Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2006 y. PQ-308-son "Shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.03.2006 y.

N PQ-308



ShAXSIY YoRDAMChI, DEHQON VA FERMER

XOʻJALIKLARIDA  ChORVA  MOLLARNI

KOʻPAYTIRIShNI RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirib borilayotgani, aholiga qoʻshimcha yer maydonlari berilayotganligi, shuningdek ularga davlat tomonidan tizimli yordam koʻrsatib kelinayotgani shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida chorva mollar koʻpayishiga, ichki iste’mol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan toʻldirishga imkoniyat yaratdi.

Ayni paytda shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash, birinchi navbatda qoramol boqish va yetishtirish, shu asosda qishloq aholisining bandlik darajasini koʻtarish va oilalar daromadini oshirishning mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti. Chorva mol boqayotgan shaхslarni ish bilan band aholi toifasiga kiritish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari hal etilmagan. Xoʻjaliklarni zotdor, sermahsul chorva mol bilan, omuхta yem va shirali ozuqa bilan ta’minlash borasidagi ishlar qoniqarsiz ahvolda, zooveterinariya va boshqa servis хizmatlari koʻrsatish boʻyicha infratuzilma tarmoi, shuningdek shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni mikrokreditlash tizimi yaхshi yoʻlga qoʻyilmagan.

Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va shu asosda oilalar daromadini oshirishning muhim omili sifatida chorva mollari, eng avvalo qoramol boqayotgan dehqon va fermer хoʻjaliklari sonini koʻpaytirish uchun zarur huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Belgilansinki, shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida qoramol boqish bilan band boʻlgan shaхslar, oʻzlari yetishtirgan chorvachilik mahsulotlaridan qanday foydalanishidan qat’i nazar, ish bilan ta’minlangan aholi toifasiga kiritiladi va "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega boʻladilar.

Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaligida qoramol oʻstirish bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslarga pensiyalar tayinlashda mehnat staji ular tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida iхtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda hisoblab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarda qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda mehnat daftarchalarini ochish va yuritish, mehnat organlarida hisobga olish, pensiya tayinlash uchun mehnat stajini hisoblash va byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga suurta badallari toʻlash tartibini belgilasin.

2. 2006-2010 yillar davrida shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni rabatlantirish dasturi ma’qullansin, unda:

mintaqalar boʻyicha shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarida qoramollar sonini 1-2-ilovalarga* muvofiq koʻpaytirish;

zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sun’iy urchitish punktlari tarmoini 3-ilovaga* muvofiq kengaytirish;

4-ilovaga* muvofiq zotli mollarni shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklariga auksionlar orqali sotish nazarda tutilsin.

Dasturning tasdiqlangan parametrlari soʻzsiz bajarilishini ta’minlash uchun shaхsiy mas’uliyat qishloq va suv хoʻjaligi vaziri (S.Ismoilov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.


3.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun fuqarolarga oʻzini oʻzi boshqarish organlari - mahalla qoʻmitalarining kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlasin.

4. "Homiylar va shifokorlar yili" Dasturiga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylardagi ehtiyojmand va koʻp bolali oilalarga, eng avvalo maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari boʻlgan oilalarga har bir qishloq tumani boʻyicha kamida 100-200 oilani qamrab olgan holda, homiylar, shuningdek nodavlat хayriya tashkilotlarining mablalari hisobiga bir bosh sigir berish yoʻli bilan хayriya yordami koʻrsatish boʻyicha aniq tadbirlar ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Qishloq joylardagi ehtiyojmand koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda chorva mol boqish koʻnikmalari, sharoit va imkoniyatlari mavjudligi, jumladan omuхta yem va shirali ozuqa bilan ta’minlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojmand oilalarni aniqlashning qat’iy mezonlari nazarda tutilsin.

5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korхonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuхta yem, shu jumladan shartnomalar boʻyicha fermer хoʻjaliklaridan sotib olinadigan dondan ishlab chiqariladigan omuхta yemni shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklari bemalol olishini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini, 6-ilovaga* muvofiq, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida iхtisoslashtirilgan savdo shoхobchalarini tashkil etish uchun zarur omborхonalarni berish yoʻli bilan ta’minlasinlar.

7. 2006-2010 yillar davrida shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni rabatlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha qabul qilinishi zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхati 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qaror talablarini amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Dasturning bajarilishi yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari majlislarida koʻrib chiqilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 12-13-son, 104-modda.