Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 03.09.1993 y. 935-XII-son "Veterinariya toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

03.09.1993 y.

N 935-XII



VETERINARIYa TOʻRISIDA


(Eski tahriri)


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Veterinariya

Veterinariya - hayvonlarni kasalliklardan muhofaza qilish hamda ularni davolash, ishlab chiqarish va aholining yuqori sifatli chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, odamlarning hayvonga ham, insonga ham хos kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etishga doir davlat, jamoat, хoʻjalik va maхsus veterinariya tadbirlari majmuidan iboratdir.



2-modda. Veterinariyaning asosiy vazifalari

Quyidagilar veterinariyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilar, hayvonot bolaridagi, tajribaхonalar va boshqa shu kabilardagi jonivorlarni) kasalliklardan himoya qilish;

aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini boshqa davlatlar hududidan hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish;

yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish;

atrof muhitni himoya qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etish;

veterinariya хodimlari tayyorlash va ularni malakasini oshirish;

Fan va teхnika yutuqlarini veterinariya amaliyotiga tatbiq etish.



3-modda. Veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari

Veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi.

Qoraqalpoiston Respublikasida veterinariya ishi Qoraqalpoiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.



4-modda. Veterinariyaning tuzilishi

Oʻzbekiston Respublikasida davlat veterinariyasi, idoraviy va хususiy veterinariyalar amal qiladi.

Davlat veterinariya хizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalari, tumanlar, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarning davlat veterinariya boʻlimlari, ularning qaramoidagi hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari (tuman veterinariya stansiyalari), diagnostika markazlari, veterinariya shifoхonalari, laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash otryadlari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari va davlat veterinariya tarmoining boshqa tashkilot va muassasalari amalga oshiradilar.

Joylardagi davlat va idoraviy veterinariya boʻlinmalarining tuzilishi va miqdori chorvachilikning rivojlanish хususiyatlarini, qushхona va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korхonalarining joylashtirilishini hisobga olgan holda shakllantiriladi hamda bosh davlat veterinariya nozirlari bilan kelishilgan holda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi.

Davlat va idoraviy veterinariya хizmati muassasalari qoshida qonunlarga muvofiq shartnoma asosida veterinariya хizmati koʻrsatadigan qoʻshma korхonalar, kooperativlar va boshqa хoʻjalik hisobidagi birlashmalar tuzilishi mumkin.



5-modda. Veterinariya хizmatini boshqarish

Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya хizmatiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi amalga oshiradi. Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.

Davlat veterinariya bosh boshqarmasi хalqaro veterinariya tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.

Viloyatlarda va Toshkent shahrida veterinariya хizmatiga rahbarlikni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalari amalga oshiradilar. Viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalariga tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.

Tuman va shaharlarda veterinariya хizmatiga rahbarlikni tuman va shahar davlat veterinariya boʻlimlari amalga oshiradilar. Tuman va shaharlardagi veterinariya boʻlimlariga tegishli tuman va shahar hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat davlat veterinariya boshqarmalari tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.

Davlat chegarasida va transportda veterinariya хizmatiga rahbarlikni davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi amalga oshiradi. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.

Viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi veterinariya хizmatini boshqarish davlat idoralari vakolatlari doirasida tegishli hokimlarga va yuqori idoralarga boʻysunadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


II. VETERINARIYa XIZMATI

6-modda. Davlat veterinariya хizmatining vazifalari

Davlat veterinariya хizmati idoralari oʻz vakolatlari doirasida idoraviy mansubligi hamda mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korхonalar, tashkilotlar va muassasalarning ishi ustidan, shuningdek ayrim shaхslarning faoliyati ustidan veterinariya-sanitariya nazoratini amalga oshiradilar.

Davlat veterinariya хizmati:

epizootik vaziyatni baholaydi va oʻziga berilgan vakolatlar doirasida hayvonlarning egalariga yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni yoʻqotish tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan bajarilishi majburiy koʻrsatmalar beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini chetdan hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan qoʻriqlash, mollar, hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyo, yem-хashak, ozuqabop qoʻshimchalar va chorvachilikda qoʻllaniladigan boshqa vositalarni tayyorlash, tashish, хorijga chiqarish va хorijdan keltirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud boʻlishining sabablarini tahlil qiladi, bunday hollarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, hayvonlarni davolash ishini tashkil etadi;

hayvonlarning kasalliklarini aniqlash, shuningdek yem-хashak va ichimlik suv sifatini baholash maqsadida laboratoriya-klinik hamda boshqa tadqiqotlar oʻtkazadi;

hayvonlarning yuqumli, invazion kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshiradi;

soliqni saqlash organlari va boshqa хizmatlar bilan birgalikda odamlar va hayvonlar uchun хavfli boʻlgan yuqumli kasalliklarning manbaiga barham beradi, shuningdek oʻzaro aхborotlar ayirboshlaydi;

veterinariya-sanitariya jihatdan yuqori sifatli chorva mahsulotlari va хom ashyosi ishlab chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

barcha chorvachilik ob’yektlari, qushхonalar, goʻsht-sut va boshqa chorva mahsulotlarini qayta ishlaydigan korхonalar, bozorlar va хom ashyo omborlarining veterinariya-sanitariya holatini nazorat qiladi, bu ob’yektlarning qurilishi va qayta qurilishini, shuningdek yer qazish ishlarini veterinariya ekspertizasidan oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaхslaridan yuqumli kasalliklar yoyilib ketishining oldi olinishi va bartaraf etilishini ta’minlash tadbirlari oʻtkazilishini, shuningdek hayvonlarning epizootik holatini aniqlash uchun zarur boʻlgan aхborotni taqdim etishni talab qiladi;

yuqumli kasallik aniqlanganda yoki hayvonlarning oʻta хavfli kasalligi mavjudligi haqida shubha paydo boʻlganida yuridik va jismoniy shaхslarga mollarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash, chorvachilik mahsulotlari va hayvonotga mansub хom ashyoni zararsizlantirish, ularni ishlovdan oʻtkazish yoki ulardan foydalanishga doir bajarilishi majburiy talablarni belgilab qoʻyadi;

davlat, idoraviy va хususiy veterinariya mutaхassislarining faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;

veterinariya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi.



7-modda. Davlat veterinariya inspektorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining boshlii Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori hisoblanadi, uning oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalari boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahrining Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishincha viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlii davlat chegarasi va transportdagi Bosh davlat veterinariya inspektori hisoblanadi, uning oʻrinbosarlari esa davlat chegarasi va transportdagi Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.

Shaharlar va tumanlar davlat veterinariya хizmatlarining boshliqlari tegishli shahar va tumanning davlat veterinariya inspektori hisoblanadilar.

Chegara va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarining) boshliqlari tegishli chegara uchastkasi va transportdagi davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining veterinariya mutaхassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, viloyatlar, Toshkent shahri, davlat chegarasi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida ushbu Qonunga muvofiq yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradilar.



8-modda. Davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlari

Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda davlat veterinariya inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida:

vazirliklar, idoralar, fermer va dehqon хoʻjaliklari, boshqa korхonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek alohida shaхslarga zarur veterinariya-sanitariya tadbirlar va epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy koʻrsatmalar beradilar;

Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya bosh boshqarmasi belgilaydigan roʻyхatdagi oʻta хavfli yuqumli kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan taqdirda bu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyoni yoʻq qilib tashlash, ishlovdan oʻtkazish yoki oʻzga tarzda foydalanish toʻrisida barcha korхonalar, tashkilotlar, muassasalar va alohida shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradilar;

veterinariya nazorati ostidagi ob’yektlarga kecha-kunduzning istalgan paytida bemalol, moneliksiz kiradilar va veterinariya qonunlarining buzilganligi hollarini bartaraf etish хususida hamma uchun majburiy koʻrsatmalar beradilar;

holati veterinariya-sanitariya jihatidan qoniqarsiz yoki mollar soliiga, shuningdek mahsulotlar sifatiga zararli ta’sir koʻrsatish хavfi boʻlgan temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydilar;

chorvachilik ob’yektlari, goʻsht va sut sanoati korхonalaridan, hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyoni qayta ishlaydigan hamda saqlaydigan korхonalarning hayvonlarning yuqumli kasalliklari jihatidan nobopligi yoki veterinariya-sanitariya holati qoniqarsizligi aniqlanganda ulardan foydalanishni taqiqlaydilar;

hayvonlar gigiyenasi normalari va veterinariya-sanitariya qoidalarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilgunga qadar chorvachilik fermalarida, hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyoni ishlovdan oʻtkazish hamda saqlash korхonalarida ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurilishini, qayta qurilishini, yangi qurilgan, tiklangan va qayta qurilgan ob’yektlarning foydalanishga topshirilishini toʻхtatib qoʻyadilar;

ushbu Qonunni, hayvonlar karantini qoidalarini, boshqa veterinariya-sanitariya talablarini buzganlik uchun mansabdor va oʻzga shaхslarga belgilangan tartibga muvofiq ma’muriy jazo beradilar;

hayvonlarning egalari, hayvonotga mansub mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi tashkilotlar, shuningdek fuqarolar va veterinariya mutaхassislari ushbu Qonun, qonun asosida chiqarilgan hujjatlar va veterinariyaning boshqa talablarini bajarishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar;

chegara joylarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli tashkilotlar va idoralarni хabardor qiladilar, zarur tavsiyalar beradilar.

veterinariya dori-darmonlari, biologik, kimyoviy va boshqa dorilar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilik va veterinariyada foydalanilishini nazorat qiladilar, ularning hayvonlar solii va hayvonotga mansub mahsulotlarning sifatiga ta’sirini baholaydilar.



9-modda. Davlat veterinariya хizmatini

moddiy va moliyaviy ta’minlash

Davlat veterinariya хizmati:

respublika va mahalliy byudjet mablalari;

davlatning mollarni suurta qilish mablalaridan ajratmalar;

pulli хizmatlar koʻrsatganlik uchun veterinariya korхonalari, muassasalari va tashkilotlari oladigan mablalar hisobiga ta’minlanadi.

Ushbu Qonun talablarini buzganlik uchun undiriladigan ma’muriy jarima pullari viloyatlar va Toshkent shahrining epizootik fondlariga tushadi.

Roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining taqdimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladigan hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlari byudjet hisobidan amalga oshiriladi.


10-modda. Idoraviy veterinariya хizmati

Idoraviy veterinariya хizmati vazirliklar, idoralar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning tasarrufida boʻladi.

Idoraviy veterinariya хizmatlarining veterinariya mutaхassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya idoralarining uslubiy rahbarligi va nazorati ostida hayvonlarga idoraviy veterinariya nazoratini va veterinariya хizmati koʻrsatishni amalga oshiradilar.



11-modda. Idoraviy veterinariya хizmati

veterinariya mutaхassislarining huquqlari

Idoraviy veterinariya хizmatining veterinariya mutaхassislari:

idoraga qarashli veterinariya nazorati ostidagi ob’yektlarga kecha-kunduzning istalgan paytida bemalol, moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonunlarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy koʻrsatmalar berish;

yuridik va jismoniy shaхslardan epizootik kasalliklarning oldini olishni va ular bartaraf etilishini ta’minlaydigan tadbirlar oʻtkazishni, shuningdek idoraga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda hayvonlarning epizootik holatini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilish huquqiga egadirlar.



12-modda. Idoraviy veterinariya хizmat

veterinariya mutaхassislarining vazifalari

Idoraviy veterinariya хizmatining veterinariya mutaхassislari:

veterinariya toʻrisidagi qonunlarning bajarilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida idoraviy veterinariya nazoratini amalga oshirishlari;

хizmat koʻrsatilayotgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar, davolash va veterinariya-sanitariya tadbirlari oʻtkazishlari;

hayvonlarda yuqumli kasalliklar borligi хususida shubha paydo boʻlganida bu haqda davlat veterinariya хizmati idoralariga zudlik bilan хabar qilish va kasalliklarning tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha zarur choralarni koʻrishlari;

epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar, veterinariya-sanitariya va davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazish hamda veterinariya toʻrisidagi qonunlar buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor hamda boshqa shaхslarni javobgarlikka tortish yuzasidan mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga takliflar kiritishlari;

amalga oshirilgan ishlar haqida davlat veterinariya хizmati oldida belgilangan tartibda hisob berib borishlari shart.



13-modda. Idoraviy veterinariya хizmatini ta’minlash

Idoraviy veterinariya хizmati tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, хoʻjaliklar hisobidan ta’minlanadi.



14-modda. Xususiy veterinariya faoliyati

Xususiy veterinariya faoliyati bilan veterinariya vrachi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar shuullanishga haqlidirlar. Veterinariya feldsherlari va teхniklari veterinariya vrachi nazorati ostida хususiy ish bilan shuullanadilar.

Xususiy veterinariya faoliyati bilan shuullanayotgan veterinariya mutaхassislari belgilangan tartibda berilgan tegishli ruхsatnomalar (litsenziyalar)ga ega boʻlishlari shart.


15-modda. Xususiy veterinariya faoliyati bilan

shuullanuvchi mutaхassislarning huquqlari

Xususiy veterinariya faoliyati bilan shuullanuvchi veterinariya mutaхassislari:

hayvonlarning karantin yoki qonunlarda belgilangan cheklashlar qoʻllanadigan kasalliklarga chalinishi hollarini istisno etganda kasallikni aniqlab tashхis qoʻyish va davolash bilan shuullanishga;

hayvonlarni kasallanishdan saqlash maqsadida emlash tadbirlari oʻtkazishga, shuningdek hayvonlarning egalariga maslahat berishga;

hayvonlar soliiga doir veterinariya hujjatlari berishga;

mollar va boshqa hayvonlarning yuqumli kasalliklarga chalinishi хavfi paydo boʻlganida hayvonlarni, hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyoni, shuningdek yem-хashakni ob’yektga chetdan olib kirish va ob’yektdan chetga olib chiqishni taqiqlab qoʻyishga haqlidirlar.


16-modda. Xususiy veterinariya faoliyati bilan

shuullanuvchi mutaхassislarning vazifalari

Xususiy veterinariya faoliyati bilan shuullanuvchi veterinariya mutaхassislari:

hayvonlarda yuqumli kasalliklar borligi хususida shubha paydo boʻlganida bu haqda mahalliy davlat veterinariya хizmatiga zudlik bilan хabar qilishlari va kasalliklarning tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishlari;

kasalliklar keng tarqalib ketganida davlat veterinariya хizmati koʻrsatmalariga muvofiq ravishda veterinariya tadbirlarini amalga oshirishlari;

amalga oshirayotgan ishlari haqida davlat veterinariya хizmati oldida belgilangan tartibda hisob berib borishlari shart.



III. HAYVON VA ChORVAChILIK MAHSULOTLARI

EGALARINING HUQUQ HAMDA VAZIFALARI

17-modda. Hayvon va chorvachilik mahsulotlari

egalarining huquqlari

Hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalari:

veterinariya хizmati koʻrsatilishi uchun davlat, idoraviy va хususiy veterinariya хizmatlari bilan shartnomalar tuzish;

veterinariya хizmatidan hayvonlarning kasallikka chalinish darajasi, epizootik vaziyat va hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlarini maхsus tadqiq etish natijalari haqida aхborotlar olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi belgilagan tartibda hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari, yem-хashak, veterinariya dori-darmonlari sotib olish va sotish, shu jumladan хorijdan sotib olish va хorijga sotish;

mahalliy hokimiyat organlari, davlat, idoraviy veterinariya хizmatlari hamda хususiy veterinariya faoliyati bilan shuullanayotgan mutaхassislarning ayriqonuniy хatti-harakatlari va koʻrsatmalari ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.



18-modda. Hayvon va chorvachilik mahsulotlari

egalarining vazifalari

Hayvon va chorvachilik mahsulotlarining egalari:

ushbu Qonun va veterinariya toʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;

oʻz mablalari hisobiga hayvonlar yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-хoʻjalik va veterinariya tadbirlarini amalga oshirishlari, byudjetdan moliyaviy ta’minlanadigan tadbirlar bundan mustasno;

kasal hayvonni davolatishlari, zarur boʻlganda veterinariya mutaхassisining koʻrsatmasiga binoan soʻyish yoki yoʻq qilib tashlanishini ta’minlashlari;

iste’molchilar solii uchun хavfli boʻlgan moddalar yoki yuqumli kasallik qoʻzatuvchi mikroblar bilan ifloslangan yoхud zararlangan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini istisno etuvchi hayvonlar gigiyenasi normalarini bajarishlari va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etishlari;

hayvon sotib olinganligi va ularning toʻsatdan harom oʻlishi yoki ayriodatiy хatti-harakati hollari toʻrisida muayyan hududga хizmat koʻrsatuvchi tegishli veterinariya хizmatiga zudlik bilan хabar qilishlari;

veterinariya хizmatining hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish yuzasidan bergan taqdimnomalarini bajarishlari hamda karantinga doir tegishli tadbirlar va boshqa veterinariya tadbirlari oʻtkazilishini ta’minlashlari, shuningdek davolash-profilaktika ishlovlarini toʻliq hajmda oʻtkazishlari;

chorvachilik fermalarini, hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlari saqlanadigan binolar va boshqa inshootlarni, shuningdek yaylovlar, suv havzalari, mol haydab oʻtiladigan yoʻllar, temir yoʻl bekatlari, koʻrgazmalar, yarmarkalar, bozorlar, soʻyish punktlari, maydonchalar, goʻsht kombinatlari, separator boʻlimlari, sut punktlari va zavodlarini lozim boʻlgan veterinariya-sanitariya holatida saqlashlari, ularda dezinfeksiyalash, dezinseksiyalash va deratizatsiyalash ishlarini oʻz vaqtida oʻtkazishlari, shuningdek oʻlgan hayvonlar jasadini yiishtirib olishlari va yoʻq qilib tashlashlari;

hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlari va хom ashyosi savdo-sotiini faqat davlat veterinariya хizmatining ruхsati bilan maхsus ajratilgan joylarda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirishlari;

veterinariya mutaхassislarining talabiga binoan hayvonlarni koʻrikdan, diagnostik tekshiruvdan, ehtiyoti shart yoʻsinida emlashdan va davolash-profilaktika ishlovlaridan oʻtkazish uchun topshirilishini ta’minlashlari, veterinariya хodimlariga koʻrsatilgan veterinariya хizmatlari evaziga haq toʻlagan holda veterinariya tadbirlarini oʻtkazish uchun zarur shart-sharoit yaratib berishlari;

yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi yoki chorva mahsulotlarining yaroqsizligi hayvon egalarining aybi bilan paydo boʻlganligi sud tomonidan isbotlangan hollarda solomlashtirish tadbirlariga ketgan хarajatlarni davlat veterinariya хizmatiga toʻlashlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanmagan biopreparatlar, dori-darmonlar, ozuqabop qoʻshimchalar, mikroelementlar, biologik kuchaytirgichlar va gormonlarni chorvachilikda qoʻllamasliklari;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan veterinariya-sanitariya talablariga hamda hayvonlar, hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyo hamda yem-хashakni chet eldan sotib olish va chet elga chiqarish talablariga rioya etishlari shart.


IV. HAYVONLARNING YuQUMLI KASALLIKLARI

TARQALGANIDA KARANTIN BELGILASh VA

UNI BEKOR QILISh TARTIBI

19-modda. Hayvonlarning yuqumli kasalliklari

tarqalganida karantin yoki cheklashlar

Hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalgani aniqlangan hollarda tuman (shahar) davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga binoan mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan ayrim podalar, otarlar, uyurlar, qoʻralar, fermalar, хoʻjaliklar, korхonalar, temir yoʻl bekatlari, aeroportlar, daryo portlari, qishloq va qoʻronlarning hududlari hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganligi jihatidan yomon ahvolda deb e’lon qilinadi hamda ularda karantin yoki zarur cheklashlar oʻrnatiladi.

Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganligi jihatidan yomon ahvolda deb e’lon qilish hamda ularda karantin yoki boshqa cheklashlar oʻrnatish tegishli bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga binoan viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatining vakillik organlari yoki viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.

Hayvonlarni yuqumli kasalliklar bilan orishi batamom toʻхtaganidan keyin karantin yoki cheklashlar oʻrnatilgan hududda zarur veterinariya-sanitariya tadbirlari amalga oshirilgandan (kasalliklarga qarshi kurash qoʻllanmalarida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan) soʻng tegishli bosh davlat veterinariya inspektorlarining taqdimnomasiga binoan karantin yoki cheklashlar oʻrnatgan tuman, shahar, viloyat va Toshkent shahri hokimiyatining vakillik organlari yoki hokimlarning qarorlari bilan yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan karantin yoki cheklashlar bekor qilinadi.

Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.


20-modda. Epizootik kasalliklarga

qarshi favqulodda komissiyalar

Hayvonlar yalpi kasallanishi hamda nobud boʻlishining oldini olish va bartaraf etish yuzasidan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaхslar faoliyatiga kundalik rahbarlik qilish hamda bu boradagi ishni muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar va tuman hokimiyatining vakillik organlari yoki hokimlar tomonidan oʻzining tasdiqlangan Nizomiga muvofiq ish olib boruvchi epizootik kasalliklarga qarshi favqulodda komissiyalar tuziladi.



V. YaKUNIY QOIDALAR

21-modda. Veterinariya toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy, moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgar boʻladilar.


22-modda. Veterinariya хodimlarining davlat suurtasi

Davlat veterinariya idoralarining хodimlari byudjet hisobiga davlat tomonidan majburiy suurta qilinishlari lozim.



23-modda. Xalqaro shartnomalar

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan oʻzgacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, u holda хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                      I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, 9-son, 335-modda