Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 13.08.2012 y. 11n-son "Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari"ga (OʻzR AQ-91) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.08.2012 y. 1723-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.08.2012 y.

N 1723-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

13.08.2012 y.

N 11n


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

"Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining

parvoz qilish aviatsiya qoidalari"ga

(OʻzR AQ-91) oʻzgartirishlar

kiritish toʻrisida


(2012 yil 28 avgustdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 327-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 12 sentyabrdagi 141-son buyrui bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari"ga (OʻzR AQ-91) (roʻyхat raqami 1723, 2007 yil 29 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 41-42-son, 420-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Boshliq                                                                                          T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

"Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining

parvoz qilish qoidalari"ga (OʻzR AQ 91)

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 89, 90, 92 va 206-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"91. Vaqtinchalik aerodromlar, aviatsiya ishlarini ta’minlash uchun aerodromlar va qoʻnish maydonchalarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat tomonidan belgilanadi.".


3. 8-ilovada:

yigirma yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yigirma sakkizinchi - oʻttiz birinchi хatboshilar tegishli ravishda yigirma yettinchi - oʻttizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4. Mazkur oʻzgartirishlar Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya хizmati Markazi va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 33-34-son, 401-modda