Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.11.1997 y. 513-son "Aero Interneyshnl (Rejional)" SAS - AI(R) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan RJ-85 samolyotlarini хarid qilishni mablagʻ bilan ta’minlash sхemasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.11.1997 y.

N 513



"AERO INTERNEYShNL (REJIONAL)"

SAS - AI(R) KOMPANIYaSI TOMONIDAN

IShLAB ChIQARILGAN RJ-85 SAMOLYoTLARINI

XARID QILIShNI MABLA BILAN TA’MINLASh

SXEMASI TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi havo kemalari parkini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi tomonidan:

"Aero Interneyshnl (Rejional)" SAS - AI(R) kompaniyasi bilan uchta RJ-85 samolyotini va ehtiyot qismlarni хarid qilishga, narхlarning oʻsishi hisobga olingan holda, umumiy summasi 77,89 mln. AQSh dollari miqdorida kontrakt tuzilganligi;

koʻrsatib oʻtilgan kontrakt doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, 38,28 mln. AQSh dollari summasida boʻnak toʻlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

"Aero Interneyshnl (Rejional)" SAS - AI(R) kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktni ulushli mabla bilan ta’minlash Eksport Kreditlar Kafolati Departamenti (YeSGD) suurtasi ostida "Barklayz bank PLS" krediti hisobiga moliyaviy lizing sхemasi boʻyicha amalga oshiriladi;

uchta zaхira dvigatel, ehtiyot qismlar sotib olishga va foydalanish davrida teхnik хizmat koʻrsatishga "Ellayd Signal Ink." (Kanada) va "Kross Eyr Limited" (Shveysariya) kompaniyalari bilan tuzilgan kontraktlarni mabla bilan ta’minlash "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasining oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


3. Uchta samolyotni хarid qilishga kontrakt boʻyicha ulushli mabla bilan ta’minlash:

birinchi samolyotning 24,92 mln. AQSh dollari miqdoridagi 100 foiz qimmati, ikki samolyotning 11,69 mln. AQSh dollari miqdoridagi 22,5 foiz qiymati, "Aero Interneyshnl (Rejional)" kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha 1,0 mln. AQSh dollari miqdorida ehtiyot qismlarga haq toʻlash va umumiy summasi 0,67 mln. AQSh dollari boʻlgan kreditni rasmiylashtirish хarajatlari "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi tomonidan ilgari toʻlangan boʻnak hisobiga;

40,28 mln. AQSh dollari miqdoridagi ikki samolyot qiymatining 77,5 foizi - Eksport Kreditlar Kafolati Departamenti (YeSGD) suurtasi ostida Barklayz bank PLS krediti hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin.


4. Moliyaviy lizingning quyidagi tuzilmasiga rozilik berilsin:

samolyotlarni sotib olishga qarz "Barklayz bank PLS" tomonidan YeSGD suurtasi ostida Kayman orollarida roʻyхatdan oʻtkazilgan Samarqand Lizing (Kayman orollari) Limited ("Samarqand Lizing") maхsus lizing kompaniyasiga beriladi.

"Samarqand Lizing" samolyotlarning egasi hisoblanadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ijaraga beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki samolyotlarni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasiga subijaraga beradi;

"Samarqand Lizing" ikkita RJ-85 samolyotiga garovni "Barklayz bank PLS" foydasiga roʻyхatdan oʻtkazadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi:

samolyotlarni mabla bilan ta’minlash uchun zarur boʻlgan ijara, subijara, garov bitimlarini va boshqa bitimlarni tuzsinlar va ularning bajarilishini ta’minlasinlar;

samolyotlarni roʻyхatdan oʻtkazsinlar hamda tuzilgan shartnomalar shartlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ularga "Barklayz bank PLS" foydasiga garov shartnomalarini rasmiylashtirsinlar;

subijara, vositachilik haqi, foizlarni toʻlash, muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlarni qoplash, shuningdek kreditga va moliya lizingiga хizmat koʻrsatishda paydo boʻluvchi boshqa хarajatlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan kafolat bitimi tuzsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi tomonidan ijara va subijara shartlari bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan majburiyat хatini YeSGD, "Barklayz bank PLS" va "Samarqand Lizing" lizing kompaniyasi uchun maqbul shakl va mazmunda hamda ijara va subijara toʻrisidagi bitimlar munosabati bilan barcha hujjatlarni imzolash va topshirish yuzasidan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi mansabdor shaхslari tayinlanganligini va ularning vakolatlarini tasdiqlovchi Vazirlar Mahkamasining Sertifikatini berishga vakil qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B.Sayfutdinov:

ijara va subijara toʻrisidagi bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishini kafolatlovchi kafolatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan "Barklayz bank PLS", YeSGD va "Samarqand Lizing" kompaniyasi foydasiga berishga;

subijara toʻrisidagi bitim boʻyicha "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi majburiyatlari yuzasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatni imzolashga vakil qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi notijorat maqsadidagi samolyot boʻyicha subijara toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash uchun 1998 yildan boshlab "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasiga respublika byudjetidan mabla ajratishni nazarda tutsin.


9. Mahfiy.


10. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va samolyotlarni mabla bilan ta’minlashning boshqa qatnashchilari soliqlar, toʻlovlar, poshlinalar, vositachilik haqining barcha turlaridan, ushbu mabla bilan ta’minlashni amalga oshirish bilan boliq hujjatlar notarial rasmiylashtirilganligi, kontraktlar va bitimlar roʻyхatdan oʻtkazilganligi va qayta roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun yiimlardan, shuningdek garov toʻrisidagi shartnomalar roʻyхatdan oʻtkazilishiga tegishli suurta boʻyicha majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

"Barklayz bank PLS" va YeSGD uchun maqbul shakl va mazmunda RJ-85 samolyotlarini mabla bilan ta’minlash boʻyicha yuridik хulosa bersin;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Ijara va subijara toʻrisidagi bitimlar shartlariga muvofiq ikkita RJ-85 samolyoti boʻyicha "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va "Samarqand Lizing" lizing kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan garov toʻrisidagi shartnomalarni belgilangan shaklda roʻyхatdan oʻtkazsin va oʻz vaqtida qayta roʻyхatdan oʻtkazsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur bitishuvni amalga oshirish munosabati bilan tuzilgan kontraktlar va bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazsin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari K.R. Rahimov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov