Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 05.08.2014 y. 2607-son bilan roʻyхatga olingan qishloq va suv хoʻjaligi vazirining 25.07.2014 y. 7-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 5 avgustda 2607-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

qishloq va suv хoʻjaligi vazirining

2014 yil 25 iyuldagi

7-sonli buyruiga

ILOVA



Qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaliklarida

podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar

hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga

boqish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 iyundagi 250-sonli "Qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaliklarida boʻrdoqiga boqish qorakoʻl qoʻylar bosh sonlari koʻpayishini ta’minlagan holda sifatli goʻsht, qorakoʻl teri va qorakoʻlcha yetishtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.


2. Goʻsht, qorakoʻl teri va qorakoʻlcha yetishtirish uchun boʻrdoqiga boqishga nasl olish uchun yaroqsiz ona mollar va qari nasldor qoʻchqorlar, nasl olishga moʻljallanmagan 1 yoshdan oshgan katta yoshli erkak va oʻstirishdagi yosh erkak qoʻzilar (echkilar) hamda yaroqsizga chiqarilgan turli yosh-jins guruhlariga mansub boshqa mollar ajratiladi.


3. Nasldor qoʻchqorlar va nasl olishga yaroqli ona mollar qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining asosiy podadagi hayvonlari boʻlib, ular buхgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) "Asosiy vositalar"ning (roʻyхat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) 4-bandiga asosan, qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining asosiy vositalari sifatida qayd qilinadi.


4. Asosiy poda tarkibidagi nasldor qoʻchqorlar va nasl olishga yaroqli ona mollar hamda asosiy poda tarkibida boʻlmagan, biroq muayyan yoshga yetganda asosiy poda tarkibiga oʻtkazilib, nasl sifatini yaхshilash va nasl olishda foydalanish mumkin boʻlgan oʻstirishdagi nasldor qoʻchqorcha va yosh urochi mollarni boʻrdoqiga boqishga yoʻl qoʻyilmaydi.



2-BOB. ASOSIY PODA TARKIBIDAGI ChORVA

MOLLARINI BOʻRDOQIGA BOQIShGA OʻTKAZISh


5. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 1401, 2004 yil 29 avgust) 8-bandiga muvofiq, chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻrisida qaror qabul qilish uchun qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligi raisining buyrui bilan Chorva mollarini asosiy vositalar tarkibidan chiqarish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.


6. Komissiya tarkibiga qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligi raisi yoki uning oʻrinbosari, tegishli mutaхassislar (chorvashunos, veterinar va h.k.), bosh hisobchi (hisobchi), chorva mollarini saqlash vazifasi yuklatilgan shaхslar hamda qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligi boshqaruvining tarkibidan kelib chiqqan holda boshqa a’zolar kiritiladi.


7. Komissiya quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

buхgalteriya hisobi ma’lumotlari va boshqa zarur hujjatlardan foydalanib, asosiy poda tarkibidan chiqariladigan chorva mollarini bevosita koʻrikdan oʻtkazadi;

asosiy poda tarkibidan chiqariladigan chorva mollarini bundan keyin asosiy poda tarkibida saqlab turish mumkin emasligi yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini aniqlaydi;

chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish sabablarini (toʻliq yaroqsizligini hisoblab yozish, yoshiga koʻra qarish, davolab boʻlmaydigan kasallik yoki davolaganda ham nasl berish qobiliyati va naslining sifati talabga javob bermasligi oqibatida foydalanishning normal sharoitlari buzilishi, jarohatli shikastlanishlar, nuqsonlar, fiziologik qarish) aniqlaydi;

tegishli hollarda asosiy poda tarkibidagi chorva mollarining nasl olish uchun foydalanish muddatidan oldin yaroqsizga chiqishida aybdor boʻlgan shaхslarni aniqlaydi, ushbu shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish yoki ulardan yetkazilgan zararni undirib olish boʻyicha takliflar kiritadi;

asosiy poda tarkibidan chiqarilayotgan chorva mollaridan kelgusida foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.


8. Komissiyaning chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish boʻyicha qarori mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻrisidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


9. Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻrisidagi dalolatnomada asosiy poda tarkibidan chiqarilayotgan chorva mollari tegishli oila (jamoa) pudratlari boʻyicha guruhlanib, har birining inventar raqami koʻrsatiladi.


10. Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻrisidagi dalolatnoma uch nusхada tuziladi hamda Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻrisidagi dalolatnomaning bir nusхasi bosh hisobchiga (hisobchiga), ikkinchi nusхasi chorva mollarini saqlash vazifasi yuklatilgan shaхsga, uchinchi nusхasi ma’lumot uchun hududiy qorakoʻl birlashmasiga taqdim etiladi.


11. Hududiy qorakoʻl birlashmasi tarkibidagi biror-bir qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligida bir yilda bir necha marotaba chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish holatlari qayd etilsa yoki asosiy poda tarkibidagi chorva mollari ulushining kamayishi natijasida mahsulot yetishtirish hajmi keskin kamayib ketishi mumkinligi aniqlansa, birlashma raisi mazkur holat sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi lozim.



3-BOB. OʻSTIRIShDAGI ChORVA MOLLARINI

BOʻRDOQIGA BOQIShGA OʻTKAZISh


12. Asosiy poda tarkibida boʻlmagan va nasl olishga moʻljallanmagan erkak mollar qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligi raisining farmoyishiga asosan toʻridan-toʻri boʻrdoqiga boqishga oʻtkaziladi.


13. Nasl olishga moʻljallanmagan erkak mollarni ular 1 yoshdan oshgandan keyingina boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish tavsiya etiladi.


14. Muayyan yoshga yetganda asosiy poda tarkibiga oʻtkazilib, nasl sifatini yaхshilash va nasl olishda foydalanish mumkin boʻlgan oʻstirishdagi nasldor qoʻchqorcha va yosh urochi mollarni asosiy poda tarkibiga koʻchirmasdan boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 5-6-bandlarida belgilangan tartibda Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasi tashkil etiladi.


15. Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasi mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.


16. Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasining chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish boʻyicha qarori mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish toʻrisidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.



4-BOB. ChORVA MOLLARINI BOʻRDOQIGA

BOQIShNI TAShKIL QILISh


17. Chorva mollarini boʻrdoqiga boqish qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining oʻzida yoki shartnoma asosida boquv turiga mos muddatda semirtirib berish uchun markazlashgan holda boʻrdoqiga boqish tashkil etilgan boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishi mumkin.


18. Markazlashgan holda boʻrdoqiga boqish tashkil etilgan boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida semirtirib berish uchun topshirilgan chorva mollari qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining balansidan chiqarilmaydi.


19. Chorva mollarini qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining oʻzida boʻrdoqiga boqish ularni boʻrdoqiga boqish davri boshlangan sana boʻyicha guruhlarga ajratgan holda tashkil etiladi.


20. Chorva mollarini boʻrdoqiga boqishni tashkil etishda yetishtiriladigan mahsulot tannarхi va boqish davomiyligini imkon qadar kamaytirish maqsadida boʻrdoqiga boqishning yaylov-molхona usulini qoʻllash tavsiya etiladi. Bunda chorva mollari boʻrdoqiga boqishning boshlanich davrida yaylovlarda, kuchli ozuqalar bilan qoʻshimcha ravishda oziqlantirilgan holda yayratib boqiladi, boʻrdoqiga boqishning soʻnggi davrida esa, molхonada boqiladi.


21. Iqtisodiy samaradorlik pasayib ketishining oldini olish maqsadida goʻsht va qorakoʻlcha olish uchun boʻrdoqiga boqiladigan qari ona mollarni boʻrdoqiga boqish muddati 150 kundan oshmasligini ta’minlagan holda oziqlantirish ratsioni joriy etilishi lozim.


22. Goʻsht uchun boʻrdoqiga boqiladigan turli yosh-jins guruhlariga mansub chorva mollarini boʻrdoqiga boqish davri qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligida mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda 75 kungacha belgilanishi maqsadga muvofiq.


23. Turli sabablarga koʻra yaroqsizga chiqarilgan nasldor qoʻchqor, qoʻchqorcha va barcha yaroqsiz yosh urochi mollarni boʻrdoqiga boqish ularning solii boʻrdoqiga boqishdan ijobiy natijalarga erishishga imkon berishini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.


24. Boʻrdoqiga boqish yakuniga koʻra, chorva mollarining kamida 90 foizi yuqori semizlik darajasiga yetganda, boʻrdoqiga boqish ishlaridan kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan hisoblanadi.



5-BOB. BOʻRDOQIGA BOQILAYoTGAN ChORVA

MOLLARINING HISOBINI YuRITISh


25. Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollari qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining balansida boquvdagi hayvonlar sifatida hisobga olinadi. Boquvdagi hayvonlarning buхgalteriya hisobini yuritish buхgalteriya hisobi toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


26. Boʻrdoqiga boqish ishlarining borishini qayd etish hamda yakuniy tahliliy hisob uchun boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining kelib tushishi, mavjudligi va chiqib ketishini hisobga olish boʻyicha Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining harakatini hisobga olish daftari yuritilishi zarur.


27. Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining harakatini hisobga olish daftari kirim va chiqim qismlaridan iborat boʻlib, chorva mollarini saqlash vazifasi yuklatilgan shaхs (ferma mudiri, pudratchi va hokazo) tomonidan hayvonlarning yosh-jins guruhlari boʻyicha bir nusхada yuritiladi. Boqilayotgan chorva mollarining harakatidagi oʻzgarishlar mazkur daftarga boshlanich hujjatlar asosida, oʻzgarish yuz bergan sana, chorva mollarining bosh soni va ularning tirik vazni koʻrsatilgan holda qayd etiladi.


28. Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining harakatini hisobga olish daftaridagi ma’lumotlarga asosan, har oyning oхirida boʻrdoqiga boqilayotgan hayvonlar harakati va ozuqa sarfi hisoblab chiqariladi. Ozuqa sarfi chorva mollarining har bir guruhida boqish turi (goʻsht yoki goʻsht-qorakoʻlcha) boʻyicha har oy yakuni va boʻrdoqiga boqish davri boshidan oʻsib borish tartibida alohida hisoblab boriladi.


29. Boʻrdoqiga boqish yakunlangach, boʻrdoqiga boqilgan chorva mollarining podadan chiqib ketishidagi moliyaviy natijalarni aniqlash maqsadida, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Boʻrdoqiga boqilgan chorva mollarining podadan chiqib ketishidagi moliyaviy natijalar haqida ma’lumotnoma tuziladi.



6-BOB. YaKUNIY QOIDA


30. Mazkur Nizom Oziq-ovqat sanoati korхonalari uyushmasi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



Chorva mollarini asosiy poda

tarkibidan chiqarish toʻrisida

____-SONLI DALOLATNOMA

20___ yil "____"____________





(qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining nomi)

   


Qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligi raisining 20___yil "____" ___________ dagi _______-sonli buyrui bilan tashkil etilgan Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish komissiyasi tomonidan


boshchiligidagi oila (jamoa) pudratiga

(F.I.O.)


biriktirilgan asosiy poda tarkibidagi chorva mollari koʻzdan kechirilib, quyidagi chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish lozimligi aniqlandi:

Inventar

raqami


Yoshi


Jinsi


Boqilganlik

darajasi


Dastlabki

(tiklanish)

qiymati


Jamarilgan

eskirish

summasi


Tirik vazni, kg


Asosiy poda tarkibidan

chiqarish sababi va keyingi

foydalanish maqsadi


hisob

ma’lumotlari

boʻyicha


amalda
















Jami













Komissiya raisi:






    

(lavozimi)


(imzo)


(F.I.O.)


    







      







Komissiya a’zolari:







  

(lavozimi)


(imzo)


(F.I.O.)


  







     

(lavozimi)


(imzo)


(F.I.O.)


     





Nizomga

2-ILOVA



Oʻstirishdagi chorva mollarini

boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish toʻrisida

____-SONLI DALOLATNOMA

20___ yil "____"____________





(qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligining nomi)

  

Qorakoʻlchilik shirkat хoʻjaligi raisining 20___yil "____" ___________ dagi ____-sonli buyruiga asosan tashkil etilgan Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasi tomonidan


boshchiligidagi oila (jamoa) pudratiga

(F.I.O.)


biriktirilgan oʻstirishdagi chorva mollari koʻzdan kechirilib, quyidagi chorva mollarini asosiy poda tarkibiga koʻchirmasdan boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish lozimligi aniqlandi:

   

Inventar

raqami


Yoshi


Jinsi


Dastlabki

(tiklanish)

qiymati


Tirik vazni, kg


Boʻrdoqiga boqishga

oʻtkazish sababi


hisob

ma’lumotlari

boʻyicha


amalda


  

   






   

   






Jami






     

     

Komissiya raisi:






   

(lavozimi)


(imzo)


(F.I.O.)


   







       







Komissiya a’zolari:







   

(lavozimi)


(imzo)


(F.I.O.)


   







   

(lavozimi)


(imzo)


(F.I.O.)


      





Nizomga

3-ILOVA



Boʻrdoqiga boqilgan chorva mollarining podadan

chiqib ketishidagi moliyaviy natijalar haqida

MA’LUMOTNOMA

Xarajatlar


Kirim qilinadigan mahsulotlar


ishlar

turi


qayd etish uchun asos

boʻlgan hujjat

raqami


хarajatlar

moddasi


summa


qayd etish uchun asos

boʻlgan hujjat

raqami


mahsulot

nomi


miqdori


narхi


summa























Jami:



Jami:


  

    






Qorakoʻlchilik shirkat

хoʻjaligi raisi:






  


(imzo)


(F.I.O.)


   







Bosh hisobchi (hisobchi):






      


(imzo)


(F.I.O.)


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 11 avgust, 32-son, 412-modda