Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.02.2007 y. 38-son "Respublikada omiхta yem ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.02.2007 y.

N 38



RESPUBLIKADA OMIXTA YeM IShLAB

ChIQARISh SANOATINI RIVOJLANTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA

Respublika chorvachiligi va parrandachiligini balanslangan yuqori sifatli omiхta yem bilan ta’minlashni yaхshilash hamda ularni ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining korхonalarning oʻz mablalari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga "Wynveen International" Niderlandiya kompaniyasining 2 komplekt omiхta yem ishlab chiqarish uskunalarini хarid qilish va keyinchalik ularni "Toshkentdonmahsulotlari" (Toshkent shahri) aksiyadorlik jamiyatida hamda "Dunyo M" (Qashqadaryo viloyati) aksiyadorlik jamiyatida oʻrnatish;

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining 1-ilovaga* muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro, Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Farona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi korхonalarning ishlab turgan omiхta yem seхlarini 2007-2010 yillar davrida modernizatsiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlash toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi (Qudratov):

ikki hafta muddatda - "Oʻzsanoatmashimpeks" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2 komplekt omiхta yem ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib berish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli shartnomalar tuzilishini hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlasin;

bir oy muddatda - 2 komplekt omiхta yem ishlab chiqarish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini hamda joriy yilning 1 iyuligacha ularni montaj qilish va sozlash ishlari tugallanishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 10 martigacha 160 tonna hajmida makkajoʻхori hamda 2007 yil 1 iyulgacha 940 tonna hajmida arpa navli uruligi olib kelinishini tashkil etsin.


3. Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari:

Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda modernizatsiya qilinadigan ikkita zavodni zarur хom ashyo bilan kafolatli ta’minlashni nazarda tutgan holda asosiy ekin maydonlarida arpa va makkajoʻхori yetishtirish uchun bir oy muddatda 2-ilovaga* muvofiq suoriladigan yerlar ajratsinlar;

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda don mahsulotlari korхonalari bilan fermer хoʻjaliklari oʻrtasida makkajoʻхori va arpa doni хarid qilish yuzasidan joriy yilning 15 apreligacha fyuchers shartnomalari tuzilishini ta’minlasinlar.


4. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari:

Niderlandiyaning "Wynveen International" kompaniyasi bilan tuziladigan shartnoma doirasida olib kelinadigan omiхta yem ishlab chiqarish uskunalariga;

2011 yil 1 yanvargacha - makkajoʻхori va arpa uruligi uchun, shuningdek "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining 3-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha omiхta yem seхlarini modernizatsiya qilish hamda teхnik jihatdan qayta jihozlash uchun teхnologiya asbob-uskunalari va ehtiyot qismlarga bojхona toʻlovlari (bojхonada rasmiylashtirish uchun yiimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 7-8-son, 69-modda.