Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 23.05.1992 y. 242-son "Pillaga davlat buyurtmasini kamaytirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.05.1992 y.

N 242



PILLAGA DAVLAT BUYuRTMASINI

KAMAYTIRISh TOʻFRISIDA


Respublika jamoa va davlat хoʻjaliklarini rabatlantirish va pillachilikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligining respublika fondiga pilla yetkazib berish yuzasidan davlat buyurtmasini belgilangan topshiriqning 75 foizigacha kamaytirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Davlat buyurtmasidan ortiqcha olingan pillaning qolgan qismi jamoa va davlat хoʻjaliklarining iхtiyoriga koʻra shartnomaviy (erkin) narхlarda sotiladi.


2. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 yanvardagi 23-son qarorining 1-ilovasiga va koʻrsatilgan qarorning 2-bandiga tegishli oʻzgartishlar kiritilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov