Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.10.2007 y. PQ-716-son "Oʻzbekiston Respublikasida parranda grippi tarqalishining oldini olish va uning хavfiga qarshi chora koʻrish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.10.2007 y.

N PQ-716



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

PARRANDA GRIPPI TARQALIShINING

OLDINI   OLISh   VA   UNING   XAVFIGA

QARShI   ChORA   KOʻRISh"   LOYIHASINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Parranda grippiga qarshi kurashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, parranda grippi bilan boliq tadbirlarni moliyalashtirish Fondi tomonidan beriladigan grant mablalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda parranda grippi bilan boliq tadbirlarni moliyalashtirish Fondi tomonidan beriladigan grant mablalarining administratori boʻlmish Jahon bankining Xalqaro rivojlanish uyushmasi oʻrtasida "Oʻzbekiston Respublikasida parranda grippi tarqalishining oldini olish va uning хavfiga qarshi chora koʻrish" loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi 2 960 275 AQSh dollari miqdorida grant ajratish haqida bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki, "Oʻzbekiston Respublikasida parranda grippi tarqalishining oldini olish va uning хavfiga qarshi chora koʻrish" loyihasini moliyalashtirish 1 va 2-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.


3. "Oʻzbekiston Respublikasida parranda grippi tarqalishining oldini olish va uning хavfiga qarshi chora koʻrish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash:

loyiha yechimlarini tatbiq etishni jadallashtirish boʻyicha tavsiyano malar va chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda, ajratiladigan mablalarning samarali oʻzlashtirilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatilishini ta’minlasin;

loyiha amalga oshirilishining borishini muntazam ravishda koʻrib borsin, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha takliflar kiritsin;

tanlov tadbirlarini oʻtkazish uchun tender komissiyasining tarkibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi korхonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligi zimmasiga Jahon bankining tartib-qoidalariga muvofiq grant mablalarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlash boʻyicha javobgarlik yuklansin.


5. Loyiha ishtirokchilari uni amalga oshirish davrida - 2009 yilning 31 iyuligacha:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun soliqlar (yiimlar) toʻlashdan;

import qilinadigan tovarlar uchun bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) toʻlashdan;

loyiha ehtiyojlari uchun sotib olinadigan avtotransport vositalari qiymatidan Respublika yoʻl jamarmasiga yiimlar toʻlashdan;

byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va Maktab ta’limini rivojlantirish jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilsin.


6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2007 y., 10-son, 502-modda