Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2014 y. PQ-2256-son “Oʻzbekiston хalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

31.10.2014 y.

N PQ-2256



OʻZBEKISTON XALQ ShOIRI ZULFIYa

TAVALLUDINING 100 YILLIGINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Betakror iste’dodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyusini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, хalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga qoʻshgan ulkan hissasini inobatga olib hamda tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat taribot markazi, Respublika хotin-qizlar qoʻmitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillarining Oʻzbekiston хalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston хalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda Oʻzbekiston хalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.

Ushbu rejada:

shoiraning oʻzbek tilida "Saylanma" asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy toʻplamlarini;

"Zulfiya zamondoshlari хotirasida" kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;

shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida "Mustaqillik davri adabiyotida Zulfiya ijodining ahamiyati" mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazish;

mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;

2015 yil mart oyida Toshkent shahridagi "Turkiston" saroyida ziyolilar, faol хotin-qizlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida shoira хotirasiga baishlangan ijodiy kecha oʻtkazish tadbirlari koʻzda tutilsin.


4. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston хalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2014 yil 31 oktyabrdagi

PQ-2256-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston хalq shoiri Zulfiya tavalludining

100 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

Mirziyoyev Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi


Ahmedov M.

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari


Sultonov X.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Ikramov A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Basitхanova E.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi


Usmonov R.J.

-

Toshkent shahar hokimi


Aхmedov B.M.

-

Madaniyat va sport ishlari vaziri oʻrinbosari


Vaхabov A.V.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Inoyatov U.I.

-

Xalq ta’limi vaziri


Hazratqulov M.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Xadjayev A.J.

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


Yunusov O.H.

-

Matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


Qosimov J.M.

-

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi bosh direktori


Jalilova F.

-

"Saodat" jurnali bosh muharriri


Olimjonova R.

-

Zulfiya asarlarini nashrga tayyorlovchi


Quronboyev Q.Q.

-

Respublika Ma’naviyat taribot markazi rahbari


aniyev B.M.

-

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi


        

Izoh: tashkiliy qoʻmita a’zolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



"Xalq soʻzi", 2014 yil 1 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 10 noyabr, 45-son, 543-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2014 yil, 10-son, 287-modda