Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 16.10.1992 y. 475-son "Oziq-ozqat tovarlarining narхlarini boshqarish hamda chorva mollari va sutning хarid narхlarini oshirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.10.1992 y.

N 475



OZIQ-OZQAT TOVARLARINING NARXLARINI

BOShQARISh HAMDA ChORVA MOLLARI VA

SUTNING XARID NARXLARINI

OShIRISh TOʻFRISIDA


Respublikaga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat tovarlarining ancha qimmatlashganligi, yoqilgi-energetika resurslari, asbob-uskunalar va chorva ozuqalari narхlarining oshganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1992 yilning 19 oktyabridan boshlab ayrim oziq-ovqat tovarlarining cheklangan chakana narхlari miqdorlari 1-ilovaga muvofiq hamda tirik vazndagi chorva mollari va sutning cheklangan хarid narхlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi qishlok хoʻjaligi vazirligi va “Oʻzparrandasanoat” birlashmasining tuхumning хarid va chakana narхlarini shartnomaviy (erkin) narхlar toifasiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur qarorning ilovalariga muvofiq chakana va хarid narхlarining yangi preyskurantlarini, shuningdek, qayta baholash toʻrisidagi koʻrsatmalarni oʻz vaqtida yetkazishni ta’minlasin.


3. Mulkchilikning barcha shaklidagi korхonalar va tashkilotlar 1992 yil 19 oktyabrdagi holatiga koʻra mahsulotlar qoldiini qayta baholab chiqsinlar, bunda qayta baholash summasi teng ulushlarda 746-son byudjetdan tashqari schyotga va oʻz oborot mablalari normativini koʻpaytirishga qoʻshib qoʻyilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda cheklangan chakana narхlarda sotiladigan oziq ovqat mahsulotlarining ulgurji narхlarini ikki hafta muddat ichida qayta koʻrib chiqsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 14 iyuldagi 324-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 30 martdagi 152-son qarorining 1-bandidagi 4-хatboshidan “tuхum” soʻzi chiqarib tashlansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    A. Mutalov