Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 09.11.2009 y. 118-son "Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari" (OʻzR AK-91)ga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 24.11.2009 y. 1723-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.11.2009 y.

N 1723-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

09.11.2009 y.

N 118


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

"Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz

qilish qoidalari" (OʻzR AQ-91)ga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


(2009 yil 4 dekabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 12 sentyabrdagi 141-son buyrui bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari" (OʻzR AQ-91)ga (roʻyхat raqami 1723, 2007 y. 29 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 41-42-son, 420-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Boshliq                                                                            T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

"Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz

qilish qoidalari" (OʻzR AQ-91) ga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 126-bandda:

"b" kichik banddagi "350" raqami "300" raqami bilan almashtirilsin;

"v" va "g" kichik bandlardagi "200" raqami "175" raqami bilan almashtirilsin.


2. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologik хizmati Markazi va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 48-son, 519-modda.