Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.12.2009 y. 312-son "Oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.12.2009 y.

N 312



QUV MAShULOTLARI OʻTKAZGANLIK

UChUN MEHNATGA SOATBAY HAQ

TOʻLASh MIQDORLARI TOʻRISIDA


Xalq ta’limi, oʻrta maхsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan, shuningdek oʻquv mashulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

quv mashulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorlari oʻzgargan taqdirda oʻquv mashulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq qayta koʻrib chiqiladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, oʻquv mashulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini bir oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.

3. Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻrisida" 1994 yil 29 sentyabrdagi 490-son qarori 2-bandining uchinchi хatboshi, shuningdek qarorga 3-ilovaning 1-bandi va 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 540-modda.