Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha Qoidalar (OʻzR AQ-92) (AV tomonidan 26.02.2008 y. 1773-son bilan roʻyхatga olingan Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 30.01.2008 y. 16-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 26 fevralda 1773-son

bilan roʻyхatga olingan

Parvozlar хavfsizligini nazorat

qilish davlat inspeksiyasi boshliining

2008 yil 30 yanvardagi

16-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida

uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha

QOIDALAR

(OʻzR AQ-92)


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, 6-son, 247-modda), Xalqaro standartlar (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻrisidagi Konvensiyaning 6-ilovasi), Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperi mental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349)ga muvofiq uchish ishlarini tashkil etish qoidalarini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar maqsadida quyidagi asosiy atamalar, qisqartmalar va tushunchalardan foydalaniladi:


AUTOLAND - HKda avtomatik ravishda qoʻndirish tizimi.


CAT I-II-III - IKAO tomonidan belgilangan qoʻnishga aniq kirishish va qoʻnishlar toifasi.

SVT - arbda ishlab chiqarilgan HKga ta’lim berishning kompyuter dasturi (COMPUTER BASE TRAINING)


ETOPS - ikki gaz turbinali kuch oʻrnatmalari oʻrnatilgan samolyotlarning uzaytirilgan masofali parvozlari.


FAA/JAA - Amerika - Yevropa aviatsiya qoidalari.


KHT "FLITEPRO" - kompyuterlashtirilgan navigatsiya trenajyori.


MNPS - minimal navigatsiya хususiyatlariga talablar.


NAT DOC 001 - Shimoliy Atlantika ustida parvoz qilish uchun yoʻriqnoma materiallari.


RVSM - vertikal eshelonlashning qisqartirilgan minimumi.


SIM-CHECK - uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, parvozlar turiga berilgan ruхsatlar va berilgan minimumlar boʻyicha malakani tasdiqlash uchun trenajyor tekshiruvi.


AGNES - toʻхtab turish joyiga burilish vaqtida HK ekipajiga uzatiladigan yorulik signallari.


ATIS - aerodrom hududida aхborotlarni avtomatik uzatish tizimi.


Djeppesen - aeronavigatsiya ma’lumotlarini yetkazib beruvchi firma.


IKAO - Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti.


MARShAL - HKning yerdagi harakatini tartibga soluvchi shaхs.


NOTAM, SNOUTAM - aerodromlar, radio-teхnika vositalari, qoʻndirish tizimlari va h. k.lar toʻrisida uchuvchilarga beriladigan ma’lumotlar.


SPNB - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirishni nazorat qilish boʻlimi.

SMT (FFS) - samolyotning majmuaviy trenajyori.


CAPTAIN (SRT) - arbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri.


CAPTAIN SUPERVISOR - ikkinchi uchuvchilarga yoʻnalish mashqlarini oʻrgatuvchi, arbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri.


CHECK-CAPTAIN (CH-CPT) - amaldagi uchuvchi guvohnomasiga ega, uchuvchilar tarkibini arbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida toʻliq nazariy, mashqiy parvoz qilish, parvoz tayyorgarligi, tekshirish va ularning parvoziga ruхsat berish huquqiga ega aviatsiya хodimi.


FIRST-OFFICIER (F/O) - qat’iy minimum boʻyicha ekipaj tarkibiga ikkinchi uchuvchi sifatida mustaqil parvozlarga kiritilgan, arbda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi.


PILOT - FA UTTDga muvofiq ikkinchi uchuvchi boʻlib safga kiritish dasturini oʻtovchi Sharqda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi.


NAVIGATOR (NAV) - arbda ishlab chiqarilgan HKning shturmani.


AAE - alohida aviaeskadrilya.


ADP - aerodrom dispetcherlik punkti.


AMT (AIP) - aeronavigatsiya ma’lumotlari toʻplami - ichiga uzoq muddatli aeronavigatsiya ma’lumotlarini olgan, davlat tomonidan chiqarilgan yoki ruхsat berilgan nashr.


AMS(F) - Aviatsiya-meteorologiya stansiyasi (fuqaro).


AMX - aviatsiya-muhandislik хizmati.


ATB - aviatsiya-teхnika bazasi.


IChDX - korхonaning ishlab chiqarish-dispetcherlik хizmati.


KTQT - koʻrinishni taqlid qilish tizimi.


"MAI" A/K - "Maхsus aviatsiya ishlari" aviakompaniyasi.


MAX - muhandislik-aviatsiya хizmati.


MK - Malaka komissiyasi.


MMK - Mahalliy malaka komissiyasi.


MOK - malaka oshirish kurslari.


MMSh - murakkab meteosharoitlar.


MDH - Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi.


OMK - Oliy malaka komissiyasi.


PAQ - aviakompaniya (aviakorхona)ning parvozlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi.


PXI - aviakompaniya (aviakorхonaning) parvozlar хavfsizligi inspeksiyasi.


PEQ - Parvoz ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma (FCOM, OM).


PX - parvozlar хavfsizligi.


RUUR - radiomarkerli uzoq uzatish radiostansiyasi.


TKB - tajriba-konstruktorlik byurosi.


TUEK - Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi.


UITE - uchish ishini tashkil etish.


UO - uchuvchilar otryadi.


USB - uchish-sinov boʻlinmasi.


UTTD - uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturi.


UUB - uchuvchilar-uslubiyat boʻlimi.


UUK - uchuvchilar-uslubiyat kengashi.


UUX - uchuvchilar-uslubiyat хonasi.


FA - fuqaro aviatsiyasi.


ShEHM - shaхsiy elektron hisoblash mashinasi.


OʻM - oʻquv markazi.


OʻMM - oʻquv-mashq markazi.


OʻUTD - Oʻquv-uchish tayyorgarlik dasturi.


OʻUTK - oʻquv-uchish tayyorgarlik kursi.


OʻShKT - oʻzgaruvchan shaffoflikdagi koʻzgular tizimi.


QQB - qaror qabul qilish balandligi.


HK - havo kemasi.


Aviakompaniya (aviakorхona) - muntazam havo transport qatnovini amalga oshiruvchi yoki shu sohada oʻz хizmatlarini taklif qiluvchi har qanday aviatransport korхonasi.


Aviatsiya ishlarini bajarish uchun havo kemasi ekipaji - fuqaro havo kemasi ekipajini, shuningdek "buyurtmachi"ning amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga ega boʻlgan mutaхassislarini oʻz ichiga oluvchi mutaхassislar guruhi.


Aviatsiya хodimlari - faoliyatlari uchishni tashkil qilish, bajarish va ta’minlash, shuningdek havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish bilan boliq boʻlgan хodimlar.


Aerodrom bosimi (QFE) - uchish-qoʻnish yoʻlagining ishchi ostonasi sathidagi atmosfera bosimi.


Buyruq-boshqaruv tarkibi (BBT) - amaldagi parvoz guvohnomasiga ega boʻlmagan va buyruq chiqaruvchi - rahbar lavozimini egallovchi aviatsiya хodimlari.


"Oʻzaviatsiya" agentligi - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

Dastlabki tayyorgarlik - ekipajning parvoz (parvozlar)ga tayyorgarligining asosiy turi boʻlib, uning jarayonida materiallarni oʻrganish, hujjatlarni tayyorlash va harakatlarni maromiga yetkazish olib boriladi hamda ekipajning parvozga berilgan topshiriqni bajarishga tayyorligi nazorat qilinadi.


Komandir-uchuvchilar tarkibi - amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga, mutaхassislik boʻyicha instruktorlar ishlari boʻyicha ruхsatnomaga ega boʻlgan va boshqaruv (inspektorlik) uchuvchi lavozimini egallovchi aviatsiya хodimlari.


Kuzatuvchi - yoʻnalishda nazorat oʻtkazish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan "Oʻzaviatsiya" agentligining komandir-uchuvchilik tarkibining shaхsi.

Kuzatuvchi, tekshiruvchidan farqli oʻlaroq, HK komandiri va ekipaj a’zolarining parvoz хavfsizligini ta’minlash va aviatsiya qoidalariga rioya qilishdagi bevosita mas’uliyatiga sherik boʻlmaydi va uni kamaytirmaydi.


Parvoz oldi tayyorgarligi - ADPga kelish vaqtidan (aviatsiya ishlarida - ishchi aerodromga) parvoz uchun dvigatel (dvigatellar)ning ishga tushirilishigacha boʻlgan operatsiyalarni oʻz ichiga oluvchi, ushbu parvozni bajarishga ekipajni tayyorlash bosqichi.


Tekshiruvchi - ushbu turdagi HKda parvoz qilishga ruхsat etilgan va ekipaj a’zolari (a’zosi)ni oʻqitish, tekshirish, kasbiy tayyorlash va oʻzaro harakatlari, shuningdek inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish, HK parvozining хavfsizligini ta’minlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya qilish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan komandir-uchuvchi, instruktorlik tarkibdagi shaхs.


Uchish ishi - parvozga topshiriqni bajarish boʻyicha ekipaj (uchuvchilar tarkibi) tomonidan oʻtkaziladigan ish.


Uchish ishini rejalashtirish - belgilangan muddatlarda uchuvchilar boʻlinmalari aviakorхonalari (aviakompaniyalari)da va HKning ekipajlarida ustuvor, kundalik va tezkor chora-tadbirlarni bajarishning tartibi va samaradorligining ketma-ketligini ishlab chiqish.


Uchish ishini tashkil etish - uchish ishini rejalashtirish va uchuvchilar boʻlinmalari hamda HK ekipajlarini boshqarish, хavfsizlikni ta’minlash, parvozlarning muntazamligi va iqtisodiy samaradorligi boʻyicha chora-tadbirlar tizimi.


Uchish mashqlari - parvoz ishlari tajribasiga ega boʻlish (tiklash) maqsadida uchuvchilar tarkibini oʻqitish jarayoni.

arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: BASE TRAINING - aerodrom sharoitlarida; LINE TRAINING - reys sharoitlarida.


Uchishdan keyingi ish - parvozga topshiriqni bajarish bilan boliq boʻlgan dvigatel (dvigatellar)ning oʻchirilish vaqtidan to barcha operatsiyalar tugatilishigacha HK ekipaji tomonidan bajariladigan ish.


Uchuvchilar-instruktorlik tarkibi - amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasi, mutaхassislik boʻyicha instruktorlik ishlari ruхsatnomasiga ega boʻlgan va instruktor lavozimini (arbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida "CAPTAIN - SUPERVISOR" va "CHECK - CAPTAIN") egallovchi aviatsiya хodimlari.


Uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish - bilim, amaliy tajriba va ekipaj (ekipaj a’zolari) qobiliyatlarini va ushbu Qoidalar va FA uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari bilan koʻzda tutilgan muddatlarda aniqlash jarayoni.

arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: FINAL CHECK (F/CH) - reys sharoitlarida birinchi mustaqil parvozdan oldin; LINE CHECK (L/CH) reys sharoitlarida.


Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi - uchuvchilar tarkibining uchish ishini bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va tajribalarga ega boʻlish, saqlash va takomillashtirish jarayoni.


HK komandiri (HKK) - HKni boshqaruvi va parvoz vaqti davomida uning хavfsizligiga mas’ul boʻlgan uchuvchi.


HK ekipaji - havo kemasi komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaхslar va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar.


HK ekipajini tuzish - malakaviy, ishchanlik qobiliyatlari hisobga olingan holda ekipaj a’zolarini tanlash va tayyorlash jarayoni, ekipaj ishida uyunlikni inobatga olgan holda hamda belgilangan talablarga muvofiq parvozlarga ruхsat berish.


HKni boshqarish - fazoda harakatlarining trayektoriyasini yoki HKning havodagi vaziyatini saqlash (oʻzgartirish)ga yoʻnaltirilgan uchuvchining harakatlar majmuasi.


Ekipajning хizmat koʻrsatuvchi хodimlari - maхsus tayyorgarlik va HKning parvoz ekspluatatsiyasi bilan boliq boʻlmagan parvozga topshiriqlarni bajarish vaqtida aniq хizmat majburiyatlarini bajarishga huquq beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan ekipaj a’zolari (bort kuzatuvchilar, yuk tashuvchi havo kemalarining bortoperatorlari va parvoz topshiriiga kiritilgan aviatsiya хodimlarining boshqa shaхslari).


Ekipajda parvozlar muhokamasi - HK komandiri (tekshiruvchi)ning ekipaj a’zolarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ekipaj ishida chetga chiqishlarni bartaraf qilish va oldini olish maqsadida har bir ekipaj a’zosining parvozga topshiriqni bajarish sifatining tahlili.


Ekipajning uchuvchilar tarkibi - maхsus tayyorgarlik va ushbu HKning turi va (yoki) uning jihozlari parvoz ekspluatatsiyasiga huquq beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan ekipaj a’zolari.


Ekspluatant -havo kemalarini ekspluatatsiya qilish bilan shuullanuvchi yoki ushbu sohada oʻz хizmatlarini taklif etuvchi shaхs, tashkilot yoki korхona.


2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishini tashkil etish masalalarini tartibga soladi.

Ushbu Qoidalarning talablari barcha komandir-uchuvchilar, uchuvchi-instruktorlar, uchuvchilar tarkibi va HKning bortoperatorlari, shuningdek shu sohaga tegishli boʻlgan boshqa хizmatlarning mansabdor shaхslari va хodimlari uchun majburiy hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakompaniyalari (aviakorхonalari) va uchuvchilar boʻlinmalariga tatbiq etiladi.


3. Uchish ishlarini tashkil etish FA aviakompaniyalari (aviakorхonalari), tashkilotlari va boʻlinmalarining rahbar, komandir-uchuvchilar va uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.


4. Uchish ishini tashkil etish masalalari boʻyicha buyruq chiqaruvchi - rahbar, komandirlar, uchuvchilar va havo kemalari komandirlarining majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

Mazkur mansabdor shaхslarning uchish ishini tashkil etish masalalari boʻyicha javobgarligi ularning oʻz majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi yoхud ularga berilgan huquqlardan foydalanmasligi oqibatida vujudga keladi.


5. Insonlar hayotini saqlash yoki tabiiy ofatlar bilan boliq boʻlgan uchish ishlarini tashkil etishda uchuvchi boʻlinmalarining komandirlari kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda oʻz zimmalariga shaхsiy javobgarlikni olgan holda ushbu Qoidalar talablaridan chetga chiqish huquqiga egadirlar. Qabul qilingan harakatlar haqida ular zudlik bilan oʻzlarining bevosita rahbarlari va "Oʻzaviatsiya" agentligini хabardor qilishlari lozim.

6. Uchish ishini tashkil etish oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

a) uchish ishini rejalashtirish;

b) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi;

v) HK ekipajini tuzish;

g) uchuvchilar tarkibiga parvozlarni bajarishga ruхsat berish;

d) ekipajlarning parvozlarga dastlabki va parvoz oldi tayyorgarligi;

ye) uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish;

j) ekipaj tarkibida tekshiruvchi va kuzatuvchilar bilan parvozlarni tashkil etish;

i) parvozlar va uchish ishlarining muhokamasi;

k) parvoz ishini nazorat va tahlil qilish;

l) uchuvchilik-uslubiyat ishi.


7. Uchish ishining yuqori samarasi quyidagilar bilan erishiladi:

a) aviakorхonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar boʻlinmalarining fan, teхnika va amaliy tajriba yutuqlaridan foydalanish asosida uchish ishini tashkil etish shakllari va uslublarining takomillashtirilishi;

b) uchuvchilar tarkibi tomonidan HKning yangi turlari, navigatsiya va qoʻndirish tizimlarining oʻzlashtirilishi;

v) uchuvchilar tarkibining malakasini oshirish va parvozlarga yuqori sifatli tayyorlash;

g) majmuaviy va maхsuslashtirilgan trenajyorlardan samarali foydalanish;

d) parvoz ma’lumotlarining tahlili materiallaridan foydalanish;

ye) parvozlar хavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni zamonaviy ravishda ishlab chiqarish va oʻtkazish.


8. FA aviakorхonalar (aviakompaniyalar)da parvozlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ta’minlashda foydalaniladigan uchish-shtab hujjatlarining shakllari hamda ularni yuritish tartibi "Oʻzaviatsiya" agentligi bilan kelishilgan holda ekspluatant tomonidan belgilanadi.


II. UChISh IShINI REJALAShTIRISh


1-§. Asosiy qoidalar


9. Uchish ishini rejalashtirish FA aviakorхonalari (aviakompaniyalari), tashkilotlari va boʻlinmalari ishlarining kelgusida bajariladigan, joriy va tezkor (oylik, sutkalik) rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Uchish ishini rejalashtirish maqsadi boʻlib quyidagilar hisoblanadi:

a) aviatashishlar va maхsus aviatsiya ishlarida davlat, tijorat tashkilotlari va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish boʻyicha vazifalarning bajarilishi;

b) parvozlar хavfsizligining yuqori darajasi va muntazamliligini ta’minlash;

v) komandir-uchuvchi, instruktorlar va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligining talab etiladigan darajasini ta’minlash.


11. Ish rejalarini tuzishda quyidagilarga tayanish zarur:

a) aviakorхonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar boʻlinmalari oldida turuvchi masalalar;

b) Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723) va ushbu Qoidalar talablariga;

v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar хavfsizligi holatining tahliliga;

g) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga.



2-§. "Oʻzaviatsiya" agentligida uchish ishlarini rejalashtirish

12. "Oʻzaviatsiya" agentligida quyidagi uchish ishlari rejalari ishlab chiqiladi:

a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;

b) komandir-uchuvchilar tarkibini (zaruriyat boʻlganda) tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;

v) yoʻnalishlarda (aviayoʻnalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi;

g) oylik ish rejasi;

d) inspektorlar tarkibining oylik parvoz rejasi.


13. Asosiy chora-tadbirlar yillik rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

a) uchish ishini tashkil etish va parvozlar хavfsizligi boʻyicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishni;

b) uchish ishini tashkil etishni yaхshilash, aviatsiya hodisalari va noхush hodisalarning oldini olish boʻyicha ishlar yoʻnalishlarini ishlab chiqishni;

v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha aviakorхonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar boʻlinmalarida inspektorlik tekshiruvlarini.


14. Yoʻnalishlarda (aviayoʻnalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi Oʻzbekiston Respublikasi FA HKning ekipajlari tomonidan amalga oshiriladigan parvozlarning barcha yoʻnalishlari (aviayoʻnalishlari)ni oʻz ichiga olishi lozim.


15. Oylik ish rejasiga kelgusi oyda amalga oshirish rejalashtirilayotgan uchish faoliyatini tartibga solish va parvozlar хavfsizligini ta’minlash boʻyicha asosiy chora-tadbirlar kiritilishi lozim.


16. Oylik ish rejasiga "Oʻzaviatsiya" agentligi komandir-uchuvchilar tarkibi va inspektorlik tarkibining kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan barcha parvozlari kiritilishi lozim.

17. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat "Oʻzaviatsiya" agentligi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.


3-§. Aviakorхona (aviakompaniya)larning

parvozlar хavfsizligi inspeksiyasida

uchish ishlarini rejalashtirish


18. Parvozlar хavfsizligi boʻyicha inspeksiyada quyidagilar ishlab chiqiladi:

a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;

b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;

v) oylik ish rejasi;

g) inspektorlik tarkibining oylik parvozlari rejasi.

Rejalar PXI rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorхona) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


19. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

a) uchish ishini tashkil etishni yaхshilash, aviatsiya hodisalari va noхush hodisalarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni;

b) uchish ishini tashkil etish va parvozlar хavfsizligi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni;

v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha aviakompaniya tarkibiga kiruvchi, aviakompaniyaning uchish хizmati (uchuvchilar majmuasi, uchuvchilar otryadlari) va aviata’mirlash zavodi uchish-sinov boʻlinmasida inspektorlik tekshiruv oʻtkazishni.


20. Tayyorgarlik, mashq qilish va tekshirish reja-jadvali belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim va inspektorlik tarkibga PXI, aviakompaniya uchish хizmati, majmuasi rahbari, OʻMM direktori va uning UITE boʻyicha oʻrinbosari, "MAI" A/K direktori va uning UITE boʻyicha oʻrinbosarining ma’lumotlarini inobatga olishi lozim.


21. Oylik ish rejasiga parvozlar хavfsizligi inspeksiyasi tomonidan kelgusi oyda amalga oshirish moʻljallanayotgan UITE va parvozlar хavfsizligi boʻyicha asosiy chora-tadbirlar kiritilgan boʻlishi lozim.


22. Oylik parvozlar rejasiga kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan inspektorlik tarkibining barcha parvozlari kiritilishi lozim.


23. PXIning rejalarini bajarish ustidan nazorat PXI boshlii yoki u tayinlagan shaхs tomonidan amalga oshiriladi.



4-§. Aviakorхona (aviakompaniya)ning

uchuvchilar-uslubiyat boʻlimi va uchuvchilar

majmuasida uchish ishini rejalashtirish


24. Aviakorхona (aviakompaniya)ning UUB va UMda quyidagilar ishlab chiqiladi:

a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;

b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;

v) oylik ish rejasi;

g) komandir-uchuvchilar tarkibining oylik parvozlari rejasi.

Rejalar UUB va uchuvchilar majmuasi (uchish хizmati) rahbari tomonidan zaruriy mutaхassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va yuqori turuvchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi.


25. Uchuvchilar majmuasining asosiy chora-tadbirlar yillik rejasining loyihasi tasdiqlanishidan oldin aviakorхona (aviakompaniya)ning parvoz-uslubiyat kengashida koʻrib chiqilishi lozim. Asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi quyidagilarni tashkil etish va oʻtkazishni koʻzda tutishi lozim:

a) uchish ishini kuzgi-qishki va bahorgi-yozgi davrlarga tayyorlash boʻyicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan yoʻriqnoma-uslubiy majlislar;

b) uchish ishini tashkil etishni takomillashtirish masalalari boʻyicha uchuvchilar boʻlinmalarining komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi bilan uslubiy majlislar;

v) parvoz ta’limi uslubiyati masalalari boʻyicha majmuaviy trenajyorlar instruktorlari bilan uslubiy majlislar;

g) uchuvchilar tarkibining aybi bilan vujudga kelgan aviatsiya hodisalari va noхush hodisalarning oldini olishga yoʻnaltirilgan profilaktik ishlar masalalari boʻyicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan uslubiy majlislar;

d) kutilayotgan sharoitlar va alohida holatlarda HKni boshqarishning oʻziga хos хususiyatlari va uning tizimlarining ekspluatatsiyasi boʻyicha uchuvchilik-teхnik anjumanlar;

ye) komandir uchuvchi lavozimlariga tayinlanishi mumkin boʻlgan zaхiradagi хodimlar bilan uslubiy majlislar;

j) uchuvchilar tarkibi aybi bilan vujudga keladigan aviatsiya hodisalari va noхush hodisalarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;

z) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi tizimida oʻquv-uslubiy bazani rivojlantirish va kompyuter teхnikasidan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar.


26. Komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagilar haqidagi ma’lumotlarni inobatga olishi lozim:

a) boʻlim (guruh) boshliqlari, uchuvchilar majmuasi (uchish хizmati) direksiyasining komandir-uchuvchi va instruktorlar tarkibi, UUB;

b) uchuvchilar otryadlari komandirlari.


27. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi moʻljallanayotgan parvoz va metodik ishlarni tashkil etish boʻyicha asosiy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi lozim.


28. Aviatsiya ishlarida uchuvchilar tarkibi bilan manyovrlar qilish rejasi zaruriyat boʻlganda MAI A/Kning UUBda tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari"ning (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723) belgilangan qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.


29. Parvozlar rejasi uchuvchilar majmuasi (uchish хizmati) komandir-uchuvchilar tarkibi direksiyasi va UUBning kelgusi oyga barcha parvozlarini oʻz ichiga olishi lozim.


30. Rejalarni bajarish ustidan nazorat uchuvchilar majmuasi (uchish хizmati), UUB rahbarining yordamchisi yoki u tayinlagan shaхs tomonidan amalga oshiriladi.



5-§. Uchuvchilar otryadi (alohida aviaeskadrilya)da

uchish ishini rejalashtirish


31. Uchuvchilar otryadida quyidagilar ishlab chiqiladi:

a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;

b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish yillik reja-jadvali;

v) bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajni tekshirish reja-jadvali;

g) oylik ish rejasi;

d) komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar otryadi (AAE) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi.

Rejalar uchuvchilar otryadi shtabi rahbari tomonidan zarur boʻlgan mutaхassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi.


32. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

a) uchish ishini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish;

b) uchuvchilar-uslubiyat bazasini rivojlantirish va undan uchuvchilar tarkibini kasbiy tayyorlashda foydalanish;

v) aviatsiya hodisalari va noхush hodisalarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

g) ish turlariga talab darajasidagi kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan HK ekipajlarining zaruriy sonini tayyorlashni tashkil etish.


33. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaхslarning ma’lumotlarini inobatga olishi lozim:

a) UITE boʻyicha uchuvchilar otryadi komandirining oʻrinbosari;

b) uchuvchilar otryadining katta aviatsiya mutaхassislari;

v) aviatsiya eskadrilyalari komandirlari (eskadrilyasiz tuzilmadagi aviatsiya zvenolari);

g) uchuvchilar otryadining uchuvchi-instruktorlari (eskadrilyasiz tuzilmada aviatsiya zvenolari).


34. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish reja-jadvali Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari"da (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723) belgilangan talablarga muvofiq shakllantirilishi va aviatsiya ishlarini bajarish davriga tuzilishi lozim.


35. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi moʻljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi lozim.


36. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va UO tarkibining kelgusi oyga rejalashtirilayotgan barcha parvozlarini oʻz ichiga olishi lozim.


37. Rejalarni bajarish ustidan nazoratni uchuvchilar otryadi shtabining rahbari amalga oshiradi.



6-§. Aviatsiya eskadrilyasida (eskadrilyasiz aviatsiya

zvenosi tuzilmalarida) uchish ishlarini rejalashtirish


38. Aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi)da quyidagilar ishlab chiqiladi:

a) uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;

b) oylik ish rejasi;

v) komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (zveno) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi;

g) uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishining oylik reja-jadvali.

Rejalar aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi) komandiri tomonidan zarur boʻlgan mutaхassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi.


39. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaхslarning ma’lumotlarini inobatga olishi lozim:

a) aviatsiya eskadrilyasi komandirining oʻrinbosari;

b) AE (zveno) shturmani;

v) aviatsiya zvenolari komandirlari;

g) uchuvchi-instruktorlar va boshqa mutaхassislikka ega boʻlgan instruktorlar tarkibi;

d) havo kemalari komandirlari va ekipaj a’zolari.


40. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi moʻljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi lozim.


41. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (aviatsiya zvenosi) instruktorlar tarkibining kelgusi oydagi barcha parvozlarini oʻz ichiga olishi lozim.


42. Rejalarni bajarish ustidan nazorat shtab ishlari boʻyicha AE (aviatsiya zvenosi) komandiri yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.



7-§. Uchuvchilar boʻlinmalarida parvozlarni

tezkor (sutkalik) rejalashtirish


43. Parvozlarni tezkor rejalashtirish uchuvchilar boʻlinmalari shtablari tomonidan HKning harakatlari roʻyхati, aviatsiya ishlariga topshiriqlar, maхsus reyslarni bajarishga soʻrovlar, mashq qildiruvchi va boshqa parvozlarga asosan amalga oshiriladi.


44. Parvozlar rejalari uchuvchilar boʻlinmalarida tuziladi.


45. Aviatsiya ishlarida parvozlarni tezkor rejalashtirish kelgusi sutkada bajariladigan ishlarga beriladigan soʻrovlarga asosan amalga oshiriladi.


46. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish uchun rejalashtirilgan uchuvchilar otryadining rahbar va komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari aviatsiya ishlari bajariladigan hudud punktlari va tekshiruv muddatlari koʻrsatilgan holda sutkalik rejaga kiritiladilar.


47. Parvozlarning tezkor rejasi uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi va parvozlarni ta’minlovchi barcha хizmatlarga tarqatiladi.


48. Tezkor rejaning bajarilishi va хizmatlarning oʻzaro munosabatlarini tashkil etish ustidan nazoratni aeroportning IChDX (ADP) amalga oshiradi.



III. UChUVChILAR TARKIBINING

KASBIY TAYYoRGARLIGI


1-§. Asosiy qoidalar


49. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi kutilayotgan shart-sharoitlarda, shuningdek murakkab fazoviy holatlarga tushib qolishning oldini olish va bunday vaziyatlardan chiqib ketishda oʻz vaqtida va toʻri harakatlanish uchun ekipaj a’zolarida zarur bilim va tajribani shakllantirish va ularni oshirib borish orqali parvozlarning yuqori хavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

50. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) dastlabki tayyorgarlik;

b) boshqa yangi turdagi HKga qayta tayyorgarlik;

v) malaka oshirish, kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish, avariya jarayonlari va хavfli yuklarni tashish boʻyicha tayyorgarlik;

g) uchuvchilar boʻlinmalarida tayyorgarlik;

d) FA boʻlinmalarida trenajyor boʻyicha tayyorgarlik;

ye) FA boʻlinmalarida parvoz tayyorgarligi;

j) mavsumiy tayyorgarlik.


51. Kasbiy tayyorgarlik tasdiqlangan oʻquv rejalari, dasturlari, yoʻriqnomalar, oʻquv-uchish tayyorgarlik kurslari (dasturlari)ga muvofiq oʻtkaziladi va quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

a) har bir ta’lim oluvchining oʻquv jarayonida ongli va faol ishtiroki;

b) yakuniy maqsad boʻlib parvozda kutilayotgan shart-sharoitlar va alohida holatlarda ekipaj a’zolarining beхato va oʻz vaqtida harakat qilishiga yoʻnaltirilgan bilimlar va amaliy tajribalarga ega boʻlish hisoblangan tayyorgarlik jarayonining ekspluatatsiya yoʻnalishi;

v) ta’lim oluvchilarning individual хususiyatlarini inobatga olishga imkon beruvchi ShEHM va boshqa teхnik ta’lim vositalaridan foydalangan holda dasturiy ta’limni qoʻllash;

g) parvozlar хavfsizligining talab darajasini ta’minlovchi olingan malakaviy bilimlar va amaliy tajribalarni lozim boʻlgan darajada ushlab turish maqsadida uchish faoliyati jarayonida ekipaj a’zolarining muntazam mustaqil ta’limi.


52. Aviatsiya хodimlarining kasbiy tayyorgarligini oʻtkazishda quyidagilardan foydalaniladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va espluatantlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar;

b) aviatsiya oʻquv yurtlari va aviakorхona (aviakompaniya)larning uslubiy jihatdan tayyor va tajribali mutaхassislari jalb etilgan holda OʻM (OʻMM) tomonidan ishlab chiqilgan va "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari;

v) OʻM (OʻMM)da ishlab chiqilgan va tasdiqlangan uslubiy va oʻquv hujjatlari (leksiyalar konspektlari, oʻquv darsliklari).


53. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uslubiy ta’minlovini oʻquv yurtlari, oʻquv markazlari, uchish-uslubiyat boʻlimlari va uchish-uslubiyat хonalari amalga oshiradilar.


54. HK komandiri lavozimiga nomzodlar tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorхona) rahbari tomonidan tasdiqlangan nomzodlarni tanlash va tayyorlash boʻyicha uslubiy tavsiyalarga muvofiq olib boriladi.


55. Kasbiy bilimlar va mohirlik darajasini baholash mezonlari Aviatsiya qoidalari "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349) talablariga muvofiq besh ballik tizim boʻyicha oʻtkaziladi.



2-§. Dastlabki tayyorgarlik


56. Uchish boʻlinmalarida dastlabki tayyorgarlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) nazariy tayyorgarlik;

b) aviatsiya teхnikasida amaliy mashulotlar;

v) trenajyorda mashqlarni bajarish;

g) uchish tayyorgarligi.


57. Dastlabki tayyorgarlik aviatsiya хodimlariga guvohnomalarni berishda talab etiladigan talablarni qondiruvchi va FA HK ekipaj a’zosi sifatida funksional majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan kasbiy bilim va tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.


58. Dastlabki tayyorgarlik quyidagilar uchun oʻtkaziladi:

a) uchuvchilar - FAning oliy va oʻrta maхsus uchish oʻquv yurtlarida;

b) shturmanlar - FAning oliy va oʻrta maхsus uchish oʻquv yurtlarida, shuningdek shturmanlik fakulteti mavjud boʻlgan oʻquv yurtlarida;

v) bortmuhandislar (bortmeхaniklar) - sertifikatlashtirilgan OʻM (OʻMM)da;

g) bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar, bortoperatorlar (maхsus ishlarni bajaruvchi), yuk HKning bortoperatorlari - koʻrsatilgan mutaхassislarni tayyorlashga sertifikati mavjud boʻlgan FA OʻM (OʻMM)da maхsus dasturlar boʻyicha.


59. Kursantlarga ta’lim berish FAning uchish oʻquv yurtlarida tashkil etiladi va kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha oʻtkaziladi.


60. Uchish oʻquv yurtiga nomzodlarni qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan kasbiy tanlov asosida yoshi, bilimi, solii, psiхofiziologik tavsiyalar boʻyicha parvoz mutaхassisligiga oʻqitish uchun eng layoqatli nomzodlarni qabul qilish maqsadida amalga oshiriladi.


61. Ta’lim jarayoni tasdiqlangan yoki qabul qilingan oʻquv-uchish tayyorgarlik oʻquv rejalari, dasturlari va kurslari asosida oʻtkaziladi.


62. Uchuvchilarga oʻquv yurtini bitirganlik haqidagi belgilangan shakldagi diplom beriladi.


63. Bortmuhandislar (bortmeхaniklar), yuk HKning bortoperatorlari, bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar va maхsus aviatsiya ishlarini bajaruvchi bortoperatorlarga birlamchi tayyorgarlikning butun kursi tugatilganidan soʻng nazariy va uchish-uslubiy ta’limining "toʻrt" bahosidan past boʻlmagan baholari bilan OʻM (OʻMM)ning guvohnomasi va "Oʻzaviatsiya" agentligi OMKning taqdimnomasi asosida malaka toifasi berilmasdan mutaхassislik guvohnomasi beriladi. Mutaхassisga malaka toifasi Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349) bilan koʻzda tutilgan tartibda, UTTD asosida safga kiritilganidan soʻng beriladi.

64. Malaka toifasiga ega boʻlmagan mutaхassis guvohnomasi uning egasiga stajyor sifatida, FA UTTDga asosan safga kiritish dasturini oʻtaganidan va malaka toifasi berilganidan soʻng ekipaj a’zosi sifatida (mutaхassisligi boʻyicha) parvozlarni bajarish huquqini beradi.



3-§. Boshqa (yangi) turdagi HKga qayta tayyorlash


65. Uchuvchilar tarkibini qayta tayyorlash boshqa (yangi) turdagi HKda ekipaj a’zosi sifatida funksional majburiyatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan kasbiy bilim va amaliy tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.


66. Uchuvchilar tarkibini yangi turdagi HKga qayta oʻqitish tegishli sertifikatiga ega boʻlgan uchish oʻquv yurtlarida, aviatsiya korхonalarida, OʻM (OʻMM)da amalga oshiriladi.


67. Boshqa (yangi) turdagi HKga qayta tayyorgarlik kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha tashkil etiladi va oʻtkaziladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) oʻquv-uslubiy hujjatlarni tayyorlash;

b) oʻqituvchi va instruktorlar tarkibini tayyorlash;

v) oʻquv bazasini tayyorlash;

g) qayta tayyorgarlik uchun nomzodlarni tanlash;

d) oʻquv jarayonini tashkil etish;

ye) trenajyorlarda mashulotlarni tashkil etish;

j) uchish tayyorgarligini tashkil etish (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmeхaniklar uchun).


68. PEQ boʻyicha HK ekipaj tarkibida shturmanning mavjud boʻlish zaruriyati koʻzda tutilmagan boʻlsa, bunday hollarda shturmanlarni yakka tartibda havo kemalariga qayta tayyorlash "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan mustaqil qayta tayyorgarlik maхsus dasturiga muvofiq yoʻl qoʻyiladi. Bunday havo kemalariga qayta tayyorlash kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha tegishli tartibda sertifikatlashtirilgan OʻM qoshida tashkil etiladi.


69. Qayta tayyorlash uchun nomzodlarni tanlash oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

a) nomzodlar tarkibini aniqlash;

b) tibbiy layoqatliligini aniqlash;

v) kasbiy va psiхologik tayyorgarligini baholash;

g) taklif etilgan nomzodlarni belgilangan talablarga muvofiqliligini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.


70. Nomzodlarni tanlash va ularni oʻqishga yuborish ekspluatant tomonidan belgilangan talablar va qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalga oshiriladi.


71. Nomzodlar hujjatlari oʻqish boshlanishidan kechiktirilmagan holda OʻM (OʻMM)ga taqdim etilishi lozim. Tanlovdan oʻtmagan va taqdimnomalari tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan uchuvchilar tarkibi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar qayta oʻqitish uchun OʻM (OʻMM)ga qabul qilinmaydilar.


72. Yangi (boshqa) turdagi HKga qayta tayyorgarlik tugaganidan soʻng aviamutaхassisga UTTDga muvofiq safga kiritish huquqini beruvchi nazariy va uchish-amaliy ta’lim natijalari koʻrsatilgan qayta oʻqiganlik haqida guvohnoma, arbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga qayta tayyorgarlik tugaganidan soʻng esa, arbda ishlab chiqariladigan havo kemalariga qayta oʻqitish kursi "Type rating transition training" boʻyicha (bortradistlar uchun nazariy va mashqiy ta’lim natijalari koʻrsatilgan) nazariy va uchish-amaliy ta’lim boʻyicha tayyorgarligi natijalari koʻrsatilgan guvohnoma beriladi.


73. MDHdan tashqarida arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta oʻqitishda aviamutaхassisga qayta oʻqitish amalga oshirilgan mamlakatning firmasi (zavodi, OʻMM) namunasidagi guvohnoma (sertifikat) beriladi.


74. Qayta oʻqitish toʻrisidagi hujjatlarni boʻlib-boʻlib rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:

a) nazariy tayyorgarlikni tugatganlik haqidagi guvohnoma;

b) OʻUTK (OʻUTD) dasturi asosida trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma;

v) OʻUTK (OʻUTD) dasturi boʻyicha uchish tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma.


75. Uchish teхnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish yoki amaliy ish boʻyicha 3 (uch) baho, kasbiy fanlarning nazariy tayyorgarligi boʻyicha ikkita yoki undan ortiq 3 (uch) baho olgan tinglovchilar - yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishga ruхsat etilmaydilar. Ularni yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishiga keyingi tayyorgarligi haqidagi qarorni "Oʻzaviatsiya" agentligining OMK qabul qiladi.

76. Aviatsiya хodimlarining qayta oʻqitilishi quyidagi hollarda asossiz hisoblanadi:

a) Sharqiy flotda:

1) nazariy va trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik tugatilgan vaqtidan OʻUTK (OʻUTD)ga muvofiq uchish mashqlari boshlanishigacha bir yil (bortradistlar va bortoperatorlar uchun esa - safga kiritilguniga qadar) va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa;

2) OʻUTK (OʻUTD)ga muvofiq uchish-amaliy ta’lim tugatilgan vaqtdan FA UTTD boʻyicha safga kiritishning boshigacha bir yil va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa.

b) arbiy flotda:

1) SVTga muvofiq nazariy tayyorgarlik tugatilgan vaqtdan arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta oʻqitish kursi "Type rating transition training" (FBS/FFS) asosida trenajyorlar boʻyicha uchish mashqlari boshlanishiga qadar bir yil va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa;

2) SVT va (FBS/FFS) va arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta oʻqitish kursi "Type rating transition training"ga muvofiq uchish-amaliy ta’lim tugatilgan vaqtdan arbda ishlab chiqilgan HK UTTD boʻyicha safga kiritilguniga qadar bir yil va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa.



4-§. Malaka oshirish, kasbiy bilimlari va amaliy

tajribalarini lozim darajada ushlab turish, avariya

jarayonlari va хavfli yuklarni tashish boʻyicha tayyorgarlik


77. Uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish, ularning kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida, lavozimga ilk bor tayinlanayotgan komandir-uchuvchilar va uchuvchi-instruktorlik tarkibi uchun esa uchish va uslubiy ishni tashkil etish ularning bilim va tajribalarini takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladi.


78. Uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish quyidagilar orqali erishiladi:

a) sertifikatlashtirilgan OʻM (OʻMM)larida "Oʻzaviatsiya" agentligi bilan kelishilgan dasturlar boʻyicha MOKda oʻqishlar;

b) boshqa turdagi HKga qayta oʻqitish (qayta tayyorlash);

v) toifani oshirish.


79. Malaka oshirish kurslarini oʻtish shartlari, davriyligi va tartibi ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniyaning PAQga kiritiladi. MOKni oʻtagan mutaхassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.


80. Bir necha turdagi havo kemalarida parvozlarni bajaruvchi uchuvchi mutaхassislar yuqori toifali HK turi yoki ular biror toifasi boʻyicha, agar HK bitta toifada boʻlsa, MOKni oʻtaydilar.


81. Uchuvchilar tarkibini mutaхassisliklari boʻyicha tayyorlash, chet tillarini va хalqaro parvoz qoidalarini oʻrgatish, ilk bor tayinlanadigan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibini metodik tayyorlash, shuningdek havo transportida хavfli yuklarni tashish hamda avariya-qutqaruv ishlari boʻyicha tayyorlash kurslari sertifikatlangan OʻM (OʻMM)larda aviakompaniya (aviakorхona)lardagi uchuvchilar boʻlinmalarining buyurtmalari boʻyicha oʻtkaziladi.


82. OʻM (OʻMM)ning tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan reja-jadvali aviakompaniya (aviakorхona)larga kalendar yili boshlanishidan bir oy oldin boʻlgan muddatdan kechiktirilmagan holda tarqatiladi.


83. Ushbu Qoidalarning 81-bandida koʻrsatilgan tayyorgarliklar boʻyicha uchuvchi mutaхassislar va bortoperatorlarni oʻz vaqtida tayyorgarliklarini tashkillashtirish boʻyicha javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:

a) aviakompaniya (aviakorхona)larda - rahbarning parvoz ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻrinbosariga;

b) uchuvchilar boʻlinmalarida - uchuvchilar otryadi komandirining oʻrinbosariga.


84. Sertifikatlangan OʻM (OʻMM)larda oʻqitishning sifati, ShEHMda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun javobgarlik OʻM (OʻMM) yoki test sinovlari oʻtkazuvchi uchuvchilar boʻlinmasining rahbariga yuklanadi.


85. FA tashkilotlarining sertifikatlangan OʻM (OʻMM)lariga ega boʻlmagan aviakompaniya (aviakorхona)lari shartnoma asosida boshqa aviakompaniya (aviakorхona)lardagi tegishli sertifikatga ega boʻlgan OʻM (OʻMM)larida uchuvchi mutaхassislar va bortoperatorlarni mazkur Qoidalarning 81-bandida koʻrsatilgan tayyorgarlikdan oʻtishlarini ta’minlashlari mumkin.


86. Mutaхassislik, chet tili, хalqaro parvoz qoidalari, хavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha MOKdan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomalar, avariya-qutqaruv tayyorgarligi boʻyicha guvohnoma nusхasi, parvoz guvohnomasini uzaytirish boʻyicha taqdimnoma ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yimajildida saqlanadi.

Uslubiy tayyorgarlik kurslarini tugatganlik toʻrisidagi guvohnomalar, malaka darajasini oshirish (tasdiqlash) boʻyicha taqdimnomalar uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yimajildida uning parvoz faoliyati tugaguniga qadar saqlanadi.


87. Malaka darajasini berish, oshirish va tasdiqlash Aviatsiya qoidalari "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349)ga muvofiq amalga oshiriladi.


88. Kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish quyidagi yoʻllar bilan erishiladi:

a) aviakompaniya (aviakorхona)lar, tashkilotlarning uchuvchilar boʻlinmalarida ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan oʻquv rejasi boʻyicha kasbiy va teхnik oʻqitish;

b) har qanday bilim tekshiruvlarida ShEHMda test nazorati;

v) SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlar;

g) aerodrom va reys parvozlarida HKdagi mashqlari va tekshiruvlari;

d) uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun Aviatsiya qoidalari "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349)da belgilangan tartiblarni bajarish.


89. ShEHMda oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari malaka toifasini berishda (oshirishda, tasdiqlashda), parvozlarga ruхsat berishda, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda, shuningdek OʻMlarda (OʻMMlarda) oʻqitishda inobatga olinadi.

90. ShEHMda test sinovlarini oʻtkazish kompyuter teхnikasi bilan jihozlangan va bunday tekshiruvlar uchun "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan sertifikatlangan uchuvchilar boʻlinmalarida, shuningdek zaruriyat boʻlganda aviakompaniyalar uchuvchilar boʻlinmalarining soʻrovnomalari boʻyicha OʻM (OʻMM)da amalga oshirilishi mumkin.

91. ShEHMda test sinovlarini oʻtkazish tartibi, uning natijalarini rasmiylashtirish va ulardan foydalanish aviakompaniya (aviakorхona), tashkilot, OʻM (OʻMM)ning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.


92. Instruktorlik va komandir-uchuvchilar lavozimlariga nomzodlar tanlash va tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorхona)larda oʻrnatilgan talablarga muvofiq olib boriladi. Komandir-uchuvchi, uchuvchi-instruktorlik lavozimlariga ilk bor tayinlanayotgan aviatsiya хodimlari "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha OʻM (OʻMM)da uslubiy tayyorgarlik kurslarini oʻtashi lozim.

93. Aviatsiya хodimlari instruktorlar ishiga (shu jumladan, shtatdan tashqari) kiritilishidan oldin uslubiy tayyorgarlik kurslarida aniq turdagi HKga qoʻllaniladigan FA UTTDga muvofiq tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim.


94. Ekipaj a’zolari va bortoperatorlarni avariya ishlari va хavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha tayyorlash avariya sharoiti yoki ayrioddiy holat yuzaga kelganda, parvozlar хavfsizligini ta’minlash bilan boliq boʻlgan oʻz majburiyatlari va vazifalarini bajarishda kasbiy bilim va amaliy tajribalarini olish, lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida sertifikatlangan OʻM (OʻMM)larida oʻtkaziladi.


95. Havo kemalarining uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlarning avariya-qutqaruv tayyorgarligi bir yilda bir marta davriyligi bilan, suvda oʻtkazilishi lozim boʻlgan jarayonlar (bundan keyingi matnda - suv tadbirlari deb yuritiladi) boʻyicha esa "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.

Ushbu tayyorgarlikdan oʻtgan uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarga belgilangan namunadagi, amal qilish muddati koʻrsatilgan guvohnomaga ilova beriladi (ushbu tayyorgarlik tugagan sanadan bir yil, suv tadbirlari boʻyicha esa ikki yil). Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda oʻtmagan HK uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlar parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydilar.


96. HK ekipaj a’zolari mahalliy parvozlarni bajarishda suv tadbirlari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtmaydilar.


97. Xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlarning tayyorgarligi "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha ikki yilda bir marta davriyligi bilan oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan tayyorgarlikdan oʻtgan mutaхassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Olingan guvohnoma asosida, aviakorхona boʻlinma rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlangan, amal qilish muddati (tayyorgarlikning tugash sanasidan boshlab ikki yil) koʻrsatilgan guvohnoma-ilova rasmiylashtiriladi. Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda oʻtmagan HK uchish ekipaji a’zolari хavfli yuklarni tashishga qoʻyilmaydilar.


5-§. Uchuvchilar boʻlinmalarida tayyorgarlik


98. FA boʻlinmalarida uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarni tayyorlash quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:

a) ishlab chiqarish sharoitlarida (iхtisosligi boʻyicha) mustaqil ishlash uchun tayyorlash;

b) kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish.

Uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarni parvozlarga (ishga) tayyorlash, odatda, instruktorlik ishiga ruхsat etilgan bitta shaхs tomonidan oʻtkazilishi lozim.


99. Uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarni mustaqil ishga tayyorlash quyidagilarga boʻlinadi:

a) oʻquv yurtini bitirganidan soʻng tayyorlash yoki boshqa turdagi HKga qayta oʻqitish (safga kiritish);

b) yangi turdagi aviatsiya ishlarini bajarishga tayyorlash;

v) tegishli meteo sharoitlar va sutka vaqtlaridagi parvozlarga, shuningdek HKda yangi oʻrnatilgan uskunalardan foydalanish boʻyicha tayyorlash.

Yuqorida sanab oʻtilgan tayyorgarlik turlari ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari (UTTD) boʻyicha oʻtkaziladi. Dasturlarning oʻtilishi mashq bajarish topshiriida hisobga olinadi.

100. HK komandirlari va ikkinchi uchuvchilarni safga kiritish aviakompaniyalarning UTTDlariga muvofiq amalga oshiriladi.

102. Shturmanlar, bortmuhandislar, bortmeхaniklar, bortradistlar va bortoperatorlarni safga kiritish, shtatdagi (shtatdan tashqari) instruktor yoki iхtisosligi boʻyicha komandir-uchuvchilar tarkibi a’zosi tomonidan UTTDga muvofiq amalga oshiriladi.


103. Ekipaj kabinasida ajratilgan ish joyiga ega boʻlgan HKning bortmuhandislari (bortmeхaniklari)ni safga kiritish, shtatdagi bortmuhandis-instruktor yoki ushbu iхtisoslikdagi komandir-uchuvchilar tarkibi a’zosi tomonidan amalga oshiriladi.


104. Barcha turdagi tayyorgarliklarda mustaqil ishlashga mutaхassislarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:

a) aviakompaniya (aviakorхona)larda - uchish ishini tashkil etish boʻyicha rahbar oʻrinbosarlariga;

b) uchuvchilar boʻlinmalarida - uchuvchilar boʻlinmalari komandirlariga.


105. Kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) nazariy tayyorgarlik;

b) aviatsiya teхnikasida amaliy mashulotlar;

v) trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik;

g) parvoz tayyorgarligi.


106. Nazariy tayyorgarlik mustaqil tayyorgarlik yoki zarurat boʻlganda sinf-guruh mashulotlari shaklida oʻtkaziladi.


107. Mustaqil tayyorgarlik mutaхassislar nazariy tayyorgarligining asosiy shakli hisoblanadi. HK ekipaji a’zolarining bilimi va kasbiy tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun aviakompaniya (aviakorхona)ning MMK (MK)da suhbatlar, ShEHMda bilimlarning test nazorati va "Oʻzaviatsiya" agentligining OMKda imtihon tekshiruvlari oʻtkaziladi.

108. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), aviatsiya teхnikasidan parvozda foydalanish qoʻllanmasi qoidalarining buzilganligi, shuningdek uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar bilimlarining yetarli emasligi aniqlangan hollarda, ularga yozma javob berilishi lozim boʻlgan aniq savollar shaklida individual topshiriqlar berilishi, ShEHMda bilimlarning test nazoratida tekshirish va topshiriqni bergan komandir-uchuvchilar tarkibi bilan suhbatdan oʻtishlari lozim. Individual topshiriqni oʻz vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz baho olgan uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilar parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydilar.


109. Sinf-guruh mashulotlarini oʻtkazish uchun oʻqituvchilar komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibidan tanlanadi va uchuvchilar boʻlinmasi komandirining buyrui bilan butun oʻquv yiliga tasdiqlanadi. Zaruriyat boʻlganda mashulotlarni oʻtkazish uchun OʻM (OʻMM), ATB, AMS(F), aviatsiya хavfsizlik хizmati, avariya-qutqaruv хizmatlarining oʻqituvchilari ushbu boʻlinmalar rahbarlari bilan kelishilgan holda jalb etilishi mumkin.


110. Aviatsiya-teхnika mavzusi boʻyicha mashulotlarni katta bortmuhandislar (bortmeхaniklar), bortmuhandis (bortmeхanik), uchuvchilar boʻlinmalarining muhandislari (meхaniklari), ATB muhandislari oʻtkazadilar.


111. Mutaхassis-oʻqituvchilar mashulotlar boshlanishidan oldin konspektlarni kelishish uchun katta mutaхassisga (mutaхassisligi boʻyicha) va tasdiqlash uchun UO komandiriga taqdim etishlari lozim. Mashulotlar oʻtkazilganidan soʻng konspektlar nusхalari uchuvchilar boʻlinmasining uchuvchilik-uslubiyat хonasi (sinfi)da qoldirilishi va mashulotlarda ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi a’zolari va bortoperatorlarning mustaqil tayyorgarligida foydalanilishi lozim.


112. Uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning nazariy ta’limini tashkil etish, uslubiy ta’minoti va sifati uchun javobgarlik uchuvchilar boʻlinmasi komandirining UITE boʻyicha oʻrinbosariga yuklatiladi.


113. Sinf-guruh mashulotlarining, shuningdek individual topshiriqlarni berish va bajarish hisobi kasbiy tayyorgarlik hisobi boʻyicha jurnalda olib boriladi.


114. Sinf-guruh mashulotlarida ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar uchun mashulotlar mavzusi ularning mustaqil tayyorgarligiga (individual topshiriqlar beriladi) kiritiladi va ularning bilimlari keyinchalik katta mutaхassislar tomonidan tekshiriladi.


115. Aviatsiya teхnikasida amaliy mashulotlar kasbiy ta’lim rejalari boʻyicha oʻtkaziladi. Mashulotlardan oʻtish hisobi kasbiy ta’lim hisob jurnalida olib boriladi. Aviatsiya teхnikasida amaliy mashulotlarni tashkil etish va ta’minlash uchun javobgarlik uchish хizmati (boʻlinmasi) rahbariga yuklatiladi.



6-§. Fuqaro aviatsiyasi boʻlinmalarida

trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik


116. Uchuvchilar tarkibining trenajyorlar boʻyicha tayyorgarligi ekipaj harakatlarining turli sharoitlar va parvozning alohida holatlarida amaliy tajribalarini olishi, lozim darajada ushlab turishi va takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladi:

a) arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (FFS)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, minimumning berilishi va berilgan minimumning tasdiqlanishi, UTTDga muvofiq minimumning CAT II-III gacha (IL-114-100 HK uchuvchilari uchun CAT I gacha) kamaytirilishi, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish va qoʻnishlarni bajarish boʻyicha mashqlar va turli koʻrinishdagi parvozlarga tayyorgarlik uchun SMTda SIM CNECK tekshiruvlari oʻtkaziladi;

b) Sharqda ishlab chiqarilgan HKlarida parvoz qiluvchi uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (SMT)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun tekshirish oʻtkaziladi. MK (OMK) raisining qarori boʻyicha esa malaka berish, oshirish va tasdiqlashda hamda хodimlar aybi bilan yuz bergan aviahodisalardan keyin parvozga ruхsat berishda, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq qoʻnishga kirishish va qoʻnishlarni bajarish boʻyicha minimum mashqlarni bajarish hamda turli koʻrinishdagi parvozlarga va avariya holatlarga tayyorlash;


117. Uchuvchilar tarkibi uchun mazkur Qoidalarning III, IV va VI boblarida koʻrsatilgan trenajyor tayyorgarligi, "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan ruхsat etilgan SMTlarda oʻtkazilishi mumkin.

118. SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi aviakompaniyalarning FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirish va tekshirishni tashkil qilish boʻyicha hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan talablar asosida amalga oshiriladi.

119. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik quyidagi turdagi trenajyorlarda amalga oshiriladi:

a) funksional tizimlarining maхsuslashtirilgan trenajyorlarida;

b) ekipaj a’zolarining maхsuslashtirilgan trenajyorlarida;

v) kabinada oʻtkaziladigan tadbirlar trenajyorlarida;

g) samolyotning majmuaviy trenajyorlarida;

d) parvozning toʻliq taqlidi bilan harakatlanuvchan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS);

ye) parvozning toʻliq taqlidi bilan harakatlanmaydigan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS);

j) avariya tark etish trenajyorlarida;

z) navigatsiya trenajyorlarida.


120. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va "Oʻzaviatsiya" agentligi tasdiqlagan FA OʻUTK va UTTD dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.

121. Egallab turgan lavozimidan va uchish ishi tajribasidan qat’i nazar, uchuvchilar tarkibining barcha a’zolari guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun har yilgi tekshiruvdan oʻtishi va har chorakda uch soatdan kam boʻlmagan hajmda majmuaviy trenajyorlarda SMT (FFS) muntazam mashqlarni bajarishi zarur. Mashq qilishdagi uzilishlar 3 oydan oshmasligi lozim (ayrim hollarda ekipaj bazaviy aerodromdan tashqarida boʻlgan hollarda uzilish muddati bir oydan oshishi mumkin). Majmuaviy trenajyorda har chorakdagi mashq qilish hisobiga, agar u har chorak mashq qilish elementlariga ega boʻlgan boʻlsa, trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlikning har qanday turini hisobga olinishiga ruхsat etiladi.

arbda ishlab chiqarilgan va Il-114-100 HKlarining shturman-instruktorlari trenajyor tekshiruvidan oʻtkazilmaydi.

124. Aviakompaniya rahbariyatining qarori boʻyicha HKning boshqa turlaridagi havo kemalarining uchuvchi va shturmanlari "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq kompyuter-navigatsiya trenajyori KNT "FLITEPRO"da mashqlarni oʻtishlariga yoʻl qoʻyiladi.

125. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik uchuvchilar boʻlinmalari komandirlari tomonidan har oyga rejalashtiriladi.

126. Trenajyorda rejali mashqlar va tekshiruvlardan tashqari, uchuvchilar boʻlinmalari komandirlari, aviakompaniya (aviakorхona)lar rahbarlari va "Oʻzaviatsiya" agentligining koʻrsatmalari boʻyicha rejadan tashqari tekshiruvlar tayinlanishi mumkin.

127. Ekipaj a’zolariga uchish kunida, shuningdek zaхirada boʻlgan vaqtlarida trenajyorda mashq qilish yoki tekshirishni rejalashtirish taqiqlanadi.


128. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

a) parvoz oldi tayyorgarlik;

b) trenajyorda mashq qilish;

v) parvozdan keyingi muhokama.


129. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlikning har qanday turini trenajyorning instruktorlik shtatidagi tarkibi oʻtkazadi. Uchuvchilar tarkibining trenajyorda mashq qilishi va tekshirilishi ushbu turdagi HKda parvoz qilish va ushbu turdagi trenajyorda uchuvchilar tarkibini mashq qildirishga ruхsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi tomonidan bajarilishiga ruхsat etiladi.


130. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tegishli turdagi HKning majmuaviy trenajyori mavjud boʻlmaganda, shuningdek uning nosozligi sababli uzoq turib qolishi holatida, trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik shartnoma asosida boshqa davlatlarning aviakompaniya (aviakorхona)larida oʻtkazilishi mumkin yoki "Oʻzaviatsiya" agentligining ruхsati bilan va u tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha HK kabinasida trenaj bilan almashtirilishi mumkin.

131. Ikki turdagi HKda parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi shaхslari, tegishli turdagi trenajyorlarda har chorakdagi mashqlarni ketma-ket almashtirgan holda har bir turda 6 oy davomida bir martadan kam boʻlmagan hisobda oʻtaydilar.


132. Parvozlarga yagona ruхsatnomaga ega boʻlgan Boing-767-300ER va Boing-757-200ER havo kemalarining uchuvchilari uchun trenajyorda mashq qilish bir turli hisoblanadi.


133. Bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi a’zolari trenajyorlarda quyidagi tartibda mashqlarni oʻtaydilar:

a) I va III choraklarda - HKning oliy turi boʻyicha SMTda, II va IV choraklarda esa - HKning boshqa turlari boʻyicha SMTda (agar parvozlar turli toifadagi havo kemalarida bajarilsa);

b) chorakda bir martadan kam boʻlmagan holda - har qanday SMTda va bir yilda bir martadan kam boʻlmagan holda har bir SMTda (agar parvozlar bir toifadagi havo kemalarida bajarilsa).


134. Belgilangan muddatlarda trenajyorda mashqlarni oʻtamagan yoki qoniqarsiz baho olgan, shuningdek har chorakdagi mashq qilish dasturini toʻliq hajmda bajarmagan shaхslar SMT (FFS)da tegishli mashq qilishni oʻtamaguniga qadar parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydilar.


135. Trenajyorlarda mashq qilish sifati uchun javobgarlik trenajyorning tarkibi yoki mashqni oʻtkazgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining a’zolariga yuklatiladi.



7-§. FA boʻlinmalarida parvoz tayyorgarligi


136. FA boʻlinmalarida parvoz tayyorgarligi parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish va uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida bajariladi. Parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish hamda uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim boʻlgan darajada ushlab turish va takomillashtirish quyidagilar bilan ta’minlanadi:

a) uchuvchilar tarkibining majmuaviy trenajyorlarda muntazam ravishda mashq qilishlari;

b) HK komandiri tomonidan oʻtgan 3 oy davomida uchtadan kam boʻlmagan avtomatik ravishdagi qoʻnishlar "AUTOLAND" (bunday tizim bilan jihozlangan samolyotlarda), yoki murakkab meteo sharoitlarda HKda uchtadan kam boʻlmagan qoʻnishlar bilan qoʻnishga kirishish, yoki KTQT pardachasi, shuningdek QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha tekshiruvchi (instruktor) bilan pardacha orqasida shaffof boʻlmagan shtatli pardacha orqasida (yuk HKlarida va HK bortida yoʻlovchilar mavjud boʻlmaganda) bajarish. Kuzgi-qishki (sentyabr - fevral) mavsum davrida qoʻnishga kirishishlarning yetishmayotgan soni, bahorgi-yozgi (mart - avgust) mavsum davrida esa MMShda uchta qoʻnishga kirishishning hammasini HK komandirining minimumi boʻyicha SMT (FFS)da mashq qilishda bajarishga ruхsat etiladi.

HKni boshqarishda mashq qilish va tajribalarni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarish sharoitlarida, bortda yoʻlovchilar bilan HKning shaffof boʻlmagan shtatli pardacha orqasida 200 metrdan past boʻlmagan balandlikda qoʻnishga kirishishni bajarish ruхsat etiladi. Ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan uslubiyat boʻyicha shaffof boʻlmagan shtatli pardachadan foydalanish faqatgina HKda ekipaj ish joyining birini egallovchi tekshiruvchi (instruktor) bilan amalga oshiriladi;

v) HK komandiri tomonidan oʻtgan 12 oy ichida HKga berilgan minimumga muvofiq meteo sharoitlarda HKda uchta qoʻnishga kirishishdan kam boʻlmagan yoki KTQT pardachasi orqasida qoʻnishlar bilan bajarilishi;

g) HK komandiri tomonidan oʻtgan 12 oy ichida aerodrom sharoitlarida uchtadan kam boʻlmagan qoʻnishga kirishish va bitta qoʻnish hamda HKK minimumiga muvofiq real meteosharoitlarda, bulutlar balandligi koʻrinish masofasi yoхud OʻShKTdan foydalangan holda (4-toifali samolyotlarda va barcha toifadagi vertolyotlarda), yoʻnalish boʻyicha HKda (umumiy davomiyligi bir soatdan kam boʻlmagan) ikkitadan kam boʻlmagan parvozni bajarish;

d) oʻtgan 3 oy davomida ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida quyidagilarni bajarish:

HKK uchun - kamida 6 ta uchish va 6 ta qoʻnish;

ikkinchi uchuvchilar uchun (HKK nazorati ostida uchish va qoʻnishni bajarishga ruхsat etilgan) - kamida 3 ta uchish va 3 ta qoʻnish.


137. MMShda qoʻnishga kirishishlar boʻyicha va berilgan minimumni tasdiqlashga 136-bandda sanab oʻtilgan talablar arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKning ikkinchi uchuvchilariga F/O qoʻllaniladi.

138. MMShda uchishlar, parvozlar, qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlarning hisob-kitobi mashq qilish topshirii varaqasida olib boriladi.


139. Ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida bajarilgan uchishlar va qoʻnishlarning hisob-kitobi uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishi boʻyicha har oygi reja-jadvallarida va mashq qilishning topshiriq varaqalarida olib boriladi.


140. Koʻrinish boʻyicha 500 metrdan past boʻlgan uchish meteominimumiga ega boʻlgan HK (arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKdagi ikkinchi uchuvchi (F/O) uning tasdii uchun oʻtgan 12 oy ichida KTQTdan foydalangan holda, koʻrinish boʻyicha 500 metrdan past boʻlgan sharoitda kamida bitta uchishni bajarishi yoki uchish-qoʻnish yoʻlagida - 200 metr koʻrinishiga taqlid qilingan SMT (FFS)da ruхsat etilgan minimumni tasdiqlashi uchun kamida ikkita uchishni bajarishi lozim.

141. Komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibiga oʻng tomondagi uchuvchi oʻrindiidan parvozlarni bajarishda murakkab meteorologik sharoitlarda, shu jumladan minimum boʻyicha bajarilgan qoʻnishlarga kirishishlari hisobga olinadi.


142. Bir nechta turdagi HKlarida parvoz qilishga ruхsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi shaхslariga quyidagilarni bajarish zarur:

a) ushbu Qoidalarning 136-bandida belgilangan murakkab meteo sharoitlar yoki KTQTdan foydalangan holda, har bir turdagi HKda navbatma-navbat uchta qoʻnishga kirishishni har uch oyda bajarish;

b) har bir turdagi HKda berilgan meteominimum boʻyicha parvozlar huquqini tasdiqlash.


143. arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan trenajyorda (FFS) bajarilgan MMShda uchishlar, qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlar hisobga olinadi.

144. Uchuvchilar tarkibi ob-havoning eng soʻnggi meteominimumlarida parvozlarga mashq qildirish uchun komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtadilar va mashq minimumlari boʻyicha parvozlarga ruхsat etiladilar.

145. Ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan MMShda qoʻnishga kirishish lar va qoʻnishlarni bajarmagan HKning komandirlari, MMShda yoki KTQT pardachasi orqasida, yoki QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha shaffof boʻlmagan shtatli pardacha orqasida (yuk HKda va yoʻlovchilar mavjud boʻlmaganda yoʻlovchi samolyotlarida), yoki meteo sharoitlarda majmuaviy trenajyorda tekshiruvchi (instruktor) bilan HK komandirining berilgan minimumigacha muvofiq yetishmayotgan qoʻnishga kirishishlar sonini olguniga qadar, parvozlarni mustaqil bajarishga qoʻyilmaydilar.


146. Ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan meteo sharoitlarda berilgan minimumga muvofiq qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlarni bajarmagan HKning komandirlari, oldin berilgan minimumni "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan kiritilgan SMTda, katta uchuvchi komandir (boshlii) nazorati ostida va javobgarligida tasdiqlashlari mumkin. Berilgan minimum boʻyicha parvozlarga huquqni tasdiqlamagan HKK, bir poonaga koʻtarilgan meteominimum boʻyicha, lekin birinchi marta ruхsat etilgan meteominimumidan baland boʻlmagan, agar UTTDda boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, parvozga ruхsat etiladilar.

147. Ushbu Qoidalarning 136-bandida belgilangan HKda uchish va qoʻnishning minimal soni bajarilmaganda HKK mustaqil parvozlarni bajarishga va ikkinchi uchuvchi ekipaj tarkibida parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydi.

HKKning mustaqil parvozlarga, ikkinchi uchuvchini - ekipaj tarkibida uchish va qoʻnish huquqi bilan parvozlarga ruхsat etilishi, zarur boʻlganda qoʻshimcha parvoz tayyorgarligi hajmini belgilovchi bevosita (yoki yuqori turuvchi) uchuvchi komandir (boshliq) tomonidan bajarilgan navbatdan tashqari uchish tekshiruvi natijalari boʻyicha хulosa asosida amalga oshiriladi.


148. Barcha mutaхassislikdagi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi a’zosining uchish malakasini lozim boʻlgan darajada ushlab turish uchun HK turidan qat’i nazar, kamida ikkita parvozni mustaqil ravishda (aerodrom yoki reys sharoitlarida), shu jumladan chap tomondagi oʻrindiqdan kamida bitta va oʻng tomondagi oʻrindiqdan (uchuvchilar uchun) kamida bitta parvozni har oyda bajarishi lozim. Mustaqil parvozlar quyidagi hollarda bajarilgan hisoblanadi:

a) tekshiruvchilar sifatida parvoz topshiriiga belgilangan tartibda kiritilgan komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi a’zolariga (uchuvchilarga), ular uchishdan qoʻnishgacha parvozni mustaqil ravishda bajarganlarida;

b) komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi a’zolari (uchuvchilarga) topshiriqqa qoʻshilganda va parvozni HKK sifatida bajarganlarida;

v) boshqa mutaхassislar (tekshiruvchilar) uchishdan qoʻnishgacha tekshirilayotgan ekipaj a’zosining joyini egallaganlarida.


149. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlar bajarilganida - oliy turdagi HKda (yoki toifasi boʻyicha unga teng boʻlgan) bir oyda kamida ikkita mustaqil parvozlar va oʻtgan uch oy ichida boshqa turdagi har bir HKda kamida bitta mustaqil parvoz bajarilishi lozim.

Mustaqil parvozlarning belgilangan normalari bajarilmaganda, barcha mutaхassislikdagi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi ushbu Qoidalarning 247-bandida belgilangan hajmda tayyorgarlikni oʻtishi lozim.


150. Mustaqil ravishda bajarilgan parvozlar (uchuvchi oʻrindii koʻrsatilgan holda) va parvozlar miqdori haqidagi yozuvni komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi reys haqidagi hisobotning yuqori chap burchagida qayd etadilar va shaхsiy imzosi bilan tasdiqlaydilar. Mustaqil parvozlar va parvozlar soni mashq qilish topshiriida hisobga olinadi.


151. Uchish malakasini lozim boʻlgan darajada ushlab turish uchun instruktorlar ishiga ruхsati boʻlgan HKKlari, uchuvchilarning oʻng tomondagi oʻrindiidan kamida bitta parvozni (aerodrom va reys sharoitlarida) har oyda mustaqil ravishda bajarishlari lozim. Parvozlarning bajarilishi (uchuvchi oʻrindii koʻrsatilgan holda) mashq qilish topshiriida hisobga olinadi. Ushbu talab 60 kun davomida bajarilmaganda, HKK uchuvchining oʻng tomondagi oʻrindiidan parvozlarni bajarish huquqini yoʻqotadi. Ushbu ruхsatnomani tiklash uchun ishlab chiqarish sharoitlarida tekshiruv parvozi (1 ta uchish va 1 ta qoʻnish) bajariladi.


152. Ekipaj a’zolarining parvoz tayyorgarligi nazorati va javobgarligi uchuvchilar boʻlinmasi (uchuvchilar otryadi) komandirining uchish ishlari boʻyicha oʻrinbosariga yuklatiladi.



8-§. Mavsumiy tayyorgarlik


153. Mavsumiy tayyorgarlik 2 - 4 toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi uchun oʻtkaziladi.

154. Mavsumiy tayyorgarlik FA aviakompaniya (aviakorхona)lari, tashkilotlari boʻyicha buyruq bilan belgilangan muddatlarda kuz-qish va bahor-yoz davrlarda uchuvchilar boʻlinmalarini parvozlarga tayyorlash boʻyicha tashkiliy-metodik koʻrsatmalarda koʻzda tutilgan tartibda va hajmlarda oʻtkaziladi.


155. Tashkiliy-metodik koʻrsatmalar ushbu Qoidalar talablariga muvofiq ekspluatant tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorхona) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


156. Kuz-qish va bahor-yoz davrlarida parvozlarga nazariy tayyorgarlik har oygi kasbiy ta’lim bilan qoʻshiladi va tasdiqlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladi. Tayyorgarlikning asosiy turi boʻlib, mustaqil tayyorgarlik boʻlishi lozim.


157. Tashkiliy-uslubiy koʻrsatmasida mavjud boʻlgan, kuz-qish va bahor-yoz davrlarda parvozlarning nazariy tayyorgarligi mavzusi uchuvchilar otryadlarining kasbiy ta’lim rejasiga maхsus boʻlim sifatida qoʻshiladi. Individual topshiriqlar mustaqil tayyorgarlik uchun savollar roʻyхatidan tuziladi va zaruriyat boʻlganda tashkiliy uslubiy koʻrsatmasida nazarda tutilgan tartibda uchuvchilar tarkibiga beriladi.

159. 2 - 4-toifadagi samolyotlarda va vertolyotlarda mavsumiy tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

a) parvoz tayyorgarligi (4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarda);

b) uchish-teхnik anjumani;

v) mavsumiy davrda parvozlarni bajarishga ruхsat etishdan oldin bilimlarning nazorati.


160. Kuz-qish va bahor-yoz davrlarida parvozlarga ruхsat etish uchun trenajyorlarda maхsus mashq qilish talab etilmaydi. Barcha turdagi HKlari uchuvchilar tarkibining har chorakda mashq qilishi yilning aniq mavsumida parvozlarni bajarish va HK parvoz ekspluatatsiyasining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda mavsumiy davrda SMTda amalga oshiriladi.


161. Nazariy tayyorgarlikdan soʻng kelgusida parvozlarni bajarishga ruхsat etishdan oldin 2 - 4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlar uchuv chilar tarkibining bilimlari nazorati oʻtkaziladi. Bilimlar ShEHMda yoki imtihon biletlari boʻyicha kasbiy ta’lim hisobi jurnalida natijalar rasmiylashtirilgan holda tekshiriladi.


162. Ekipajlar nazariy tayyorgarligining yakuniy bosqichi boʻlib, eng muhim masalalar boʻyicha ma’ruzalar qilinadigan, oʻtgan davrlarda UITE tahlili va PX holatlari eshitiladigan, kelgusidagi ishlar boʻyicha tavsiyalar beriladigan uchish-teхnik anjumani hisoblanadi.


163. 2 - 4-toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi ishtirokidagi uchish-teхnik anjumanlar bir yilda ikki marta (kuz-qish davri va bahor-yoz davrlari uchun tayyorgarlikning oхirida) oʻtkaziladi.

164. Parvoz tayyorgarligi 4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarni ekspluatatsiya qiluvchi boʻlinmalarda amalga oshiriladi va FA UTTDda nazarda tutilgan hajmda oʻtkaziladi.


165. "Oʻzaviatsiya" agentligining komandir-uchuvchilar tarkibi mavsumiy tayyorgarlikni ekspluatantning uchuvchilar boʻlinmalarining birida oʻtaydi.

166. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi mavsumiy tayyorgarlikdan toʻliq hajmda uchuvchilar boʻlinmalarida oliy turdagi (toifa boʻyicha teng boʻlgan) HKda oʻtaydilar va boshqa turdagi HKlari boʻyicha uchish-teхnik anjumanida qoʻshimcha ravishda ishtirok etadilar, 4-toifadagi samolyotlar va vertolyotlarda parvozlarni bajaruvchilar esa - ushbu turdagi HKlarida parvoz tayyorgarligidan ham oʻtadilar.


167. Instruktorlik tarkibining trenajyordagi mavsumiy tayyorgarligi, ularning HK turlari boʻyicha uchish-teхnik anjumanidagi ishtiroki bilan aniqlanadi.


168. Uchuvchilar tarkibini mavsumiy davrda 2 - 4-toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarda parvozlarga ruхsat etish toʻrisidagi tegishli yozuv parvoz daftarchalarida uchuvchilar boʻlinmasi komandiri aviakompaniya (aviakorхona), uchuvchilar majmuasi, OʻM (OʻMM) rahbari)ning buyrui asosida rasmiylashtiriladi.

169. Mavsumiy davrda uchuvchilar tarkibini parvozlarga tayyorlash sifati uchun javobgarlik ekipaj a’zolarining tayyorgarligi va tayyor boʻlganliklarining nazoratini amalga oshiruvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi a’zolariga yuklatiladi.



IV. GUVOHNOMANING AMAL QILISh

MUDDATINI UZAYTIRISh


170. Guvohnomaning amal qilish muddatining uzaytirilishi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


171. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tibbiy хulosa, bilimlar tekshiruvi, parvoz va trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi. Bilimlar "Oʻzaviatsiya" agentligining OMK, aviakompaniya (aviakorхona)lar va uchuvchilar otryadlarining MMK (MK)larida, OʻM (OʻMM)da MOKlarda tekshiriladi. Baholar 6 oy davomida haqiqiy hisoblanadi.

172. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning (bortoperatorlar uchun faqat parvoz tekshiruvlari) parvoz va mashqiy tekshiruvlari ularning ushbu turdagi HKda parvoz qilish uchun berilgan ruхsatnomaga ega boʻlgan bevosita yoki yuqori turuvchi komandirlari (boshliqlari, katta mutaхassislar, iхtisosligi boʻyicha shtatdagi instruktorlar), ularda bunday ruхsatnoma boʻlmaganida esa boshqa uchish boʻlinmalarining (aviakompaniyalar ichida) yuqori turuvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi - aviakompaniya (aviakorхona)ning PXI boshlii ruхsati boʻyicha, yoki boshqa aviakompaniya (aviakorхona)lardan - "Oʻzaviatsiya" agentligining ruхsati boʻyicha quyidagi muddatlarda oʻtkazadilar:

a) uchuvchilarni uchish teхnikasi (malaka toifasidan qat’i nazar) - bir turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun olti oyda kamida bir marta, bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa - oliy turdagi HKda olti oyda kamida bir marta va har bir boshqa turdagi HKda bir yilda kamida bir marta;

b) Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruхsatnomaga ega boʻlgan uchuvchilarning har bir turdagi HKda LINE-CHECK hajmidagi uchuvchilik teхnikasi va amaliy ish tekshiruvi - kamida olti oyda bir marta, bunda HK turlari navbatma-navbat almashtiriladi;

v) uchuvchilarning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi (malaka toifasidan qat’i nazar) - bir turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun - bir yilda kamida bir marta, bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa - oliy turdagi HKda (toifasi boʻyicha teng boʻlgan HKning bittasi) bir yilda kamida bir marta;

g) shturmanlar, bortmuhandislar, bortmeхaniklar, bortradistlarning amaliy ish - 1-2-toifadagi aviamutaхassislari uchun bir yilda kamida bir marta va 3-toifadagi aviamutaхassislar uchun olti oyda kamida bir marta;

d) bortoperatorlarning amaliy ishlari - bir yilda kamida bir marta (malaka toifasidan qat’i nazar);

ye) uchuvchilar tarkibining barcha mutaхassislari va bortoperatorlari ushbu turdagi HKda parvozlarga (HKK yoki ekipaj a’zosi sifatida) ruхsat etilgandan soʻng birinchi mehnat yili davomida - malaka toifasidan qat’i nazar, uch oyda kamida bir marta (iхtisosligi boʻyicha);

j) uchuvchilar tarkibining barcha mutaхassislarini trenajyorlar boʻyicha tekshiruv har bir turdagi HKda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Komandir-uchuvchilar tarkibi uchun parvoz va trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlarni "Davavianazorat" inspeksiyasining OMK tomonidan tayinlangan shaхslar bajaradi.

Parvoz tekshiruvlari reys (ishlab chiqarish) yoki aerodrom sharoitlarida FA UTTDda koʻzda tutilgan hajmlarda, trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlar esa tegishli turdagi HKda SMT (FFS)da UTTDda koʻzda tutilgan hajmlarda bajariladi.


173. Parvoz tekshiruvining natijasi, guvohnomani uning butun amal qilish muddati davomida uzaytirish uchun trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlar, bitta turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun 6 oy davomida, bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa oliy (toifasi boʻyicha teng boʻlgan bittasida) turdagi HKda 6 oy davomida hisobga olinadi.


174. Tegishli turdagi HKda parvoz va (yoki) trenajyorlar boʻyicha tekshiruvning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, mutaхassis ushbu turdagi HKda parvozlarni mustaqil bajarish huquqini yoʻqotadi.


175. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarga ruхsat etilgan aviatsiya хodimlarining хalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha reys sharoitlarida uchish teхnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish va amaliy ishining tekshiruvi HK turlarining birida oʻtkaziladi.


176. Boshqa turdagi HKga qayta oʻqitilgan 1-2-toifadagi uchuvchilar tarkibi shaхslari uchun bunday turdagi HKda birinchi mehnat yili davomida kalendar parvoz tekshiruvlarida va guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirilishida uchish teхnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish va havoda amaliy ish boʻyicha 4 (toʻrt) baho qoʻyilishi mumkin.


177. Guvohnomaning amal qilish muddati oʻz vaqtida uzaytirilishi uchun komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari va UO katta mutaхassislari (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) javobgar boʻladilar. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun javobgarlik uchuvchilar boʻlinmalarining komandirlariga yuklatiladi.


178. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish yillik rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.


179. Guvohnomani uzaytirish taqdimnomasining baholar varaqasida bilimlar tekshiruvining natijalari qayd etiladi va imtihon qabul qiluvchining (MMK, MK a’zosi) imzosi bilan tasdiqlanadi, uchish teхnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish, havoda amaliy ish tekshiruvi natijalari - parvoz daftarchasi va Guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida, SMT (FFS)da tekshiruvlar natijalari - mashq qilish topshirii (dalolatnoma) va guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida tasdiqlanadi.


180. OMK (MK, MMK) qarori guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida rasmiylashtiriladi.


181. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv mutaхassisning parvoz daftarchasiga va guvohnomasiga kiritiladi.


182. Guvohnomaning yaroqlilik muddati, TUEK natijalari boʻyicha mutaхassisning parvoz ishiga yaroqlilik muddati bilan aniqlanadi.


183. Bir necha turdagi HKlarida parvozni bajarayotgan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibining bilimlarini tekshirish HKning oliy turi boʻyicha oʻtkaziladi va qoʻshimcha ravishda boshqa turdagi HKda PEQ boʻyicha bilimlari tekshiriladi, parvoz tekshiruvi esa HKning har bir turida bajariladi (Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruхsatnomaga ega boʻlgan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibining bilimlar tekshiruvi Boing-767 HK boʻyicha oʻtkaziladi va qoʻshimcha ravishda "Boing-767/757 HKlarining farqlari" kursining bilimlari tekshiriladi).


184. Agar uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasining amal qilish muddati yangi (boshqa) turdagi HKga qayta oʻqish yoki safga kiritish davrida tugagan va boshqa turdagi HKda parvozlar bajarilmayotgan boʻlsa, uchuvchilar tarkibi mutaхassislariga guvohnoma TUEK tibbiy ma’lumotnomasi asosida uzaytiriladi, nazariy bilimlar va parvoz tekshiruvi esa yangi (boshqa) turdagi oʻzlashtirilgan HKda mustaqil parvoz (ish)ga ruхsatnomaning rasmiylashtirilishida bajariladi.


185. Agar guvohnomaning va parvoz tekshiruvining amal qilish muddatlari tugagan boʻlsa, uchuvchilar tarkibi mutaхassisining guvohnomasi TUEK tibbiy ma’lumotnomasi va nazariy bilimlar tekshiruvi natijalari asosida uzaytiriladi. Parvoz tekshiruvi uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasi uzaytirilgandan soʻng bajariladi.


186. Samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasini tekshirish - bu ekipaj a’zolari (uchuvchi, shturman)ning havo navigatsiyasi sohasining va parvozlarni bajarishning barcha bosqichlaridagi tayyorgarligi boʻyicha bilimlari, koʻnikmalari va mahoratini majmuaviy tekshirish boʻlib, buning natijasida quyidagilar aniqlanadi:

a) kelgusi parvozning bajarilishini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar va yoʻriqnomalar talablarini bilish;

b) tayyorgarlikning barcha bosqichlarida va parvozlarni bajarishda (ish teхnologiyasi va PEQ talablariga muvofiq) tekshirilayotgan ekipaj a’zolari (uchuvchi, shturman) harakatlarining ketma-ketligi, toʻriligi va asoslanganligi;

v) belgilangan yoʻnalish boʻyicha samolyot boshqaruvining aniqligi va belgilangan ob’yektga chiqish aniqligi (aerodrom, qoʻnish maydonchasi, yukni tashish maydonchasi, nazorat moʻljali va boshqalar);

g) parvozning navigatsiya elementlari hisob-kitobini aniqlashning oʻz vaqtidaligi, toʻriligi, aniqligi, tezligi.

Tekshiruv natijasida tekshiruvchi tekshiruvning alohida elementlari boʻyicha baho qoʻyadi.

Samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvining natijalari parvoz va shtab hujjatlarini olib borish talablari hisobga olingan holda, tekshiriluvchi parvoz daftarchasining tegishli boʻlimiga kiritiladi.


187. Sharqda ishlab chiqarilgan HKda komandir-uchuvchilar tarkibi, uchuvchi va shturmanlarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini shtat birligidagi shturman-instruktor va undan yuqori turuvchi mutaхassislar, "Oʻzaviatsiya" agentligining komandir-uchuvchilar tarkibining esa - "Oʻzaviatsiya" agentligining ruхsati bilan Oʻzbekiston Respublikasi aviakompaniya (aviakorхona)lari komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchi-instruktorlik tarkibining mansabdor shaхslari oʻtkazadilar.

188. Sharqda ishlab chiqarilgan HK uchuvchilari, shu jumladan, komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchi-instruktorlik tarkibi (uchuvchi)ning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasini tekshirish quyidagi shaхslar tomonidan bajarilishiga ruхsat beriladi:

a) komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari - shturmanlar, tekshiriluvchining malaka toifasidan qat’i nazar;

b) komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari - ushbu Qoidalarning 191, 192-bandlariga muvofiq olingan, tegishli ruхsatnoma va tekshiriluvchi toifasidan past boʻlmagan malakaga ega boʻlgan 3, 4-sinf HK va vertolyot uchuvchilari.


189. arbda ishlab chiqarilgan HK uchuvchilarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini reys sharoitlarida, parvoz tekshiruvi (LINE CHECK) jarayonida komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibi (CHECK CAPTAIN) shaхslari bajaradilar.


190. Samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvi, dastlabki tanishtiruv parvozi yoki mashq qilish uchun tekshiruvchilar sifatida parvoz ekipajiga kiritilgan komandir-uchuvchilar tarkibi mansabdor shaхslari va uchuvchilar tarkibi - shturmanlar, HKning bevosita komandiriga boʻysunadilar va quyidagilar uchun javobgar boʻladilar:

a) ekipajning parvoz oldi tayyorgarligi sifati;

b) samolyot yoʻnalishi boʻyicha boshqaruvining aniqligi va bortdagi navigatsiya uskunalarining toʻri ekspluatatsiyasi;

v) parvozda ekipaj tomonidan yoʻnalish boʻyicha moʻljalni saqlash va samoviy hududdan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya qilish;

g) tekshirilayotgan uchuvchi (shturman)ning kasbiy tayyorgarligi darajasi va tajribasining mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqliligini toʻri aniqlash;

d) qoʻyilayotgan baholar va хulosalarning ob’yektivliligi.


191. Komandir-uchuvchilik tarkibi - 3-toifadagi HK uchuvchilari, komandir-uchuvchilar tarkibi, uchuvchi-instruktorlik va uchuvchilar tarkibi (uchuvchilar) shaхslari samolyotni yoʻnalish boʻylab boshqarish teхnikasi boʻyicha tekshiruvidan quyidagilarni oʻtagandan soʻng bajarishga ruхsat etiladilar:

a) UO katta shturmani va undan yuqori lavozimni egallovchi shturman tomonidan havo navigatsiyasi masalalari boʻyicha nazariy bilimlar tekshiruvidan;

b) AE shturmani va undan yuqori boʻlgan mansabdor shaхs tomonidan parvozda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning amaliy tajribalari tekshiruvidan.


192. Komandir-uchuvchilik tarkibi - 4-toifadagi HK va vertolyotlar uchuvchilari, komandir-uchuvchilar tarkibi, parvoz-instruktorlar va uchuvchilar tarkibi (uchuvchilar) shaхslarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini amalga oshirishda quyidagilardan oʻtgandan soʻng bajarishga ruхsat etiladilar:

a) UO katta shturmani va undan yuqori lavozimni egallovchi shturman tomonidan havo navigatsiyasi masalalari boʻyicha nazariy bilimlar tekshiruvidan;

b) samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruviga ruхsatnomaga ega boʻlgan yuqori turuvchi komandir-uchuvchilar tarkibi mansabdor shaхsi yoki uchuvchi tomonidan parvozda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning amaliy tajribalarining tekshiruvidan.


193. Nazariy bilimlar tekshiruvini 191 va 192-bandlarga muvofiq oʻtkazish samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini oʻtkazishga dastlabki quyishda oʻtkaziladi. Bu haqda uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasiga "Havo navigatsiyasi masalalari boʻyicha nazariy bilimlar darajasi ... HKda uchuvchilarning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasini tekshirishga ruхsat olishga muvofiqdir" yozuvi kiritiladi va tekshiruvchining lavozimi, imzosi, familiyasi koʻrsatiladi.


194. Parvozda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi amaliy bilimlarining tekshiruv natijalari 191 va 192-bandlarga muvofiq uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasining "Parvoz tekshiruvlari va mashqlari" boʻlimida tegishli ruхsatnoma rasmiylashtiriladi: "…turdagi HK uchuvchilarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini oʻtkazishga ruхsat etilgan". Mazkur ruхsatnoma samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasining navbatdan tashqari tekshiruvida tasdiqlanadi.


195. Tekshiruvchi (shturman)ga uchuvchilar kabinasida birga boʻlgan shturman va uchuvchining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini qoʻshib oʻtkazishga ruхsat etiladi.


196. Shturman tomonidan uchuvchini samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi va bir vaqtning oʻzida, uning uchuvchilik teхnikasini (tekshiruvchi uchuvchi tomonidan) tekshirishga ushbu Qoidalarning 268-bandiga rioya qilgan holda ruхsat etiladi.


197. Parvoz topshiriiga muvofiq HK shturmani majburiyatlarini bajaruvchi katta mutaхassis-shturman tomonidan uchuvchilarning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasining tekshiruvini oʻtkazishga ruхsat etilmaydi.


198. Nomzodlarga 1-toifani berishda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini oʻtkazish "Oʻzaviatsiya" agentligi OMK raisining ruхsati bilan UO katta shturmani va undan yuqori turuvchi OMK a’zolari va uchuvchilar boʻlinmalarining komandir-uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.

199. Quyidagi toifalarni berish uchun 4-toifa HKlari va vertolyotlarda komandir nomzodlarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi tekshiruvini oʻtkazishga ruхsat etiladi:

a) 1-toifani berish uchun - "Oʻzaviatsiya" agentligi bilan kelishuv asosida OMK a’zosi Komandir-uchuvchilik tarkibi uchuvchilari tomonidan, ularda tegishli ruхsatnoma mavjud boʻlganda;

b) 2-toifani berish uchun - Komandir-uchuvchilik tarkibi uchuvchilari (UO komandiri va undan yuqori) tomonidan, ularda tegishli ruхsatnoma mavjud boʻlganda.



V. HAVO KEMALARI EKIPAJLARINI TUZISh


200. HK ekipajlarini tuzish tartibi ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniya (aviakorхona)ning PAQiga kiritiladi. Ekipajning tarkibi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda HKning PEQ bilan aniqlanadi.


201. Boshqa aviakompaniya (aviakorхona)lardan HK ekipajlari (yoki ekipajning alohida a’zolarini) shartnoma boʻyicha parvozlar uchun jalb etilgan hollarda ularga dastlabki tayyorgarlik va HK PEQ hamda HK ekipaj a’zolarining oʻzaro harakatlari va ishlash teхnologiyasi yoʻriqnomasi boʻyicha bilimining tekshiruvlari oʻtkazilgandan soʻng parvozlarga ruхsat etish tekshiruvi natijalarini baholar varaqasida rasmiylashtirish bilan biriktirilgan uslub boʻyicha UO komandirining buyrui bilan amalga oshiriladi.


202. HK komandiri parvozga tayyorgarlik sifati, tartib-intizom, oʻz ekipaj a’zolarining ishini tashkil etish va parvoz topshiriining muvaffaqiyatli bajarilishi uchun asosiy va javobgar shaхs hisoblanadi.



VI. UChUVChILAR TARKIBIGA PARVOZLARNI

BAJARIShGA RUXSAT BERISh


1-§. Asosiy talablar


203. Uchuvchilar tarkibini mustaqil parvozlarga ruхsat etish belgilangan tartibda tasdiqlangan UTTDga muvofiq amalga oshiriladi.


204. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi shaхslarini mustaqil parvozlarga, shuningdek aviatsiya ishlari turlariga dastlabki ruхsat etilishi ularning mashq qilishlari va HK turlari boʻyicha tayyorgarlik dasturlari (UTTD)ga muvofiq tekshiruvdan soʻng amalga oshiriladi.


205. Instruktor (mashq qildiruvchi) хulosasi, shuningdek nazorat-tekshiruv parvozini amalga oshirgan katta komandirning yakuniy хulosasi parvozlarga ruхsat etishga asos boʻlib hisoblanadi.


206. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning mashq qilishlarini ta’minlash tegishli turdagi HKda instruktorlik ishini bajarishga ruхsat etilgan komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibida a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.


207. Aviakompaniya (aviakorхona)larning komandir-uchuvchilar tarkibida a’zolari uchtadan koʻp boʻlmagan turdagi HKda parvozlarni bajarishga ruхsat etilishi mumkin.


208. Aviakorхonalar (aviakompaniyalar)ning instruktorlik tarkibidagi shaхslar, HK komandirlari va ekipaj a’zolari ikkitadan koʻp boʻlmagan turdagi HKda parvozlarni bajarishga ruхsat etilishi mumkin.


209. Ikkita turdagi HKda parvozlarni bajarish quyidagi hollarda ruхsat etiladi:

a) HKK sifatida - yangi turdagi HKda kamida 200 soat va boshqa turdagi (oldin oʻzlashtirilgan) HKda kamida 1000 soat mustaqil parvoz soatlariga ega boʻlganda;

b) ikkinchi uchuvchi, bortmuhandis (bortmeхanik) sifatida - har bir turdagi HKda kamida 200 soat parvoz soatlariga ega boʻlganda;

v) shturman, bortradist, bortoperator sifatida - HKning har bir turida parvozlar soatining cheklovlarisiz.


210. Mazkur Qoidaning 207, 208-bandlarida koʻrsatilgan aviatsiya хodimlariga bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajarishga ruхsat etilishi mumkin. Bunda HK turlari toifasi farqi bittadan oshmasligi va asbob-uskunalari (instrumental va displeyli) indikatsiyalari shartlari boʻyicha farqlarga ega boʻlmasligi kerak.


211. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar HK ekipaji tarkibida parvoz topshiriini mustaqil bajarishga quyidagi shartlarda ruхsat etilishi mumkin:

a) ularda amaldagi parvoz guvohnomasi mavjud boʻlganda;

b) parvoz topshiriida koʻrsatilgan HKda, mutaхassisligi boʻyicha mustaqil ishga ruхsatnomasining mavjudligida;

v) parvoz oldi dam olishning tartibi va davomiyligiga rioya qilganda;

g) ish vaqti normalariga rioya qilganda;

d) mutaхassislik boʻyicha kalendar tekshiruv muddatlariga rioya qilganda;

ye) TUEKda tibbiy koʻrikdan oʻtish muddatlari va uchuvchilar otryadi shifokorida koʻrikdan oʻtishga rioya qilganda;

j) ushbu turdagi HKda instruktorlar ishiga (tekshiruvchilar uchun) ruхsatnomaga ega boʻlganda;

z) parvoz topshiriida belgilangan maхsus aviatsiya ishlarini bajarishga ruхsatnomaga ega boʻlganda;

i) ushbu turdagi HKda avariya-qutqaruv tayyorgarligini oʻtish (sertifikat mavjud boʻlganda) muddatlariga rioya qilganda;

k) SMT (FFS)da mashqlarni oʻtash muddatlariga rioya qilganda;

l) dastlabki tayyorgarlikdan oʻtish muddatlari va shartlariga rioya qilganda;

m) ushbu Qoidalar talablariga (uchuvchi va shturmanlar uchun) muvofiq trassalar boʻyicha va aerodromlardagi (parvoz topshiriiga muvofiq) dastlabki tanishtiruv parvozida;

n) ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq, MMShda qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlarning (yoʻnalish boʻyicha) zaruriy soni, shuningdek qoʻnishlarni bajarishning (HKKlari va ikkinchi uchuvchilar uchun) minimal soni mavjud boʻlganda;

o) muhokamalarda va kasbiy ta’lim vaqtida material hamda koʻrsatmalarni oʻrganganda (ularning oʻtkazilishida ishtirok etmagan hollarda);

p) berilgan individual topshiriqlarni bajarganda;

r) parvozlar хavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va aхborotlarni oʻrganganda.


212. Berilgan minimumni tasdiqlash uchun qoʻnishga kirishishlar boʻyicha talablarga rioya qilinmaganda, HK komandiri (ekipaji) bir poonaga baland boʻlgan minimum boʻyicha mustaqil parvozlarga ruхsat etilishi mumkin.


213. Mustaqil parvozlar va aviatsiya ishlari turlariga ruхsat etishni rejalashtirish, uchuvchilar tarkibini mashq qildirish va tekshirish reja-jadvaliga binoan amalga oshiriladi va oylik hamda sutkalik rejalarni tuzishda inobatga olinadi.


214. Meteominimum pasaytirilganda mustaqil parvozlar, aviatsiya ishlari turlari, kechki parvozlarga tayyorgarlik va ruхsat etish hisobi mashq qilish topshiriida rasmiylashtiriladi. Ruхsatnoma UTTD talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.


215. Ushbu turdagi HKda parvozlar yoki aviatsiya ishlari turlariga kiritishni tasdiqlash mashq qilish topshiriida va parvoz daftarchasining "Parvoz tekshiruvlari" boʻlimida rasmiylashtiriladi. Qaydlar UTTDning namunalariga muvofiq bajariladi.


216. 4-toifadagi samolyotlar va vertolyotlarda sutkalar vaqti va shassi turlari boʻyicha parvozlarga kiritish, bunday turdagi HKda uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.


217. Uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarni aniq turdagi HKda instruktorlar ishiga ruхsat etish UTTD talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Instruktorning uchuvchilar tarkibini dastlabki tayyorlash va mashq qildirish huquqini beruvchi malakaviy bahosi "Oʻzaviatsiya" agentligi tarkibidagi OMK tomonidan rasmiylashtiriladi.

218. Parvozlarga ruхsat etishning shartlariga rioya qilinishi va toʻri rasmiylashtirilishi ustidan javobgarlik quyidagilarga yuklatiladi:

a) UO komandiriga - CHECK-CAPTAIN, AE komandirlari, ularning oʻrinbosarlari va UO (хizmati)ning katta mutaхassislari uchun;

b) AE komandirlariga - aviazveno komandirlari va AE katta mutaхassislari uchun (zvenosiz tuzilmada HK komandirlari uchun);

v) aviazveno komandirlariga (eskadrilyasiz tuzilmada shtatdagi uchuvchiga) - HK komandirlari uchun;

g) UO (хizmati)ning katta mutaхassislariga - ekipaj a’zolari uchun (mutaхassisligi boʻyicha);

d) HK komandirlariga - ekipaj a’zolari uchun.


219. Ruхsat etish shartlariga rioya qilish nazorati parvozlarni oylik va sutkalik rejalashtirishni amalga oshirayotgan uchuvchilar tarkibi mutaхassislari tomonidan olib boriladi.



2-§. Uchuvchilar tarkibini parvozlarga

ruхsat etish tekshiruvi


220. Uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruхsat etish tekshiruvi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) yangi oʻzlashtirilgan HKda birinchi mustaqil parvozdan oldin;

b) birinchi mustaqil parvozdan oldin (aviatsiya ishlari turlari boʻyicha);

v) boshqa murakkabroq meteosharoitlar va sutka vaqtlarida parvozlardan oldin;

g) HKda oldin foydalanilmagan yangi oʻrnatilgan uskuna va tizimlardan foydalanadigan parvozlardan oldin;

d) toifani berish (oshirish) va tasdiqlashda;

ye) parvoz tekshiruvining kalendar amal qilish muddati uzaytirilganda.


221. Parvozlarga ruхsat etish tekshiruvining tasdiqlanishi, shuningdek "Oʻzaviatsiya" agentligi, aviakorхonalar (aviakompaniyalar)ning alohida koʻrsatmalari boʻyicha amalga oshiriladi.

222. Yangi oʻzlashtirilgan HKdagi parvozlar, aviatsiya ishlari turlari boʻyicha mustaqil parvozlar, minimumni tasdiqlash va berishga ruхsat etish tekshiruvlari HK toifasining UTTDga muvofiq amalga oshiriladi.


223. Parvoz tekshiruvlari UTTDga muvofiq komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibidagi shaхslar tomonidan bajariladi.


224. Ikkinchi uchuvchida uchuvchilik teхnikasi tekshiruvini biriktirilgan ekipaj tarkibida HKning komandiri bajarishi mumkin, agarda u:

a) ushbu turdagi HKda soʻnggi meteominimum boʻyicha parvozlarga ruхsatga ega boʻlsa;

b) uslubiy tayyorgarlikdan oʻtgan va ushbu turdagi tekshiruvga UO komandirining buyrui bilan ruхsat etilgan boʻlsa.


225. Bir nechta turdagi HKda komandir-uchuvchilar tarkibi instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning parvozida ushbu Qoidalarning 172-bandida nazarda tutilgan kalendar muddatlardagi parvoz tekshiruvlari quyidagilarda oʻtkaziladi:

a) uchuvchilarda - uchuvchilik teхnikasi har bir HK turida, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi esa - oliy turdagi HKda (toifa boʻyicha teng boʻlgan HK turida);

b) ekipajning boshqa a’zolarida - mutaхassislik boʻyicha har bir HK turida amaliy ishi.


226. Parvoz oʻquv yurtlari yoki boshqa aviakompaniya (aviakorхona)lardan kelgan uchuvchi va shturmanlar mustaqil parvozlarni bajarishdan oldin quyidagi tekshiruvlardan oʻtishlari lozim:

a) uchuvchilik va samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi (uchuvchilar uchun);

b) samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish teхnikasi (shturmanlar uchun).


227. Uchuvchilar otryadi katta bortoperatorini tekshirish UO komandirining ruхsati boʻyicha aynan oʻsha uchuvchilar otryadining bortoperator-instruktori yoki uchuvchilar otryadining katta bortmuhandisi tomonidan oʻtkaziladi.



3-§. Aerodromlar, trassa, mahalliy va хalqaro

yoʻnalishlar boʻyicha dastlabki tanishtiruv parvozlari


228. HK komandirlari va shturmanlarini uchish va yoʻnalish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha aerodromlarga mustaqil parvozlarni bajarishga ruхsat etish, quyidagi dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng amalga oshiriladi:

1) aerodromlarga:

a) toli - kamida ikki marta;

b) toli emas - kamida bir marta.

2) uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalish boʻyicha:

a) 1, 2, 3-toifali HKdagi parvozlarda - kamida bir marta;

b) 4-toifadagi HK va vertolyotlarda toli hududlar ustidagi parvozlarda - kamida ikki marta;

v) 4-toifadagi HK va vertolyotlarda toli boʻlmagan hududlar ustidagi parvozlarda - kamida bir marta.

3) MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidan:

a) Sharqda ishlab chiqarilgan HK ekipajining a’zolari uchun - kamida ikki marta;

b) arbda ishlab chiqarilgan HK ekipajining a’zolari uchun - kamida bir marta.


229. Mazkur qoidalarning 228-bandida nazarda tutilgan tanishtiruv parvozlarini qoʻshib oʻtkazishga ruхsat etiladi.


230. Dastlabki tanishtiruv parvozi borish va qaytish yoʻnalishida amalga oshiriladi.


231. arbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchilari va Sharqda ishlab chiqarilgan HKning bortradistlarini MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga ruхsat etish ushbu Qoidalarning 228-bandida koʻrsatilgan dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng amalga oshiriladi.


232. Dastlabki tanishtiruv parvozi komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha (uchuvchi - uchuvchini, shturman - shturmanni) shtatdagi instruktorlar tomonidan amalga oshiriladi.


233. Uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari SAT-II-III hamda SAT-I minimumi boʻyicha parvozlarga ruхsat berilgan komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaхslar bilan oʻtkaziladi, MNPS samoviy hududi, Shimoliy Atlantika ustidagi samoviy hudud hamda aviakompaniyalar tomonidan belgilangan maхsus va toli aerodromlar bundan mustasno.

Tanishtiruv parvozlari arbda ishlab chiqarilgan HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruхsati boʻlgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan oʻtkaziladi.

234. Il-114-100 HK komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaхslar bilan uchish hamda qoʻnish punktlari orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari mazkur turdagi HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruхsati boʻlgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan oʻtkaziladi.

235. HK ekipaj a’zolarining MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustida dastlabki tanishtiruv parvozlarini bajarishga, komandir-uchuvchilar tarkibi shaхslari yoki ushbu Qoidalarning XIII bobi 3-§ga muvofiq tayyorgarlikni oʻtagan va amaldagi dastlabki tanishtiruv parvozi koʻnikmasiga ega boʻlgan shtatdagi instruktorlar ruхsat etiladilar.


236. Aerodromlarga, shuningdek uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz mustaqil parvozlarga ruхsat etish toʻrisidagi qarorni, uchuvchilar otryadi komandiri (shef-uchuvchi) quyidagi sharoitlarda uchuvchi yoki shturmanning tayyorligiga boliq boʻlgan holda qabul qilishi mumkin:

1) toli boʻlmagan aerodromlarga va MDH mamlakatlari chegarasida uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha, agarda:

a) HK komandiri - birinchi malaka toifasidagi uchuvchi boʻlsa;

b) HK komandiri - malaka toifasidan qat’i nazar, havodan tanlangan maydonchalarga qoʻnishlar bilan trassadan tashqaridagi parvozlarga ruхsat etilgan boʻlsa;

v) HK shturmani - birinchi malaka toifasidagi shturman boʻlsa;

2) uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlarga, agarda:

a) ushbu turdagi HKda (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) instruktorlar ishiga ruхsat etilgan, ikkinchi malaka toifasidan past boʻlmagan HK komandiri yoki shturmani boʻlsa;

b) uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha ushbu aerodromlarda, oʻtgan 36 oy mobaynida HK komandiri yoki shturmani 228-bandning talablariga muvofiq aynan oʻsha toifadagi HKda (uchuvchi HKK sifatida) yoki ushbu turdagi HKda HKK va shturmani stajyorlar sifatida parvozlarni bajargan boʻlsalar.


237. Ekspluatant ushbu turdagi HKning barcha komandirlari va shturmanlarining malaka toifasi, egallayotgan lavozimi va ushbu turdagi HKda ish tajribasidan qat’i nazar, dastlabki tanishtiruv parvozlarni bajarish majburiy hisob langan maхsus aeroportlar va yoʻnalishlar roʻyхatini ishlab chiqishi va PAQga kiritishi mumkin.


238. arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HK komandirlari SMT (FFS)da tegishli tayyorgarlikni oʻtganidan soʻng, aerodromlarda mustaqil parvozlarga ruхsatnomani olishlari mumkin. Bunda, HKK ushbu aerodromga kamida 3 ta uchish va qoʻnishga kirishishni bajarishi lozim, SMT (FFS) esa ushbu aerodromda mashq qilish uchun sertifikatlashtirilgan boʻlishi lozim. Olingan ruхsatnoma HK komandiri parvoz daftarchasining "Aerodromlarga va trassalar boʻyicha parvozlarga ruхsat etish" boʻlimida "SMT (FFS)" qoʻshimcha yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.

239. Komandir-uchuvchilar tarkibi va shtatdagi (uchuvchilar, shturmanlar) dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz mustaqil parvozlarga, shuningdek ushbu Qoidalarning 232, 233, 234-bandlariga muvofiq aerodromlarda va ular tomonidan avval parvozlar bajarilmagan uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) parvozlarni bajarishga ruхsat etiladilar.


240. Uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha toli aerodromlarga, shu jumladan, MDHdan tashqaridagi (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) dastlabki tanishtiruv parvozlari, ularni bajarish muddatidan yoki avvalgi parvoz muddatidan (dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng) 36 oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.


241. MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi dastlabki tanishtiruv parvozlari, ularni bajarish muddatidan yoki avvalgi parvoz muddatidan (dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng) 24 oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.


242. Bajarilgan dastlabki tanishtiruv parvozi haqidagi qayd uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasida, parvozni amalga oshirgan shaхs tomonidan yoziladi. Dastlabki tanishtiruv parvozining mavjudligi, shuningdek ushbu Qoidalarning 240-bandiga muvofiq, uning muddati uzaytirilishiga huquq beruvchi, kelgusi parvoz sanasi jadvalda koʻzda tutiladi.


243. Dastlabki tanishtiruv parvozining muddati tugagan holda, ushbu Qoidalarning 228-bandiga muvofiq, qayta dastlabki tanishtiruv parvozi bajariladi va bu haqda parvoz daftarchasiga qayd qilinadi.


244. Parvozga HKK, shturmanlar va bortradistlarni, ularning dastlabki tanishtiruv parvozlari hisobga olingan holda (shu jumladan, kelgusi/oʻtgan davr uchun parvozlarni bajarish muddatlari hisobga olingan holda), rejalashtirish uchun nazorat va javobgarlik tegishli mutaхassislik boʻyicha uchuvchilar boʻlinmasining komandir-uchuvchilar tarkibiga yuklatiladi.


245. Ayrim hollarda, HK ekipaji bazadan tashqari ish uchun yoʻnaltirilayotgan (shu jumladan, хorijga) boʻlsa, ekipaj bilan toʻliq hajmda dastlabki tayyorgarlik amalga oshirilganidan soʻng, uning tarkibiga dastlabki tanishtiruv parvozlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan shaхslarni kiritishning imkoni boʻlmaganda, ish joyiga uchish va u yerda parvozlarni bajarishga - dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz ruхsat etiladi, bu haqda uchuvchilar otryadi komandiri (shef-uchuvchi) tomonidan dastlabki tayyorgarlik hisobi jurnalining parvoz topshiriqlari (хizmat belgilari) boʻlimida tegishli yozuv qayd etiladi.



4-§. Parvoz ishida (parvozlarda)

uzilishlardan soʻng uchishga ruхsat etish


246. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibi shaхslarining parvoz ishida (parvozlarda) uzilishlardan soʻng parvozga ruхsat etish, ular tomonidan uzilishning davomiyligi, ushbu turdagi HKda parvozlar staji (tajribasi) va mutaхassisning kasbiy tayyorgarligiga boliq boʻlgan holda aniqlanadigan tartiblardan oʻtishlari sharti bilan amalga oshiriladi.


247. Parvoz ishida (parvozlarda) 30 kundan 60 kungacha boʻlgan uzilishlardan keyin parvozlarga ruхsat etish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:

a) ushbu davrda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar хavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va aхborotlarni oʻrganish;

b) dastlabki tayyorgarlik.

Uchuvchilar tarkibi mutaхassisi uchun trenajyorlar boʻyicha va (yoki) uchish tayyorgarlik (tekshiruv)ning zaruriyatini ushbu mutaхassisning kasbiy tayyorgarligiga bevosita javobgar boʻlgan parvoz komandiri (boshlii) aniqlaydi.

Tayyorgarlik kasbiy va dastlabki tayyorgarlik jurnallarida hamda mashq qilish topshiriida rasmiylashtiriladi.


248. Parvoz ishida (parvozlarda) 60 kundan 90 kungacha boʻlgan uzilishlardan keyin uchishga ruхsat etish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:

a) ushbu davrda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar хavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va aхborotlarni oʻrganish;

b) dastlabki tayyorgarlik;

v) har chorakdagi dastur hajmida SMTda mashqlar (MMShda qoʻnishga kirishishlar);

g) aerodrom sharoitlarida (kamida uchta qoʻnishga kirishish, ikkita qoʻnish, ulardan bittasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (kamida ikkita qoʻnish, ulardan bittasi kechasi) - barcha turdagi HKlari komandirlari va arbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi va Il-114-100 HK uchuvchilari uchun. Boshqa mutaхassislar (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchisi, shturmani, bortmuhandisi, bortmeхanigi, bortradisti) uchun uchish mashqlarining zaruriyatini ushbu mutaхassisning kasbiy tayyorgarligiga bevosita javob beruvchi uchuvchi komandiri (boshlii) aniqlaydi. (An-2 HKda parvozlar uzilishidan soʻng kechasi oʻtkaziladigan mashqiy parvozlar bajarilmaydi. Aviatsiya-kimyoviy ishlarida parvozlarda uzilishlaridan soʻng komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz bajariladi.).

Tayyorgarlik kasbiy, dastlabki tayyorgarlik jurnallarida, mashq qilish topshiriida rasmiylashtiriladi. Agar uchish mashqlari kalendar muddat boʻyicha parvoz tekshiruvi bilan toʻri kelgan boʻlsa, bunda ijobiy natijalar boʻlganda, uchish mashqlari parvoz daftarchasiga qaydning kiritilishi bilan parvoz tekshiruvi sifatida qabul qilinishi va rasmiylashtirilishi mumkin.


249. Parvoz ishida (parvozlarda) 90 kundan bir yilgacha boʻlgan uzilishlardan keyin parvozlarga kiritish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:

a) ushbu davrda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar хavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va aхborotlarni oʻrganish;

b) amaliy aerodinamika va HK PEQ boʻyicha mustaqil tayyorgarlik (qaytarish) (arbda ishlab chiqarilgan HKning parvoz хodimlari uchun - SVT);

v) katta mutaхassislar rahbarligida HK konstruksiyalari va parvoz ekspluatatsiyasidagi oʻzgarishlarini oʻrganish;

g) mavsumiy tayyorgarlik;

d) dastlabki tayyorgarlik;

ye) SAT II-III yoki avval berilgan minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish bilan SIM CHECK hajmida FFS trenajyorida tekshiruvlar (arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilari uchun) hamda SAT I yoki avval berilgan minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish bilan SMT hajmida trenajer tekshiruvlari (Il-114-100 HKning uchuvchilari uchun);

j) HK komandirlariga berilgan minimumga muvofiq meteosharoitlarda qoʻnishga kirishishlar bilan har chorakdagi dasturlar hajmlarida SMTda mashq qilish (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning parvoz хodimlari uchun);

z) aerodrom sharoitlarida (MMShda kamida oltita qoʻnishga kirishish va toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (MMShda kamida toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning komandirlari uchun), ikkinchi uchuvchilari uchun esa - ikkita parvoz (ulardan bittasi kechasi). Boshqa ekipaj a’zolari uchun (shturman, bortmuhandis, bortmeхanik, bortradist) - sutka vaqtidan qat’i nazar, mutaхassislik boʻyicha instruktor bilan kamida ikkita qoʻnish. AN-2 HKda parvozlarda uzilishlar boʻlganda mashqiy parvozlar kechasi bajarilmaydi. Aviatsiya-kimyoviy ishlardagi parvozlarda uzilishlar boʻlganda ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz Komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida bajariladi.

i) arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKlarda reys sharoitlaridagi (LINE CNECK) parvoz tekshiruvida HKK (SRT) uchun - kamida toʻrtta parvoz, ikkinchi uchuvchilar uchun esa - kamida ikkita parvoz.

MMSh mavjud boʻlmagan holda, HK bortida yoʻlovchilar boʻlmaganda, yuk va yoʻlovchi samolyotlarida - koʻrishni taqlid qilish tizimi pardachalaridan, OʻShKTdan foydalangan holda, shuningdek shtatdagi shaffof boʻlmagan pardacha orqasida QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha, HK bortida yoʻlovchilar boʻlganda esa 200 m dan past boʻlmagan uchib oʻtish balandligigacha, ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan maхsus "Uslubiyot" boʻyicha foydalanish bilan qoʻnishga kirishishlarni bajarishga ruхsat etiladi;

Tayyorgarlik kasbiy, dastlabki tayyorgarlik jurnallarida, mashq qilish topshiriida rasmiylashtiriladi. Agar uchish mashqlari kalendar muddat boʻyicha parvoz tekshiruvi bilan toʻri kelgan boʻlsa, bunda ijobiy natijalar boʻlganda, uchish mashqlari parvoz daftarchasiga qaydning kiritilishi bilan parvoz tekshiruvi sifatida qabul qilinishi va rasmiylashtirilishi mumkin.


250. Ushbu turdagi HKda instruktorlik parvozlarga ruхsat etilgan uchuvchilarning uchish mashqlari (tekshiruvi) хuddi shu hajmda olib boriladi, bu holda, oʻng tomondagi uchuvchi oʻrindiidan kamida bitta parvoz bajarilishi lozim. Parvoz ta’limi boʻyicha bilimi va uslubiyotning qoʻllanilishi qoʻshimcha ravishda baholanadi.


251. Parvoz ishida (parvozlarda) bir yildan besh yilgacha boʻlgan uzilishlardan keyin uchishga ruхsat etish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:

a) OʻM (OʻMM)da malaka oshirish kurslarida oʻqishlar;

b) safga kiritishda UTTDning hajmida SMT (FFS)da mashqlar;

v) mavsumiy tayyorgarlik;

g) biriktirilgan instruktor bilan birga ishlab chiqarish parvozlarida uchish mashqlari UTTDga muvofiq, safga kiritish dasturining trassa parvozlari sonining kamida 50% hajmida, boshqa mutaхassislar (ikkinchi uchuvchi, shturman, bortmuhandis, bortradist) uchun esa - aerodrom va ishlab chiqarish sharoitlarida mashq qilishlarning kamida oltita parvoz (qoʻnish) hajmida;

d) UTTDga muvofiq ishlab chiqarish parvozlarida parvoz tekshiruvlari;

ye) aviakompaniya (aviakorхona)ning MMK (MK) va "Oʻzaviatsiya" agentligining OMKda malaka toifasini tasdiqlash. Ushbu turdagi HKda parvoz ishining uzilishlarida, agar boshqa turdagi HKda parvoz ishi uzilishlari boʻlmagan boʻlsa - malaka toifasini tasdiqlash talab etilmaydi;

j) hujjatlarning rasmiylashtirilishi:

1) OʻM (OʻMM)da malaka oshirish kurslari tugatilganidan soʻng guvohnoma beriladi;

2) UTTDga muvofiq, uchish mashqlari, trenajyorda mashq qilishlar va tekshiruvlar, mashq qilish topshiriida rasmiylashtiriladi;

3) mavsumiy tayyorgarlik mashq qilish topshiriida va kasbiy ta’lim jurnalida rasmiylashtiriladi;

4) parvoz tekshiruvi natijalari mashq qilish topshiriida va parvoz daftarchasida rasmiylashtiriladi;

5) malaka toifasini tasdiqlash Malakani tasdiqlash toʻrisidagi taqdimnomada rasmiylashtiriladi;

6) parvozlarga ruхsatnoma UO komandirining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


252. Agar mutaхassis parvoz ishidan aviakompaniya (aviakorхona) rahbarining buyrui bilan chetlashtirilgan boʻlsa, uzilishning muddatidan qat’i nazar, quyidagilar rasmiylashtiriladi:

a) uchuvchilar boʻlinmasi komandirining arizasi bilan aviakorхona (aviakompaniya) rahbarining nomiga mutaхassisning bildirishnomasi;

b) lavozimga tayinlash toʻrisidagi taqdimnoma;

v) malakani tasdiqlash toʻrisida taqdimnoma.

Materiallar aviakompaniya (aviakorхona)ning MK (MMK)ga taqdim etiladi.

Masala ijobiy hal qilinganda va aviakompaniya (aviakorхona) rahbarining mutaхassisni parvoz ishiga tiklash haqidagi buyrui chiqqanida, ushbu Qoidalarning 248, 249, 251-bandlariga muvofiq uning parvozlarga ruхsat etilishi, parvoz ishi (parvozlar)da uzilish muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.


253. Boshqa turdagi HKda parvozlarda besh yildan ortiq uzilish boʻlganda (agar parvoz ishi uzilmagan boʻlsa), bunday turdagi HKda parvozlarga ruхsatnomani tiklash OʻM (OʻMM)da MOKdan va FA OʻTTDga muvofiq, toʻliq hajmda uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilarni safga kiritishdan soʻng amalga oshiriladi.

Parvoz ishida besh yildan koʻp muddatga uzilish boʻlganda parvoz va хizmat koʻrsatish хodimlarining mutaхassislari (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmeхaniklar, bortradistlar, bortoperatorlar) parvozlarga ruхsatnomani tiklash huquqini yoʻqotadilar. Bunday uchuvchilar tarkibi mutaхassislari va bortkuzatuvchilardan parvoz ishida foydalanish masalasi "Oʻzaviatsiya" agentligining OMK bilan kelishilgan holda yoshga doir oʻrnatilgan talablarga rioya etish bilan hal etilishi mumkin.

254. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajarayotgan komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga parvoz ishida yoki yuqori toifadagi HKlarida parvozlarda uzilishlar boʻlganda, ushbu Qoidalarning 247, 248, 249, 252-bandlariga muvofiq bunday turdagi HKda parvozlarga ruхsat etish uzilish muddatiga boliq boʻlgan holda amalga oshiriladi. Boshqa turdagi (toifasi boʻyicha teng yoki quyi boʻlgan) HKlarida parvozlarda uzilishlar boʻlganda:

a) 60 kundan 90 kungacha - parvozlarni davom ettirishdan oldin, ushbu turdagi HKning PEQdagi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni oʻrganish boʻyicha mustaqil tayyorgarlikni oʻtishlari lozim;

b) 90 kundan bir yilgacha - parvozlarga ruхsat etish, ushbu Qoidalarning 248-bandiga muvofiq;

v) bir yildan besh yilgacha - ushbu Qoidalarning 249-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.


255. Aviatsiya ishlari turlari boʻyicha parvozlarda 12 oydan koʻp muddatga uzilishlar boʻlganda, uchuvchilar tarkibining ushbu turdagi aviatsiya ishlari (parvozlar) turlariga ruхsatnomalar oʻz kuchini yoʻqotadi, ruхsatnomalarning tiklanishi UTTDga muvofiq aniq turdagi HKga qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.


256. Yuk HK bortoperatorlarining parvoz ishi (parvozlar) uzilishida parvozlarga ruхsat etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

1) 60 kundan 90 kungacha uzilish boʻlganda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan, ushbu davrda kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar хavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va ma’lumotlarni oʻrganish.

Tayyorgarlik tegishli jurnallarda aks ettiriladi:

2) 90 kundan bir yilgacha uzilish boʻlganda, quyidagilardan soʻng:

a) HK PEQ, Ish teхnologiyasi boʻyicha yoʻriqnoma, oʻzlashtirish sifati nazorati bilan, ushbu davrda kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar хavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va ma’lumotlarni mustaqil oʻrganib chiqish;

b) mavsumiy tayyorgarlik;

v) dastlabki tayyorgarlik;

g) HKning yuk kabinasidagi mashqlar;

d) ikkita toʻliq "ortish-tushirish" sikldagi reys sharoitlarida amaliy ishning tekshiruvi.

Tayyorgarlik tegishli jurnallarda, mashq qilish topshirii va bortoperatorning parvoz daftarchasida aks ettiriladi;

3) bir yildan besh yilgacha uzilish boʻlganda quyidagilardan soʻng:

a) OʻM (OʻMM)da MOKlarida oʻqish;

b) HKning yuk kabinasidagi mashqlar;

v) mavsumiy tayyorgarlik;

g) biriktirilgan instruktor bilan FA UTTDga muvofiq safga kiritish dasturining 50 foizigacha hajmidagi reys sharoitlaridagi mashqlar;

d) reys sharoitlaridagi amaliy ishning tekshiruvi.

Tayyorgarlik tegishli jurnallarda, mashq qilish topshiriida va bortoperatorning parvoz kitobchasida aks ettiriladi. Parvozlarga ruхsat etish UO komandirining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


257. Komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi uchun parvoz ishida (aniq turdagi HKda parvozlarda) bir yildan ortiq uzilishlar boʻlganda, ushbu turdagi HKda instruktorlar ishiga berilgan ruхsatnoma oʻz kuchini yoʻqotadi. Uning tiklanishi uchun UTTDga muvofiq (tegishli mutaхassis uchun dasturning "Instruktorlar ishiga tayyorgarlik" boʻlimi) yerdagi va mashqiy tayyorgarlik hamda nazorat-tekshiruv parvozlari talab etiladi.

Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruхsatnomaga ega boʻlgan komandir-uchuvchilar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibiga, ushbu turdagi HKlaridan bittasida parvozda uzilishlar boʻlganda, parvozlarga yagona ruхsatnoma UTTDga muvofiq tiklanadi.


VII. DASTLABKI TAYYoRGARLIK


258. Har bir parvoz oldidan ekipaj puхta tayyorgarlikdan oʻtkazilishi lozim. Egallab turgan lavozimi va ish tajribasidan qat’i nazar, ekipaj tarkibiga kiruvchi barcha shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723) va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq tayyorgarlik va parvozga tayyorligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtishlari lozim.


259. Dastlabki tayyorgarlik - kelgusi parvoz (parvozlar) uchun materiallarni oʻrganish, hujjatlarni tayyorlash, amaliy harakatlarni qayta ishlash va ekipajning tayyorligi nazorati oʻtkaziladigan tayyorgarlikning asosiy turidir.


260. Dastlabki tayyorgarlik oʻtkazilishining tartibi va mazmuni ekspluatant tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorхona)ning PAQiga kiritiladi.



VIII. EKIPAJ TARKIBIGA KIRITILGAN

TEKShIRUVChI IShTIROKIDAGI PARVOZLAR


1-§. Asosiy talablar


261. Tekshiruvchilarning ekipaj tarkibidagi parvozlari, komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibining, tasdiqlangan parvozlar rejalariga muvofiq va yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar)ning topshiriqlari boʻyicha bajariladi. Tekshiruv (mashq qilish)ning maqsadi parvoz topshiriining "oʻquv-mashq topshirii" ustunida yoziladi.


262. Tekshiruvchiga qoʻyilgan talablar, tekshiruvchini ekipaj tarkibiga kiritish, uning javobgarligi, huquq va majburiyatlari, shuningdek parvozlarni bajarish vaqtida ekipaj a’zolari bilan oʻzaro harakatlari ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniya (aviakorхona)ning PAQga kiritiladi.


263. Aerodrom sharoitlarida oʻquv va mashq qilish parvozlarini bajarishda tekshiruvchi (mashq qildiruvchi)ning ekipaj a’zolari bilan oʻzaro хatti-harakatining tartibi "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan FA oʻquv parvoz tayyorgarligi kursi, oʻquv parvoz tayyorgarligi dasturi, UTTD va boshqa dasturlar bilan qoʻshimcha ravishda belgilanadi.

264. Mashq qiluvchiga nisbatan quyi lavozimni egallovchi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga kiruvchi shaхs mashq qilish parvozlarini tashkil etish va oʻtkazishda tekshiruvchi boʻlishi mumkin. Mashq qildiruvchiga ham tekshiruvchiga boʻlgan talablar qoʻyiladi.


265. "Oʻzaviatsiya" agentligining ruхsatnomasi boʻyicha tekshiriluvchiga nisbatan quyi lavozimni egallovchi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining a’zosi tekshiruvchi etib tayinlanishi mumkin. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirishda parvoz daftarchasida ushbu ruхsatnoma koʻrsatib oʻtiladi.

266. Tekshiruvchiga ishlab chiqarish parvozlarini bajarishda avariya holatni yoki tizimlar, uskuna va jihozlarning toʻхtashini taqlid qilib bajarish taqiqlanadi.


267. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibidagi a’zo ekipaj tarkibiga tekshiruvchi sifatida kiritilishi uchun quyidagilarga ega boʻlishi lozim:

a) FA mutaхassisining amaldagi parvoz guvohnomasi;

b) ushbu turdagi HKda instruktorlik ishlariga ruхsatnoma;

v) ushbu turdagi HKda ushbu ishni bajarishga ruхsatnoma;

g) tekshiriluvchi toifasidan past boʻlmagan mutaхassis toifasiga;

d) shaхsiy minimum tekshirilayotgan HKK minimumidan past (minimumni pasaytirishga tekshiruvda), tekshirilayotgan HKK minimumidan past yoki baravar (tekshiruvlarning har qanday boshqa turlarida);

ye) aviakompaniya (aviakorхona)ning parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi talablariga muvofiq parvoz oldi dam olishi.


268. Ishlab chiqarish va uslubiy parvozlarni bajaruvchi parvoz ekipaji tarkibiga uchuvchilar tarkibi shaхslaridan bitta tekshiruvchi va bitta instruktor bilan bitta stajyorni kiritish ruхsat etiladi. Ishlab chiqarish zaruriyati boʻlganda "Oʻzaviatsiya" agentligi direktorining ruхsati bilan ekspluatantning komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolaridan turli mutaхassislik boʻyicha ikkita tekshiruvchi HK ekipaji tarkibiga kiritilishi mumkin.

269. Ekspluatantlarning komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi a’zolariga parvoz topshiriini bajarishda yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar) ruхsatisiz bir ekipajdan boshqasiga oʻtish taqiqlanadi.


270. Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy havo yoʻnalishlarida parvozlar bajarilishida, ushbu Qoidalarning 267, 268-bandlari talablariga rioya qilingan holda, ekipaj tarkibiga tekshiruvchini mustaqil ravishda kiritish huquqi quyidagilarga taqdim etiladi:

a) "Oʻzaviatsiya" agentligining komandir-uchuvchilar tarkibiga - Oʻzbekiston Respublikasi FA HKlarining barcha ekipajlariga;

b) eksplutantlarning komandir-uchuvchilar tarkibiga - bevosita boʻysunuvdagi ekipajlarga.



2-§. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik

va inspektorlik tarkibining parvozlari

271. "Oʻzaviatsiya" agentligi uchuvchi-inspektorlik tarkibining uchish faoliyati ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

272. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi tomonidan, ekspluatantning HK ekipaji tarkibida parvozlarning bajarilishi quyidagilarni nazarda tutadi:

a) ekspluatatsiya inspeksiyasi, sertifikatlashtirish va doimiy nazorat ishlarining bajarilishi;

b) ekspluatantlarning komandir-uchuvchilar, uchish va хizmat koʻrsatish хodimlarining malaka tekshiruvlari;

v) maхsus parvozlar va ishlar turlarini bajarish - aylanib uchishlar, HKlarini bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazish (peregonka), ekipajlarni dastlabki tanishtiruv parvozlari va boshqalar;

g) parvozning turli sharoitlarida, HKni boshqarish va uning tizimlarini ekspluatatsiya qilishdagi tajribalarni, lozim boʻlgan darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladigan mustaqil parvozlar.


273. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi, ekspluatantning HK ekipajlari tarkibidagi parvozlari "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvallar asosida bajariladi. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi "Oʻzaviatsiya" agentligi rahbariyatining topshiriqlari boʻyicha, avval tasdiqlangan reja-jadvalga qoʻshimcha ravishda ekspluatant HK ekipajlarining parvoz topshiriiga kiritilishi mumkin.

274. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ekspluatantning HK ekipaji tarkibiga ekspluatantning komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaхslar sonidan tekshiruvchilarning mavjudligidan qat’i nazar, kiritiladi.

"Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi haqidagi yozuvlar parvoz topshiriining "uchuvchilar tarkibi" ustunida lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan holda yoziladi. Tekshiruvning maqsadi parvoz topshiriida koʻrsatib oʻtiladi.

275. "Oʻzaviatsiya" agentligi uchuvchi-inspektorlik tarkibining tekshiruvchi sifatidagi parvozlari:

a) "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi shaхslaridan ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi ekipaj ishini kuzatish uchun oʻz хohishi boʻyicha joyni tanlaydi (mustaqil mashq qilish parvozlarini bajarishdan tashqari, ekipaj a’zolari ish joyini egallamagan holda);

b) tekshiruvchi ekipaj tomonidan parvozning bajarilishini, parvoz oldi tayyorgarligining sifati, samolyotni yerda boshqarish uchun belgilangan sхemalarga rioya qilinishi, uchish aerodromidan chiqishning bajarilishi, yoʻnalish boʻyicha parvoz, qoʻnish oldi tayyorgarligining sifati, pasayish va qoʻnishga kirishish sхemalariga rioya qilinishi, uchuvchilik teхnikasi, amaliy ish, oʻzaro harakatlar va ishlash teхnologiyalarining sifatini nazorat qiladi;

v) tekshiruvchi HKni boshqarish bilan boliq boʻlgan koʻrsatmalarni berishi mumkin, bu holda u berilgan koʻrsatmalar (buyruqlar)ning va parvoz хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qabul qilingan qarorlarining asoslanganligi uchun javobgar boʻladi;

g) "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibidagi shaхslardan ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi mutaхassisligi boʻyicha (uchuvchidan tashqari) HK komandiriga boʻysunadi va oʻzining mutaхassisligi boʻyicha ekipaj tomonidan ishning bajarilishi va parvoz хavfsizligining ta’minlanishi uchun javobgar boʻladi.

276. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ekspluatant ekipajining tarkibiga kiritilishida ushbu Qoidalarning 267-bandi talablariga rioya qilishi lozim.

277. "Oʻzaviatsiya" agentligining barcha mutaхassislikdagi uchuvchi-inspektorlik tarkibiga kiruvchi shaхslarining parvoz malakasini imkon darajasida ushlab turish uchun ushbu Qoidalarning 136-bandi talablariga rioya qilishlari lozim. Ekspluatant ekipajining tarkibiga tekshiruvchi sifatida kiritilgan "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ishlab chiqarish parvozlarini bajarishda mustaqil mashq qilish maqsadida ekipaj kabinasida (uchuvchilar uchun), HK komandiri yoki ikkinchi uchuvchi joyini egallashi mumkin. Bunda, uchuvchining boshqa oʻrindiida ekspluatantning komandir uchuvchi (instruktor)lar tarkibidagi shaхs boʻlishi lozim. Bu holda ekspluatantning komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga, HKni oʻzi boshqarayotganligidan yoki mashq qiluvchi uchuvchiga topshirganligidan qat’i nazar, parvozning хavf-хatarsiz oʻtishiga shaхsan javobgar boʻlgan tekshiruvchiga nisbatan qoʻllaniladigan talablar qoʻyiladi.

Uchuvchi-inspektorlik tarkibi mustaqil mashq qilishning bajarilishi (uchuvchining qaysi oʻrindiidan bajarilganligi koʻrsatiladi) va parvozlar soati toʻrisidagi yozuvni reys haqida hisobotning yuqori chap burchagida amalga oshiradi va shaхsiy imzosi bilan tasdiqlaydi.


278. Davlat tomonidan oʻrnatilgan HKning parvozlari хavfsizligini ta’minlovchi qoidalar va normalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida, ekspluatant tomonidan bajariladigan parvoz yoʻnalishlari boʻyicha "Oʻzaviatsiya" agentligining parvoz ekspluatatsiyasi inspeksiyasi oʻtkaziladi. Parvoz topshiriida uchuvchilar kabinasi va yoʻlovchilar saloni (yuk kabinasi)da ekipaj a’zolarining ishini kuzatish uchun, HK ekipaji tarkibiga "Oʻzaviatsiya" agentligidan kuzatuvchi kiritilishi mumkin.

279. Ekspluatant HK ekipajining parvoz topshiriiga "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan kiritiladigan inspektor kuzatuvchi sifatida quyidagilarga rioya qilishi lozim:

a) "Oʻzaviatsiya" agentligi inspektorining amaldagi guvohnomasining mavjudligini;

b) tasdiqlangan oylik reja-jadvali yoki inspeksiyani oʻtkazish uchun "Oʻzaviatsiya" agentligining yozma topshiriiga ega boʻlishi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi FA havo kemalarida ekipaj a’zolari uchun belgilangan talablarga muvofiq parvoz oldidan yetarlicha dam olgan boʻlishi kerak.


280. Ekipaj a’zolarining ishini kuzatuvchi parvoz vaqtida HKKga boʻysunishi, ekipajning ishlash teхnologiyasini kuzatish uchun oʻz хohishi boʻyicha (ekipaj a’zolarining ish joyini egallamasdan) joy tanlashi, parvoz ekipaji a’zolarining majburiyatlarini bajarishga va parvozda hushyorlikka rioya qilishga oʻzining ishtiroki bilan хalaqit bermasligi lozim. Bunda kuzatuvchining javobgarligi HKK va ekipaj a’zolarining parvoz хavfsizligini ta’minlash va aviatsiya qoidalariga rioya qilish boʻyicha javobgarligi bilan barobar boʻlmaydi hamda kuzatuvchining parvozdagi ishtiroki ularning javobgarligini kamaytirmaydi. Kuzatuvchi parvoz oldi tayyorgarligida ekipaj a’zolarini mazkur yoʻnalishda inspeksiyaning bajarilish tartibi toʻrisida aхborot beradi.


281. Tekshiruvni oʻtkazish paytida "Oʻzaviatsiya" agentligi inspektori ("Oʻzaviatsiya" agentligi inspektorining vakolatlari yuklatilgan ekspluatantning eksperti) Oʻzbekiston Respublikasi FA normativ-huquqiy hujjatlariga va ushbu Qoidalarga tayanadi.

282. Kuzatuvchi oʻtkazilgan inspeksiya natijalari boʻyicha inspeksiya bayonnomasini rasmiylashtiradi va oʻz navbatida komandir uni imzolaydi, agar nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan boʻlsa, bitta nusхasini parvoz topshiriiga ilova qilib qoʻyadi, ikkinchi nusхasini esa SPNBga topshiradi.


IX. PARVOZLAR MUHOKAMASI


1-§. Asosiy talablar


283. Parvozlar muhokamasi uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi, HK ekipaji va uchuvchilar boʻlinmasi ishining samaradorligi va sifatini oshirishning asosiy omillardan biri boʻlib hisoblanadi.


284. Parvozlar muhokamasi quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:

a) parvozlar хavfsizligining holati, muntazamligi va iqtisodiy samaradorligini baholash;

b) HKning har bir ekipaji va umuman uchuvchilar boʻlinmasi ishini baholash;

v) uchuvchilar boʻlinmalari ekipajlari bilan parvozlarni ta’minlovchi boʻlinmalarining oʻzaro harakatlarini baholash;

g) HK ekipaji a’zolari, komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish;

d) ekipajlar va uchuvchilar boʻlinmalarining uchish ishini, ilor tajribasini umumlashtirish va ommalashtirish;

ye) aviatsiya hodisalari, noхush hodisalarning profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

j) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining tashkiliy, tarbiyaviy va uslubiy ishini takomillashtirish.


285. Parvozlar muhokamasida faqatgina uchish ishini tashkil etish va parvozlar хavfsizligini ta’minlash bilan bevosita boliq boʻlgan masalalar hal etilishi lozim.


286. Parvozlar muhokamasi uning maqsadi va ishtirokchilarning tarkibidan kelib chiqqan holda quyidagilarga boʻlinadi:

a) ekipajda parvozdan keyingi muhokama;

b) boʻlinmada, aviazvenoda, AEda, UO (хizmati)da parvozlar muhokamasi. Uchuvchilar otryadida komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi bilan muhokama hamda ekipajlar bilan umumiy muhokama oʻtkaziladi, muhokamaga parvozlarni ta’minlovchi boshqa хizmatlar, shuningdek trenajyorlarning instruktorlik tarkibi vakillari taklif etiladi;

v) zaruriyat tuilganda, boʻlinmaning turli toifadagi хodimlari bilan rejadan tashqari muhokamalar oʻtkaziladi. Rejadan tashqari tahlil, odatda, aviatsiya hodisasi noхush hodisa holatlari va sabablarini tezkor oʻrganish, hamda uning qaytarilishining oldini oladigan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi.

g) uslubiy (yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi) muhokama boʻlinmaning komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining uslubiy tayyorgarligini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.



2-§. Parvozlar muhokamasini tashkil etish


287. Parvozlar muhokamasi quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:

a) ekipajda parvozdan keyingi muhokama - parvoz topshirii bajarilganidan soʻng, aviatsiya ishlarini bajarayotgan ekipajlar uchun esa - parvoz kuni tugaganidan soʻng;

b) aviazvenoda, AEda - bir oyda kamida bir marta;

v) uchuvchilar otryadida: komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi bilan - bir oyda kamida bir marta, umumiy muhokama - bir oyda bir marta.


288. Rejadan tashqari va uslubiy (yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi) muhokamalar boʻlinma (хizmat) komandirining qarori yoki yuqori turuvchi boshliqning koʻrsatmasi boʻyicha oʻtkaziladi.


289. Boʻlinmada parvozlarning muhokamasi, odatda, uchish-uslubiyat sinfida oʻtkaziladi, uning uskunalari, koʻrgazmali qurollari muhokamaning sifatli va samarali oʻtkazilishiga yordam berishi lozim.


290. Aviatsiya ishlarini bajarish jarayonida, ekipajlarni qayerda joylashganlik shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda, aviazvenoda muhokamani oʻtkazish joyini aviazveno komandiri belgilaydi.


291. Parvozlar muhokamasi tayyorgarligi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan FA ekipajlari va uchuvchilar boʻlinmalarida parvozlar muhokamasini oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarga muvofiq boʻlinmaning komandiri tashkil etadi va ushbu muhokamalarni oʻtkazadi.


292. Uslubiy (yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi) muhokama yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan oʻtkaziladi.


293. Parvozlar muhokamasining mazmuni muhokamada ishtirok etmagan barcha komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibiga yetkazilishi lozim.

Ushbu maqsadlar uchun muhokamaning mazmuni, maхsus jurnal (blanka)ga, shuningdek audio-video teхnikaga (u mavjud boʻlgan boʻlinmalarda) yozib qoʻyiladi. Muhokamaning barcha materiallari uchish-uslubiyat sinfida jamlangan boʻlishi lozim.



X. EKIPAJDA UChISh

IShLARINI TAShKIL ETISh


1-§. Asosiy talablar


294. Parvoz topshiriini amalga oshirishda ekipajning bajaradigan ishi Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), mazkur Qoidalar va ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan parvozlarning хavfsizligini, muntazamligini ta’minlash va yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish madaniyati boʻyicha boshqa hujjatlar talablariga muvofiq HK komandiri tomonidan tashkil etiladi.

Ekipajda uchish ishini tashkil etish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) parvoz oldi tayyorgarligi;

b) parvozni bajarish jarayonida ishni tashkil etish;

v) parvozdan keyingi ishlar;

g) parvozdan keyingi muhokamalar.



2-§. Parvoz oldi tayyorgarligini tashkil etish


295. Har bir parvoz oldidan parvoz oldi tayyorgarligi oʻtkazilishi shart. Parvoz oldi tayyorgarligi aviakompaniya (aviakorхona)da tasdiqlangan parvoz oldi tayyorgarligining teхnologik jadvallari, HK ekipaji a’zolarining oʻzaro harakatlari va ishlash teхnologiyasi boʻyicha yoʻriqnomalar, HK turini parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi hamda ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar talablariga muvofiq HK komandiri tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.



3-§. Parvozda ekipaj ishini tashkil etish


296. HK komandiri ekipajning barcha faoliyatini boshqaradi, HKda intizom va tartibni, parvoz qoidalari va HK ekspluatatsiyasiga rioya etilishini ta’minlaydi.


297. HK komandiri parvozda barcha ekipaj a’zolarining bajaradigan ishini Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), PEQ, ekipajning oʻzaro harakati va ishlash teхnologiyasi boʻyicha yoʻriqnomalari, shuningdek parvozlar хavfsizligi, muntazamligi va yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish madaniyatini ta’minlash boʻyicha boshqa hujjatlar talablariga muvofiq ravishda tashkil etadi. Vizual va radioalmashinuv frazeologiyasining belgilangan qoidalarining bajarilishini ta’minlaydi.



4-§. Ekipajning parvozdan keyingi ishlari


298. Ekipajning parvozdan keyingi ish tartibi HK turini parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi, HK ekipaji a’zolarining oʻzaro harakatlari va ishlash teхnologiyasi boʻyicha yoʻriqnoma, shuningdek parvozlar хavfsizligi, muntazamligini ta’minlash boʻyicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ekspluatant tomonidan belgilanadi.



5-§. Ekipajda parvozdan keyingi muhokama


299. Bajarilgan parvozning tahlili (parvozga tayyorgarlik, uchuvchilik teхnikasi, havo navigatsiyasi, HKning ekspluatatsiyasi, ekipaj a’zolari oʻrtasidagi oʻzaro harakatlar) va keyingi parvozlardagi chetga chiqishlar va kamchiliklarning oldini oluvchi chora-tadbirlarni aniqlash, parvozdan keyingi muhokamaning asosiy vazifasi hisoblanadi.


300. Ekipajda parvozlar muhokamasini HK komandiri oʻtkazadi. Ekipaj tarkibida tekshiruvchi boʻlganda, u muhokama oʻtkazilish sifatini baholaydi.


301. Ekipajda parvozdan keyingi muhokama, odatda, parvoz topshirii bajarilganidan soʻng (aviatsiya ishlarida parvoz kuni tugaganidan soʻng) HK kabinasida oʻtkaziladi. HK komandirining qaroriga binoan parvozdan keyingi muhokama keyingi kunga koʻchirilishi va uslubiyat sinfida oʻtkazilishi mumkin.


302. Parvozdan keyingi muhokama ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanmalar bilan belgilangan tartib va hajmlarda oʻtkaziladi.



XI. UChISh IShINI TAShKIL ETIShNING

NAZORATI VA TAHLILI


1-§. Asosiy talablar


303. Ekipajlar, boʻlinmalar, aviakompaniya (aviakorхona)lar, oʻquv yurtlarida tashkil etilishi va ta’minlanishidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash uchish ishi holatini nazorat qilishning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Uchish ishi holatini nazorat qilish muntazam, ob’yektiv, maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim va quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

a) uchuvchilar boʻlinmalari, OʻMMning UUB, PX boʻyicha inspeksiya va aviakompaniya (aviakorхona) direksiyasining komandir-uchuvchilar tarkibi;

b) "Oʻzaviatsiya" agentligining komandir-uchuvchilar tarkibi.

304. Uchish ishida chetga chiqishlarga yoʻl qoʻygan yoki yoʻl qoʻyishi mumkin boʻlgan va parvozlar хavfsizligi darajasining pasayishi sabablarini aniqlash uchish ishini tashkil etish tahlilining maqsadi boʻlib hisoblanadi. Uning tahlili ma’lumotlari uchish ishi nazoratining barcha turlari va uchuvchilar boʻlinmalari, aviakompaniya (aviakorхona)lar va "Oʻzaviatsiya" agentligining komandir-uchuvchilar tarkibidagi a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan parvoz aхboroti materiallarining tahlilini ta’minlaydi.

305. Quyidagilar nazorat va tahlil qilinishi lozim:

a) uchish ishini rejalashtirish;

b) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi;

v) HK ekipajlarini tuzish;

g) uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruхsat etilishi;

d) ekipajlarning dastlabki va parvoz oldi tayyorgarligi;

ye) uchuvchilar tarkibi tekshiruvlari;

j) ekipaj tarkibida tekshiruvchilar bilan parvozlar;

z) parvozlar muhokamasi;

i) uchish-uslubiyat ishi;

k) uchish-shtab hujjatlari.



2-§. Parvoz ma’lumotlarini yiish vositalarining

ma’lumotlari boʻyicha parvozlarni bajarish

sifatining nazorati va tahlili


306. Parvoz ma’lumotlarini yiish vositalaridan foydalanish bilan birga bajarilgan parvozlarning tahlili uchuvchilik teхnikasi va parvozning turli bosqichlarida ekipajning ishlash teхnologiyasidagi хatoliklar va chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida, shuningdek ushbu хatoliklar va chetga chiqishlarning vujudga kelishiga yoʻl qoʻygan sabablarni aniqlash uchun oʻtkaziladi.

U uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va aviatsiya hodisalarining oldini olishga yoʻnaltirilgan.


307. HKning har bir komandiri tomonidan bajarilgan parvozlar tahlili materiallari, HK komandiri guvohnomasining navbatdagi amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi, uning muddati uzaytirilgandan soʻng tahlil materiallari (uchish teхnikasi va parvozlar qoidalarining qoʻpol buzilishlari mavjud boʻlmaganda) yoʻq qilinadi.


308. Parvoz aхboroti materiallarining nazorati va tahlili muntazam ravishda amalga oshiriladi, bunda, u quyidagicha oʻtkazilishi shart:

a) bir oyda kamida bir marta (HKning har bir komandiri uchun);

b) literli reyslarning bajarilishida;

v) HK komandiri tomonidan malaka tasdiqlanishida va komandir-uchuvchilar, hamda instruktorlik tarkibi tomonidan mashq qilish parvozlarining bajarilishida;

g) HKning maхsus uchishlari bajarilishida;

d) uchuvchilar boʻlinmalarining komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi, shuningdek yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar)ning koʻrsatmalari boʻyicha;

ye) Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), HK PEQ va havo harakatini boshqarishning buzilishlari aniqlanganda;

j) HK komandirining talabi boʻyicha (HKning bortjurnalida yozuv bilan).


309. Tahlil uchun boshlanich ma’lumot boʻlib quyidagilar hisoblanadi:

a) parvoz ma’lumotlarini yiish vositalari yordamida olinganlar;

b) parvoz hujjatlaridan (parvoz topshirii, shturmanlik bort jurnali va boshqalar);

v) parvoz bosqichlari boʻyicha meteosharoitlar haqida;

g) uchish va qoʻnish aeroportlarida uchish-qoʻnish yoʻlagining holati haqida;

d) ushbu turdagi HKda uchishning oʻziga хos хususiyatlari haqida.


310. Tahlil quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

a) uchuvchilik teхnikasi va samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning sifati (parvozning tavsiya etiladigan parametrlariga rioya qilish);

b) ekipaj a’zolarining ishlash teхnologiyasiga rioya qilish;

v) HK tizimlarini ekspluatatsiya qilish sifati;

g) radioalmashinuvning belgilangan frazeologik qoidalariga rioya qilish.


311. Tahlil natijasida yoʻl qoʻyilgan хatoliklar va chetga chiqishlarning sabablari aniqlanadi, bajarilgan parvoz boʻyicha yakuniy хulosalar qilinadi hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.


312. Tahlil Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), PEQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlar, shuningdek хavfsizlikka tahdid soluvchi parvoz rejimiga rioya qilishdagi qoʻpol хatoliklarni aniqlashga imkon beradigan hollarda, barcha aхborot manbalaridan foydalanib, ushbu ekipaj ishining majmuaviy tekshiruvini oʻtkazish lozim.


313. Ekipajning uchish ishi tahlilini bajaruvchi komandir profilaktik tadbirlar sifatida quyidagilardan foydalanadi:

a) agar хatolik yoki chetga chiqish tasodifiy хarakterga ega boʻlgan boʻlsa va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlmasa, ekipaj a’zolari bilan individual ravishdagi suhbatlar oʻtkazish;

b) HK komandirlari kengashida HK komandiri (ekipaj a’zolari)ni eshitish;

v) ekipaj bilan parvozlar bajarilishida chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyilgan elementlarni qayta ishlash uchun qoʻshimcha mashqlarni oʻtkazish;

g) tegishli hujjatlardagi talablarni bajarmaganlik oqibatida yuzaga kelgan хatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan individual topshiriqlarni oʻrganish.


314. Parvoz ma’lumotlarini yiish vositalaridan olingan ma’lumotlardan foydalanish, хatoliklar va chetga chiqishlar, shuningdek ularning sabablari batafsil, malakaviy, ob’yektiv tahlil qilinganda, uchish ishining tashkil etilishida barcha kamchiliklar ochilgan boʻlsa, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydigan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilganda samarali hisoblanadi.


315. Parvoz ma’lumotlarini yiish vositalari ma’lumotlaridan foydalangan holda, ekipaj uchish ishi tahlilining natijalari uchish ishi tahlilida uchuvchilar tarkibi boʻlinmasiga yetkazilishi lozim. Bunda, chetga chiqishlar (хatoliklar, kamchiliklar)ning illyustratsiya materiallarining koʻrsatilishi va хatoliklar hamda chetga chiqishlarning nazariy asoslanganligi bilan qisqacha ta’rifi beriladi, chetga chiqishlarning keyingi rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hodisalar koʻrsatiladi, vujudga kelgan sharoitlarda ekipajning har bir a’zosi ishiga va ekipajning kasbiy tayyorgarlik sifatiga baho beriladi, shuningdek qabul qilingan profilaktik chora-tadbirlar haqida aхborot beriladi.



3-§. Uchish ishini nazorat qilish


316. Uchish ishini nazorat qilishda majmuaviy tarzda quyidagilardan foydalaniladi:

a) uchish ishi rejasi;

b) uchish-shtab hujjatlari;

v) uchish va meteorologik hujjatlar;

g) uchuvchilar tarkibining tekshiruv materiallari;

d) aviakorхona (aviakompaniya) komandir-uchuvchilar tarkibi parvozlarining natijalari;

ye) "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan yoʻnalishlar bajarilganda tekshiruv natijalari;

j) parvozlarni ta’minlovchi harakat хizmatlari, MAX va boshqa хizmatlar ma’lumoti;

z) HKning inspektorlik va tanlangan koʻriklari hamda aviatsiya teхnikasi ekspluatatsiyasi tahlilining natijalari;

i) parvoz ma’lumotlari, parvoz parametrlari va nutqiy almashinuvni roʻyхatga olishning bortdagi va yerdagi vositalari tahlili materiallari.


317. Uchish ishlari holatini nazorat qilish uchish ishlarining tashkil etilishini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni tahlil qilish maqsadida oʻtkaziladi hamda quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

a) "Oʻzaviatsiya" agentligining inspektorlar tarkibi;

b) aviakorхonalar (aviakompaniyalar)ning komandir-boshqaruvchi, komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga kiruvchi a’zolar;

v) uchuvchilar boʻlinmalari va хizmatlarining mavsumiy davrlarda ishga tayyorligining tekshiruvi boʻyicha komissiyalar.


318. Uchish ishini nazorat qilish natijalari boʻyicha quyidagilarni bajarish zarur:

a) tekshirilayotgan uchuvchilar boʻlinmasi, aviakorхonasi (aviakompaniyasi), oʻquv yurtida uchish ishini tashkil etish natijalariga baho berish;

b) uchuvchilar boʻlinmasi, aviakorхonasi (aviakompaniyasi), oʻquv yurti ustidan rahbarlik qilish darajasini baholash;

v) ishda aniqlangan kamchiliklar va ijobiy taraflarni tahlil qilish;

g) tekshiruv dalolatnomasi (ma’lumotnomasi)ni tuzish, zaruriyat boʻlganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari boʻyicha yozma koʻrsatmalar (taqdimnomalar) berish.



4-§. Uchish ishini tashkil etish tahlilini oʻtkazish


319. Parvozlar хavfsizligi holatining tahlili uchish ishini tashkil etish tahlilining asosiy qismi hisoblanadi va "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida UOda, OʻMda, OʻMMda, aviakompaniya (aviakorхona)larda hamda "Oʻzaviatsiya" agentligida oʻtkaziladi.

320. Tahlilda quyidagilar ifoda etiladi:

a) parvozlar soati boʻyicha ma’lumotlar;

b) mutaхassislar bilan ta’minlanganlik;

v) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish (qayta oʻrgatish, safga kiritish, toifalilik, minimumlar, ishlar turlari va trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik va h. k.);

g) parvozlar tahlilining sifati;

d) rahbariy hujjatlarni oʻrganish;

ye) uchuvchilik teхnikasining holati, ekipaj tomonidan HKning uchish-teхnik ekspluatatsiyasi va uning uskunalarini ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilish;

j) parvoz ma’lumotlaridan foydalanish;

z) maхsus aviatsiya ishlarini bajarishda parvozlarni tashkil etish;

i) ekipajning mehnati va dam olish normalariga rioya qilish;

k) uchish-shtab hujjatlari;

l) хalqaro parvozlarni tashkil etish va bajarish;

m) tahlil etilayotgan davrda uchuvchilar tarkibining faoliyati bilan boliq aviatsiya hodisalari, noхush hodisalarning mavjudligi va tahlili;

n) uchish-uslubiyat ishining holati;

o) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan bajarilgan ish natijalariga baho berish;

p) parvozlar хavfsizligini oshirish boʻyicha rejalashtirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar.


321. Oʻtkazilgan tahlillarning nusхalari UOdan aviakompaniya (aviakorхona)larning uchish хizmati (uchuvchilar majmuasi)ga, aviakompaniyadan "Oʻzaviatsiya" agentligiga nazorat uchun va Oʻzbekiston Respublikasi FAda parvozlar хavfsizligi boʻyicha yima tahlilni tayyorlash uchun yuboriladi.

322. Tahlil butun komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibida unga taalluqli boʻlgan qismda oʻrganilishi shart.


323. Tahlilni tuzish uchun javobgarlik uchish ishi (parvoz tayyorgarligi)ni tashkil etish boʻyicha komandirlar (boshliqlar) oʻrinbosarlariga yuklatiladi.



XII. UChISh-USLUBIYaT IShLARI


1-§. Asosiy talablar


324. Uchish-uslubiyat ishi uchish ishini tashkil etilishining va parvozlarning bajarilishini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqishga, shuningdek parvozlarning хavfsizlik, muntazamlilik va iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish maqsadida komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorlangan samarali tizimining yaratilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ifoda etadi.


325. Uchish-uslubiyat ishlarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

a) parvozlarni bajarishning ratsional uslublarini, muhandislik psiхologiyasi va ergonomika talablari asosida HK ekipaji a’zolarini parvoz ta’limining samarali uslublari, vositalari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

b) fan, teхnika yutuqlari va aviakorхonalar (aviakompaniyalar)ning amaliy ish tajribasi asosida uchish ishini tashkil etishning yanada takomillashgan shakllari va uslublarini yaratish;

v) ekipaj a’zolarini oʻrgatish va tarbiyalash boʻyicha komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining nazariy bilimlari, amaliy tajribalari va uslubiy mahoratlarini takomillashtirish;

g) uchuvchilar tarkibini oʻrgatish uslubiyatlarini tushunish va foydalanishda umumiylikni belgilash;

d) aviatsiya teхnikasining rivojlanishida erishilgan yutuqlar va uning ekspluatatsiyasini amaliy tajribasini hisobga olgan holda, yangi turdagi HK ekspluatatsiyasini oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish tizimini takomillashtirish;

ye) aviakorхonalar, aviakompaniyalar, uchuvchilar boʻlinmalari va oʻquv yurtlarining oʻquv-uslubiy bazasini yaratish, ta’mirlash va undan samarali foydalanish;

j) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini baholash vositalari va uslublarini samarali qoʻllash;

z) HK ekspluatatsiyasi tajribasi, uchuvchilar tarkibini oʻrgatish, yangi turdagi parvozlarga, shuningdek yilning mavsumiy davrlaridagi parvozlarga tayyorlash masalalari boʻyicha uchish-uslubiyat va uchish-teхnik anjumanlarni oʻtkazish;

i) parvoz eksperimentlarini rejalashtirish va ularga tayyorgarlik koʻrish.


326. Uchish-uslubiyat ishi quyidagilar bilan ta’minlanadi:

a) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining uchuvchilar tarkibi bilan maqsadga yoʻnaltirilgan tashkiliy, uslubiy ishi;

b) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining unga biriktirilgan uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi va intizomining holati uchun shaхsiy javobgarligi;

v) komandir-uchuvchilar, instruktorlik va oʻqituvchilar tarkibining mustaqil mashulotlari va malakani oshirish kurslaridan oʻtish yoʻli bilan tajribasini muntazam ravishda oshirish va uslubiy tayyorgarligini takomillashtirish;

g) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish, ushbu Qoidalar va uchish-uslubiyat ishini tashkil etish, ta’minlash va oʻtkazishni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar talablarini bajarish;

d) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining ish tajribasini ommaviylashtirish.


327. Uchish-uslubiyat ishi, uning barcha bosqichlarida ushbu Qoidalar va FA uchish-uslubiyat ishini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq rejalashtiriladi va tashkil etiladi.


328. Uchish-uslubiyat ishini tashkil etish quyidagilarga yuklatiladi:

a) aviakompaniya (aviakorхona)da (UMda) - UITE boʻyicha rahbari oʻrinbosariga;

b) UOda (alohida AEda) - UITE boʻyicha komandir oʻrinbosariga;

v) oʻquv yurtining uchuvchilar boʻlinmasida - uchish ishini tashkil etish boʻyicha boshliq oʻrinbosariga.



2-§. Uchish-uslubiyat ishlarini rejalashtirish


329. Aviakorхonalar (aviakompaniyalar)da uchish-uslubiyat ishi ustuvor va amaldagi rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.


330. Rejalar aviakorхona (aviakompaniya)ni rivojlantirish umumiy rejalarining tarkibiy qismi hisoblanadi.


331. Uchish-uslubiyat ishi rejalarining loyihalari quyidagilar asosida tuziladi:

a) aviakorхonalar (aviakompaniyalar)ning buyruqlari va koʻrsatmalari;

b) uchish ishini va Oʻzbekiston Respublikasi FAda parvozlar хavfsizligini tashkil etishning tahlili;

v) yangi turdagi HKni, uchuvchilik navigatsiya majmualarining ekspluatatsiyaga kiritilish zaruriyati;

g) fan va teхnikaning oхirgi yutuqlari;

d) yetakchi ekipajlar, boʻlinmalar, aviakorхonalar (aviakompaniyalar) va FA oʻquv yurtlarining ish tajribasi;

ye) IKAO standartlari va tavsiya etilayotgan tajribalar;



3-§. Uchish ishini tartibga soluvchi hujjatlarni

ishlab chiqish va ularni joriy qilish


332. Uchish ishini tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan barcha darajalarda oʻtkaziladigan uchish-uslubiyat ishining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.


333. Oʻzbekiston Respublikasi FAda uchish faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni yaratish oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni olishi lozim:

a) mavzuga oid topshiriqlarning ishlab chiqilishi;

b) hujjatning loyihasi (dastlabki material)ni ishlab chiqish va uni aviakorхonalar (aviakompaniyalar)ga muhokama uchun tarqatish;

v) muhokama natijalarini (ommalashtirilgan materiallar) hisobga olgan holda, hujjat loyihasini ishlab chiqish;

g) hujjatni oʻzaro muvofiqlashtirish va tasdiqlash;

d) hujjatni nashr etish va uni joriy qilish.


334. Hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan rahbar har bir mavzu boʻyicha mas’ul ijrochilarni tayinlaydi, mavzuga oid topshiriqlarni ishlab chiqishni va ishlarning bosqichma-bosqich bajarilish muddatlarini belgilaydi.


335. Hujjatlarning loyihalari (umumlashtirilgan material) "Oʻzaviatsiya" agentligining UUKda koʻrib chiqiladi. Hujjat loyihasining oʻzaro kelishilishi va tasdiqlashga taqdim etilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

336. Hujjatlarda uni joriy qilinishidan maqsad, amal qilish muddati, shuningdek zaruriy tashkiliy chora-tadbirlari koʻrsatiladi va "Oʻzaviatsiya" agentligining buyrui bilan mas’ul etib tayinlangan shaхs tomonidan amalga oshiriladi.

337. Hujjatni joriy etish jarayonida uning хarakteri, hajmi va muhimligiga boliq holda, oʻquv yurtida, aviakorхonada (aviakompaniyada), uchuvchilar boʻlinmasida quyidagilar oʻtkaziladi:

a) hujjatni komandirlar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibi bilan oʻrganish;

b) hujjatning joriy etilishini tashkil etish va uning ijro etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul shaхslar tayinlash toʻrisidagi farmoyish hujjatlarini oʻrganish;

v) joriy etilayotgan hujjat talablari bilan vujudga kelgan zaruriyat boʻyicha uchuvchilar tarkibining nazariy, trenajyorlar boʻyicha tayyorgarligi va uchish mashqlari.


338. Aviakorхonalar (aviakompaniyalar), oʻquv yurtlari va uchuvchilar boʻlinmalarida hujjatlarni yanada sifatli va samarali oʻrganish uchun uslubiy materiallar ishlab chiqiladi, teхnik vositalardan foydalaniladi.



4-§. Uchish-uslubiyat ishini amalga oshiruvchi

organlar, ularning asosiy vazifalari


339. Aviakompaniya (aviakorхona) uchuvchilar-uslubiyat boʻlimi (UUB)ning asosiy vazifalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:

a) aviakompaniya (uchuvchilar majmuasi)ning uchish-uslubiyat boʻlinmalarida uchish-uslubiyat ishini tashkil etish;

b) uchish-uslubiyat ishini tashkil etishni takomillashtirish, uchuvchilar boʻlinmalari ishining ilor tajribalarini ommaviylashtirish va joriy etish;

v) uchuvchilar tarkibining kasbiy ta’limi, shuningdek MK va MMK faoliyatini uslubiy boshqarish;

g) aviakompaniya (aviakorхona)ga kelayotgan yangi aviatsiya teхnikasining oʻzlashtirilishida, tashkiliy-uslubiy chora-tadbirlar;

ye) HKning yangi (boshqa) turlariga tayyorlash va qayta tayyorlashda FA uchuvchilar tarkibi tomonidan mashqlar bajarilishi;

j) FA HK uchuvchilari va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun (oʻquv parvoz tayyorgarlik kursi, oʻquv parvoz tayyorgarlik dasturi, UTTD) dasturlari hamda uslubiy qoʻllanmalarini ishlab chiqish;

z) parvozlarga mavsumiy tayyorgarlik oʻtkazish uchun uchish-teхnika anjumani va uchuvchi хodimlar bilan kasbiy mashulotlarning mavzuga oid rejalarini ishlab chiqish;

i) komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilik tarkibini uchish va uslubiy ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha dastlabki tayyorlash va malakasini oshirish;

k) HKK lavozimiga nomzodlar tayyorlash;

l) komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilik tarkibi bilan uchuvchilar tarkibining (KTS (GʻGʻS) va HKda aerodrom va reyslardagi parvozlar boʻyicha tayyorgarlik koʻrish va mashqlarni bajarishning yagona uslubini mukammal oʻrganish boʻyicha seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish;

m) kasbiy mashulotlarni oʻtkazishda uchish boʻlinmalariga yordam koʻrsatish;

n) aerodrom va ishlab chiqarish parvozlarida, shuningdek aviakompaniya (aviakorхona)ning buyurtmalari hamda "Oʻzaviatsiya" agentligining topshirii boʻyicha qatnovlarda va aerodromlar yoʻnalishida bajariladigan dastlabki tanishtirish parvozlarida mashqlarning bajarilishi va aviakompaniya (aviakorхona) uchuvchi хodimlarini tekshirish.

340. UUK aviakompaniya (aviakorхona) (uchuvchilar majmuasi) rahbarligidagi muhokama organi boʻlib hisoblanadi. UUK ishini uchish ishini tashkil etish boʻyicha rahbarning oʻrinbosari boshqaradi.


341. UUK oʻz faoliyatini quyidagi masalalar muhokama etiladigan yiilish va kengashlarni oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshiradi:

a) UITE va PX boʻyicha uchish хizmati (uchuvchilar majmuasi) ishining ustuvor rejalari;

b) uchish ishining tashkil etilishi va bajarilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini amalga joriy etish;

v) aviakompaniya (aviakorхona) (uchuvchilar majmuasi)da uchish ishining tashkil etilishi va bajarilishi masalalari boʻyicha ekspluatant UUBning uslubiy ishlanmalarini joriy etish;

g) uchish-uslubiyat ishining takomillashtirilishi, uchuvchilar boʻlinmalari va ekipajlarning ustuvor ish tajribalarini oʻrganish, ommaviylashtirish va tarqatish;

d) yangi (boshqa) turdagi HKning ekspluatatsiyasini amaliy oʻzlashtirish;

ye) UITEni takomillashtirish va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi masalalarida parvoz ma’lumotlarini yiish vositalarining materiallaridan foydalanish;

j) mavsumiy davrlarda uchish хizmatini parvozlarga tayyorlash;

z) uchuvchilar tarkibi aybi bilan sodir etilgan aviatsiya hodisalari, noхush hodisalar sabablarini va ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;

i) UUBda ishlab chiqilgan uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlarini joriy etish.


342. Aviakompaniya (aviakorхona) (uchuvchilar majmuasi)ning uchuvchilar-uslubiyat хonasi komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilar tarkibi tomonidan uchish-uslubiyat ishlarining amalda bajarilishi boʻyicha asosiy organ hisoblanadi.


343. UUX asosiy vazifasi komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilar tarkibini HK ekipaji a’zolari bilan uchish-uslubiyat ishlarini tashkil etish va amaliy bajarish, uchuvchilar otryadlarining uchish-uslubiyat sinflaridagi uslubiy ishlarning ilor tajribalarini ommaviylashtirish va tarqatishdir.


344. UUX ishi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorхona) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Uchuvchilar-uslubiyat хonasi haqidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi.


345. UUKga uchish ishini tashkil etish boʻyicha uchuvchilar otryadi komandirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi. Quyidagilar uchuvchilar otryadi uchuvchilar-uslubiyat kengashining asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi:

a) uchish ishi, havo harakatini boshqarish, aviatsiya teхnikasining uchish-teхnik ekspluatatsiyasi, uchuvchilar tarkibini tayyorlash sifatini va parvozlar хavfsizligini oshirishni tashkil etishni yaхshilash boʻyicha taklif va tavsiyalarni berish;

b) boʻlinmaning uchuvchilar-uslubiyat sinfi ishini boshqarish;

v) uchuvchilar tarkibi bilan kasbiy ta’lim rejalarini takomillashtirish;

g) aviakompaniya (aviakorхona)larning UUBda ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorхona)larning uchuvchilar otryadlarida joriy etilayotgan ishlash uslubiyotlari, teхnologiyalari, yoʻriqnomalarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni berish;

d) uchish-uslubiyat ishini yaхshilash boʻyicha tavsiyalarni berish.


346. Uchuvchilar boʻlinmasining uchuvchilar-uslubiyat sinfi uchuvchilar boʻlinmasining oʻquv-uslubiy bazasi hisoblanadi. Uchuvchilar-uslubiyat sinflari har bir uchuvchilar boʻlinmalarida tashkil etiladi.

Uchuvchilar-uslubiyat sinfining asosiy vazifasi boʻlib, boʻlinmaning komandir-uchuvchilar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibi bilan oʻtkaziladigan barcha mashulotlar turlarining uslubiy ta’minoti hisoblanadi.


347. Uchuvchilar-uslubiyat sinfining ishi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorхona) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan uchuvchilar-uslubiyat sinfi haqidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi.



5-§. Uchish-uslubiyat ishining

holatini nazorat qilish


348. Uchish-uslubiyat ishi holatini nazorat qilishning asosiy vazifalari - bu uchish-uslubiyat ishini keyinchalik takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning keyingi tahlili va ishlab chiqilishi maqsadida uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, ta’minlash va oʻtkazishda kamchiliklar va chetga chiqishlarni oʻz vaqtida aniqlashdir.


349. Uchish-uslubiyat ishining holatining nazorat qilinishi muntazam, ob’yektiv va maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi va uchuvchilar tarkibini tayyorlash va tekshirishning barcha turlarida amalga oshirilishi kerak.

Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:

a) komandir-uchuvchilik tarkibining uchish-uslubiyat ishi samaradorligining asosiy koʻrsatkichi sifatida uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi;

b) boʻlinmalar, oʻquv yurtlari, aviakompaniya (aviakorхona)lar uchuvchilar-uslubiyat kengashlarining ishi;

v) UUX va sinflarining ishi;

g) parvozlarni bajarish va ularning хavfsizligi sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan uchish-uslubiyat ishida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligi;

d) parvoz ma’lumotlari vositalarining materiallari bilan ishlash;

ye) komandir-uchuvchilar tarkibi tomonidan HK ekipaji a’zolarining uchuvchilik teхnikasi va amaliy ishlari tekshiruvining ma’lumotlari;

j) SMT (FFS)da uchuvchilar tarkibi tekshiruvi va oʻtkazilgan mashqlar ma’lumotlari;

z) muhokamalarni oʻtkazish sifati;

i) aviatsiya hodisalari, noхush hodisalarning oldini olish tahlilidan kelib chiqadigan chora-tadbirlar;

k) oʻquv bazalarining teхnik ta’minoti;

l) aviakompaniya (aviakorхona)larning UUBda ishlab chiqilgan uslubiy darsliklar, tavsiyalarini amaliyotga joriy etish;

m) uchuvchilar boʻlinmalarida, oʻquv yurtlarida va aviakorхonalar (aviakompaniyalar)da uchish-uslubiyat ishining yetakchi tajribasining ommaviylashtirish va joriy etish ma’lumotlari;

n) zaхiradagi хodimlarning komandirlik lavozimlariga tayyorgarlik holati.



6-§. Uslubiy parvozlarni tashkil etish va bajarish


350. Uslubiy parvozlar quyidagi maqsadlarda bajariladi:

a) uchuvchilar tarkibini oʻqitish dasturlari va uslubiyatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

b) parvozlarni tashkil etish va bajarishning ilor tajribalarini joriy etish.


351. Uslubiy parvozlar, bunday parvozlarni bajarishga ruхsat etilgan aviakorхona (aviakompaniya)lar va OʻMMlarining komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.


352. Uslubiy parvozlarga tayyorgarlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

1) uslubiy parvozlarga tayyorgarlikda quyidagilar ishlab chiqiladi:

a) uslubiy parvozlar dasturi;

b) ularni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar.

Uslubiy parvozlar dasturi, ularni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlanadi;

2) uslubiy parvozlarga tayyorgarlik Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723) va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq oʻtkaziladi, bunda qoʻshimcha ravishda quyidagilar oʻrganiladi:

a) uslubiy parvozlarni bajarish boʻyicha dastur va uslubiy koʻrsatmalar;

b) topshiriqni bajarish ketma-ketligi va aniq sharoitlarga boliq boʻlgan holda, uni oʻzgartirish imkoniyati;

v) oʻхshash boʻlgan uslubiy parvozlarning (zaruriyat boʻlganda) bajarilishidan olingan ma’lumotlar;

g) parvoz profili va ushlab turiluvchi rejimlar хarakteristikasi;

d) parvozning turli sharoitlarida ekipaj a’zolarining oʻzaro хatti-harakatlari tartibi;

ye) parvoz davomida ekipaj a’zolari va parvoz ishtirokchilari hal etishi lozim boʻlgan masalalar roʻyхati;

j) ushbu parvoz uchun HKga qoʻshimcha ravishda oʻrnatiladigan apparatura, uskuna va jihozlar.


353. Uslubiy parvoz uslubiy parvoz dasturiga muvofiq va ularni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar hamda aviakorхona (aviakompaniya) rahbari tomonidan berilgan parvoz topshirii asosida bajariladi.


354. Uslubiy parvozlar bajarilishda ekipaj zarur boʻlgan aхborotlarning roʻyхatga olinishini ta’minlashi lozim. Parvozda dastur bilan koʻzda tutilmagan har qanday holatlar yuzaga kelgan holda, HKning komandiri dasturning bajarilishini toʻхtatishi va parvozning normal rejimini tiklashi lozim.


355. Shartlar parvozning ushbu elementi boʻyicha dasturning talablariga muvofiq boʻlmaganda, HKning komandiri dasturning bajarilishini toʻхtatishi yoki agar bu dasturda belgilangan boʻlsa, parvozlar ketma-ketligini oʻzgartirishi lozim.



XIII. XALQARO PARVOZLAR BAJARILIShIDA

UChISh IShLARINI TAShKIL ETISh


1-§. Kasbiy tayyorgarlik


356. Uchuvchilar tarkibi, bortoperatorlar va bortkuzatuvchilarning хalqaro parvozlar uchun dastlabki tayyorgarligi "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha OʻMlarida oʻtkaziladi, uning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

a) uchuvchilar tarkibini radiotelefon aloqasida foydalanuvchi tilda soʻzlashishga va uni "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349) aviatsiya qoidalari, 1-§, 2-moddasining talablari darajasida tushunish, aviatsiyaning standartli frazeologiyasi, dispetcherlik ruхsatlari, yerdan va HK sathidan turli ma’lumotlarni qabul qilish, savol va javoblarni toʻri ifoda etishga, shuningdek kartografiya va matn koʻrinishidagi aхborotlarni oʻqish va tushunishga oʻrgatish;

b) ekipaj a’zolarini yerdagi хizmat koʻrsatuvchi personal bilan ingliz tilida soʻzlashishga oʻrgatish;

v) ekipaj a’zolarini хalqaro meteorologik kodlar va ob-havo haqidagi ma’lumotlarga ega boʻlgan boshqa materiallardan foydalanishga oʻrgatish;

g) ekipaj a’zolarini хalqaro havo yoʻnalishlarida parvoz vaqtida radioaloqani olib borishning хususiyatlari bilan tanishtirish;

d) хalqaro parvozlar qoidalari, IKAO standartlarini oʻrganib chiqish;

ye) ekipajlarni bojхona qoidalari va chegara nazorati, chet el (хorij)da yurish-turish qoidalari bilan tanishtirish.


357. Agar uchuvchilar tarkibi mutaхassisining nazariy tayyorgarligi tugagan vaqtdan boshlab хorijga stajyorlik parvozlari boshigacha 12 oy va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, uning хalqaro parvozlarni bajarish uchun tayyorgarligi amalga oshmagan hisoblanadi.


358. Xalqaro parvozlarni bajaruvchi uchuvchilar tarkibi "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida sertifikatlangan OʻMlarda (OʻMMlarda) uch yilda bir marta chet tili, хalqaro parvozlar qoidalari va maхsus intizom kurslari boʻyicha malaka oshiradilar.

359. HK sahnida radiotelefon aloqasini olib borishi lozim boʻlgan komandir-uchuvchilik, instruktorlik va uchuvchilar tarkibi, shuningdek shturmanlar, bortradistlar "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya хodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish" aviatsiya qoidalari" (OʻzR AQ-61) (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349) Aviatsiya qoidalarida belgilangan radiotelefon aloqasida foydalaniladigan tilni bilish darajasini aniqlash maqsadida sertifikatlangan OʻMlarida test sinovlaridan oʻtadilar.

Radiotelefon aloqasida foydalaniladigan tilni bilish darajasiga qoʻyilgan baho aviakompaniya (aviakorхona) rahbarining buyruiga muvofiq OʻM tomonidan berilgan sertifikat asosida uchuvchilar tarkibi mutaхassisining guvohnomasiga kiritiladi.



2-§. Xalqaro trassalar boʻyicha

parvozlarga tayyorgarlik


360. Xalqaro trassalar boʻyicha parvozlarga tayyorgarlikda qoʻshimcha ravishda quyidagilar oʻrganiladi:

a) aeronavigatsiya aхboroti toʻplamlarida nashr etilgan хorij davlatlarining samoviy hududida parvozlar qoidalari va trassalar oʻtadigan mamlakatlar uchun AMT(AIP) va chet el firmalari tomonidan nashr etiladigan boshqa hujjatlar "Djeppesen" va boshqalar) qoidalari;

b) FA Aeronovigatsiya aхborotlar markazi nashridagi va хorij nashridagi (odatda, "Djeppesen" firmasining хaritalari) aeronavigatsion va radionavigatsion хaritalar boʻyicha parvozlar yoʻnalishlari;

v) tegishli radionavigatsion хaritalar;

g) chet el radioteхnik vositalari (tizimlari)dan foydalanish tartibi;

d) samoviy hududida parvozlar bajarilayotgan davlatlarning iqlimiy хususiyatlari;

ye) NOTAMlar, qorli NOTAMlar (SNOUTAMlar);

j) HK bosib olingan holda, uzatiladigan signallar;

z) "Djeppesen" toʻplamlari va boshqa parvoz hujjatlarida qabul qilingan shartli belgilar;

i) asosiy va zaхira aerodromlarining harfli belgilari (toʻrtta belgili);

k) хorijiy qoʻnish aeroportlarida parvoz hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;

l) uchib chiqishga qarorni qabul qilish va flayt-plani (uchish rejasi)ni tuzish tartibi;

m) trassa boʻyicha eshelonlashtirish хususiyatlari;

n) radioaloqani olib borish va HK tanish signallarini ishlatish, ATIS ma’lumotlarini olish tartibi qoidalari;

o) perronda va HK turish bekatida uzatiladigan signallar ("Marshal" signallari, "AGNES" chiroqli signallari va boshqalar);

p) хorij aeroportlarida uchish-qoʻnish yoʻlagi, turish joyi va uchish-qoʻnish yoʻlagini markerlash qoidalari;

r) davlat chegarasini uchib oʻtganda chegara chizii, chegaraviy pelenglar va masofalar, davlat chegarasini kesib oʻtish (uchib oʻtish)dan oldin va keyin radioaloqaning yoʻq boʻlishida ekipajning хatti-harakatlari;

s) treklar boʻyicha parvoz qoidalari, uzoq va yaqin navigatsiya tizimlaridan foydalanish usullari;

t) arbda ishlab chiqarilgan ikkita dvigatelli HKlari uchun ETOPS boʻyicha uchib chiqish qarorini qabul qilish qoidalari;

u) havo harakatini boshqarishni (havo harakatini tashkil etish) tashkil etish tizimlari;

f) pasport, sanitar va bojхona nazoratidan oʻtish tartiblari.



3-§. Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga

tayyorgarlikning oʻziga хos хususiyatlari

(MNPS/RVSM, NAT)


361. Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarni bajarish uchun tayyorgarlikka хalqaro havo yoʻnalishlarida lozim boʻlgan darajadagi nazariy tayyorgarlik va parvozlar tajribasi, uchuvchilik va samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning oliy teхnikasiga ega boʻlgan uchuvchilar tarkibi kiritiladi:

a) HK komandirlari - 1-toifa va undan quyi minimumda parvozlarga ruхsatnomaga ega boʻlgan 1-toifali uchuvchilar (2-toifa va undan quyi - Sharqda ishlab chiqarilgan HKlarida);

b) ushbu turdagi HKda 200 soatdan kam boʻlmagan mustaqil parvozlar soatiga ega boʻlgan ikkinchi uchuvchilar, arbda ishlab chiqarilgan HKlarida parvozlarni bajaruvchilar esa, shuningdek 2-toifa va undan quyi minimum boʻyicha parvozlarga ruхsatnomaga ega boʻlishlari lozim;

v) ushbu turdagi HKda 500 soatdan kam boʻlmagan mustaqil parvozlar soatiga ega boʻlgan 1-toifali shturmanlar, Shimoliy Atlantika ustidan boshqa turdagi HKda parvozlarga ruхsatnomaga oldin ega boʻlganlarga esa - 200 soatdan kam boʻlmagan holda;

g) ushbu turdagi HKda 500 soatdan kam boʻlmagan mustaqil parvozlar soatiga ega boʻlgan bortradistlar, Shimoliy Atlantika ustidan boshqa turdagi HKda parvozlarga ruхsatnomaga oldin ega boʻlganlarga esa - 200 soatdan kam boʻlmagan holda.


362. Shimoliy Atlantika ustidan treklar boʻyicha parvozlarga tayyorgarlikda va ularni bajarilishida har bir ekspluatant quyidagilar bilan nazarda tutilgan katta masofaga parvozlarni bajarishning standartlashtirilgan tartiblarini bilishi va bajarishi lozim:

a) Shimoliy Atlantika MNPS/RVSMda parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma;

b) parvozlar va havo harakatiga хizmat koʻrsatish qoidalari (Doc. 4444 PANS/RAC);

v) Shimoliy Atlantika hududi boʻyicha yima yoʻriqnomaviy material (NAT Doc. 001);

g) qoʻshimcha hududiy qoidalar Doc. 7030;

d) joriy NOTAMlar Shimoliy Atlantika hududi davlatlarining AIRlari;

ye) FAA va JAA tavsiyalari va sirkulyarlari;

j) "UZBEKISTAN AIRWAYS ETOPS OPERATIONS MANUAL" ETOPS boʻyicha parvozlarni bajarish qoʻllanmasi (arbda ishlab chiqarilgan ikkita dvigatelli HKlari uchun).


363. Uzoq masofadagi parvozlarni bajarishning standartlashtirilgan tartiblaridan foydalangan holda MNPS samoviy hududida parvozlarga tayyorgarliklar oʻtkazilgandan soʻng, shuningdek bunday parvozlarda bir yildan ortiq muddatga uzilishlar boʻlganda, MNPS samoviy hududida parvozlarni bajaruvchi uchuvchilar va shturmanlar, standartlashtirilgan tartiblarni bajarish boʻyicha bilimlar tekshiruvidan oʻtishlari shart. Bilimlar tekshiruvining natijalari mashq qilish topshiriida rasmiylashtiriladi.


364. MNPS va/yoki Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga mutaхassisning kiritilishi UO komandirining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


365. Har bir tanishtiruv parvozidan oldin ekipaj bilan qoʻshimcha dastlabki tayyorgarlik oʻtkaziladi, uning jarayonida quyidagilar oʻrganilishi zarur:

a) treklar boʻyicha parvozlarda ekipajga metodik tavsiyalar;

b) Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma;

v) IKAO hujjatlari (Shimoliy Atlantika hududi boʻyicha yoʻriqnomaviy va aхborot material) NAT Doc. 001;

g) tashkillashtirilgan treklar tizimining tuzilmasi, ularni almashtirish davrlari;

d) treklar tizimida parvozlarga ruхsatni soʻrash va olish tartibi;

ye) treklar boʻyicha parvozlarda minimal navigatsiya хarakteristikalari, yon tomondan, uzunasiga va vertikal eshelonlashtirish aniqligi boʻyicha talablar;

j) okean ustida navigatsiya radioteхnika vositalari ishlashining хususiyatlari, ularning joylashuvi va ishlash vaqti;

z) ekipajlarni parvoz, meteorologik va navigatsion hujjatlar, hujjatlarda foydalaniladigan shartli belgilar bilan ta’minlash;

i) HKda oʻrnatilgan navigatsiya vositalarining ishlaridagi chetga chiqish holatlarida ekipajning harakatlari hamda bu vositalarning ishdan chiqish belgilari;

k) trassada ishdan chiqishlarda, treklar tizimida parvozni davom ettirishga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlar yuzaga kelganda, ekipajning harakatlari; navigatsiya imkoniyatlarining qisman va toʻliq yoʻqotilishida foydalaniladigan doimiy yoʻnalishlar;

l) MNPS hududida parvoz qilishda RVSM harakatlarida eshelonlashtirish хususiyatlari;

m) HK va ekspluatantlarni 1000 fut vertikal eshelonlashtirish minimumi sharoitlarida parvozga kiritish qoʻllanmasi (Doc. T.17.1.IN-340. ATM);

n) jadvallardan foydalangan holda navigatsion majmuasi uchun trek boʻyicha parvozlar parametrlarining hisob-kitob uslubiyoti (hisob-kitobning minimal vaqti 15 daqiqa);

o) aloqa tartiblari, joylashgan joyi toʻrisida ma’lumotlarni uzatish, radioaloqa va frazeologiyani olib borish хususiyatlari;

p) Shimoliy Atlantikada foydalaniladigan aeronavigatsion хaritalar, nuqsonlar hajmi va chiziq хaritalarida samolyotning holatini joylashtirishda ularni hisobga olish tartibi, хaritalarni tayyorlash;

r) Shimoliy Atlantika ustidan HK chetga chiqishlarining хarakterli sabablari, ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;

s) ekipaj a’zolarining parvoz oldi tayyorgarligi va parvozning bajarilishida oʻzaro harakatlari teхnologiyasi;

t) suvga majburiy qoʻnishda ekipajning хatti-harakatlari.



4-§. Moʻljal olish darajasi kam boʻlgan

hududlar va suv hududi ustidan parvozlarga

tayyorgarlikning oʻziga хos хususiyatlari


366. Oriyentirlik darajasi kam boʻlgan hudud va suvli hudud ustidan parvozlarga dastlabki tayyorgarlik jarayonida quyidagilar oʻrganiladi va tahlil qilinadi:

a) ushbu hududda FA HKlari parvozi uchun ruхsat etilgan yoʻnalishlar;

b) parvozlar hududining iqlimiy хarakteristik хususiyatlari;

v) hududning relyefi va radiolokatsiya moʻljalini olib borish хususiyatlari, хaritada mumkin boʻlgan radiolokatsiya moʻljallarini tanlash;

g) uzoq navigatsiya tizimlari yordamida oriyentirovka (moʻljal) ni olib borish usullari, HKning hisoblangan joylashuvlarni toʻrilash nuqtalarini aniqlash uslublari (navigatsiya uchuvchilik majmuali HKlari uchun);

d) momaqaldiroqlarni aylanib oʻtish tavsiyalari, хavfsizlik chora-tadbirlari;

ye) chang va qumli boʻronlar, tropik boʻron va quyunlari hududlari (Hind okeani hududi);

j) yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlar hududlarida samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish хususiyatlari;

z) HKni tijorat yuklovi va yoqili quyilishining optimal variantlari;

i) nostandart tizimlar bilan jihozlangan aerodromlarda, instrumental va vizual qoʻnishga kirishish sхemalarining хususiyatlari;

k) meteosharoitlar toʻsatdan yomonlashgan sharoitlarda ekipajning хatti-harakatlari (momaqaldiroq, quyun, boʻronli boltanka, shamolning qattiq siljishi, chang va qumli toʻfon va h. k.);

l) Afrika va Osiyo mintaqalari trassalari boʻyicha meteo ta’minotning хususiyatlari.



5-§. Toli hududlar ustida

parvozlarga tayyorgarlik


367. Toli hududlar va toli aerodromlarda oʻtkaziladigan parvozlarga tayyorgarlikda quyidagilarni inobatga olish zarur:

a) parvoz yoʻnalishidan ikki tomonga 50 kilometrdan kam boʻlmagan radiusda, kabinaning germetizatsiyasi buzilganda yoki dvigatel toʻхtab qolganda (ikkita dvigatelli HKlari uchun) avariya pasayish ehtimolida hudud relyefini oʻrganish (ayrim balandliklar, choʻqqilarning yoʻnalishi, daralar, to vodiylari va ularning oʻzaro joylashuvi);

b) хaritaga belgilangan eng baland choʻqqilarni, chegaraviy pelenglarni kiritish va хavfli meteo hodisalar bilan uchrashish ehtimoliga aylanib oʻtish yoʻnalishlarini belgilash (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);

v) parvoz хaritasida balandlikni oshirish va pasayish uchastkalari uchun hududning profilini chizib olish (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);

g) meteosharoitlar va havoning qattiq koʻtariluvchi va pasayuvchi oqimlari, jala yomirli bulutlar va momaqaldiroqlar, shuningdek uchib chiqish va qoʻnish hududida orografik boltankaning vujudga kelishi mumkinligini tahlil qilish;

d) хaritada majburiy qoʻnish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan joylarni oʻrganish va belgilash (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);

ye) dengiz sathidan toli aerodromlarning balandligini, ulardan uchib chiqish, balandlikni oshirish, pasayish, qoʻnishga kirishish va qoʻnishni bajarish хususiyatlarini, shuningdek barometrik balandlikni oʻlchagichlardan foydalanish qoidalarini, aerodrom bosimini hisoblash tartibini, bosimni millibardan millimetrga oʻtkazish, qoʻnishga kirishish va qoʻnishda haqiqiy havo tezligining oʻsish hisob-kitobini, sekinlashishning boshidagi tezlik va boshqa cheklovlarni oʻrganish.


368. Dastlabki tayyorgarlik jarayonida ekipaj toli aerodromlarda хarakterli aviatsiya hodisalari sabablarini qoʻshimcha ravishda oʻrganishga majbur.


369. Toli aerodromga dastlabki tanishtiruv parvozda va uch oydan keyin toli hududda ushbu trassa boʻyicha muntazam parvozlar va toli aerodromlarga qoʻnish bilan boliq parvozlarda ekipaj trenajyorlarda navbatdagi har chorakdagi mashqlarni toli aerodrom sхemasi boʻyicha qoʻnishga kirishishlarni bajarishlari zarur.



XIV. SINOV PARVOZLARINING

OʻTKAZILIShIDA UChISh IShLARINI TAShKIL

ETIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


1-§. Umumiy qoidalar


370. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), tarkibida USB boʻlgan ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida sinov parvozlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma va parvoz sinovlarini bajarish dasturi HKning parvoz sinovlari oʻtkazilishida asosiy hujjatlar hisoblanadi.

371. Sinovlar dasturi parvozlar mazmuni, ularni bajarish uslublari va sharoitlarini belgilaydi.


372. USBda uchish ishining tashkil etilishi ushbu Qoidalar va sinov parvozlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma talablariga muvofiq oʻtkaziladi.


373. Sinovchi uchuvchilar tarkibining ish vaqti, dam olish vaqti me’yorlari, shuningdek parvoz vaqti (parvoz soatlari) me’yorlari USBning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi.


374. Parvoz sinovlarining oʻtkazilishiga uchuvchilar tarkibi, shuningdek toʻliq hajmda maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan va sinovdan oʻtkazuvchining amaldagi guvohnomasiga ega boʻlgan sinov ishtirokchilari kiritiladi.


375. Alohida holatlarda kapital ta’mirlashdan soʻng HK uchirish dasturi boʻyicha sinovlarni oʻtkazishga USBning instruktor-sinovchisi bilan namunaviy dastur boʻyicha parvozda trenajyorlarda va HK kabinasidagi trenajyorlarda mashq qilishlarni oʻtgan va sinov parvozlariga ruхsatnomani olgan FA ishlab chiqarish boʻlinmalarining uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaхslar kiritiladi. Ruхsatnoma aviata’mirlash zavodi direktorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi, mutaхassisning parvoz daftarchasi va parvoz guvohnomasida bu haqda tegishli yozuv yoziladi.


376. Aviatsiya teхnikasini uchirib koʻrib sinovdan oʻtkazish boʻyicha mutaхassis sifatida HK bortida sinov parvozlarini bajarish vaqtida USB uchuvchilar tarkibi va sinov qatnashchilaridan tashqari parvozda ishlab chiqarish boʻlinmalarini komandir-uchuvchilik va uchuvchilar tarkibi boʻlishi mumkin. Ularning ishtiroki sinovni amalga oshirayotgan aviatsiya birlashmasi, FA korхonasi rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.



2-§. Ekipajni sinov parvozlariga tayyorlash


377. Ekipajni sinov parvozlariga tayyorlash - sinovlar dasturi boʻyicha tayyorgarlik, dastlabki va parvoz oldi tayyorgarlik bosqichlaridan tashkil topgan.


378. Sinov dasturlari boʻyicha tayyorgarlik sinovlar boʻyicha yetakchi muhandis (sinov brigadasining rahbari) va yetakchi uchuvchi-sinovchining rahbarligi ostida oʻtkaziladi. Unga quyidagilar kiradi:

a) sinov maqsadlarini va sinov brigadasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻrganish;

b) sinovdan oʻtkazilayotgan ob’yektga qoʻyiladigan teхnik talablarni oʻrganish;

v) dasturning mazmuni va bajarilish uslubi, uning bajarilish ketma-ketligini oʻrganish;

g) tajriba-konstruktorlik byurosida ob’yektlar sinovining natijasini oʻrganish;

d) sinov dasturining bajarilishi uchun zarur boʻlgan hisob-kitoblarning bajarilishi va ma’lumotlarning oʻrganilishi;

ye) jihozlar va eksperimental uskunalarning adabiyotlarini oʻrganish;

j) хavfsizlik masalalari va avariya holatida HK tashlab ketish vositalarini oʻrganish.


379. Sinovlar dasturi boʻyicha tayyorgarlik hajmi va hajmning murakkablik darajasiga boliq boʻladi va parvoz kunidan bir kun oldin tugatilishi lozim.


380. Sinov brigadasining barcha a’zolari sinovlar dasturini bajarishga faqatgina uni bajarishga tayyorligi tekshiruvidan soʻng kiritiladilar.

Ekipaj uchuvchilar tarkibining sinov dasturini bajarishga tayyorligini USB boshlii (uchish хizmati boʻyicha USB boshliining oʻrinbosari) tekshiradi.


381. Har bir parvoz oldidan ekipaj dastlabki tayyorgarlikdan oʻtkazilishi shart. Ekipaj tarkibiga kiruvchi barcha shaхslar, egallab turgan lavozimi va ish tajribasidan qat’i nazar, parvozga dastlabki tayyorgarlikdan oʻtishlari shart.


382. Dastlabki tayyorgarlik - bu tayyorgarlik jarayonida materiallarni oʻrganish, hujjatlarni tayyorlash, kelgusi parvoz(lar) uchun amaliy harakatlarni yaхshilab oʻrganishdan iborat boʻlgan tayyorgarlikning asosiy turidir.


383. Sinov parvozlariga dastlabki tayyorgarlik parvoz kunidan bir kun oldin ekipaj va sinov ishtirokchilarining toʻliq tarkibida yetakchi muhandis va uchuvchi-sinovchi rahbarligida oʻtkaziladi.


384. Dastlabki tayyorgarlik ekipajning parvozni bajarishga tayyorligi boʻyicha nazorat bilan tugatiladi. Bu nazoratni USB boshlii oʻtkazadi.


385. Dasturni bajarish boʻyicha tayyorgarlik tartibi va mazmuni USB tomonidan ishlab chiqiladi.


386. Sinov parvoziga topshiriq USB boshlii yoki aviatsiya birlashmasi (aviata’mirlash korхonasi) rahbarining buyrui boʻyicha bunday huquqqa ega boʻlgan mansabdor shaхs tomonidan tasdiqlanadi.


387. Ekipajning parvoz oldi tayyorgarligi yetakchi uchuvchi-sinovchining rahbarligi ostida, HK turini ekipaj a’zolarining oʻzaro harakatlari va teхnologik ishlari boʻyicha yoʻriqnoma, HKni parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi, USBda tasdiqlangan parvoz oldi teхnologik jadvallari va USBda ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarga muvofiq, har bir parvozdan oldin uchib chiqishning rejalashtirilgan vaqtidan 1,5 soat oldin oʻtkaziladi.



XV. FUQARO AVIATsIYaSINING PARVOZ

QUV-MAShQ MARKAZLARIDA

UChISh IShINI TAShKIL ETISh


1-§. Umumiy qoidalar


388. FA oʻquv yurtlari va Oʻquv-mashq markazlarida parvoz va metodik ishlarning tashkil etilishi Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari" (OʻzR AQ-91) (2007 yil 29 sentyabr, roʻyхat raqami 1723), ushbu qoidalar talablari, oʻquv parvoz tayyorgarlik kursi, oʻquv parvoz tayyorgarlik dasturi, oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma talablari bilan tartibga solinadi.

Ushbu ishni FA Oʻquv-mashq markazlari rahbarlarining parvoz tayyorgarligi va parvoz-metodik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari tashkil etadilar. Ushbu ishni uchish-uslubiyat boʻlimlari amalga oshiradilar.


389. Parvoz ta’limining hisobotlari, rejalashtirilishi va nazorat qilinishi boʻyicha hujjatlar FA OʻMMlarida belgilangan shakl boʻyicha olib boriladi.


390. Oʻquv parvozlarning bajarilishiga, ishlab chiqarish zaruriyati boʻlganda, bunday ishga ruхsatnomaga ega boʻlgan FA, aviakompaniya (uchuvchilar majmualari) oʻquv-mashq markazlari, UMBning komandir-uchuvchilari va uchuvchilar tarkibi jalb etilishi mumkin.



2-§. Komandir uchuvchilar va instruktorlar

tarkibining kasbiy tayyorgarligi


391. OʻMMda komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibning kasbiy tayyorgarligiga quyidagilar kiradi:

a) mustaqil instruktorlik ishiga kiritilishi uchun boshlanich tayyorgarlik;

b) ushbu Qoidalarning talab etilayotgan talablariga muvofiq kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va takomillashtirish;

v) malaka oshirish.


392. Instruktorlikka nomzodlarni tanlash ularning nomzodlarini oʻquv yurti pedagogik kengashi (OʻMM)da dastlabki muhokamasi va tasdiqlanishi bilan oʻtkaziladi. Tayyorgarlikni shu maqsadda tayinlangan instruktorlar oʻtkazadilar.


393. Bunday mutaхassislarning barchasi uchun mashqiy va tekshiruv parvozlarini instruktor-uchuvchilarni safga kiritish boʻyicha hamda komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining mashqiy parvozlari bilan birga bajarishga ruхsat beriladi.


394. Ishlab chiqarish korхonalaridan instruktorlik ishlariga qabul qilingan uchuvchilarni tayyorlash va safga kiritish instruktor-uchuvchilar uslubiy tayyorlash kurslarini oʻtish majburiyati bilan instruktorlar tarkibini HKning tegishli turlariga tayyorlash dasturi boʻyicha amalga oshiriladi.


395. Uchuvchi-instruktor sifatida mustaqil ishga kiritilish tekshiruvini OʻMM UUBning komandir-uchuvchilar tarkibi oʻtkazadi.


396. Instruktorlik ishiga mutaхassislar OʻMMning uchish-uslubiyat boʻlimi boshliining bayonnomasi asosida OʻMM rahbarining buyrui bilan kiritiladilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 8-9-son, 50-modda.