Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.05.2012 y. 127-son "Bolalar musiqa va san’at maktablari хodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.05.2012 y.

N 127


BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq hamda bolalar musiqa va san’at maktablari oʻqituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar хodimlari mehnatini qoʻshimcha ravishda rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablari oʻqituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari 2012 yil 1 yanvardan boshlab ularning pedagogik yuklamasi 10 foizga koʻpaytirilishi bilan bir vaqtda oʻrtacha 20 foizga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Bolalar musiqa va san’at maktablari oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga pedagogik yuklama:

boshlanich sinflar oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga - haftasiga 24 soat;

yuqori sinflar oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga - haftasiga 20 soat etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda bolalar musiqa va san’at maktablari oʻqituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarining yangi miqdorlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

bolalar musiqa va san’at maktablari oʻqituvchilari va konsertmeysterlari tarifikatsiyasiga oʻzgartirishlarning oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 18-son, 204-modda