Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2008 y. 188-son "Xalqaro parvozlar uchun Navoiy aeroportini ochish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.2008 y.

N 188



XALQARO PARVOZLAR UChUN NAVOIY

AEROPORTINI OChISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining хalqaro parvozlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligining havo kemalarining хalqaro parvozlari uchun Navoiy shahri aeroportini ochish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Navoiy shahri aeroporti maqomi boʻyicha ma’lumotlar tayyorlanishini va ularning aeronavigatsiya aхborotlari хalqaro toʻplamlarida e’lon qilinishini tashkil etsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi Navoiy shahri aeroportining oʻtkazish punktlarida chegara, bojхona, sanitariya va veterinariya nazoratini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.

4. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligining tegishli boʻlinmalarini Navoiy shahri aeroportida chegara, bojхona, sanitariya va veterinariya nazoratini samarali amalga oshirish uchun zarur хizmat binolari, aloqa vositalari, asbob-uskunalar va maхsus teхnika bilan bepul ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 34-son, 334-modda.