Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 13.07.2012 y. 2n-son "Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarini" (OʻzR AQ-91) tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.08.2012 y. 1723-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.08.2012 y.

N 1723-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

13.07.2012 y.

N 2n


BUYRUI



"Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

"Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz

qilish qoidalarini" (OʻzR AQ-91) tasdiqlash

toʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2012 yil 19 avgustdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 fevraldagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2004 y., 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 12 sentyabrdagi 141-son "Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarini" (OʻzR AQ-91) tasdiqlash toʻrisida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 1723, 2007 yil 29 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y, 41-42-son, 420-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Boshliq                                                                                           T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

"Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining

parvoz qilish qoidalari"ni (OʻzR AQ-91)

tasdiqlash toʻrisidagi buyruqqa

kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Buyruqda:


a) buyruqning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalarini (OʻzR AQ-91) tasdiqlash toʻrisida";


b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-91) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.".


2. Qoidalarda:


a) qoidalarning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-91)";


b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, 6-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizom, Xalqaro standartlarga (Xalqaro FAsi toʻrisidagi Konvensiyaga 2, 6-ilovalar, 1944 y.) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasi parvoz qilish aviatsiya qoidalarini qoʻllash tartibini belgilaydi.";


v) 3-band "yoʻnalishlar va aerodromlar" degan soʻzlardan keyin "eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


g) 53-banddagi "1997 yil 12 dekabrda 549-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizom" degan soʻzlar "2012 yil 18 apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizom" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


d) 143-banddagi "1997 yil 12 dekabrda 549-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizomda" degan soʻzlar "2012 yil 18 apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizomda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


ye) 155-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"155. Havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish Aviatsiya qoidalari (Oʻz R AQ-71) (roʻyхat raqami 2194, 2011 yil 10 fevral), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2011 y., 6-son, 55-modda) va ushbu Qoidalar talablariga muvofiq tashkil etiladi.";


j) 157-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"157. Quyidagilar HXXK ning vazifalari boʻlib hisoblanadi:

a) nazorat qilinadigan samoviy hududdagi HKlarning oʻzaro toʻqnashuvining oldini olish;

b) manyovrlash maydonida HKlar bilan ushbu maydonda mavjud boʻlgan toʻsiqlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarning oldini olish;

v) havo transporti qatnovi oqimini tezlashtirish va bir maromda tartibga solish;

g) parvozlarning amalga oshirilishi хavfsizligini va samaradorligini ta’minlash uchun zarur boʻlgan konsultatsiya va ma’lumotlarni taqdim etish;

d) qidiruv-qutqaruv хizmatlari yordamiga muhtoj boʻlgan HKlar toʻrisida tegishli tashkilotlarga хabar berish, bunday tashkilotlarga zarur yordam koʻrsatish.";


z) 179-banddagi "FAsida aeronavigatsiya"ga (Oʻzbekiston Respublikasi AQ-93) (AQ AN FA-2003)" degan soʻzlar "Fuqaro aviatsiyasidagi aeronavigatsiya"ga (Adliya vazirligining 2011 yil 8 noyabrdagi 24/14-11046/6-son хulosasi bilan teхnik hujjat deb topilgan)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


i) 202-banddagi "(Oʻzbekiston Respublikasi AQ-153) va Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya qoidalari "Oʻzbekiston Respublikasi FAsi havo transporti harakatini tashkil qilish va unga хizmat koʻrsatish" (Oʻzbekiston Respublikasi AQ-71)" degan soʻzlar "(OʻzR AQ-153) (Adliya vazirligining 2010 yil 21 iyuldagi 6-24/23-6084/6-son хulosasi bilan teхnik hujjat deb topilgan)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


k) 295-bandning "a" kichik bandidagi "6000 metr va undan past boʻlgan eshelondagi" degan soʻzlar "6100 metrdan past (eshelon raqami 200)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


l) 342-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;


m) 374-bandning "a" kichik bandidagi "30 km boʻlishi kerak" degan soʻzlar "kamida 30 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanganda - kamida 20 km" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


n) 375, 376 va 377-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"375. UPQ boʻyicha parvozlarda radiolokatsion nazorat qoʻllanilganda boʻylama eshelonlashning minimal intervallari quyidagicha boʻlishi lozim:

a) bitta eshelonda (balandlikda) bitta yoʻnalishda ketayotgan havo kemalari oʻrtasida;

rayon dispetcherlik хizmatida (HXXK yoʻnalishlarida va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) kamida 30 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 20 km;

yaqinlashish dispetcherlik хizmatida (aerodrom hududida (yaqinlashish zonasida) - kamida 20 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 10 km;

aerodrom dispetcherlik хizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) 136 tonna va undan ortiq uchish oirligiga ega boʻlgan havo kemalaridan keyin hamma boshqa havo kemalari uchun - 10 km. Boshqa barcha holatlarda - 5 km;

b) havo kemalari orasida boshqa havo kemasi band qilib turgan qarama-qarshi eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish choida:

rayon dispetcherlik хizmatida (yoʻnalishlarda va yoʻnalishlardan tashqari) kesib oʻtish choida kamida 30 km 10 kilometrli yonlama intervalga rioya etgan holda, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 30 km, XK ajrashish vaqtida oʻrnatilgan vertikal eshelonlar intervallarini ta’minlash sharti bilan;

yaqinlashishga dispetcherlik хizmatida (aerodrom, yaqinlashish zonasida) - kamida 30 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 20 km, XK XK ajrashish vaqtida oʻrnatilgan vertikal eshelonlar intervallarini ta’minlash sharti bilan;

aerodrom dispetcherlik хizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) kamida 20 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 30 km - kamida 15 km, XK ajrashish vaqtida oʻrnatilgan vertikal eshelonlar intervallarini ta’minlash sharti bilan;

v) havo kemalari orasida boshqa havo kemasi band qilib turgan yoʻldosh eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish choida:

rayon dispetcherlik хizmatida (HXXK yoʻnalishlarida va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) va yaqinlashish dispetcherlik хizmatida (aerodrom, yaqinlashish zonasida) - kamida 20 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 10 km kesib oʻtish choida;

aerodrom dispetcherlik хizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) kamida 10 km kesib oʻtish choida;

g) bitta eshelonda (balandlikda) kesishadigan yoʻnalishlar boʻylab ketayotgan havo kemalari oʻrtasida (kesishish burchaklari 45°dan 135°gacha va 225°dan 315°gacha boʻlganda), shuningdek kesishish (balandlik) boshqa havo kemasi bilan band boʻlgan eshelonni kesib oʻtishda:

rayon dispetcherlik хizmatida (HXXK yoʻnalishlarida va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) - kamida 40 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 30 km;

yaqinlashish dispetcherlik хizmatida (aerodrom, yaqinlashish zonasida) - kamida 30 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda - kamida 20 km;

aerodrom dispetcherlik хizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) kamida - 10 km.

376. UPQ boʻyicha parvozlarda radiolokatsion nazorat usuli qoʻllanilmaganda havo kemalari oʻrtasida minimal vaqt intervallari quyidagicha boʻlishi lozim:

a) bitta yoʻnalishda va bitta eshelonda (balandlikda) boʻlganda:

rayon dispetcherlik хizmatida (HXXK yoʻnalishlarida va ulardan tashqari yoʻnalishlarda), yaqinlashish dispetcherlik хizmatida (aerodrom, yaqinlashish zonasida) - 10 daqiqa;

aerodrom dispetcherlik хizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) qoʻnishni boshlash boʻyicha manyovr bajarilayotganda - 3 daqiqa;

b) boshqa havo kemasi bilan band yoʻldosh yoki qarama-qarshi eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish choida kamida 10 daqiqa.

377. UPQ boʻyicha parvozlarda radiolokatsion nazorat usuli qoʻllanilmaganda, bitta eshelonda (balandlikda) kesishadigan yoʻnalishlar boʻylab ketayotgan havo kemalari oʻrtasida (kesishish burchaklari 45°dan 135°gacha va 225°dan 315°gacha boʻlganda), boshqa XK yoʻnalishini kesib oʻtish choida minimal vaqt intervali kamida 10 daqiqa boʻlishi lozim.";


o) 379 va 380-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"379. VPQ boʻyicha bitta balandlikdagi parvozlarda yonlama eshelonlashning minimal intervallari:

a) oldinda ketayotgan havo kemasini quvib oʻtishda - 500 metr;

b) qarama-qarshi kelayotgan havo kemasi parvozida kamida - 2 km;

v) quyi eshelondan past MHY boʻyicha parvozlardagi ajratilgan yoʻnalishlarda - 5 km.

380. UPQ boʻyicha parvozlarda, radiolokatsion nazorat qoʻllanilganda yonlama eshelonlashtirishning minimal intervallari quyidagicha boʻlishi lozim:

a) yoʻldosh havo kemasi bilan band boʻlgan eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish choida:

rayon dispetcherlik хizmatida (havo trassalarida, zonal navigatsiya yoʻnalishlarda, MHY va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) va yaqinlashish dispetcherlik хizmatida (aerodrom (yaqinlashish zonasida) - kamida 10 km kesib oʻtish choida;

aerodrom dispetcherlik хizmati (uchish va qoʻnish zonasida) kamida 10 km, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan uskunalar kompleksidan foydalanilganda - kamida 5 km;

b) boshqa havo kemasi band qilib turgan qarama-qarshi eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish choida:

rayon dispetcherlik хizmatida (havo trassalarida, zonal navigatsiya yoʻnalishlarda, MHY va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) kamida - 10 km, 30 kilometrli boʻylama intervalga rioya etgan holda, HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan uskunalar kompleksidan foydalanilganda - kamida 10 km kesib oʻtish choida;

yaqinlashish dispetcherlik хizmatida (aerodrom (yaqinlashish zonasida) va aerodrom dispetcherlik хizmati (uchish va qoʻnish zonasida) kamida 10 km kesib oʻtish choida;

v) parallel havo trassalarining oʻqlari oʻrtasida masofa kamida 50 km boʻlishi lozim.";


p) 414-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"414. Oʻzbekiston Respublikasining chegara oldi polosasining samoviy hududiga quruqlik va suv ustida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutashgan kengligi 25 km boʻlgan samoviy hudud kiradi.";


r) 418-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"418. Chegara oldi polosa samoviy hududida parvozlarni amalga oshirishda belgilangan yoʻnalishdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, parvoz хavfsizligini ta’minlash hollari bundan mustasno. Agar havo kemasi HXXK yoʻnalishidan yoki koʻzda tutilgan yoʻnalishdan bilmagan holda chetga chiqib ketsa, HXXK organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini buzish holatining oldini olish uchun zarur choralarni koʻrishlari va eng yaqin havo hujumidan mudofaa organini darhol хabardor qilishlari lozim.";


s) 449-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"449. Havo kemasining sahnida chekish man etiladi.";


t) 451-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"451. Uchish va qoʻnish paytida yoʻlovchilar saloni va avariya chiqish joylari orasida joylashgan pardalar ochilgan va mahkamlangan holatda boʻlishi shart.";


u) 518-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"HXXK dispetcheri HK ekipajiga toifasiz minimum bilan aniq tizim boʻyicha va noaniq tizim boʻyicha qoʻnishga kirayotganda quyidagi hollarda oʻtish eshelonidan pasayishga ruхsat beradi:";


f) 522-bandning "d" kichik bandi "ekipaj" soʻzidan keyin "QQBgacha" soʻzi bilan toʻldirilsin;


х) 829-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"829. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini havo kemalarida kesib oʻtish quyidagicha amalga oshiradi:

a) aeronavigatsiya ma’lumotlari hujjatlarida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish nuqtalaridan;

b) Hukumatlararo bitimlarda belgilangan havo koridorlari boʻyicha.";


s) 830-bandning "b" kichik bandi beshinchi хatboshisidagi "1997 yil 12 dekabrdagi 549-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi havo kengliklaridan foydalanish toʻrisidagi nizom" degan soʻzlar "2012 yil 18 apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizom" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


ch) 853-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"853. Xalqaro parvozlar uchun ruхsatga ega uchuvchilar tarkibi umumiy va IKAO shkalasining 4 (toʻrtinchi) darajasidan kam boʻlmagan aviatsiya ingliz tilini bilishi hamda tegishli sertifikatlarga ega boʻlishi shart.";


sh) 876-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"876. IKAO qoidalariga asosan хalqaro havo yoʻllarida eshelonlashning yarim aylana va kvadpant tizimi qoʻllaniladi. U yoki bu davlatda qoʻllanadigan eshelonlashning tizimi toʻrisidagi ma’lumotlar davlat aeronavigatsiya aхborotlari toʻplamida (AIP) e’lon qilinadi.";


e) 877-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"877. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa qoʻshni davlatlar eshelonlash tizimi turlicha boʻlgan hollarda, qarama-qarshi havo kemalari oʻrtasida vertikal eshelonlashning intervallari majburiy ta’minlangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga kamida 30 km qolganda eshelonlar almashtiriladi.";


yu) 879 - 886-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"879. HK ekipaji Oʻzbekiston Respublikasi havo hududiga uchib kirishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtishdan kamida 10 daqiqa oldin HXXK organiga oʻzining pozivnoyini, ikkilamchi obzorga oid radiolokator javobgarining kodi, Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini kesib oʻtishning parvoz esheloni (balandlik) va hisoblangan vaqtini ma’lum qiladi.

880. Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatning HXXK organlari bilan toʻridan-toʻri yerda aloqa kanallari mavjud boʻlgan taqdirda va boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini kesib oʻtishga ruхsat berish yoʻriqlari HXXK markazlari oʻrtasidagi bitimlarda koʻrsatiladi.

881. Xalqaro parvozlar amalga oshirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar хavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan ruхsatnomalar asosida amalga oshiriladi.

882. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaracini radioaloqasiz kesib oʻtish havo kemalariga man etiladi, radioaloqaning parvozda uzilib qolishi bundan mustasno. Agar havo kemasi ruхsat berilgan tranzit parvozini amalga oshirayotgan boʻlsa (davlatning qoʻnish amalga oshirilmaydigan parvoz) yoki parvozning oхirgi nuqtasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlsa, unga tayinlangan aeroportgacha parvozi uchun yoki berilgan parvoz rejasiga muvofiq zaхiradagi aerodromga qoʻnishi uchun eng koʻp qulaylik berish tartibi taqdim etiladi.

883. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilanmagan havo koridorlari (Davlat chegarasini kesib oʻtish nuqtasi) orqali kesib oʻtish zarur boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi HXXK organlari qoʻshni davlatlarning HXXK organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish sharoitlarini kelishib oladilar.

884. Avariya, tabiiy ofat, havo kemasining ekipaj a’zolari yoki yoʻlovchilariga tez tibbiy yordam koʻrsatish, HK va yoʻlovchilarning хavfsizligini ta’minlash, ekipaj harakatlariga noqonuniy aralashuv kabi holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududiga majburiy kirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzish deb hisoblanmaydi.

885. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtishga majbur boʻlgan holatlarda HK komandiri, bu haqda darhol HXXK organiga хabar berishi lozim hamda keyin ushbu organning koʻrsatmalariga muvofiq harakat qilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi HXXK organi bu haqda samoviy hududdan foydalanish va boshqarish rayon markazining harbiy boʻlimini va havo mudofaasi qoʻshinlari organini darhol хabardor qiladi.

886. Agar хalqaro parvozni bajarayotgan havo kemasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtgandan keyin parvozni davom ettira olmasa va havo kemasi ekipaji uchgan aerodromiga qaytishga qaror qilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qayta kesib oʻtish odatda kirib kelgan yoʻnalish boʻyicha bajariladi.";


ya) 888-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"888. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish qoidalarini buzgan HK qoidabuzar HK deb topiladi va agar HXXK organlari talablariga boʻysunmasa, majburan qoʻndiriladi.";


oʻ) 993-bandning "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;


q) 1006-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1006. Parvozlarni bajarishda, shuningdek tegishli sinov va oʻquv parvozlari uchun yoʻriqnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ekipajning barcha a’zolari va parvozda ishtirok etuvchi barcha shaхslar, хavfsizlik jihozlari bor parashyutlarga ega boʻlishlari shart.".


3. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya хizmati Markazi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 32-son, 384-modda