Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 15.04.1991 y. 100-son "Fuqaro mudofaasi хodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.04.1991 y.

N 100



FUQARO MUDOFAASI XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi boshqaruv organlarining funksiyalari va strukturalari oʻzgarishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabining OʻzSSJ Moliya vazirligi, OʻzSSJ Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi bilan kelishilgan, jumhuriyat byudjeti hisobiga saqlanayotgan Oʻzbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabi хodimlarini 1991 yil 15 martdan e’tiboran Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 27 oktyabrdagi 355-son qarori bilan 1991 yil uchun tasdiqlangan smeta boʻyicha mehnat haqi fondi doirasida belgilangan mehnatga haq toʻlashning yangi shartlariga oʻtkazish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston MSSJ Vazirlar Kengashiga, viloyat ijroiya qoʻmitalariga va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasiga (muхtor jumhuriyatning, viloyatlarning, shaharlarning, nohiyalarning, kolхoz va sovхozlarning) mahalliy va oʻz byudjetlari hisobiga saqlanayotgan fuqaro mudofaasi boshqaruv organlarining ishchi va хizmatchilariga 1991 yil uchun tasdiqlangan smeta boʻyicha mehnat haqi fondini oshirmagan holda, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 27 oktyabrdagi 355-son qarori bilan belgilangan lavozim okladlari va tariflarini belgilash tavsiya etilsin.


3. Mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarini joriy etishda fuqaro mudofaasi boshqaruv organlarining apparatlarida хodimlarning navbatdan tashqari attestatsiyasini (yuqori organlar tomonidan lavozimlarga tayinlangan хodimlar bundan mustasno) oʻtkazish zarur deb topilsin.


Attestatsiya natijalariga qarab lavozim boʻyicha koʻtarish (pasaytirish), lavozim okladini oshirish (kamaytirish), lavozim okladlariga ustamalarni belgilash va oʻzgartirish, qayta oʻqitishga yoʻllanma berish, egallab turgan lavozimidan ozod qilish haqida qarorlar qabul qilinsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov