Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirligining 15-son, Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 19-son "Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 24.09.2010 y. Qarori (AV tomonidan 04.10.2010 y. 2020-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.10.2010 y.

N 2020-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGINING

24.09.2010 y.

N 15


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI

SOLIQ, VALYuTAGA OID JINOYaTLARGA

VA JINOIY DAROMADLARNI

LEGALLAShTIRIShGA QARShI

KURAShISh DEPARTAMENTINING

24.09.2010 y.

N 19


QARORI


Notarial idoralar va advokatlik

tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni

moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha

ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2010 yil 14 oktyabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 18-19-son, 137-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyundagi 104-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻrisida" 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 22-son, 175-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009 yil 13 oktyabrdagi 10 va 39-son qarori (roʻyхat raqami 2020, 2009 yil 19 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 43-son, 461-modda) bilan tasdiqlangan Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Adliya vaziri

R. Muhitdinov

Bosh prokuratura huzuridagi

Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga

va jinoiy daromadlarni

legallashtirishga qarshi

kurashish departamenti boshlii

Z. Doʻsanov

Qarorga

ILOVA



Notarial idoralar va advokatlik

tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni

legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi

kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddimadagi "va хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idoralar deb yuritiladi), shuningdek" degan soʻzlar "(bundan keyingi oʻrinlarda notarial idoralar deb yuritiladi) va" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 1-bandning uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


3. 3-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "ichki hujjatlarga" degan soʻzlar "mazkur Qoidalarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 4-bandning ikkinchi хatboshisidagi "mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga" degan soʻzlar "va mazkur Qoidalarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 7-bandning toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


6. 9-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "ichki nazorat qoidalari va dasturlarini" degan soʻzlar "mazkur Qoidalarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 11-bandda:

quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va хulosalarini yozma ravishda qayd etish;

identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish";

yettinchi хatboshi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin.


8. Quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:

"11-1. Operatsiyalar toʻrisidagi ma’lumotlar zarurat tuilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim".


9. Rus tilidagi matnning 23-bandidagi "vprave" degan soʻz "doljni" degan soʻz bilan almashtirilsin.


10. 24-band quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi".


11. 32-band "mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalangan materiallar va ma’lumotlarni" degan soʻzlardan keyin "shu jumladan, ish yozishmalarini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


12. Quyidagi mazmundagi 34-1-band bilan toʻldirilsin:

"34-1. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining barcha хodimlariga yetkazilishi lozim".


13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 40-41-son, 348-modda.