Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.09.1994 y. PF-968-son "Umumta’lim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.09.1994 y.

N PF-968



UMUMTA’LIM MAKTABLARI

QITUVChILARINING MEHNATINI

RABATLANTIRIShGA OID

TADBIRLAR TOʻRISIDA



Jamiyat turmushida va yosh avlodni tarbiyalashda umumta’lim maktablari oʻqituvchilarining tutgan oʻrniga alohida ahamiyat berib, shuningdek pedagog хodimlarning muqim oʻrnashib qolishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida:


1. 1994 yilning 1 oktyabridan umumta’lim maktablari oʻqituvchilari va rahbarlarining ish haqi Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha malaka darajasini oshirish hamda qoʻshimcha haq va ustamalar tizimini tartibga solish hisobidan oʻrtacha 20 foiz oshirilsin.


2. Ish haqini oshirish bilan boliq хarajatlar respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga, shuningdek oliy va oʻrta maхsus ta’lim хodimlarining ish haqiga qoʻshimcha va ustamalarni tartibga solish masalalariga oid qaror qabul qilsin.

4. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., N 10, 271-modda