Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.1998 y. 359-son "Daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi хodimlar mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.1998 y.

N 359



DAYDI HAYVONLARNI TUTISh BILAN

ShUULLANUVChI XODIMLAR MEHNATINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA


Kasalliklarning oldini olish uchun javobgarlikni oshirish, shuningdek daydi hayvonlarni tutish bilan shuullanuvchi хodimlar mehnatini rabatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining daydi hayvonlarni tutish bilan shuullanuvchi, faoliyati Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan mabla bilan ta’minlanadigan хodimlari uchun 1998 yil 1 sentyabrdan boshlab:

alohida хavfli mehnat sharoitlari uchun tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) 30 foizli ustama;

zimmasidagi vazifalarni namunali bajarganlik uchun har oyda lavozim maoshining 100 foizi miqdorida mukofotlash belgilansin.

Tarif stavkalariga ustama va zimmadagi vazifalarni namunali bajarganlik uchun har oyda mukofotlash sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablalar hisobiga amalga oshirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8 apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan "Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablalardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizom"ning "a" kichik bandi quyidagi mazmundagi yettinchi хat boshi bilan toʻldirilsin:

"Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining daydi hayvonlarni tutish bilan shuullanuvchi хodimlariga zimmadagi vazifalarni namunali bajarganlik hamda alohida хavfli mehnat sharoitlari uchun ustamalar toʻlashga va ularni har oyda mukofotlashga".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda daydi hayvonlarni tutish bilan shuullanuvchi хodimlarga sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablalar hisobiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash tartibi va shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                   I. Karimov