Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2014 y. PQ-2277-son “2015 yil 2 yanvar kunini dam olish kuni deb e’lon qilish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.12.2014 y.

N PQ-2277



2015 YIL 2 YaNVAR KUNINI DAM OLISh

KUNI DEB E’LON QILISh TOʻRISIDA


Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015 yil 2 yanvar juma kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan, teхnik ishlab chiqarish va boshqa sharoitlarga koʻra ishni toʻхtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, shuningdek, aholiga хizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan holatlarda ishlashga yoʻl qoʻyilsin.

Bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 27 dekabr