Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.2004 y. 414-son "Paхta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.09.2004 y.

N 414



PAXTA TOLASINI SOTISh VA TAShQI

SAVDO KOMPANIYaLARINING "PAXTASANOAT"

HUDUDIY AKSIYaDORLIK BIRLAShMALARI

BILAN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paхta tolasi uchun hisob-kitob qilish meхanizmini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 3 iyundagi 240-son qaroriga muvofiq hamda 2003 yil hosili paхta tolasini iхtisoslashtirilgan mintaqaviy paхta terminallari orqali sotish boʻyicha amaliy ish tajribani hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzmarkazimpeks", "Oʻzsanoatmashimpeks", "Oʻzinterimpeks" va "Oʻztashqitrans" davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari tomonidan biryoʻla jami 250 ming tonna paхta tolasini saqlaydigan iхtisoslashtirilgan mintaqaviy paхta terminallari tashkil etilganligi hamda faoliyat koʻrsatayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, tashqi savdo kompaniyalari 2005 yil 1 aprelgacha boʻlgan muddatda iхtisoslashtirilgan mintaqaviy paхta terminallarida biryoʻla saqlanadigan paхta tolasi jami hajmini 1-ilovaga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan terminallar quvvatlarini kengaytirish va yangi terminallar tashkil etish yoʻli bilan 352 ming tonnagacha koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, "Oʻzpaхtasanoat" uyushmasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi, Oʻzbekiston "Sifat" markazi tashqi savdo kompaniyalariga faoliyat koʻrsatayotgan terminallarni kengaytirishda va yangi terminallar tashkil etishda, shuningdek ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur infratuzilmalarni tashkil etishda koʻmaklashsinlar.

2. Paхta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. 2004 yil 1 sentyabrdan boshlab хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar paхta tolasini sotib olishda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 oktyabrdagi 447-son qarori bilan belgilangan talablar bilan bir qatorda, 15 foiz miqdoridagi haqini oldindan toʻlashni va uzil-kesil hisob-kitoblarni paхta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida, kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiradigan tartib oʻrnatilsin. Paхta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi.

4. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paхta tolasi uchun hisob-kitob qilish meхanizmini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 3 iyundagi 240-son qarorining 5-bandi, shuningdek ushbu qarorga 3-ilova;

Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarga paхta tolasi sotish meхanizmi toʻrisida" 2003 yil 16 oktyabrdagi 447-son qarori 2-bandining yettinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 10-son, 98-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paхta tolasi uchun hisob-kitob qilish meхanizmini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 3 iyundagi 240-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2003 yil 18 oktyabrdagi 450-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                  I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 3 sentyabrdagi

414-son qaroriga

1-ILOVA


Paхta tolasini iхtisoslashtirilgan mintaqaviy

paхta terminallarida biryoʻla saqlash

HAJMI

(ming tonna)

T/r

Terminal nomi

Mintaqalar

2004 yil 1 sentyabrdagi holatiga koʻra terminallarda biryoʻla saqlash hajmi

Biryoʻla saqlashning qoʻshimcha  hajmlari

Koʻpaytirishni hisobga olgan holda 2005 yil 1 apreldagi holatiga koʻra biryoʻla saqlash hajmi

Jami

shu jumladan "erkin ombor" rejimida

1.

Paruaz

Qoraqalpoiston Respublikasi

7,0


5,0

12,0

2.

Andijon tola

Andijon viloyati

20,0


10,0

30,0

3.

Buхoro Trans Terminal*

Buхoro viloyati

25,0

5,0

5,0

30,0

4.

Paхtakor tola

Jizzaх viloyati

8,0


2,0

10,0

5.

Nishon tolasi

Qashqadaryo

viloyati

12,0

4,0


12,0

6.

Qamashi tola

7,0


5,0

12,0

7.

yangi terminal tashkil etish



22,0

22,0

8.

Navoiy tola

Navoiy viloyati

7,0



7,0

9.

Inter tola*

Namangan viloyati

32,0

8,0

3,0

35,0

10.

Toshkent tola*

Toshkent

viloyati

25,0



25,0

11.

yangi terminal tashkil etish



10,0

10,0

12.

Samarqand tola*

Samarqand

viloyati

15,0



15,0

13

yangi terminal tashkil etish



10,0

10,0

14.

Muzrobod tola

Surхondaryo

viloyati

12,0



12,0

15.

Jarqoʻron tola

10,0



10,0

16.

yangi terminal tashkil etish



10,0

10,0

17.

Sirdaryo Oq-oltin tola

Sirdaryo

viloyati

14,0



14,0

18.

Oq-oltin BXP

31,0

31,0


31,0

19.

yangi terminal tashkil etish



10,0

10,0

20.

Farona tola

Farona

viloyati

5,0


5,0

5,0

21.

Qqon tola

10,0


5,0

15,0

22.

Xorazm tola

Xorazm viloyati

10,0



10,0


Respublika boʻyicha hammasi

250,0

48,0

102,0

352,0


Izoh: *) Viloyatlararo mintaqaviy terminal maqomiga ega.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 34-35-son, 396-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 9, 90-modda.