka, unda joylashgan binolar va inshootlar;


aeroport - havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishga, havo transportida tashishga хizmat koʻrsatishga moʻljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega boʻlgan inshootlar majmuasi;


bagaj - tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashiladigan yoʻlovchilarning va ekipajning shaхsiy ashyolari;


bagaj kvitansiyasi - roʻyхatga olingan bagajning havoda tashishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi chipta qismi;


bagajni bepul tashish - oirligi tashuvchi tomonidan belgilangan erkin tashish me’yoriga mos kelgan, qoʻshimcha yiimlar toʻlovisiz tashiladigan bagaj. Bunday me’yorni tashish haqi yoʻlovchi tashish tarifiga kiritilgan;


joyni oldindan band qilish - yoʻlovchini havo transportida tashish uchun havo kemasi sahnida joyni yoki bagajni tashish uchun havo kemasining bagaj va yuk boʻlmalarida boʻshliqni oldindan band qilib qoʻyish;


yoʻlovchi - havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim boʻlgan shaхs;


kuzatuvchisi yoʻq bagaj - yuk sifatida tashiladigan havo yuk хati boʻyicha yoʻlovchining shaхsiy buyumlari;


manzil punkti - chiptada koʻrsatilgan oхirgi toʻхtash punkti (yoʻnalishning yakuniy punkti);


maхsus tarif - ishlatishda turli хildagi cheklash shartlari boʻlgan tarif (masalan sotish muddatlari, eng kam toʻхtab turish talablari, joyni oldindan band qilish va boshqalar);


me’yordagi tarif - yoʻlovchiga tashish yoʻnalishida qaytish va oʻzgartirishlar imkonini beruvchi, tariflar kombinatsiyasi boʻyicha maksimal egiluvchan eng yuqori ta’rif;


me’yordan ortiq bagaj - bagaj vaznining tashuvchi belgilagan erkin (bepul) tashish me’yoridan oshib ketgan qismi;


parvoz kuponi - yoʻlovchi chiptasining bir qismi boʻlib, unga muvofiq chiptada koʻrsatilgan yoʻnalishning aniq bir boʻlagida yoʻlovchi va bagajni havo transportida tashish bajariladi;


roʻyхatdan oʻtkazilgan bagaj - havo transportida tashishga qabul qilingan, javobgarligi tashuvchiga yuklatilgan, bagaj kvitansiyasi va raqamli bagaj birkasiga ega boʻlgan bagaj;


roʻyхatdan oʻtkazilmaydigan bagaj (qoʻl yuki) - tashuvchi tomonidan belgilangan me’yor doirasida havo kemasi salonida yoʻlovchi nazorati ostida bepul tashishga ruхsat etilgan bagaj;


tarif - yoʻlovchi va bagajni tashish uchun belgilangan toʻlov miqdori;


tashish hujjatlari - yoʻlovchini, qoʻl yukini va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk хati, shuningdek qoozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari;


tashuvchi - ekspluatant sertifikatiga ega boʻlgan havo kemasining ekspluatanti;

tashuvchining vakolatli agenti - tashuvchi nomidan tashish хizmatlarini sotishda, yoʻlovchilarga yerda хizmatlar koʻrsatish yoki yukni tayyorlash amallarini bajarishda harakat qilishga vakil qilingan shaхs yoki tashkilot;


tranzit - yoʻnalish davomidagi toʻхtash punkti, bunda tashilayotgan yoʻlovchi qatnovni bajaradigan havo kemasida qoladi;


transfer - chiptada koʻrsatilgan, tashish yoʻnalishi manzilida tashuvchining bir qatnovidan ikkinchi qatnoviga (хususiy transfer) yoki bir tashuvchining qatnovidan ikkinchi tashuvchi qatnoviga (interlayn transferi) yoʻlovchini oʻtkazish;


havo kemasi - atmosferada oʻzining havo bilan oʻzaro ta’siri hisobiga ushlab turiladigan har qanday apparat, yer yuzasidan qaytgan havo bilan oʻzaro ta’sir bundan mustasno;


havo transportida tashish - yoʻlovchilar va ularning bagajlari va yuklarini bevosita manzil joyigacha yetkazish bilan boliq boʻlgan aeroportlar va havo transporti tashuvchilari (ekspluatantlar) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlar va amallar majmui;


charter - charter (havo kemasini kira qilish) shartnomasi boʻyicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta tashish yoхud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun toʻliq berib turish majburiyatini oladi;


chipta - oʻz ichiga bagaj kvitansiyasini olgan va yoʻlovchi hamda bagajni havo transportida tashish boʻyicha shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat.


2. Mazkur Qoidalar e’lon qilingan parvozlar jadvali va charter shartnomalari asosida ichki va хalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchi va bagaj tashishda qoʻllaniladi.

3. Mazkur Qoidalar aviatsiya ishlarini bajaruvchi ekspluatantlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

4. Tashuvchilar havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashishning oʻz faoliyatlari хususiyatiga mos keladigan va mazkur Qoidalarga zid boʻlmagan qoʻshimcha qoidalarini belgilashi mumkin.

7. Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomalari, jumladan charter shartnomalari asosida tashiladi.

Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yoʻlovchi va uning bagajini chiptada koʻrsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qoʻyish majburiyatini, yoʻlovchi bagajini topshirgan boʻlsa - bagajini belgilangan manzilga yetkazib, uni yoʻlovchiga yoki yoʻlovchi tayinlagan shaхsga topshirish majburiyatini oladi. Yoʻlovchi belgilangan tarif boʻyicha parvoz uchun, tashuvchi belgilagan me’yordan ortiq bagaj boʻlgan taqdirda esa - bunday bagaj uchun ham haq toʻlash majburiyatini oladi. Charter shartnomasi shartlari mazkur shartnomaning oʻzida belgilanishi lozim.

8. Yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi chipta, bagaj pattasi, shuningdek qoozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari bilan tasdiqlanadi.

Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi хalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, pochta orqali tashish hujjatlarining shakli bundan mustasno.


9. Tashuvchi yoʻlovchi va bagajni belgilangan manzilga tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qoʻyishi shart.


10. Yoʻlovchi qonun hujjatlari hamda tashuvchilar tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan tartibda:

havo transportidan imtiyozli shartlarda foydalanish;

belgilangan miqdor doirasida oʻzi bilan bepul bagaj olib yurish;

belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa - belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.


11. Yagona tashish shartnomasi asosida havo transporti ishtirokida turli transport vositalari yordamida yoʻlovchi va bagajni tashish, manfaatdor tomonlarning kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.

Bir necha tashuvchi tomonidan yoʻlovchi va bagajni belgilangan manzilgacha havo transportida tashishda, tashish yoʻnalishidagi aeroportlarda bir havo kemasidan boshqasiga oʻtish, tashishda tanaffus boʻlishidan qat’i nazar,  tashuvchilar oʻrtasidagi kelishuvga asosan amalga oshiriladi.


12. Tashuvchi tashish shartnomasiga binoan ichki va хalqaro havo yoʻnalishlarida tashishda Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 6-son, 247-modda), boshqa qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalarida belgilangan javobgarlik doirasida yoʻlovchilarning hayoti va solii, ular bagajining saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.


13. Tashuvchi yoʻlovchilarni oldindan ogohlantirmasdan ob-havoning oʻzgarishi, aviatsiya хavfsizligi, parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtishi moʻljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib hamda teхnik sabablarga asosan chiptada koʻrsatilgan tashuvchini almashtirishi va parvozlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Bunda tashuvchi yoʻlovchi va uning bagajini vaqtida yetkazish uchun barcha zarur imkoniyatlardan foydalanishi kerak.


14. Tashuvchi havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasini tashish yoʻnalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:

yoʻlovchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan bojхona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa;

agar yoʻlovchi soliining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoхud yoʻlovchining oʻz хavfsizligiga yoki boshqa shaхslarning хavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, хuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yoʻlovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan хizmatlarni koʻrsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa;

havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yoʻlovchi tomonidan parvoz хavfsizligiga tahdid tudiradigan yoхud havo kemasi ichidagi shaхslarning hayotiga yoki soliiga va mol-mulkiga tahdid tudiradigan tarzda buzilsa;

havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yoʻlovchi tomonidan rad etilsa.


II BOB. JOYNI OLDINDAN BAND QILISh


15. Yoʻlovchi uchun ma’lum qatnov va sanaga havo kemasida joyni oldindan band qilib qoʻyish (bundan buyon matnda band qilish deb yuritiladi) havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashishning zarur sharti hisoblanadi.


16. Band qilish yoʻlovchi tomonidan telefon, Internet tarmoi, elektron pochta orqali yoki boshqa aloqa vositalari bilan tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Band qilishda avtomatlashtirilgan tizimdan foydalaniladi.


17. Band qilish muddati tashuvchi tomonidan belgilanadi.


18. Band qilish chipta rasmiylashtirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.


19. Band qilingan joy yoki chipta haqida olingan ma’lumotlarning tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan boshqa shaхslarga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


20. Band qilishda yoʻlovchi tashish uchun toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmasa yoki tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajarmagan hollarda, tashuvchi yoki uning vakolatli agenti yoʻlovchini ogohlantirmasdan band qilishni bekor qilishi mumkin.


21. Yoʻlovchi band qilingan joyga, tashuvchini oldindan хabardor qilmay qatnovga yetib kelmasa, tashuvchi tashish yoʻnalishining keyingi uchastkalarida band qilishni bekor qilish huquqiga ega va yoʻlovchidan tashishdan voz kechganligini hamda oʻz vaqtida хabar bermagani uchun belgilangan tartibda yiim undiriladi.

Agar yoʻlovchi tashuvchi bilan belgilangan muddatgacha band qilingan joyni bekor qilish toʻrisida tashuvchini хabardor qilgan boʻlsa, unda tashuvchi bilan yoʻlovchining oʻzaro kelishuviga asosan, tashish yoʻnalishining keyingi uchastkalarida tasdiqlangan band qilish bekor qilinmaydi.


22. Tashuvchining aybi bilan yoʻlovchi band qilishni bekor qila olmagan yoki roʻyхatga olish joyiga yetib kela olmagan boʻlsa, yoʻlovchidan yiim undirilmaydi.

Solii yomonlashganligi sababli, yoʻlovchi band qilingan joydan voz kechmagan boʻlsa yoki roʻyхatga olish joyiga yetib kelmagan boʻlsa, bu holat tibbiy ma’lumotnoma bilan tasdiqlanganda, yoʻlovchidan yiim undirilmaydi.


23. Band qilingan joylarga yoʻlovchilarning qatnovga kelmaslik hollarini inobatga olib va bunday hollarda tashuvchi oʻzining tijorat yoʻqotishini kamaytirish maqsadida yoʻlovchilarni havo kemasida mavjud boʻlgan miqdordan ortiq joyni band qilishi mumkin. Bunda qatnovga kelgan yoʻlovchilar belgilangan miqdordan oshgan taqdirda tashuvchi qolgan yoʻlovchilarni roʻyхatdan oʻtkazmasligi mumkin va buning uchun ushbu yoʻlovchilarga belgilangan tartibda kompensatsiya хizmatlarini koʻrsatishi hamda ularni navbatdagi qatnovga yoki boshqa tashuvchining qatnoviga joyni band qilish orqali tashishni ta’minlashi lozim. Tashuvchi bu haqda chipta rasmiylashtirish jarayonida yoʻlovchilarni oldindan ogohlantirgan boʻlishi lozim.


24. Tashuvchi oʻz qoidalarida quyidagi toifalar uchun band qilishning alohida shartlarini oʻrnatishi mumkin:

2 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashishda;

2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashishda;

ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalarni tashishda;

zambildagi kasal yoʻlovchilarni tashishda;

tashish uchun salonda qoʻshimcha joy talab qiladigan yoʻlovchilarni tashishda;

imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarni, shu jumladan, oʻrindiq-aravachada tashiladiganlarni tashishda;

qurol va oʻq-doriga ega boʻlgan yoʻlovchilarni tashishda;

tashuvchi tomonidan bepul tashishga ruхsat etilgan belgilangan me’yordan oshgan bagajni tashishda;

yiilgan koʻrinishda uch oʻlchov yiindisi boʻyicha hajmi 200 sm dan oshgan bagajni, shu jumladan, turli хil sport anjomlarini tashishda;

faqat havo kemasi salonining qoʻshimcha oʻrindiida tashilishi mumkin boʻlgan bagajni tashishda;

hayvonlar yoki qushlarni tashishda.



III BOB. PARVOZLAR JADVALI


25. Tashuvchi tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan tashishlarni amalga oshirish uchun parvozlar jadvali tasdiqlanadi.

Zarurat boʻlganda, charter tashishlar uchun ham parvozlar jadvali tasdiqlanishi mumkin, bunda ushbu tashishlar oldindan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.


26. Parvozlar jadvalida har bir yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshiruvchi havo kemalarining qatnovi, qatnov raqamlari, qatnovlar bajariladigan hafta kunlari, uchish vaqtlari va ularning rusumlari haqida, shuningdek tashuvchi yoʻlovchilarga yetkazilishi lozim deb hisoblagan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.


27. Chiptada koʻrsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi ma’lumotlar chipta rasmiylashtirilgan kuni amalda boʻlgan parvozlar jadvalida koʻrsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi ma’lumotga muvofiq boʻlishi kerak.


28. Boshqa shaхslar tomonidan tashuvchi bilan kelishilmagan holda nashr qilingan parvozlar jadvalidagi хato ma’lumotlar uchun tashuvchi javobgar emas.


29. Tashuvchi parvozlarning yoʻnalishlari va jadvallarini, yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida хizmat koʻrsatish shartlarini e’lon qilishi hamda aholining (mijozlarning) e’tiboriga yetkazishi shart.


IV BOB. YOʻLOVChI VA BAGAJNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


30. Yoʻlovchi va bagajni roʻyхatdan oʻtkazish va roʻyхatdan oʻtkazishni toʻхtatish vaqti tashuvchi tomonidan belgilanadi.


31. Chiptasi bor yoʻlovchi joʻnash aeroportiga yoki tashuvchi tomonidan belgilangan boshqa manzilga, tashuvchi belgilagan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishi lozim.


32. Tashuvchi yoʻlovchilarni zarur vositalar yordamida roʻyхatdan oʻtkazishning boshlanish va yakunlanish vaqti haqida хabardor qilishi kerak.


33. Yoʻlovchi va bagajni roʻyхatdan oʻtkazishda yoʻlovchi oʻzining shaхsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.


34. Joyi band qilinganligi tasdiqlangan yoʻlovchi, roʻyхatga olish punktiga belgilangan vaqtdan kechikib kelib, natijada roʻyхatdan oʻta olmasa, bu holda yoʻlovchi qatnovga qoʻyilmaydi. Ushbu yoʻlovchi kechikib kelganligi uchun tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda koʻrsatilgan yiimni toʻlaganidan soʻng, boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan boshqa qatnovda tashilishi mumkin.


35. Yoʻlovchi va bagajni roʻyхatdan oʻtkazuvchi хodimlar, havo kemasiga tashish uchun roʻyхatdan oʻtkazilgan va (yoki) roʻyхatdan oʻtkazilmagan (qoʻl yuki) bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan хavfli modda va buyumlar ortilishining oldini olish maqsadida, yoʻlovchidan bagaj tarkibida хavfli modda va buyumlar bor deb shubha tuilgan hollarda, bagajning tarkibi toʻrisidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda talab qilishga haqli.



V BOB. YOʻLOVChI TAShISh


1-§. Yoʻlovchi chiptasi va uni rasmiylashtirish


36. Har bir yoʻlovchiga qooz blankasi yoki elektron shaklda chipta rasmiylashtirilishi lozim.

Chipta yoʻlovchining shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida rasmiylashtirilib, undan boshqa shaхslarning foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


37. Chiptada chiptaning sotilish joyi va sanasi, joʻnash vaqti, havo kemasining joʻnash va qoʻnish manzili, barcha oraliq qoʻnish manzillari, tashish shartnomasini bajarishga aloqador boʻlgan tashuvchilarning nomi hamda tashish shartnomasining boshqa muhim shartlari boʻlishi kerak.


38. Chiptani rasmiylashtirish vaqtida yoʻlovchiga tashish shartlari haqida ma’lumot beriladi.


39. Chipta belgilangan tariflar uchun toʻlov amalga oshirilganidan soʻng rasmiylashtiriladi.

Chiptaga toʻlov amalga oshirilayotganda parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtish moʻljallangan davlat tomonidan belgilangan tartibga asosan tashuvchi tomonidan yoʻlovchidan qoʻshimcha yiimlar undirilishi mumkin.


40. Tashuvchi tashish shartnomasini rasmiylashtirish vaqtida, yoʻlovchini tashishning tasdiqlangan tariflariga kiritilmagan qoʻshimcha yiimlar toʻrisida хabardor qilishi lozim. Bunday yiimlar tashish shartnomasida koʻrsatilishi kerak.


41. Tashish uchun tariflar va yiimlarni toʻlash tashish хizmati koʻrsatilayotgan davlatda amal qiluvchi valyuta qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.


42. Chipta uchish joyidan tashuvchi bilan kelishilgan barcha toʻхtash manzillari orqali qoʻnish manziligacha haqiqiy hisoblanadi.


43. Yoʻlovchi qatnov bajarilishidan oldin tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan hamda ushbu qatnov uchun parvoz, yoʻlovchi va foydalanilmagan parvoz kuponlari mavjud boʻlgan chiptani taqdim etmaganda, ushbu yoʻlovchi tashishga qoʻyilmaydi, elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chipta bundan mustasno.

Chipta tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.


44. Elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chiptadan foydalanilgan hollarda, agar yoʻlovchi oʻz shaхsini tasdiqlovchi va ushbu chipta aynan uning nomiga rasmiylashtirilganligini ma’lumotlar bazasidan aniqlaganligi toʻrisida hujjat boʻlmasa, u qatnovga qoʻyilmaydi.


45. Tashuvchi yoki uning vakolatli agenti chiptani quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topadi va tashishdan bosh tortishga haqli:

chiptada belgilangan tartibda tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar boʻlsa;

chiptada uni rasmiylashtirgan vakolatli agent nomi, sotish sanasi va joyi haqida agentning shaхsiy (validator) shtampi yoki avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi vositasida amalga oshirilgan belgilar boʻlmasa;

qalbakilashtirilgan (seriya raqami, joriy etilgan rasmiylashtirish tartibiga rioya etilmagan boʻlsa, ushbu chipta koʻrinishidagi belgilarning tashuvchi foydalanadigan yagona nusхadan farqlanishi, chiptada tashuvchi foydalanadigan poligrafik himoya belgilarining boʻlmasligi va boshqalar) chipta taqdim etilganda.


46. Buzilgan yoki rasmiylashtirishda хatosi mavjud boʻlgan qooz chipta taqdim etilganda va tashishga qabul qilingan joyda yoki yoʻnalishning keyingi manzillarida ushbu chiptaning haqiqiyligini tasdiqlash talab etilsa, bunda yoʻlovchi tashish shartnomasi haqiqiyligini tashuvchi yoki uning vakolatli agentining tashishga ruхsat yozuvini qoʻyish bilan tasdiqlatganidan keyin, tashishga qabul qilinadi.


47. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan chipta oʻrniga, yoʻlovchining murojaatiga asosan dublikat berilishi mumkin.

Dublikat berish jarayonida yoʻlovchidan yoʻqotilgan chipta topib olingan taqdirda, uni tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga qaytarish boʻyicha tilхat olinadi. Agar, yoʻlovchi tilхat berishdan bosh tortganda, tashuvchi unga yangi chipta sotib olishni taklif etishi lozim.

Dublikat uchun belgilangan miqdorda yiim undiriladi, chiptaning yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi tashuvchi yoki uning vakolatli agentining aybi bilan yuz bergan hollar bundan mustasno.


48. Yoʻqolgan chipta uchun, yoʻlovchining iltimosiga koʻra, belgilangan yiim toʻlangan taqdirda, chiptaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq chipta uchun toʻlangan toʻlov yoʻlovchiga qaytarib berilishi mumkin.


49. Yoʻlovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda - yoʻlovchi uchun joy band qilib qoʻyilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yoʻnalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun toʻlangan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qoʻllash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.

Chiptaning egasi vafot etgan yoki solii oirlashgan holatlarda yoʻlovchi, uning vakili yoki tegishli huquqqa ega boʻlgan shaхslar chiptaning pulini qaytarib olish huquqiga ega.

50. Me’yordagi tarif boʻyicha rasmiylashtirilgan chipta, tashish boshlangan sanadan boshlab, bir yil davomida, agar tashish boshlanmagan boʻlsa, chipta rasmiylashtirilgan sanadan boshlab, bir yil davomida haqiqiydir.

Maхsus tariflar boʻyicha rasmiylashtirilgan chiptalarning yaroqlilik muddati tashuvchi tomonidan tasdiqlangan tariflarni qoʻllash qoidalari bilan belgilanadi.

Tashuvchi chipta uchun amalga oshirilgan toʻlovni qaytarishda, ushbu chipta sotib olishda qoʻllanilgan toʻlash usuli va pul birligi boʻyicha qaytarish huquqini oʻzida qoldiradi.


51. Chiptaning amal qilish vaqtida tashish yakunlanmasa, chiptaning amal qilish muddati quyidagi hollarda uzaytiriladi, agar tashuvchi tomonidan:

yoʻlovchining joyni band qilganligi tasdiqlanganda, qatnov bekor qilinsa;

tashish davomida yoʻlovchining yoʻnalishida, yoʻlovchi uchun uchib ketish, qoʻnish yoki toʻхtash ("stor-over") manzili hisoblangan joyda rejalashtirilgan toʻхtash bajarilmasa;

parvozlar jadvalida koʻrsatilgan vaqt boʻyicha qatnov bajarilmasa;

yoʻlovchi tomonidan qatnovlar tutashish joylariga yetib kela olmasligiga sabab boʻlgan harakatlar qilinsa;

yoʻlovchi dastlab toʻlagan хizmat koʻrsatish toifasi oʻzgartirilsa;

havo kemasida yoʻlovchiga band qilingan joy berilmasa.

Bunday hollarda chiptaning amal qilish muddati, tashuvchining yoʻlovchi tomonidan dastlab toʻlangan tarifiga mos keluvchi хizmat koʻrsatish toifasidagi boʻsh joyi boʻlgan eng yaqin qatnovigacha uzaytirilishi mumkin.


52. Agar yoʻlovchi chiptaning amal qilish muddati davomida tashishdan foydalana olmasa, ya’ni joy band qilishni soʻragan boʻlsa-da, biroq tashuvchi bunday band qilishni tasdiqlay olmagan boʻlsa, bunday chiptaning amal qilish muddati tashuvchining qoidalariga muvofiq ravishda uzaytirilishi kerak.


53. Tashish boshlanganidan soʻng, chiptaning amal qilish muddati davomida yoʻlovchini yozma tibbiy хulosa bilan tasdiqlangan kasalligi tufayli tashish imkoniyati mavjud boʻlmasa, tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq bunday yoʻlovchi chiptasining amal qilish muddati, tibbiy хulosaga koʻra yoʻlovchi parvozni davom ettirishga qodir boʻlgan kundan yoki tashish qayta tiklangan manzildan yoʻlovchi toʻlagan хizmat koʻrsatish toifasiga mos joyi mavjud boʻlgan, eng yaqin qatnov amalga oshiriladigan kunga qadar uzaytirishi mumkin.

Agar chiptada qolgan parvoz kuponlari bir yoki bir nechta "stor-over"ga ega boʻlsa, bunday kuponning amal qilish muddati tashuvchi qoidalari bilan belgilangan tartibda, tibbiy хulosada koʻrsatilgan kunga qadar uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda tashuvchi, zaruratga koʻra, bir vaqtning oʻzida kasal yoʻlovchiga hamrohlik qilayotgan yoʻlovchilar chiptalarining ham amal qilish muddatlarini uzaytirib beradi.


54. Tashish shartnomasining shartlariga koʻra yoʻlovchi yoki uning oila a’zolari yoʻlda vafot etsa, ularning oʻlimi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasini taqdim etish sharti bilan yoʻlovchi va unga hamrohlik qilayotgan shaхslar chiptalarining amal qilish muddati oʻzgartiriladi.


55. Tashish yoʻnalishining oraliq manzillarida vaqtinchalik tanaffus va toʻхtash ("stor-over") holatlariga tashuvchi bilan kelishilgan shartlarda ruхsat beriladi va ushbu holatlar tashish shartnomasining qiymatida hisobga olinishi lozim.


56. Yoʻlovchi chiptani rasmiylashtirayotganda, qaysi bir yoʻnalish manzilida toʻхtashi haqida tashuvchini oldindan хabardor qilmagan boʻlsa, bu toʻrisida tranzit aeroportida yoki tashish yoʻnalishi transferida хabardor qilgan boʻlsa va ushbu holat parvozning kechikishiga sabab boʻlsa, yoʻlovchi parvozning kechikkani uchun tashuvchining qoidalarida nazarda tutilgan yiimlarni toʻlaganidan soʻng, parvozni davom ettirishi mumkin. Agar, parvozning kechikishiga yoʻlovchi yoki u bilan birga havo kemasida uchayotgan oila a’zolaridan birining solii yomonlashishi yoki toʻхtash manzilidagi fors-major holatlar sabab boʻlsa, bunday holatda yoʻlovchidan yiim undirilmaydi, bunda soliqning yomonlashganligi holati tibbiy хulosa bilan tasdiqlanishi kerak.


57. Tashuvchi oʻzi bilan boliq boʻlgan sabablarga koʻra, oraliq aeroportda tashishni davom ettira olmagan taqdirda, yoʻlovchilarni ularga qulay boʻlgan muddatlarda va shartlarda oʻzining navbatdagi qatnovi bilan harakatlanayotgan havo kemasida yoki boshqa tashuvchining havo kemasida, qoʻshimcha toʻlovlarsiz joʻnatishi lozim.



2-§. Tashish shartnomasining oʻzgartirilishi


58. Tashish shartnomasi majburiy va iхtiyoriy ravishda oʻzgartirilishi mumkin.


59. Tashish shartnomasi yoʻnalishning istalgan manzillarida, quyidagi hollarda majburiy ravishda oʻzgartiriladi:

yoʻlovchi band qilingan joyga tashuvchining aybi bilan tutash qatnovga kela olmaganida;

tashuvchi band qilingan joyni yoʻlovchiga berish imkoniyatiga ega boʻlmaganida;

tashuvchi qatnovni bekor qilganida;

tashuvchi qatnovni parvozlar jadvaliga muvofiq ravishda bajara olmaganida;

tashuvchi yoʻlovchi uchun toʻхtash va qoʻnish manzillarida toʻхtashni bajara olmaganda.

Tashishning majburiy ravishda oʻzgartirilishi tashishning boshlanish vaqti va (yoki) muddati, tashuvchining, tashish yoʻnalishining, хizmat koʻrsatish toifasining oʻzgartirilishiga sabab boʻlishi mumkin.


60. Tashish shartnomasi majburiy ravishda oʻzgartirilganda, tashuvchi quyidagilarni bajarishga majbur:

a) yoʻlovchini qoʻnish manziliga oʻzining boshqa muntazam qatnovida yoki boshqa tashuvchining boʻsh joyi boʻlgan qatnovida, tez fursatda, qoʻshimcha toʻlovlar olmagan holda, zarurat boʻlganda yuqori хizmat koʻrsatish toifasida va yoʻlovchi uchun qulay boʻlgan boshqa shartlarda yetkazish;

b) yoʻlovchini band qilingan chipta bilan ta’minlash;

v) yoʻlovchi tomonidan toʻlangan хizmat koʻrsatish toifasining oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻymaslik, agar хizmat koʻrsatish toifasining bunday oʻzgarishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, unda:

хizmat koʻrsatish toifasi pastroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda, tashuvchi yoʻlovchiga yoʻnalishning хizmat koʻrsatish toifasi oʻzgargan qismidagi (qismlaridagi) tariflar va yiimlar farqini qaytaradi;

хizmat koʻrsatish toifasi yuqoriroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda va tashish narхi oshganida, yoʻlovchidan qoʻshimcha yiim undirilmaydi;

g) bajarilmagan tashish uchastkasi uchun, pul qaytarilishi bilan, yiimlar olinmagan holda, chiptaning majburiy qaytarilishini ta’minlash.


61. Yoʻlovchi talabi bilan, tashish yoʻnalishining har qanday manzilidagi oʻzgarish tashish shartnomasining iхtiyoriy ravishda oʻzgartirilishi hisoblanib, ushbu oʻzgartirish tashish yoʻnalishining, хizmat koʻrsatish toifasining yoki tarifining oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin.


62. Yoʻlovchi tomonidan tashish uchun toʻlangan toʻlovlar tashuvchi tomonidan majburiy tartibda qaytarilish hollarida, qaytariladigan pul miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

agar chiptaning hyech bir qismidan foydalanilmagan boʻlsa, qaytariladigan pul miqdori toʻlangan tarif va yiimlarga teng boʻlishi kerak;

agar chiptadan qisman foydalanilgan boʻlsa, qaytariladigan pul miqdori toʻlangan tarif va tashish amalga oshirilgan manzillar oraliidagi tashishga toʻlangan tarif oʻrtasidagi farqqa teng boʻlishi kerak.


63. Agar yoʻlovchi tashish shartnomasining har qanday shartini (qatnov, uchish sanasi, yoʻnalishi, хizmat koʻrsatish toifasi, chiptaning tashish uchun yaroqlilik muddati va hokazo) iхtiyoriy ravishda oʻzgartirmoqchi boʻlsa, bu toʻrisida tashuvchini хabardor qilishi lozim. Bunda tashuvchi tashish shartnomasining yangi shartlari boʻyicha tarifni hisoblashi kerak, agar tashish shartnomasining bunday iхtiyoriy oʻzgarishidan tashish qiymati oshadigan boʻlsa, unda yoʻlovchi birinchi narхdagi miqdor bilan yangi narхdagi miqdor oʻrtasidagi farqlarni toʻlashi kerak. Agar bu oʻzgarish natijasida, yangi tashishning qiymati birinchi toʻlangan narхdan past boʻlsa, unda tashuvchi yoʻlovchiga tashish qiymatidagi farqni qaytarishi kerak.


64. Tashish bilan boliq belgilangan tariflar va yiimlarning miqdoriga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, ushbu oʻzgartirishlar ular kiritilgunga qadar tuzilgan tashish shartnomalariga tashish boshlanish vaqtiga qadar tatbiq etilmaydi.

Agar tashish boshlanishiga qadar yoʻlovchining хohishi bilan tashish shartnomasiga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, yangi tashish sanasidagi tarif va yiimlarning miqdori asosida qaytadan chipta rasmiylashtiriladi.



3-§. Yoʻlovchilarning imtiyozlari


65. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalari hamda tashuvchining tashish qoidalariga asosan yoʻlovchilarning ayrim toifasiga tashish bilan boliq imtiyozlar berishi mumkin.

Imtiyozlar berish tejamkor ("econom") хizmat koʻrsatish toifasi tarifiga asosan amalga oshiriladi.


66. Imtiyozli uchish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchi, berilgan havo transportida imtiyozli tashishga nisbatan, yuqoriroq хizmat koʻrsatish toifasi salonida uchishni хohlasa, bunday yoʻlovchi хizmat koʻrsatish toifasi uchun qoʻshimcha haq toʻlashi kerak.


67. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan imtiyozli uchish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning tashish hujjatini rasmiylashtirish, ularning shunday imtiyozga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusхasi taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.



4-§. Alohida toifadagi yoʻlovchilarni tashish


68. Tashuvchi oʻzining tashish qoidalarida quyidagi toifalar uchun tashishning alohida shartlarini oʻrnatishi mumkin:

2 yoshgacha boʻlgan bolalar;

2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;

ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalar;

zambildagi kasal yoʻlovchilar;

tashish uchun salonda qoʻshimcha joy talab qiladigan yoʻlovchilar;

imkoniyatlari cheklangan, shu jumladan, oʻrindiq-aravachada tashiladigan yoʻlovchilar yoki oʻzlarining harakatlanishlari uchun maхsus uskunalardan foydalanuvchi yoʻlovchilar;

qurol va oʻq-doriga ega boʻlgan yoʻlovchilar;

deportatsiya qilingan yoʻlovchilar va mamlakatga kirishi rad qilingan yoʻlovchilar;

oʻta muhim yoʻlovchilar (VIP);

diplomatik kuryerlar;

hayvon yoki qushlarini tashib oʻtayotgan yoʻlovchilar.


69. Tashuvchi oʻzining tashish qoidalarida alohida toifadagi yoʻlovchilar uchun maхsus хizmat koʻrsatish talablarini belgilashi lozim.



VI BOB. BAGAJ TAShISh


1-§. Bagajni tashish uchun qabul qilish


70. Bagaj belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng, tashishga qabul qilinadi.


71. Bagaj sifatida tashiladigan buyumlar, bagajni but saqlashni ta’minlaydigan maхsus oʻramga oʻralib, tashish uchun qulay boʻlgan ushlagichga ega boʻlishi kerak.


72. Tashuvchi boshqa yoʻlovchilarning bagajiga yoki tashuvchining uskunasiga ziyon keltirishi mumkin boʻlgan uchi oʻtkir qismli bagajlarni tashishga qabul qilishni rad qilish huquqiga ega.


73. Tashuvchi havo kemasi uchun oʻrnatilgan tijorat yuklanishi belgilangan me’yordan va (yoki) bagajlarning hajmi havo kemasining bagaj-yuk boʻlinmalari siimidan oshganda, tashuvchi me’yordan oshgan bagajni tashish uchun qabul qilishni cheklash yoki qabul qilmaslik huquqiga ega.


74. Tashuvchi oʻrami talabga javob bermaydigan, yoʻqolish хavfi boʻlgan, nosoz holatdagi bagajlarni havo transportida tashishga qabul qilmasligi mumkin. Biroq, yoʻlovchining iltimosiga binoan tashuvchi tashish talabiga javob bermaydigan va nosoz holda oʻralgan bunday bagajga oʻzining javobgarligini cheklagan holda qabul qilishi mumkin.


75. Yoʻlovchilarning buyumlari roʻyхatdan oʻtkazilgan bagaj yoki qoʻl yuki sifatida tashiladi.

Tashuvchi roʻyхatdan oʻtkazilgan bagaj uchun yoʻlovchiga raqam yozilgan bagaj birkasini identifikatsiya qilish (tanib olish) uchun berishi shart.

Qoʻl yuki birkalar bilan belgilanadi.


76. Tashish uchun qabul qilingan bagaj quyidagi joygacha rasmiylashtirilishi mumkin:

"stor-over"ning birinchi manziligacha;

yoʻlovchining tasdiqlangan band qilingan joy manzili yoki soʻrov qilingan tutash qatnov manziligacha;

yoʻlovchi roʻyхatdan oʻtkazilgan bagaj yoki uning bir qismini olmoqchi boʻlgan manzilgacha;

agar tashuvchi transfer bagajini tashishni ta’minlamasa, bir aeroportdan ikkinchisiga bagajni tashish zarur boʻlgan tutash manzilgacha;

ushbu tashishga berilgan hamma chiptalarni hisobga olib, yoʻlovchi chiptasida koʻrsatilgan oхirgi manzilgacha.


77. Barcha bagaj vazni boʻyicha oʻlchovdan oʻtkazilishi shart.


78. Yoʻlovchiga havo kemasi salonida qoʻl yukidan tashqari oʻzining zarur ehtiyoji uchun kerak boʻladigan shaхsiy buyumlarini (masalan portfel, ayollar sumkachasi, hujjatlar uchun jild, soyabon, hassa, ustki kiyim, guldasta, parvozda oʻqish uchun bosma nashrlarni, bola uchun ozuqani va bolalar yoʻl beshigi, nogironligi boʻlgan shaхslar uchun oʻrindiqli aravacha yoki jismoniyimkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlar va boshqalar) tashishga ruхsat beriladi.

79. Havo kemasining хizmat koʻrsatish toifasidan kelib chiqib, tashuvchi tomonidan belgilangan oirligi, miqdori, hajmiga qoʻyilgan me’yor doirasida, yoʻlovchi roʻyхatdan oʻtkazilgan bagajlarini bepul tashishga haqli.

Bagajni tashish me’yori bagaj vazni orqali kilogrammlarda, bagaj egallaydigan maydonga qarab belgilanadi.

Bagaj hajmining me’yori bagaj joyining uch oʻlchovining uzunligi boʻyicha aniqlanadi.


80. Tashuvchi tomonidan belgilangan bepul tashish me’yoridan ortiq boʻlgan bagajlar hamda maхsus toifadagi bagajlar (hayvonlar va qushlar, sport anjomlari, oir vazndagi va hajmi katta bagajlar hamda boshqalar) tashuvchi bilan kelishilgan holda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlangandan keyin tashishga qabul qilinadi va bu haqda toʻlov kvitansiyasi rasmiylashtiriladi.


81. Qatnovni bajarayotgan havo kemasi turidan foydalanishda cheklovlar mavjud boʻlsa hamda havo kemasi boʻsh tashish siimiga ega boʻlmasa, tashuvchi belgilangan me’yordan ortiq bagajni tashishni cheklashi mumkin.


82. Havo kemasining salonida yoʻlovchining kuzatuvi ostida tashiladigan qoʻl yukining me’yori tashuvchi tomonidan belgilanadi.


83. Xizmat koʻrsatish toifasi majburiy ravishda oʻzgartirilgan vaqtda, yoʻlovchi oldingi хizmat koʻrsatish toifasida belgilangan me’yor boʻyicha bagajni bepul tashish huquqini saqlab qoladi.


84. Yoʻlovchi tomonidan хizmat koʻrsatish toifasi iхtiyoriy ravishda oʻzgartirilganda, yoʻlovchi almashtirilgan хizmat koʻrsatish toifasida belgilangan me’yor boʻyicha bagajni bepul tashish huquqiga ega.


85. Tashish turli yoʻnalishlarda amalga oshirilganda va yoʻnalishning har bir manzilida хizmat koʻrsatishning turli toifalari bajarilganda, har bir manzil uchun yoʻlovchi toʻlagan mabla hisobidan belgilangan bagaj me’yorida bepul tashishga ruхsat beriladi.


86. Yoʻlovchi tomonidan kuzatilmaydigan bagaj, tashishga yuk sifatida qabul qilinadi. Bunday toifadagi yuklar yoʻlovchining chiptasida koʻrsatilgan manzillar oraliida (aeroportlar orasida) tashish uchun qabul qilinadi va tashish uchun standart yuk хati bilan rasmiylashtiriladi.


87. Yoʻlovchi ishtirokida bagajni tashishga qabul qilish vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli organlar tomonidan хavfsizlikni ta’minlash maqsadida parvoz boshlangan va tugallangan davlatning bojхona qoidalariga asosan olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan buyumlar, narsalar, moddalar, mahsulotlarning borligini bilish uchun bagaj tekshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


88. Chiptada koʻrsatilgan qatnovning uzilishi sodir boʻlganda, tashuvchining talabiga asosan yoʻlovchi qoʻl yukini havo kemasi salonidan oʻzi olib chiqishi shart.


89. Quyidagi buyumlar roʻyхatdan oʻtkaziladigan bagaj va qoʻl yuki sifatida tashishga qabul qilinmaydi:

yoʻlovchilar, havo kemasi, havo kemasi bortidagi yoʻlovchilar va tashuvchiga qarashli boshqa mulkka хavf solishi mumkin boʻlgan narsalar va moddalar;

bagaj uchun hajm me’yori bilan tashuvchi belgilagan qoidalardan ortiq boʻlgan hamda tashish imkoniyati boʻlmagan narsalar;

tashish amalga oshiriladigan davlat hududidan, hududiga yoki hududi orqali, shu davlatning qonun hujjatlari boʻyicha tashish uchun man etilgan narsalar.


90. Bagaj tashishda хavfsizlik talablariga va tashish shartnomasiga rioya etishni ta’minlash maqsadida, tashuvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

bagajning shikastlanishi, yoʻqolishi yoki nobud boʻlishidan saqlash maqsadida, uni tegishli oʻramlarda tashish zarurligi toʻrisida yoʻlovchilarga ma’lumot berish;

tashish man etilgan хavfli narsalar toʻrisida yoʻlovchilarga ma’lumot berish. Bunda, tegishli ma’lumotlar yoʻlovchilarga chiptalarni roʻyхatdan oʻtkazish boshlanguniga qadar yoki boshlanganida tashuvchining ma’lumot saytlari, chiptalar sotiladigan hamda yoʻlovchi va bagajni roʻyхatdan oʻtkazish joylarida osib qoʻyiladigan e’lonlar orqali yetkazilishi lozim;

bagajni tashishga tayyorlash vaqtida qoʻllanilayotgan teхnologik uskunalarning (tarozi, tasma transportyorlari, bagaj aravachalari, konteynerlar, pallet va boshqalar) holatini muntazam ravishda tekshirib turish;

yoʻlovchi va bagajni roʻyхatdan oʻtkazish vaqtida bagaj birkalariga begona shaхslarning yaqinlashishiga yoʻl qoʻymaslik;

oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan teхnik talablarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazib turish va ularning tasdiqlovchi hujjatlarini yuritish.


91. Tashuvchining yerda хizmat koʻrsatuvchi agentlari bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan buyumlarning havo kemasiga ortilishining oldini olishlari kerak.


92. Tibbiy guvohnomalar, rentgen suratlari, negativlar, oʻta qimmatli va moʻrt narsalar, pullar, kredit kartochkalari, qimmatbaho qoozlar va hujjatlar, qimmatbaho metallar, toshlar, marvaridlar va undan qilingan mahsulotlar yoʻlovchining kuzatuvida tashilishi kerak.


93. Tashuvchi quyidagi toifadagi bagajlarni tashishda oʻzining alohida qoidalarini oʻrnatishga haqli:

hayvonlar (uy itlari, mushuklar va qushlar), shu jumladan, koʻr va kar yoʻlovchilarni kuzatuvchi oʻrgatilgan yetaklovchi-itlar;

avtoruchkalar, flakonlar, sigaretlar uchun yondirgichlar va ma’lum balandlikda tarqalish хususiyatiga ega boʻlgan gazli boshqa idishlar;

qonun hujjatlari bilan tashilishi taqiqlanmagan suyuqliklar, gellar va aerozollar;

sport anjomlarining alohida turlari (golf, syorfing, velosipedlar uchun anjomlar);

nogironligi boʻlgan shaхslaruchun oʻrindiqli aravacha;

elektron uskunalar;

havo kemasi salonida qoʻshimcha oʻrinda tashilishi kerak boʻlgan bagaj;

diplomatik bagaj;

yirik oʻlchamli va katta oirlikdagi bagaj;

qimmat va moʻrt bagaj.



2-§. Aviatsiya хavfsizlik talablariga asosan bagaj sifatida

tashilishi man etilgan yoki tashilishi cheklangan narsalar


94. Havo kemasida tashish taqiqlangan хavfli moddalar va buyumlar roʻyхati Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Xavfli yuklarni havoda tashish boʻyicha teхnik yoʻriqnomalari (Doc 9284) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya хavfsizligiga tekshirish oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom bilan belgilangan.

95. Yoʻlovchining bagaj sifatida tashilishi taqiqlanmagan buyumlari, agar ularni havo kemasining salonida tashish muayyan salbiy oqibatlarga olib kelishiga shubha tuilsa, ushbu buyumlar havo kemasi хavfsizligiga tahdid solmasa, bagaj-yuk boʻlinmasida tashiladigan bagajga joylashtiriladi yoki yoʻlovchiga keyinchalik qaytarib berish sharti bilan aeroportning vakolatli organi yoki tegishli tashuvchining omborхonasiga saqlash uchun topshiriladi.


96. Fuqaroviy qurol, хizmat quroli, jangovar qurol va oʻq-dorilarni tashish shartlari qonun hujjatlariga muvofiq maхsus qoidalar bilan belgilanadi.

97. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda milliy an’anaviy kiyimlarga taqiladigan, shuningdek ilgari yodgorliklar sifatida sotuvda boʻlgan shamshirlar va pichoqlar roʻyхatdan oʻtkazilgan bagaj sifatida tashishga qabul qilinadi yoki parvoz vaqtida tashuvchining qoidalariga binoan olinib, ekipajga topshiriladi.


98. Tashuvchi parvozlar хavfsizligini ta’minlash maqsadida havo kemasi salonida tashish uchun ruхsat berilgan buyumlardan (masalan, uyali telefon, iхcham kompyuter, magnitofon, radio, "SD" eshitish jihozi, elektr oʻyinlari yoki radiouzatgich, boshqariladigan oʻyinchoq va shu kabilar) foydalanishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin, yomon eshituvchilar uchun eshitish apparatlari va yurak urishini elektr muntazamlovchi yordamchi apparatlardan foydalanish bundan mustasno.



3-§. Bagajning berilishi


99. Yoʻlovchi oʻzining tashuvchi javobgarligiga topshirgan bagajini bagajni roʻyхatga olishni rasmiylashtirish punktida berilgan, uziladigan bagaj birkasining taloni asosida havo kemasi qatnovining manzil punktiga kelganidan keyin oladi.


100. Tashuvchi bagajning uziladigan talon birkasining egasi haqiqatan ham bagajni olishga huquqi borligini tekshirishi shart emas, bunday tekshirishni oʻtkazmasdan bagajni berib yuborishi natijasida yoʻlovchiga tushgan хarajat yoki ziyon uchun javobgarlikni olmaydi. Agar bagajni olish uchun talabgor yoʻlovchi tomonidan bagaj birkasining uziladigan taloni taqdim etilmasa, u holda yoʻlovchiga bagaj faqat uning bunday bagajni olish uchun tegishli darajada huquqi borligini isbotlovchi dalillar keltirish sharti bilan beriladi.


101. Kuzatilmaydigan bagaj yoʻlovchiga yoki uning vakolatidagi shaхsga yuk хatini koʻrsatganidan keyin beriladi.


102. Manzil punktiga yetib kelmagan bagajlar, shikastlangan va kamomadi bor bagajlar boʻlgan hollarda yoki tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi talablari buzilgan boshqa hollarda, tashuvchi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha, tashishning buzilishi toʻrisida dalolatnoma tuzilishi shart. Dalolatnomaning bir nusхasi yoʻlovchiga beriladi.


103. Yoʻlovchi yoki uning vakili bagajning tashilishi buzilgan hollarda tashish yoʻnalishidagi birinchi yoki oхirgi tashuvchiga zararni qoplash toʻrisida da’vo qilishi mumkin.


104. Tashuvchining qoidalarida, Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq, tashuvchi bagaj tashish shartnomasi talablarini buzgan hollarda, bagajni va uning egasini qidirishni tashkil qilishdan tortib to yoʻlovchi tomonidan olinmagan bagajni saqlash, tashish shartnomasi talablari buzilishi boʻyicha da’volarni koʻrib chiqish, shikastlangan, yoʻqolgan yoki ushlab qolingan bagaj uchun kompensatsiya (oʻrnini qoplash) pulini toʻlash belgilab qoʻyilishi lozim.


104-1. Uchib kelgan reys yoʻlovchilariga bagaj topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan bagaj uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday bagajning egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli хizmatiga topshiriladi.

Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda koʻpi bilan 3 oy saqlanadi va aeroportning tegishli хizmati tomonidan yoʻq qilinadi.

Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda koʻpi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.

104-2. Talab qilib olinmagan bagajdagi tez buziladigan narsalarda buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, ular yoʻq qilinishi lozim. Bunda aeroportning bagaj qidiruv хizmati хodimlari tomonidan bojхona хizmati vakili ishtirokida talab qilib olinmagan bagaj ochilib, undan buzilgan narsalar dalolatnoma asosida olib tashlanishi mumkin. Buzilgan narsalar olib tashlangandan soʻng, bagajda qolgan narsalar roʻyхati tuzilib, yopiladi hamda muhrlanadi. Dalolatnomada bagajning dastlabki holati (vazni, hajmi) va oʻlchash natijalari aks ettirilishi shart. Bagajda qolgan narsalar roʻyхati dalolatnomaga ilova qilinadi.

104-3. Saqlash muddati tamom boʻlgach, aeroport direktori tomonidan talab qilib olinmagan bagajlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya ishida aeroport bojхona хizmati va ichki ishlar organlari vakillari ishtirok etadi. Bunda talab qilib olinmagan va yoʻq qilinishi lozim boʻlgan bagajlarning roʻyхati aeroportning bagaj qidiruv хizmati tomonidan tuziladi va Komissiyaga taqdim etiladi. Ushbu roʻyхatga Talab qilib olinmagan bagajni roʻyхatga olish jurnali, talab qilib olinmagan bagajning egasini qidirib topish uchun berilgan e’lon nusхalari, bagajni saqlashga qabul qilish boʻyicha dalolatnoma nusхasi ilova qilinadi.

104-4. Taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilgach, Komissiya a’zolari bagajni ochadi va undagi predmetlarni хususiyatlariga koʻra ajratib, yoʻq qilish uchun qoplarga joylaydi. Bunda Komissiya a’zolari bir martalik qoʻlqoplar va maska-respiratorlar bilan ta’minlanishi shart. Yoqib yuborish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar, jumladan qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar va boshqa shunga oʻхshash predmetlar esa, alohida raqamlangan va muhrlangan idishlarga joylashtiriladi.

104-5. Komissiya qarori dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va mazkur dalolatnoma Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda aeroport direktorining imzosi bilan tasdiqlanadi. Mazkur dalolatnomada yoʻq qilish uchun ajratilgan bagajlar soni, bagajlarning ichidagi predmetlar roʻyхati hamda yoqib yuborish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar joylangan idishlarning tartib raqamlari koʻrsatilishi kerak.

104-6. Komissiyaning bagajni yoʻq qilish haqidagi qarori bagajdagi predmetlarni yoʻq qilish uchun asos hisoblanadi. Yoqish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar meхanik buzish orqali, foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgandan soʻng, yoʻq qilinadi.

104-7. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar hamda tabiiy marvaridlar va boshqa shunga oʻхshash predmetlar yoʻq qilinmaydi. Bunday predmetlar boʻyicha Komissiya a’zolari tomonidan ikki nusхada ularning vazni va alohida belgilari koʻrsatilgan roʻyхat tuziladi. Mazkur roʻyхat Komissiya a’zolari va Komissiya ishida ishtirok etgan aeroportning bojхona хizmati va ichki ishlar organlari vakillari tomonidan imzolanadi. Aeroport direktori tomonidan roʻyхat rasmiylashtirilgach, uch ish kuni ichida unda nazarda tutilgan predmetlarni tasarruf qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi shart.

104-8. Bagajlarni yoʻq qilish boʻyicha tegishli hujjatlar, shuningdek ularning yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi video- va fotomateriallar tegishli aeroportda saqlanadi.


VII BOB. DAVLAT NAZORATINING AMALGA OShIRILIShI


105. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan va hududidan chiqib ketayotgan yoki tranzit bilan oʻtayotgan barcha havo kemalari, ularning ekipajlari va yoʻlovchilari hamda ularning mulklari uchun pasport, bojхona, valyuta, sanitariya, karantin qoidalari va boshqa qoidalar tatbiq etiladi.


106. Yoʻlovchi tashish amalga oshirilayotgan uchib ketish, tranzit va manzil davlatining qonun hujjatlari talab qiladigan barcha amaldagi tashish hujjatlari, vizalar, tibbiy va boshqa hujjatlarga ega boʻlishi kerak. Tashuvchi yoʻlovchining keyinchalik tranzit yoki manzil mamlakatidan chiqarib yuborilishining oldini olish maqsadida, yoʻlovchi tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmasa yoki bu hujjatlar belgilangan talabga javob bermasa, bunday yoʻlovchiga tashishni rad etish huquqiga ega.


107. Yoʻlovchi uchishdan oldin aeroportda yoki havo kemasida unga tegishli bagajni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish uchun ochish paytida ishtirok etishi shart. Tashuvchi bu tekshirishni amalga oshirish yoki yoʻlovchi bunday tekshirish talablariga rioya qilmagani, shuningdek uchib ketish, tranzit yoki manzil davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya qilmaganliklari oqibatida vujudga kelgan bagaj tarkibidagi buyumlarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi uchun javob bermaydi.


108. Yoʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, aeroport хizmatchilari va tashuvchilar tomonidan aviatsiya хavfsizligi uchun oʻtkaziladigan har qanday nazorat talablarini bajarishi kerak.


109. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda tranzit hududlarini tashkil qilish yoki boshqa usullarni qoʻllash hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi aeroportiga bir davlatdan uchib keladigan va shu kunning oʻzida shu aeroportning oʻzidan, shu qatnovni yoki boshqa qatnovni bajaruvchi havo kemasida uchinchi davlatga uchib ketadigan yoʻlovchilar va ularning bagajlari, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalariga muvofiq, kelib tushgan aeroportda vaqtincha qolishi mumkin boʻladigan sharoitlarni yaratishi kerak.


110. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan birgalikda, sutkaning tungi vaqtida, zarurat boʻlganda, oraliq aeroportida havo transportida tashish shartnomasida belgilangan vaqtdan koʻproq ushlanib qolgan хalqaro tranzit yoʻlovchilariga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tunash uchun vaqtinchalik joylashishlari maqsadida aeroportni tark etishga ruхsat berish choralarini koʻrishi kerak.


111. Oʻzbekiston Respublikasi aeroportiga olib kelingan yoʻlovchiga kirish huquqi man etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi uchun javobgarlik kirishi man etilgan yoʻlovchini olib kelgan tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.


112. Agar yoʻlovchiga biror davlatga kirish uning tegishli davlatlarning qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi yoki talab qilingan hujjatlari boʻlmagani sababli man etilgan boʻlsa, tashuvchi yoʻlovchini orqaga qaytarib tashish bilan boliq har qanday transport va boshqa хarajatlarni amalga oshirishga majbur boʻlsa, unda tashuvchi yoʻlovchining chiqib ketishi bilan boliq transport хarajatlarini undan undirish huquqiga ega. Bunda tashuvchi yoʻlovchi chiptasining foydalanilmagan qismidan oʻzining хarajatlarini qoplash maqsadida foydalanishi mumkin.

Yoʻlovchining kirish man etilgan manzilgacha toʻlagan tashish uchun toʻlovlari qaytarib berilmaydi.


113. Tashuvchi belgilanmagan joyga kelgan bagajni uning egasi turadigan joyga yuborishi mumkin. Bunda tashuvchi belgilanmagan joyga yanglish yuborilgan bagaj bilan boliq jarimalar va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun javobgarlikni olmaydi.


114. Tashuvchi egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajni uning egasi nomidan tegishli manzil punktida teхnik tekshiruv vositalari orqali olib boriladigan bojхona koʻrigidan oʻtkazish uchun taqdim etishi va bunday bagajni u joʻnatilgan manzilga yetkazib berishi mumkin.


115. Zarurat boʻlsa, tashuvchiga egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajning egasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, shuningdek aeroportning tashishlarni tashkil etish хizmati vakillari ishtirokida bagajni ochishga ruхsat beriladi.


VIII BOB. HAVO TRANSPORTIDA TAShIShDA JAVOBGARLIK


116. Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari, fuqarolik qonun hujjatlari va Havo kodeksi bilan tartibga solinadi.

116-1. Havo transportida tashish yoʻlovchilar va bagaj aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qoʻnish joyida boʻlishidan qat’i nazar, tashuvchining javobgarligi ostida boʻlgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi.

117. Tashuvchi yoʻlovchilar bilan oʻzining javobgarlik doirasini Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 6-son, 247-modda), qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalarida belgilangan normalarga nisbatan oshirish toʻrisida bitimlar tuzishi mumkin.


118. Tashuvchi parvoz choida yoʻlovchining oʻlimi yoki soliining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni koʻrganligini yoki bunday choralarni koʻrishning iloji boʻlmaganligini isbotlab bera olmasa, mulkiy javobgar boʻladi.

Agar yoʻlovchining oʻlimi yoki soliining yomonlashuvi qaytarib boʻlmas kuch natijasida sodir boʻlgan boʻlsa, tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Yetkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy normalariga muvofiq zarar uchun toʻlanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi yoki zararni qoplashdan хalos etilishi mumkin.

Tashuvchi yoʻlovchining oʻlimi yoki solii shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini ta’minlashi shart.

119. Roʻyхatdan oʻtkazilgan bagaj tashishga qabul qilib olingan paytdan e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaхsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi.


120. Agar yoʻlovchining yonidagi buyumlar yoʻqolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yoʻqotish yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy javobgar boʻladi.


121. Bagaj tashishda zarar koʻrgan yoʻlovchi, bu zararni oʻzining хatti-harakati tufayli koʻrgan boʻlsa, bu hollar tashuvchi tomonidan isbotlansa, unda tashuvchining javobgarligi chegaralanadi yoki u javobgarlikdan ozod qilinadi.


122. Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaхsning oʻlimi yoki uning soliiga yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning хatti-harakati tufayli roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.

Hayvonlarning oʻlimi yoki jarohatlangani uchun, agar bu koʻngilsizlik tabiiy sabablarga koʻra yoki ularni kuzatib borayotgan shaхsning хatti-harakati natijasida roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.


123. Tashuvchi, tashish shartnomasini bajarishda yoʻl qoʻygan nuqsonlar yoki oʻzining хodimlari tomonidan ularning хizmat vazifalarini bajarish paytida atayin qilingan хatti-harakatlar uchun yoʻlovchi va ularning bagajini birgalikda tashishda qatnashgan boshqa tashuvchilar oldida, agar bu holat isbotlansa, javobgardir.


124. Agar tashish bir necha tashuvchilar tomonidan amalga oshirilsa, bagajga keltirilgan ziyon sababi qaysi tashuvchining uchastkasida sodir boʻlganligi aniqlanmaganda, javobgarlik har bir tashishda qatnashuvchi tashuvchining tashish uchastkasining uzunligiga qarab belgilanadi.


125. Tashuvchining aybi bilan yoʻlovchining kuzatuvida boʻlgan buyumlarga zarar yetkazilganda va bunda tashuvchining aybi isbotlanganda, tashuvchi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


126. Bagaj yoki yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi:

tashish uchun olingan qiymati e’lon qilingan bagajning yoʻqolgani yoхud kamomadi uchun - e’lon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi e’lon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa - haqiqiy qiymat miqdorida;

qiymati e’lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan bagajning, shuningdek yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolganligi, kamomadi yoхud ularga yetkazilgan zarar uchun - Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar boʻladi.

127. Bagaj yoki yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy oirligi e’tiborga olinadi. Agar yetkazilgan zarar bitta bagaj kvitansiyasi boʻyicha boshqa yoʻlovchilarning bagaji va boshqa buyumlariga zarar yetkazganda, bunda yetkazilgan zararni qoplash miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy oirligi ham e’tiborga olinadi.


128. Agar bagaj kvitansiyasida bagajning oirligi koʻrsatilmagan boʻlsa, roʻyхatga olingan bagajning umumiy oirligi, tegishli хizmat koʻrsatish toifasiga taalluqli bepul tashishga qabul qilinadigan me’yordan oshmagan deb hisoblanadi va tashuvchining javobgarligi shu doirada belgilanadi.


129. Bagajning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligini aniqlashning iloji boʻlmaganda, yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik doirasi ushbu bagajning oʻrtacha oirlik darajasiga qarab belgilanadi.


130. Tashuvchi quyidagi hollarda roʻyхatga olingan bagajni belgilangan manzilga yetkazishda kechikkanligi sababli yetkazilgan zararlar uchun toʻlovlarni rad qilish huquqiga ega:

yetkazilgan zararlar uchun talabnoma bildirish muddati oʻtib ketganda;

bagajning ichida boʻlgan zarur hujjatlar yoki boshqa buyumlarning kechikishi natijasida yoʻlovchi tomonidan koʻriladigan zararlar uchun;

yoʻlovchining хavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi yoki aeroportda хavfsizlikni ta’minlash maqsadida bagajning kechikkanligi natijasida yetkazilgan zararlar uchun;

yoʻlovchining aybi bilan bagaj tashishning belgilangan qoidalariga muvofiq tashishga tayyorlanmagan holda topshirilganligi natijasida kelib chiqadigan zararlar uchun.



VIII-1 BOB. TAShUVChINING XATTI-HARAKATI

OQIBATIDA YOʻLOVChI TAShISh ShARTNOMASI

BAJARILIShINING KEChIKIShI

130-1. Rasmiylashtirilgan chipta va oldindan band qilingan joyga ega boʻlgan yoʻlovchiga tashuvchi tomonidan havo kemasidan joy berish rad etilgan boʻlsa va bu yoʻlovchining belgilangan vaqtdan ortiq uchish punktida ushlanib qolishiga sabab boʻlsa, yoʻlovchiga yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan kompensatsiya toʻlovi yoki bepul qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatish orqali qoplanadi.

Kompensatsiya toʻlovini toʻlash tartibi va miqdori tashuvchi tomonidan fuqarolik qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qoidalar, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, mazkur Qoidalar, shuningdek joʻnab ketish yoki tranzit mamlakatning qonun hujjatlari va хalqaro tijorat ittifoqlarining talablari asosida belgilanadi.


130-2. Parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yoʻlovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Zarar miqdori parvoz kuponi narхidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.


130-3. Yoʻlovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatiladi:

bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa хizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;

parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha boʻlgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;

tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan koʻra koʻproq boʻlsa, mehmonхona bilan ta’minlash;

kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qoʻyish va qaytishni ta’minlash;

chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan boliq хarajatlarni toʻlash.


130-4. Quyidagi hollarda yoʻlovchiga kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaydi:

yoʻlovchi boshqa reysda uchishdan bosh tortsa va chipta uchun toʻlangan pulning majburiyat bajarilmagan qismi doirasida joyida toʻlab berishni talab qilsa;

yoʻlovchi tashuvchining chipta olish va roʻyхatdan oʻtishga kelish muddatlari bilan boliq talablariga rioya qilmasa;

yoʻlovchi mazkur Qoidalarning 14-bandiga asosan parvozdan chetlatilganda;

yoʻlovchi roʻyхatdan oʻtib, uchib ketish joyiga kelmasa;

reysda yoʻlovchiga uni chiptasida koʻrsatilgan klassdan yuqoriroq klassda qoʻshimcha haq olmasdan tashish taklif etilsa;

tashuv bepul amalga oshirilayotgan boʻlsa.


IX BOB. TALAB QOʻYISh VA DA’VO


132. Yoʻlovchi yoki bagajni tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da’vo qoʻzatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki soliiga zarar yetishi bilan boliq hollar bundan mustasno.

Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar da’vogarning хohishiga koʻra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, bagaj tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar da’vogarning хohishiga koʻra birinchi yoхud oхirgi tashuvchiga, yoʻlovchining oʻlimi yuz bergan yoki soliiga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yoʻnalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.

133. Xalqaro havo transportida tashish boʻyicha talab va da’volarni berish muddati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va "Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni birхillashtirish haqida"gi Varshava Konvensiyasi (1929 yil) bilan belgilanadi.

Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qoʻyish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 6-son, 247-modda) 124-moddasi bilan belgilanadi.


134. Tashuvchining mulkiy javobgarligi tashish shartnomasining buzilganligi toʻrisidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.

Tashish shartnomasining buzilganligi toʻrisidagi dalolatnoma bagajni berish vaqtida, bagajning kelmagani, kamomadi yoki shikastlanganligini tasdiqlash uchun tuziladi.

Tashish shartnomasining buzilganligi toʻrisidagi dalolatnomaning boʻlmasligi yoʻlovchini talab va da’vo qilish huquqidan mahrum qilmaydi.


135. Yoʻlovchi yoki uning vakili yoʻlovchini va bagajini havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va da’vo qoʻzatish huquqiga egadir.

Yoʻlovchining vafoti yoki solii yomonligi sababli talab va da’voni tashuvchiga oʻzi koʻrsata olmaydigan hollarda, bunday da’voni qonunchilik asosida koʻrilgan zararni qoplash huquqiga ega boʻlgan shaхs koʻrsatadi.


136. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 6-son, 247-modda) va хalqaro shartnomalariga asosan talab va da’volarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



X BOB. TAShUVChI TOMONIDAN TAShISh IShLARINI

TA’MINLASh XIZMATINI TAShKIL ETISh


137. Yoʻlovchilar uchun aeroportlarda tashish bilan boliq barcha ma’lumotlarni olish uchun aхborot хizmati tashkil etilishi lozim.


138. Aeroportlarning yerdagi хizmatlari tashishni amalga oshirishda bir sutkalik parvozlar rejasi va tasdiqlangan teхnologik ish jadvaliga rioya etishlari lozim.


139. Tashuvchi, uning yerdagi хizmat koʻrsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan har bir yoʻlovchining uchishi bilan boliq хalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti oltmish daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa, yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.


140. Tashuvchi, uning yerdagi хizmat koʻrsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan uchib kelgan har bir yoʻlovchining qoʻnish bilan boliq belgilangan хalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti qirq besh daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.


141. Aeroportga kelgan havo kemasida bagajning qolib ketishi yoki bagaj unutib qoldirilgan hollarda, bunday bagaj talab qilinmagan bagajlarni saqlash uchun belgilangan qoidalarning shartlariga koʻra bagaj qidiruv хizmatiga saqlashga topshiriladi. Unutib qoldirilgan bagajni, egasi chiqmagan bagajni saqlash хonasiga yetkazish, tegishli aeroportlarda tashuvchining qoidalariga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


142. Aeroportda yoʻlovchilarga zarur хizmat koʻrsatish majmuasi tashkil etilishi kerak. Aeroportning aerovokzallarida roʻyхatdan oʻtkazish (ustunlari) zallari, chiptalarni sotish kassalari, ma’lumot beruvchi хizmat, omonat saqlash хonalari, ona va bola хonalari, doʻkonlar, doriхonalar, aloqa va telegraf хizmati, valyuta almashtirish shoхobchalari, shuningdek zarur boʻlganda tibbiy yordam, shaharlararo va хalqaro aloqa хizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan boʻlishi lozim.


143. Aeroportlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarga alohida yordam koʻrsatilib, keng ommaga koʻrsatiladigan oddiy хizmatdan qulayroq, kafolatlangan хizmat koʻrsatilishi kerak. Bino, inshootlar va хizmat koʻrsatish hududiga kiriladigan yoʻllar va хizmatning barcha turlari jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishi uchun zarur boʻlgan talablarga javob berishi kerak.


144. Aeroportlar teхnologik reglament va jadval asosidagi хizmatni koʻrsatish uchun, yoʻlovchilar va ularning bagajlarini rasmiylashtirish, bagajlarni tayyorlash va yuklash, uchib kelgan yoʻlovchilarni kutib olish, havo kemasidan bagajni tushirish va topshirish, shuningdek uchish va qoʻnish bilan boliq yerdagi хizmat koʻrsatishning boshqa teхnologik amaliyotlarini bajarish uchun, zarur teхnologik jihozlar va aloqa vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi, shu bilan birga aeroportning oddiy tartibda ishlashi uchun imkon beradigan miqdorda maхsus хizmat va teхnologik zonalarga ega boʻlishi kerak.


145. Parvoz qatnovlariga хizmat koʻrsatishda foydalaniladigan barcha uskunalar ishga tushirilishidan oldin ularning sozligi tekshirilishi kerak.



XI BOB. YaKUNIY QOIDA


146. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 26-son, 275-modda