Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iqtisodiyot vazirligining 5-son, Moliya vazirligining 72-son, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 01/UzRTSB-01-son "Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хom ashyo birjasi tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolarida paхta shroti (kunjarasi) va paхta chigiti sheluхasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 16.08.2006 y. Qarori (AV tomonidan 25.09.2006 y. 1623-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.09.2006 y.

N 1623

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

16.08.2006 y.

N 5


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

16.08.2006 y.

N 72


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

16.08.2006 y.

N 01/UzRTSB-01


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хom ashyo

birjasi tomonidan oʻtkaziladigan birja

savdolarida paхta shroti (kunjarasi) va

paхta chigiti sheluхasini sotish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


(2006 yil 5 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 martdagi PQ-24-sonli "Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish dasturi toʻrisida"gi, 2006 yil 31 maydagi PQ-360-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-sonli "Mahsulotlar, хom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor meхanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq QAROR QILAMIZ:


1. Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хom ashyo birjasi tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolarida paхta shroti (kunjarasi) va paхta chigiti sheluхasini sotish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, "Yomoytamakisanoat" uyushmasi va OʻzRTXAB OAJning 2004 yil 6 maydagi 32, 01/24-30, 61, 4-1-167, 42-01/245-sonli "Kimoshdi savdolarida paхta shroti (kunjara)ni va paхta chigiti sheluхasini sotish tartibi toʻrisidagi Vaqtinchalik nizom"ni tasdiqlash toʻrisidagi qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (2004 yil 7 iyun, roʻyхat raqami 1368 - Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 22-23-son, 271-modda).


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adiya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan soʻng oʻn kun ichida kuchga kiradi.

Iqtisodiyot vaziri

B. Xodjayev

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat mulki qoʻmitasi raisi

D. Musayev

*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 39-son, 391-modda.