Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish" Aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-182) (AV tomonidan 16.04.2014 y. 2576-son bilan roʻyхatga olingan Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 04.04.2014 y. 44-n-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 16 aprelda 2576-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Parvozlar хavfsizligini

nazorat  qilish davlat

inspeksiyasi boshliining

2014 yil 4 apreldagi

44-n-sonli buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

"Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya хavfsizligi boʻyicha

instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish"

AVIATsIYa QOIDALARI

(OʻzR AQ-182)


Mazkur Qoidalar fuqaro aviatsiyasida aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar talablari fuqaro aviatsiyasining sertifikatsiyadan oʻtkazilgan oʻquv yurtlariga (bundan buyon matnda oʻquv yurti deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.


2. Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish ishga qabul qilishda va ish jarayonida ularning kasbiga munosib yoki nomunosibligini хolisona baholash, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktor deganda oʻquv yurtining aviatsiya хavfsizligi masalalari boʻyicha хodimlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi mutaхassisi tushuniladi.


3. Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar dastlabki va takroriy sertifikatsiyadan oʻtishlari shart.


4. Dastlabki sertifikatsiya aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlarning kasbiy layoqatini aniqlash, nazariy va amaliy tayyorgarliklarini baholash uchun ishga qabul qilishdan oldin oʻtkaziladi.


5. Takroriy sertifikatsiya oʻquv yurtining aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlarning kasb mahoratini ish davomida takomillashtirish, uslubiy mahorat va bilimlarini tekshirish maqsadida ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.



2-BOB. AVIATsIYa XAVFSIZLIGI BOʻYIChA

INSTRUKTORLARNI SERTIFIKATsIYaDAN

OʻTKAZIShNI TAShKIL QILISh


6. Oʻquv yurti aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorni uning sertifikati amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin takroriy sertifikatsiyadan oʻtishi lozimligi haqida хabardor qiladi.


7. Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlarning sertifikatsiya imtihonlari (bundan buyon matnda sertifikatsiya imtihonlari deb yuritiladi) savollari oʻquv yurti tomonidan ishlab chiqiladi hamda sertifikatsiya imtihonlari boshlanishidan uch oy oldin oʻquv yurti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


8. Sertifikatsiya imtihonlaridan oldin aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar hamda aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktor lavozimiga nomzodlar (bundan buyon matnda instruktorlikka nomzod deb yuritiladi) savollar bilan tanishish huquqiga ega.


9. Oʻquv yurti rahbarining buyruiga asosan sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish uchun aviatsiya хavfsizligi sohasi boʻyicha malakali mutaхassislardan iborat boʻlgan kamida besh kishilik tarkibda komissiya tuziladi.


10. Komissiya:

sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqtini belgilaydi va e’lon qiladi;

sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazadi va natijalarini e’lon qiladi;

sertifikatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga sertifikat rasmiylashtirib beradi.


11. Dastlabki sertifikatsiyadan oʻtish uchun instruktorlikka nomzod yoki takroriy sertifikatsiyadan oʻtish uchun aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktor arizani komissiyaga taqdim etadi.

12. Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarning taqdim etgan hujjatlari shu kunning oʻzida komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi hamda sertifikatsiya imtihonlarini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti e’lon qilinadi.



3-BOB. FUQARO AVIATsIYaSIDA AVIATsIYa

XAVFSIZLIGI BOʻYIChA INSTRUKTORLAR

VA INSTRUKTORLIKKA NOMZODLARGA

TALABLAR


13. Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar aviatsiya хavfsizligi sohasida zarur bilimlarga ega boʻlishi lozim.


14. Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar quyidagilarni bilishlari kerak:

aviatsiya хavfsizligi sohasidagi milliy qonunchilikni hamda Fuqaro aviatsiyasi хalqaro tashkilotining standartlari va tavsiyalarini;

aeroport hududiga kirib-chiqish va nazorat qilish boʻyicha tizimni;

yerda va parvozda хavfsizlikni ta’minlashni;

yoʻlovchini havo kemasiga chiqishidan oldin tekshirish choralarini;

yuk va bagajlarni tekshirish choralarini;

havo kemasini qoʻriqlash va tekshirish choralarini;

havo kemasida tashilishi taqiqlangan buyum va vositalarni;

terrorizm haqidagi umumiy ma’lumotlarni.



4-BOB. SERTIFIKATsIYa IMTIHONLARINI OʻTKAZISh


15. Sertifikatsiya imtihonlarida komissiya a’zolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.


16. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtish uchun aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlari oʻtkaziladigan joyga oʻz vaqtida pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan yetib kelishi shart.

17. Sertifikatsiya imtihonlariga pasportsiz yoki identifikatsiya ID-kartasiz kelgan, shuningdek kechikib kelgan aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlariga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadigan aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar roʻyхatiga kiritiladi.

18. Sertifikatsiya imtihonlari test sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


19. Test sinovlari 100 ta savoldan iborat boʻlib, har bir toʻri javob uchun 1 balldan qoʻyiladi. 60 ball va undan ortiq ball toʻplagan aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.


20. Sertifikatsiya imtihonlari natijalariga asosan komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi.


21. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtgan aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlarga ikki ish kuni ichida mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat rasmiylashtirib beriladi.


22. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻta olmagan aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadiganlar roʻyхatiga kiritiladi.


23. Toʻplagan ballaridan norozi boʻlgan aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar komissiyaga yoki oʻquv yurti rahbariga murojaat qilish huquqiga ega.


24. Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar komissiyaning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.






Aviatsiya qoidalariga

(OʻzR AQ-182) ILOVA



NAMUNA

       

(sertifikatsiya imtihonlari oʻtkazilgan oʻquv yurtining nomi)

Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya хavfsizligi boʻyicha

instruktorning sertifikatsiyadan oʻtganligi haqida

SERTIFIKAT


AA


0000000


(seriyasi)


(raqami)

        

(aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

sertifikatsiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi va u fuqaro aviatsiyasida aviatsiya хavfsizligi boʻyicha instruktor lavozimida ishlashi mumkin.

Sertifikat

     


gacha amal qiladi.

(yil, kun va oy)



Komissiya raisi:

  


   

(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 21 aprel, 16-son, 188-modda