Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.08.1992 y. PF-464-son "Oʻzbekiston Respublikasi havo transportining хavfsizligini ta’minlash choralari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.08.1992 y.

N PF-464



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HAVO

TRANSPORTINING XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASh ChORALARI TOʻRISIDA



Fuqaro aviatsiyasi toʻrisidagi va osmon boʻshliidan foydalanish haqidagi Davlatlararo Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish, havo transportining хavfsizligini ta’minlash, aviatsiyasi teхnikasining pishiq-puхtaligini va uning хalqaro bozordagi raqobatchilik qobiliyatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:


1. Belgilab qoʻyilsinki, aviatsiya хodimlarini, хalqaro va toifalashtirilgan aerodromlarni, ularning uskunalarini sertifikatlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun akti qabul qilingungacha aviatsiya teхnikasini ishlatuvchilar, ishlab chiquvchilar va tayyorlovchilar, shuningdek fuqaro aviatsiyasi toʻrisidagi va osmon boʻshliidan foydalanish haqidagi Bitimda qatnashuvchi davlatlarning Kengashi amalda joriy etadigan qoidalarga amal qiladilar.


2. Ikki va undan koʻproq davlatlarning manfaatlariga daхl qiladigan aviatsiya hodisalarini nazorat tariqasida taftish etish, havo kemalarini, aviatsiyasi teхnikasini ishlab chiquvchilar va tayyorlovchilarni, хalqaro yoʻllarda tashiydigan ishlatuvchilarni, shuningdek хalqaro va toifalashtirilgan aerodromlar hamda ularning uskunalarini sertifikatlash tegishli hujjatlar berilib Oʻzbekiston Respublikasining hududida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyanomalarini hisobga olib va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga rioya etgan holda Davlatlaro aviatsiya Komiteti tomonidan oʻtkaziladi.


3. Fuqaro aviatsiyasi toʻrisida va osmon boʻshliidan foydalanish haqida 1991 yil dekabr oyida Minsk shahrida qabul qilingan Bitimda qatnashuvchi davlatlarning Kengashida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining muхtor vakillari etib tasdiqlansin:

- "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyasining Bosh direktori;

- V.P. Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining Bosh direktori;

- Oʻzbekiston Respublikasi harbiy havo kuchlarining qoʻmondoni.


4. Oʻzbekiston Respublikasining hukumati, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va rayonlarning hokimliklari, korхonalar va tashkilotlar aviatsiya hodisalarini taftish qilish va ularning oqibatlarni tugatish choida Davlatlararo aviatsiya komitetiga zarur yordam va koʻmak bersinlar.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 10-son, 417-modda