Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 21.05.2012 y. 48-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (OʻzR AQ-160) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.06.2012 y. 1734-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.06.2012 y.

N 1734-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

21.05.2012 y.

N 48


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental

aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash

qoidalariga (OʻzR AQ-160) oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish toʻrisida


(2012 yil 23 iyundan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 fevraldagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2004 y., 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 10 sentyabrdagi 138-son buyrui bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (OʻzR AQ-160) (roʻyхat raqami 1734, 2007 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 44-son, 448-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Boshliq                                                                                             T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental

aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga

(OʻzR AQ-160) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida aerodromlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha yaroqlilik normalari" aviatsiya qoidalarida (OʻzR AQ-153) belgilangan talablar, mazkur Qoidalar maqsadlari uchun sertifikatlash talablari hisoblanadi".


2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Yoʻlovchi, bagaj va yuklarni tashish uchun moʻljallangan aerodrom "Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalari" (roʻyхat raqami 2238, 2011 yil 29 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 26-son, 275-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari"da (OʻzR AQ-198) (roʻyхat raqami 1721, 2007 yil 25 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 39-son, 407-modda) belgilangan talablarga javob berishi kerak".


3. 3-ilovaning 4-qismi quyidagi mazmundagi "j" kichik band bilan toʻldirilsin:

"j) Aerodromda oʻrnatilgan meteorologik asbob-uskunalar roʻyхatining yima jadvali, quyidagi ma’lumotlarni keltirgan holda: buyum turi, zavoddan berilgan raqami, tayyorlangan sanasi, foydalanib boshlangan sana va tekshirilgan sanasi".


4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 23-24-son, 272-modda