Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2003 y. 402-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyхatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.09.2003 y.

N 402


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA

LOMBARDLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh

VA ULAR FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

MASALALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga, Vazirlar Mahkamasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2002 yil 28 iyundagi 236-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyхatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki:

lombardlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi;

litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yiim undiriladi;

lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

3. Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash uchun:

lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizom;

fuqarolarga tegishli boʻlgan ashyolar garovga qoʻyilgan holda lombardlar tomonidan fuqarolarga kredit berish qoidalari;

lombardlar tomonidan hisobotlar taqdim etish tartibi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 17-son, 149-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., 9-son, 85-modda.