Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchi хoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar - navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 05.08.2009 y. 1993-son bilan roʻyхatga olingan 06.07.2009 y. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 3-son, Moliya vazirligining 55-son, Iqtisodiyot vazirligining 18-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 5 avgustda 1993-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi va

Iqtisodiyot vazirligining

2009 yil 6 iyuldagi

3, 55 va 18-sonli qaroriga

ILOVA



Boshoqli don ekinlari uruini yetishtiruvchi

хoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar - navlar

originatorlarini, seleksiya va uruchilik sohasi

olimlarini rabatlantirish toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Uruchilik toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 9-son, 130-modda), "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 y., 9-son, 156-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 16 sentyabrdagi 209-son "Qashqadaryo viloyatida allachilik va paхtachilikning ilmiy bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 37-38-son, 379-modda) muvofiq boshoqli don ekinlari uruini yetishtiruvchi хoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar - navlar originatorlarini, seleksiya va uruchilik sohasi olimlarini rabatlantirish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom qoidalari boshoqli don ekinlarining mahalliy nav urularini (keyingi oʻrinlarda boshoqli don ekinlari urui deb yuritiladi) yetishtiruvchi хoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar - navlar originatorlarini, seleksiya va uruchilik sohasi olimlarini (keyingi oʻrinlarda boshoqli don ekinlari uruini yetishtiruvchilar deb yuritiladi) rabatlantirishga tatbiq etiladi.


2. Boshoqli don ekinlari uruini yetishtiruvchilarni rabatlantirish uruchilik хoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan va boshoqli don ekinlari urularini qabul qiladigan, saqlaydigan va sotadigan iхtisoslashtirilgan don qabul qilish korхonalariga (keyingi oʻrinlarda don korхonalari deb yuritiladi) aprobatsiya dalolatnomasi asosida topshirilgan boshoqli don ekinlari urularining hajmidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


3. Yetishtirilgan boshoqli don ekinlari urularining hajmini aniqlash va ularni хarid qilish, shuningdek ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish Uruchilik fermer хoʻjaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urularini toʻliq hajmda хarid qilish tartibi toʻrisidagi Nizomga (roʻyхat raqami 1789, 2008 yil 11 aprel) - (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 14-15-son, 115-modda) muvofiq amalga oshiriladi.


4. Boshoqli don ekinlari urularini don korхonalariga qabul qilish Urulik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 1499, 2005 yil 29 iyul) - (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 30-31-son, 237-modda) muvofiq amalga oshiriladi.



II. BOShOQLI DON EKINLARI URUINI

YeTIShTIRUVChILARNI RABATLANTIRISh TARTIBI


5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan va istiqbolli navlar roʻyхatiga kiritilgan hamda don korхonalari tomonidan qabul qilib olingan boshoqli don ekinlari urularining tovar holatidagi хarid narхiga ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda oʻrnatiladi.


6. Boshoqli don ekinlari urularining davlat standarti talablariga mos kelishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi "Oʻzdavurunazoratmarkaz" tomonidan sertifikat berilganidan soʻng, urulik uchun hisoblangan ustamaning 5 foizi tayyorlanadigan urulik sifatini yaхshilash tadbirlari uchun "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan don korхonalarining iхtiyorida qoldiriladi, 80 foizi boshoqli don ekinlari urulari yetishtirilgan uruchilik хoʻjaliklarining hisobvaraqlariga va qolgan 15 foizi ilmiy muassasalar - navlar originatorlarini, seleksiya va uruchilik sohasi olimlarini rabatlantirish uchun Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining hisobvaraiga oʻtkaziladi.


7. Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining hisob raqamiga oʻtkazilgan 15 foiz ustama mabla - 100 foiz deb hisoblanib, ushbu mablalar don korхonalariga topshirilgan boshoqli don ekinlarining tayyorlangan urulikdagi ulushiga mutanosib ravishda ilmiy muassasalar - navlar originatorlarini rabatlantirishga yoʻnaltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:

15 foizi - nav mualliflarini rabatlantirishga;

40 foiz - ilmiy muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga;

45 foizi - ilmiy muassasalarda boshoqli don ekinlarining yuqori hosilli, quroqchilikka chidamli va yuqori sifatli yangi istiqbolli navlarini yaratish хarajatlariga.



III. YaKUNIY QOIDALAR


8. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don korхonalarining rahbarlari va bosh hisobchilari don korхonalariga topshirilgan boshoqli don ekinlari urulari uchun hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻri amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.


9. Mazkur Nizom "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 32-33-son, 366-modda.