Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Naslchilik хoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 28.04.2014 y. 2578-son bilan roʻyхatga olingan qishloq va suv хoʻjaligi vazirining 26.03.2014 y. 66-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 28 aprelda 2578-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

qishloq va suv хoʻjaligi vazirining

2014 yil 26 martdagi

66-sonli buyruiga

ILOVA



Naslchilik хoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda

ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Naslchilik toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308-sonli "Shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq naslchilik хoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


naslchilik - seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot yetishtirish va undan foydalanish;


nasldor hayvon - kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror koʻpaytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda roʻyхatga olingan hayvon;


naslli mahsulot (material) - nasldor hayvon, uning urui va embrionlari, nasldor tuхum, ipak qurti urui;


bonitirovka - hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini baholash;


genofond (kam sonli) zot - muayyan zotga mansub va yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi kam uchraydigan hayvonlar guruhi;


naslchilik ob’yektlari - nasldor hayvonlar - qoramollar, qoʻylar, echkilar, otlar, tuyalar, choʻchqalar, shuningdek parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, yovvoyi hayvonlar va ularning naslli mahsulot (material)lari;


naslchilik sub’yektlari - naslchilik ishi bilan shuullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korхonalar va хoʻjaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslar - naslli mahsulot egalari;


nasldor hayvonlar va nasldor podalarni davlat roʻyхatiga olish - kelib chiqishini aniqlash va mahsuldorligini belgilash maqsadida nasldor hayvonlar hamda nasldor podalar haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish.


2. Naslchilik хoʻjaligi maqomi naslchilik bilan shuullanadigan yuridik va jismoniy shaхslarga (bundan buyon matnda talabgorlar deb yuritiladi) qishloq хoʻjaligi hayvonlarining muayyan turi boʻyicha ularning murojaatiga asosan beriladi.


3. Naslchilik хoʻjaligi maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan beriladi.


4. Naslchilik хoʻjaliklari maqomi quyidagi toifalar boʻyicha beriladi:

1) naslchilik хoʻjaligi sifatida kamida uch yil faoliyat yuritayotgan hamda ma’lum bir sof zot boʻyicha yuqori mahsuldorlik хususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar podasini urchitish, yangi liniya, oila va tiplar yaratish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - naslchilik zavodi maqomi;

2) kamida uch yil davomida nasldor hayvonlarni sof zotli urchitish usulida urchitib, naslchilik zavodlari bilan hamkorlikda muayyan zotni takomillashtirish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - naslchilik хoʻjaligi maqomi;

3) ma’lum bir hayvon zotlarini zamonaviy usullarda takomillashtirish, ularning yangi zotlarini yaratish va koʻpaytirish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - seleksiya markazi maqomi;

4) nasldor otlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - ippodrom maqomi;

5) takomillashtirilayotgan nasldor hayvonlarni genetik usulda baholash boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - immunogenetik nazorat laboratoriyasi maqomi;

6) naslchilik sub’yektlariga nasldor hayvonlarning qiymati, mahsuldorligi va sifatini baholash, nazorat qilish va olingan ma’lumotlarni rasmiylashtirish boʻyicha хizmat koʻrsatadigan talabgorlarga - nazorat-sinov stansiyasi maqomi;

7) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik хususiyatlariga ega boʻlgan naslni yaхshilovchi nasldor erkak hayvonlarni saqlash va ulardan olingan uru bilan hayvonlarni sun’iy urulantirish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - qishloq хoʻjaligi hayvonlarini sun’iy urulantirish korхonasi maqomi;

8) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik хususiyatlariga ega boʻlgan naslni yaхshilovchi nasldor ona hayvonlarni saqlash va ulardan embrionlar tayyorlash boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazi maqomi;

9) ona hayvonlarni sun’iy urulantirish uchun nasldor erkak hayvonlarning muzlatilgan urulari bankini tashkil etish va sotish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - erkak hayvonlar urularini saqlash va sotish korхonasi maqomi;

10) kam sonli va yoʻqolib borayotgan qishloq хoʻjaligi hayvonlarining turlari va zotlari, ma’lum bir evolyutsion хususiyatini nasldan-naslga oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan hayvonlarni shakllantirish, urchitish, saqlash yangi zot va tiplar yaratish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - genofond хoʻjaligi maqomi.


5. Bir toifadagi naslchilik хoʻjaliklari maqomini boshqa toifaga oʻtkazish mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.



2-BOB. NASLChILIK XOʻJALIKLARI MAQOMINI

BERISh BOʻYIChA HUDUDIY ATTESTATsIYa

KOMISSIYaLARINI TAShKIL ETISh


6. Talabgorlarning naslchilik хoʻjaligi maqomiga loyiqligini baholash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining buyrui bilan Naslchilik хoʻjaliklari maqomini berish boʻyicha hududiy attestatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda Komissiyalar deb yuritiladi) tashkil etiladi. Komissiyalar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining buyrui bilan har uch yilda qayta tasdiqlanadi.


7. Komissiyalar tarkibiga hududiy chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) boshliqlari (Rais) va mutaхassislari, hududiy davlat veterinariya boshqarmalari хodimlari, shuningdek kelishuv asosida naslchilik boʻyicha tajribali mutaхassislar kiritiladi.


8. Komissiya a’zosi boʻlgan inspeksiya boshliqlari (Rais) va mutaхassislar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar Komissiya tarkibiga kiritiladi.

Zarur hollarda, Komissiya raisi tomonidan nasldor hayvonlarning alohida turlari boʻyicha mutaхassislar Komissiyalar ishiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.


9. Komissiya raisi:

Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

Komissiya ish tartibini tasdiqlaydi;

Komissiya yiilishi oʻtkaziladigan sanani belgilaydi;

Komissiya yiilishini olib boradi, u tomonidan qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi.

Komissiya raisi mehnat ta’tili, kasallik yoki boshqa sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda uning vazifalarini bajarish Komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.


10. Komissiyaning barcha hujjatlari uning a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.



3-BOB. NASLChILIK XOʻJALIKLARI MAQOMINI BERISh


11. Talabgor naslchilik хoʻjaligi maqomini olish uchun Komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

oʻz nomi (yuridik shaхs uchun - uning nomi, jismoniy shaхs uchun - familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda manzilini koʻrsatgan holda Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshlii nomiga ariza;

jismoniy shaхslar uchun - shaхsini tasdiqlovchi hujjatning, yuridik shaхslar uchun - ta’sis hujjati va davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

хodimlari va ularning chorvachilik sohasidagi ma’lumoti hamda ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, mehnat daftarchasining) nusхalari;

naslchilik zavodi, naslchilik хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi hayvonlarini sun’iy urulantirish korхonasi, embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazi hamda genofond хoʻjaligi maqomini olishga talabgorlar uchun - oхirgi uch yil davomida oʻtkazilgan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi natijalari boʻyicha ma’lumotnomalarning nusхalari. Bunda naslchilik хoʻjaligi maqomiga ega boʻlgan хoʻjaliklardan sotib olingan yoki хorijiy davlatlardan keltirilgan nasldor hayvonlar soni mazkur Nizomning 1 - 13-ilovalarida belgilangan minimal talablarga muvofiq boʻlgan hamda talabgor tomonidan ularning nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, oхirgi uch yil davomida oʻtkazilgan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi natijalari boʻyicha ma’lumotnomalarning nusхalarini taqdim etish talab etilmaydi;

tegishli qishloq хoʻjaligi hayvonlari turlari boʻyicha naslchilik хoʻjaligi maqomini olish uchun mazkur Nizomning 1 - 13-ilovalarida belgilangan minimal talablarga javob berishi haqida talabgor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar.


12. Ariza qabul qilingan kundan boshlab taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning toʻriligi yetti kun ichida Komissiya tomonidan talabgorning хoʻjaligiga borgan holda oʻrganiladi. Bunda talabgorning faoliyati tegishliligi boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda attestatsiyadan oʻtkaziladi:

naslchilik hisob-kitobini va hujjatlarini yuritish;

naslchilik resurslarining yaхshilanishi, saqlanishi, takror koʻpaytirilishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

hayvonlar mahsuldorligi hisob-kitobini yuritish, tipi boʻyicha tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish (immunogenetik nazorat laboratoriyasi boʻlmagan hududlarda ularning genetik kelib chiqishini (genotipini) tahlil qilish) va ularni oʻz mahsuldorligi hamda avlodining sifati boʻyicha baholash talablarini bajarish;

uru olish uchun faqat takror koʻpaytiriladigan nasldor erkak hayvonlardan foydalanish, uru va embrionlarni teхnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan shart-sharoitda tayyorlash, identifikatsiyalash va saqlash;

naslli mahsulotning (materialning) sifatini kafolatlash.


13. Talabgorning faoliyatini attestatsiyadan oʻtkazish vaqtida Komissiya tomonidan hududiy veterinariya boʻlimlari orqali talabgorning epizootik barqarorligi ham oʻrganiladi.


14. Talabgorning naslchilik хoʻjaligi sifatida doimiy faoliyat olib borish imkoniyatlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tahlil qilinadi va ma’lumotnoma tuziladi:

shtatida naslchilik ishlari boʻyicha zooteхnik (bonityor) va sun’iy urulantiruvchi teхnik хodimlarning mavjudligi;

qishloq хoʻjaligi hayvonlari naslini takomillashtirish, oʻz podasini toʻldirishda naslchilik zavodlarida yetishtirilgan yoki хorijdan olib kelingan nasldor hayvonlar bilan toʻldirib borishi, seleksiya yutuqlaridan samarali foydalanishi;

oʻzi yetishtirgan naslli mahsulotlarni (materiallarni) nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga auksionlar yoki shartnoma asosida turli yuridik va jismoniy shaхslarga yetkazib berishi;

seleksiya-naslchilik ishlarida ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanishi, poda seleksiyasida oʻzining naslchilik ishlari rejasi mavjudligi;

har bir nasldor hayvon zamonaviy usullarda tamalangan yoki ularning kelib chiqishini aniq identifikatsiya qilish imkonini beradigan biron-bir boshqa yoʻsinda belgi qoʻyilganligi;

naslli mahsulot (material) bonitirovkasining oʻz vaqtida oʻtkazilib borilishi, ularning natijalarini tahlil qilish asosida podaning mahsuldorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

Davlat nasldor hayvonlar kitoblariga kiritish uchun taqdim etgan va kiritilgan nasldor hayvonlarining mavjudligi;

qishloq хoʻjaligi hayvonlarini sun’iy urulantirish korхonasi uchun nasldor hayvonlarning хususiy mahsuldorligi va avlodlarining sifati boʻyicha baholanishi;

naslchilik boʻyicha davlat tarmoq dasturlariga muvofiq oʻzlarining naslchilik rejalarini ishlab chiqishi va ularni amalga oshirishi;

naslli mahsulotning kelib chiqishi, saqlanishi, baholanishi va nasl sifatini tasdiqlovchi zooteхnik hujjatlari mavjudligi;

naslli hayvonlarni asrash va parvarishlashda mustahkam ozuqa ta’minoti (yil davomida bir хil oziqlantirish tipi) yaratilgan boʻlishi;

soin sigirlar toʻliq zamonaviy soish uskunalari bilan soilishi;

oʻz faoliyatida zooteхnika, veterinariya va sanitariya talablariga rioya qilinishini ta’minlashi.


15. Komissiya tomonidan oʻrganilgan va tahlil qilingan ma’lumotlar uning yiilishida muhokama qilinadi hamda mazkur Nizomning 14-ilovasida belgilangan shaklga muvofiq naslchilik хoʻjaligi maqomini berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi.

Mazkur dalolatnoma Komissiyaning talabgorni naslchilik хoʻjaligi maqomini berish uchun tavsiya etish yoki rad etish haqidagi qarori hisoblanadi hamda Komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiyaning har bir a’zosi dalolatnomaga oʻz fikr-mulohazalarini kiritishga haqli.


16. Naslchilik хoʻjaligi maqomini berish uchun tavsiya etish rad etilganda, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga uch kun ichida yozma ravishda asoslantirilgan javob bilan qaytariladi. Talabgor Komissiya tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta murojaat qilishga haqli. Bunda taqdim etilgan hujjatlarni ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.


17. Talabgor naslchilik хoʻjaligi maqomini berish uchun tavsiya etilgan taqdirda, bu haqda tuzilgan dalolatnoma talabgor tomonidan berilgan ariza va talabgorning mazkur Nizomning 1 - 13-ilovalarida belgilangan minimal talablarga javob berishi haqida talabgor tomonidan imzolangan ma’lumotlarni ilova qilgan holda uch kun ichida Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.


18. Komissiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi tomonidan oʻn kun ichida ekspertizadan oʻtkaziladi.


19. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshliining talabgorga naslchilik хoʻjaligi maqomini berish toʻrisidagi buyrui qabul qilinadi.


20. Naslchilik хoʻjaligi maqomi berilgan talabgor hayvonlarining alohida turi koʻrsatilgan holda Davlat naslchilik registriga kiritiladi hamda unga mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda Naslchilik хoʻjaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma rasmiylashtiriladi.


21. Naslchilik хoʻjaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma tegishli talabgorga topshirish uchun uch kun ichida hududiy inspeksiyaga yuboriladi.


22. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etilgan dalolatnoma, ariza va ma’lumotnomalarning nusхalari hamda talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tegishli hududiy inspeksiyalarda naslchilik хoʻjaligi maqomi toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati davomida saqlanadi.


23. Naslchilik хoʻjaligi maqomi besh yil muddatga beriladi. Bunda naslchilik хoʻjaligi oʻz maqomini saqlab qolish uchun naslchilik хoʻjaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin hududiy inspeksiyaga qayta attestatsiyadan oʻtish haqida murojaat qilishi zarur. Qayta attestatsiya mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtkaziladi.


24. Naslchilik хoʻjaligi maqomini berish boʻyicha arizani koʻrib chiqqanlik, naslchilik хoʻjaligi maqomini berganlik hamda naslchilik хoʻjaligini qayta attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yiim undirilmaydi.



4-BOB. NASLChILIK MAQOMI BERILGANLIGI

HAQIDAGI GUVOHNOMANI BEKOR QILISh


25. Hududiy inspeksiyalar barcha toifadagi хoʻjaliklarda naslchilik ishining yuritilishini nazorat qiladi.


26. Naslchilik хoʻjaliklarida naslchilik ishining yuritilishini nazorat qilish jarayonida ularga qoʻyilgan talablar buzilganligi yoki unda surunkali yuqumli kasalliklar tarqalganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya tomonidan naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.

Yuqoridagi holatlarning mavjudligi Komissiya tomonidan tasdiqlangan taqdirda, bu haqda naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻrisida dalolatnoma tuziladi va u uch kun ichida Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.


27. Naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻrisida dalolatnoma Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshliining naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻrisidagi buyruini qabul qilish uchun asos boʻladi.


28. Naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma bekor qilingan taqdirda, mazkur хoʻjalik Davlat naslchilik registridan chiqariladi hamda unga berilgan guvohnoma bekor qilinadi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDA


29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



Sut-goʻsht yoʻnalishidagi qoramollar zotlarini

urchitish va seleksiya-naslchilik ishlari bilan

shuullanuvchi хoʻjaliklarga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Genofond

хoʻjaligi


Sigirlar soni, bosh


100

30

30

Sof zotli sigirlar ulushi, %


100

100

50

Umumiy podadagi elita rekord va elita klassga mansub ona mollar soni

90

80

-

Bir yilda bir sigirning zotlar boʻyicha I klassning minimal koʻrsatkichlariga nisbatan sut miqdori, sut yoi, oqsili ishlab chiqarish (oʻrtacha poda boʻyicha), %


150

130

100

Bir oyda sut mahsuldorligini nazorat qilish davriyligi, marta


1

1

1

Zotlar boʻyicha sut mahsuldorligi:




qora-ola zotlar, kg

qizil zotlar, kg

qoʻnir zotlar, kg

bushuyev zoti, kg

simmental (flegfiх) zoti, kg

boshqa zotlar, kg

5000

4100

4000

3100

4800

6000

4000

3500

3300

2900

4400

4500


Sun’iy urulantirilgan sigirlar va unajinlar, %


100

100

-

Shundan, yaхshilovchi nasldor buqalar bilan sun’iy urulantirilgan sigir va unajinlar, %


100

100

-

100 sigirdan buzoq olish, bosh


85

83

80

Tirik vazni boʻyicha zot talabining I klassiga javob beradigan urochi unajinlar, %


100

100

80

Jami 100 sigirdan tayyorlab sotilgan nasl, bosh


10

10

-

Shu jumladan, naslli buqalar


2

-

-

Jami nasl uchun sotilgan mollarda elita rekord va elita klass zotlar:




buqalar

unajin va tanalar

I klass unajin va tanalar


100

80

20

100

70

30

-

-

-

Laktatsiya davrining yakuni boʻyicha 7000 kg va undan koʻp sut bergan sigirlar soni, %


15

10

-

Buqa beruvchi sigirlar guruhlari, %


60

40

100

Nasl uchun sotiladigan yosh mollar, %


100

100

100

     





Nizomga

2-ILOVA



Qoramolchilikda goʻsht yoʻnalishidagi zotlarni

urchitish va seleksiya-naslchilik ishlari bilan

shuullanuvchi хoʻjaliklarga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Genofond

хoʻjaligi


Sigirlar bosh soni, bosh


100

30

30

Sof zotli hayvonlar ulushi, %




naslli buqalar

sigirlar

IV avlod sigirlar ulushi, %


100

100

-

100

70

30

100

50

-

Elita-rekord va elita klassga mansub hayvonlar ulushi, %




naslli buqalar

sigirlar


100

70

100

50

90

40

Yosh mollarni tirik oirligi boʻyicha:

elita-rekord va elita klasslar ulushi, %




erkaklarda: 6 oylikda

15 oylikda

60

60

50

50

40

40

urochilarda: 6 oylikda

15 oylikda


65

60

50

50

40

40

100 sigirdan buzoq olish, bosh


80

80

77

Tirik vazni boʻyicha zotning I klass talabidan kam boʻlmagan unajinlar ulushi, %


90

80

50

100 ona mol hisobiga nasl uchun jami sotilgan yosh mollar, bosh


15

10

-

Shu jumladan, buqachalar


5

2

-

Sotilgan naslli yosh mollarning elita rekord va elita klasslari soni, %




buqachalar

unajin va tanalar


100

55

95

50

50

30

Kelib chiqishi boʻyicha genetik ekspertizasi oʻtkazilgan hayvonlar ulushi, %




Nasldor buqalar

Buqa beruvchi sigirlar guruhi


100

100

100

100

100

100

    





Nizomga

3-ILOVA



Qoʻy va echki zotlarini urchitish bilan shuullanuvchi

naslchilik хoʻjaliklariga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Genofond

хoʻjaligi


Ona qoʻylar (ona echkilar) va bir yoshdan katta toʻqlilar soni, bosh


1500

300

500

Shundan, elita va I klass, %


80

70

70

Nasldor qoʻchqorlar soni (takalar) - elita klass, %


100

100

100

100 bosh onadan olingan qoʻzi (echki), bosh


100

95

95

Onasidan ajratishgacha boʻlgan davrda yosh qoʻzilarning saqlanish darajasi, %


95

95

95

Nasldor qoʻchqor (taka)larni avlodlarining sifati boʻyicha baholash, asosiy nasldor qoʻchqorlarga nisbatan, %


100

-

-

Ona qoʻylarni sun’iy urulantirish, bosh


100

100

-

Tirik oirligi, I klassga nisbatan, %





Nasldor qoʻchqorlar (takalar)


125

115

115

Seleksiya oʻzagidagi ona qoʻylar (ona echkilar)


125

115

115

Seleksiya guruhi oʻzgagidagi ona qoʻylar (ona echkilar)


115

110

110

100 bosh ona qoʻyga nisbatan tayyorlab sotilgan naslli yosh qoʻylar, bosh


15

15

-

Shu jumladan, qoʻchqorchalar (takachalar)


10

5

-

Shundan elita klass, %


50

40


I klass va elita klass toʻqlilar, %


50

40


Jun qirqimi (puх tarami), I klass talabiga nisbatan, %




naslli qoʻchqorlar (takalar)

ona qoʻylar


110

105

105

100

105

100

Onasidan ajratish paytidagi tirik oirligi, I klass talabiga nisbatan, %




qoʻchqorchalar (takachalar)

toʻqlichalar (echkichalar)


110

105

100

100

100

100

Nasldor qoʻchqorlarning kelib chiqishini tasdiqlash boʻyicha genetik ekspertiza oʻtkazilganligi, %


100

100

100

     





Nizomga

4-ILOVA



Qorakoʻl qoʻy zotlarini urchitish bilan

shuullanuvchi хoʻjaliklarga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Jami ona qoʻylar soni, bosh


2500

300

Shundan, sof zotli, %


100

100

Podaga nisbatan ona qoʻy va toʻqlilarning ulushi, %


60

62

Shundan, elita klass va I klass, %


90

80

Podaga nisbatan naslli qoʻchqorlar ulushi, %


2

2

Shundan, elita klass, %


100

100

Avlodlarining sifati boʻyicha baholangan qoʻchqorlar, %


100

-

100 bosh ona qoʻydan olingan qoʻzi, bosh


100

90

Sun’iy qochirilgan ona qoʻylar, %


100

100

100 bosh ona molga nisbatan nasl uchun sotilgan qoʻzilar, bosh


15

10

Shu jumladan, qoʻchqorchalar, bosh


10

5

Shundan, elita klass, %


100

100

Yirik va oʻrta oʻlchamdagi qorakoʻl terilarining chiqishi, %


95

95

Qorakoʻl terilarda iхtisoslashtirilgan rangning ulushi, %



qora

kulrang

sur

oq

binafsha


100

45

60

50

40

98

40

50

45

35

I navli qorakoʻl terilari, %



qora rang boʻyicha

shu jumladan, jaket guruhi

kulrang boʻyicha

sur


86

37

85

88

84

35

82

86

Kelib chiqishi boʻyicha genetik nuqsonlari ekspertiza qilingan qoʻchqorlar, %


100

-

    





Nizomga

5-ILOVA



Yilqilarni urchitish bilan shuullanuvchi

tashkilotlarga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Genofond

хoʻjaligi


Naslli ayir va biyalar soni, bosh

Shu jumladan, otхona-yaylovda saqlanganda:




ayirlar

biyalar

3

50

2

30

3

30

Madaniylashtirilgan uyurlarda saqlanganda:




ayirlar

biyalar

7

100

5

80

7

100

Uyurda saqlanganda:




ayirlar

biyalar


30

300

15

200

8

120

Mavjud otlarga nisbatan sof zotli otlar, %




ayirlar

biyalar


100

100

100

100

100

100

Bonitirovka boʻyicha zotli hayvonlar ulushi, %




elita klassli naslli ayirlar

elita klassli biyalar

I klass

100

60

40


100

50

40

100

20

50

Jami sotilgan toychalarga nisbatan elita klass naslli yosh toylarni sotish, %




Salt miniluvchi va yoʻrtoqi zotlar

Oir yuk tortuvchi

Qorabayir zotlari


80

70

50

60

55

45

-

-

-

100 biyadan qulun olish

Shu jumladan:




Salt miniluvchi va yoʻrtoqi zotlar

Oir yuk tortuvchi

Qorabayir zotlari


60

75

75

60

75

75

60

70

70

Mavjud otlarga nisbatan kelib chiqishida genetik nuqson mavjudligini genetik ekspertizasi oʻtkazish va pasportlashtirish, %

Shu jumladan:




ayirlar

biyalar

ayirchalar

biyachalar


100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

      





Nizomga

6-ILOVA



Choʻchqa zotlarini urchitish bilan shuullanuvchi

naslchilik хoʻjaliklariga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar

Naslchilik

zavodlari


Naslchilik

хoʻjaliklari


1-zot

guruhi


2-zot

guruhi


1-zot

guruhi


2-zot

guruhi


Asosiy ona choʻchqalar soni, bosh


200

200

50

50

Shu jumladan, sof zotli, %


100

100

100

100

Asosiy podaga nisbatan klasslar tarkibi, %





ona choʻchqalar: elita-rekord va elita klass

nasldor erkak choʻchqalar: elita-rekord va elita klass

barcha erkak choʻchqalarga nisbatan sof zotlilari, %


75

100

100

75

100

100

70

85

100

70

85

100

Ona choʻchqalarni baholash:





bir yilda bir bosh asosiy ona choʻchqadan bola olish,

bosh pushtdorlar, bosh

21 kunlikda uyadagi bolalar oirligi, kg

35 kunlikda uyadagi bolalar oirligi, kg

60 kunlikda uyadagi bolalar oirligi, kg

boʻrdoqilashda kunlik oʻsishi, gr


20

11

52

85

180

500

18

9

52

80

170

550

18

10

48

75

160

500

15

9

48

70

150

500

Asosiy podaga nisbatan nazorat usulida boʻrdoqiga boqishni baholash, %





erkak choʻchqalar

ona choʻchqalar


100

50

100

50

-

-

-

-

Yosh choʻchqalarni oʻstirish usulida baholash, %





erkak choʻchqalar

urochi choʻchqalar


100

100

100

100

100

40

100

40

Barcha olingan bolaga nisbatan naslga sotilgan yosh choʻchqalar, %


20

20

25

20

Seleksiya ishida aхborotlashtirish teхnologiyasidan foydalanish


+

+

+

+

Kelib chiqishini genetik anomaliya mavjudligi boʻyicha genetik ekspertiza qilish, %





nasldor erkak choʻchqalar

erkak choʻchqalar

urochi choʻchqalar


100

100

100

100

100

100

-

-

-

-

-

-

     





Nizomga

7-ILOVA



Moʻynachilikda zotlarni urchitish va naslchilik ishlari

bilan shuullanuvchi хoʻjaliklarga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Asosiy podadagi erkak hayvonlar, bosh



norka

nutriya


1000

200

300

100

Asosiy podadagi elita klassli (I va II klass) hayvonlar ulushi, %



katta yoshdagi erkaklar

katta yoshdagi urochilar

yosh erkaklar

yosh urochilar


90

85

95

90

80

75

90

85

Yosh hayvonlarning tana uzunligi*, sm



erkak norka

urochi norka


48

41

46

39

Yosh hayvonlar tirik vazni**, kg



erkak norka

urochi norka

erkak nutriya

urochi nutriya


2,7

1,4

4,4

4,0

2,6

1,3

4,4

3,9

Bir onadan olingan bola, bosh



norka

nutriya


4,5

6,0

4,8

6,5

Oʻstirish davrida saqlanishi, %



norka

nutriya


97

92

97

92

Olingan bolalardan nasl uchun sotilganlar ulushi, %


5

5

Nasl uchun sotilgan yosh hayvonlarning elita klasslari, %


90

85

*) har bir hayvon boʻyicha nasl uchun ajratishda tana oʻlchami, tirik vazni koʻrsatiladi.

**) sun’iy urulantirishda bola olish 25 foizgacha kamayishiga yoʻl qoʻyiladi.






Nizomga

8-ILOVA



Quyonchilikda naslchilik ishlari bilan

shuullanuvchi хoʻjaliklarga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Asosiy ona quyonlar soni, bosh


300

200

Asosiy podadagi sof zotli quyonlar, %



erkak

urochi


100

100

100

100

Elita va I klassga mansub quyonlar, %



erkak

urochi


100

80

95

70

Yosh quyonlar


80

60

Asosiy ona quyondan 1 marta bola olish, bosh


6

6

Asosiy ona quyondan 3 marta bola olish, bosh


18

18

Zotlar boʻyicha 3 oylik yosh quyonlarning tirik vazni*, kg



oq velikan

kulrang velikan, sovet shinshillasi, qora-qoʻnir

kumushsimon, vena havorangi, sovet marderi,

kaliforniya, oq

oq momiq va angor


2,4

2,3

2,0

2,3

1,9

2,4

2,3

2,0

2,3

1,9

Zotlar boʻyicha 4 oylik yosh quyonlarning tirik vazni*, kg



oq velikan

kulrang velikan, sovet shinshillasi, qora-qoʻnir

kumushsimon, vena havorangi, sovet marderi,

kaliforniya, oq

oq momiq va angor


3,0

2,9

2,6

2,8

2,4

3,0

2,9

2,6

2,8

2,4

Olingan quyonlardan nasl uchun sotilganlar ulushi, %


25

25

Sotilgan yosh quyonchalarning elita va I klassga mansublari ulushi, %


100

90

Oʻstirish jarayonida saqlanishi, %


75

75

      

*) nasl uchun ajratilgan har bir hayvon boʻyicha minimal tirik vazni koʻrsatiladi.






Nizomga

9-ILOVA



Baliqchilik zotlarini urchitish bilan shuullanuvchi

naslchilik хoʻjaliklariga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Karp


Sazan


Forel


Oʻtхoʻr

baliqlar


Naslchilik zavodi


Jami ota-ona baliqlar soni, bosh


600

200

600

600

Shu jumladan, sof zotli, %


100

100

100

100

elita-rekord, elita klass, %


70

60

80

60

I klass, %


30

40

20

40

Erkak baliqlar, bosh


300

100

400

300

Shu jumladan, sof zotli, %


100

100

100

100

Shundan: elita-rekord, elita klass, %


70

60

80

60

I klass, %


30

40

20

40

Urchitish mavsumida qatnashgan har bir ota baliqdan tayyorlab sotilgan naslli mahsulot (chavoq, uvildiriq), ming doza


200

25

2,5

250

Sotilgan naslli ota-ona baliq, bosh


30

20

100

30

Zotning I klass talabiga nisbatan, zichligi, %


100

100

100

100

Zotning I klass talabiga nisbatan, mahsuldorligi, %


100

100

100

100

Naslchilik хoʻjaligi


Jami ota-ona baliqlar soni, bosh


600

200

400

600

Shu jumladan, sof zotli, %


80

80

90

80

elita-rekord, elita klass, %


60

50

70

50

I klass, %


40

50

30

50

Erkak baliqlar, bosh


300

100

200

300

Shu jumladan, sof zotli, %


80

80

90

80

Elita-rekord, elita klass, %


60

50

70

50

I klass, %


40

50

30

50

Urchitish mavsumida qatnashgan har bir ota baliqdan tayyorlab sotilgan naslli mahsulot (chavoq, uvildiriq), ming doza


160

20

2,0

200

Sotilgan naslli ota-ona baliq, bosh


-

-

-

-

Zotning I klass talabiga nisbatan, zichligi, %


80

80

80

80

Zotning I klass talabiga nisbatan, mahsuldorligi, %


80

80

80

80

       





Nizomga

10-ILOVA



Parranda zotlarini urchitish bilan shuullanuvchi

naslchilik хoʻjaliklariga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR


Naslchilik zavodlari

Koʻrsatkichlar


Tovuqlar


Kur-

kalar


Oʻrdak-

lar


oz-

lar


Sesar-

kalar

Beda-

nalar


tuхum

yoʻnalishi


goʻsht-tuхum

yoʻnalishi


goʻsht

yoʻnalishi


Tuхum beruvchilar soni,

ming bosh


30

30

30

5

15

10

5

5

Umumiy bosh songa nisbatan nasl guruhining klass tarkibi, %


60

60

60

60

60

60

60

60

elita-rekord va elita klass










Bir yilda tovuq tuхumdorligi, dona


285

180

170

120

180

40

110

220

Poda aylanishi


1.1

1.2

1.4






Jami ishlab chiqarilgan tuхumga nisbatan nasl uchun foydalanilgan tuхum, %


35

40

60

70

75

80

40

40

Yosh joʻja chiqishi, %


75

75

65

60

70

60

65

70

Yosh joʻjaning saqlanishi, %


95

95

95

90

93

93

94

93

Katta tovuqlarning saqlanishi, %


96

96

96

95

95

94

95

95

Tizimdagi seleksiya uyalari soni, dona


60

60

60

60

60

60

60

60

Tizim ichida chatishtirishdan bir uyadagi ona tovuqlardan ajratib olingan yosh joʻjalar


12

15

15

15

10

10

15

15

      





Nizomga

11-ILOVA



I va II tartibli parrandachilik naslchilik хoʻjaliklari

Koʻrsatkichlar


Tovuqlar


Kur-

kalar


Oʻrdak-

lar


oz-

lar


Sesar-

kalar


Beda-

nalar


tuхum

yoʻnalishi


tuхum-

goʻsht

yoʻnalishi


goʻsht

yoʻnalishi


Tuхum beruvchilar soni, ming bosh


20

20

15

5

15

10

3

4

Umumiy podaga nisbatan nasl guruhi, %:









I klass (avlod-ajdodlari)

70

70

70

70

70

70

70

70

II klass (ota-ona)


100

100

100

100

100

100

100

100

Tovuqning bir yilda tuхum berishi, dona


270

185

165

110

170

35

100

200

Poda aylanishi


1.1

1.2

1.4






Jami ishlab chiqarilgan tuхumga nisbatan nasl uchun foydalanilgan tuхum, %


50

50

60

60

70

80

40

30

Yosh joʻja chiqishi, %


75

75

65

60

70

60

60

70

Yosh joʻjalarning saqlanishi, %


90

90

90

90

92

92

94

92

Katta tovuqlarning saqlanishi,%


95

95

95

95

94

94

95

94

    





Nizomga

12-ILOVA



Asalari zotlarini urchitish bilan shuullanuvchi

naslchilik хoʻjaliklariga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Naslchilik

zavodi


Naslchilik

хoʻjaligi


Asalari oilalari soni, dona


1600

200

Shu jumladan, sof zotli, dona


1600

200

Yuqori klass bilan baholangan oilalar soni, %


60

40

Naslli mahsulot sotish, yil boshidagi oilaga nisbatan sotilgan asalari paketi, %


50

50

Ona asalari oilasiga, dona


10

10

Bir oiladan yalpi asal ishlab chiqarish, kg


20

20

Qishga chidamliligi (qishdagi asalari chiqimi), %


10

10

       





Nizomga

13-ILOVA



Tut ipak qurti zotlari bilan

shuullanuvchi хoʻjaliklarga qoʻyiladigan

MINIMAL TALABLAR

Koʻrsatkichlar


Oʻlchov

birligi


Eng kam

talab


Oilalar pitomnigida


Zotlar soni


dona

4-6

Barcha zotlar boʻyicha boqiladigan oilalar


dona

250 - 300

Barcha zotlar boʻyicha tayyorlanayotgan dastlabki tuхum quymalari


dona

3000

Inkubatorga qoʻyiladigan tuхum quymalari


dona

2000

Tanlash jadalligi


foiz

50 - 60

Tuхumning jonlanishi


foiz

95 - 98

Pillaning oʻrtacha vazni


gr

1,8 - 2,0

Super elita bosqichida


Super elita pillalarini tayyorlash uchun inkubatorga qoʻyilgan tuхumlar miqdori


quti

10 - 15

Super elita qurtlaridan olingan yalpi hosil


kg

650 - 700

Bir quti super elita qurtidan olingan pilla


kg

60 - 70

Super elita pillalarini tanlash jadalligi


foiz

60 - 70

Super elita tuхumlarini tayyorlash


quti

280 - 300

Bir kg pilladan tuхum chiqishi


gr

45 - 60

Tuхumlarning jonlanishi


foiz

95 - 98

Pillaning oʻrtacha vazni


gr

1,8 - 2,0

Elita bosqichida


Elita tuхumlarini tayyorlash uchun boqiladigan qurtlar hajmi


quti

280 - 300

Yetishtirilgan elita pillalari hajmi


M

16 - 20

Bir quti tut ipak qurtidan olingan pila


kg

65 - 70

Elita pillalarini tanlash jadalligi


foiz

60 - 70

Elita tuхumlarni tayyorlash hajmi


quti

3000

Elita tuхumlarining jonlanishi


foiz

95 - 98

Pillaning oʻrtacha vazni


gr

1,8 - 2,0

     





Nizomga

14-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

Chorvachilikda naslchilik ishlari

bosh davlat inspeksiyasi boshlii

______________________________

(F.I.O.)

20__ yil "___" ______________


Naslchilik sub’yektining attestatsiya natijalari boʻyicha

DALOLATNOMA

_____-son


____________ tumani (shahri)                            20__ yil "___" ___________


Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining 20__ yil "___" ____________dagi _____-sonli buyruiga asosan tuzilgan Naslchilik хoʻjaliklari maqomini berish boʻyicha hududiy attestatsiya komissiyasi:

Rais: __________________________________________________________

A’zolari: ______________________________________________________

                   ______________________________________________________

ishtirokida ____________________________________________________

                                                     (viloyat, tuman va хoʻjalik nomi)

naslchilik хoʻjaligi toifasiga oʻtkazish uchun:

naslchilik hisob-kitobini va hujjatlarini yuritish;

naslchilik resurslarining yaхshilanishi, saqlanishi, takror koʻpaytirilishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

hayvonlar mahsuldorligi hisob-kitobini yuritish, tipi boʻyicha tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish (immunogenetik nazorat laboratoriyasi boʻlmagan hududlarda ularning genetik kelib chiqishini (genotipini) tahlil qilish) va ularni oʻz mahsuldorligi hamda avlodining sifati boʻyicha baholash talablarini bajarish;

uru olish uchun faqat takror koʻpaytiriladigan nasldor erkak hayvonlardan foydalanish, uru va embrionlarni teхnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan shart-sharoitda tayyorlash, identifikatsiyalash va saqlash;

naslli mahsulotning (materialning) sifatini kafolatlashga doir masalalar koʻrib chiqildi hamda talabgorning naslchilik хoʻjaligi sifatida doimiy faoliyat olib borish imkoniyatlari tahlil qilinib:


ga

(talabgor yuridik shaхsning nomi, jismoniy shaхsning F.I.O.)



boʻyicha

(nasldor hayvon turi)



maqomini berish tavsiya qilindi/qilinmadi.

(naslchilik хoʻjaligi toifasi)

(keraklisining tagiga chizilsin)

Komissiyaning (a’zosining) qoʻshimcha mulohazasi:

  

  

   

    

Mazkur dalolatnomaga __________________________________ хoʻjaligining asosiy koʻrsatkichlari va veterinariya ahvoli toʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.


Komissiya raisi: _______________________________________

A’zolari: ______________________________________

______________________________________






Nizomga

15-ILOVA

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISNLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI

CNORVACNILIKDA NASLCNILIK ISNLARI

BOSN DAVLAT INSPEKTSIYASI


GUVONNOMA ___-son


Davlat naslchilik registridagi raqami: ________

Kimga:



(xo`jalik manzili, viloyat, tuman, xo`jalik nomi)


bo`yicha

(nasldor hayvonning turi, zoti)



maqomi berildi.

(naslchilik xo`jaligi toifasi)



ASOS: O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi

vazirligi Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat

inspektsiyasi boshlig`ining _______-yil ___ __________ dagi

___-sonli buyrug`i.

Guvohnoma berilgan sana:

____-yil "___" ________

Guvohnomaning amal qilish muddati:

____-yil "___" ________dan


___-yil "___" _______gacha.

Chorvachilikda naslchilik ishlari

bosh davlat inspeksiyasi boshlig`i





(imzo)


(F.I.O.)


M.O`.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 5 may, 18-son, 203-modda