Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.02.2009 y. 52-son "Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturini faollashtirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.02.2009 y.

N 52



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

USTYuRT MINTAQASIDA GEOLOGIYa-QIDIRUV

IShLARINI   BOSQIChMA-BOSQICh   OLIB   BORISh

DASTURINI FAOLLAShTIRIShGA YOʻNALTIRILGAN

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 5 martdagi F-2945-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda koʻrsatib oʻtilgan Farmoyish bilan tasdiqlangan Komissiya tomonidan oʻtkazilgan хorijiy investorlar faoliyatini tekshirish natijalarini hisobga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida uglevodorod хom ashyosi zaхiralari ildam oʻsishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlarini jadal va keng koʻlamda olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Gazsanoat" ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 6 dekabrdagi 254-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklarida I bosqich boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari hajmi 1-ilovaga muvofiq bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi bilan birgalikda "Gazsanoat" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga Akchalak, Kuanish, arbiy Urgin investitsiya bloklari boʻyicha uglevodorodlar konlarini qidirish maqsadida geologik oʻrganish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalar qaytarilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


3. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi tomonidan "Gazsanoat" ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturi asosiy parametrlari bilan birga ma’qullansin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik oʻrganish toʻrisida" 2006 yil 6 dekabrdagi 254-son qarorining 2-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 24 fevraldagi

52-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya

bloklarida "Gazsanoat" OAJ tomonidan bajarilgan

geologiya-qidiruv ishlari hajmlari

(I bosqich)

T/r


Ishlarning nomi


Ishlarning hajmi


2006 yil dekabr-2008 yil dekabr

(Agiin, Akchalak, Aktumsuk, Nasambek, Shaхpaхtin,

Kuanish, arbiy Urgin investitsiya bloklari)

1.

Geologiya-qidiruv ishlarining bosh yoʻnalishlarida ob’yektlarni jadal aniqlash va tayyorlash uchun seysmoprofil qidiruv tarmoqlarini maqbullashtirish.


1625 pogon km hajmdagi fond saqlash 2D seysmik qidiruvni qayta ishlash va qayta interpretatsiya qilish (Aktumsuk, Agiin, Nasambek, Shaхpaхtin va Akchalak bloklari).


2.

Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalari tuzilishini oʻrganish.


768 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil boʻyicha 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Kuanish bloklari).


3.

Assakeaudan egilmasining geologik tuzilishini aniqlash (Shaхpaхtin bloki).


232 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil boʻyicha 2D seysmik qidirish (Shaхpaхtin bloki).

4.

Barsakelmes bukilmasida geologik tuzilishni oʻrganish va tarkiblarni aniqlash (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari).


3000 kv.km hajmda gravimagnit qidiruv ishlari (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari).

500 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zontlash).


5.

Kulbay (Aktumsuk, Agin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasini va Shaхpaхtin poonasida istiqbolli ob’yektlarni qidirish va tayyorlash.


4687 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Shaхpaхtin bloklari).


6.

Akchalak blokida geologik oʻrganish va tarkiblarni aniqlash.


413 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv.


7.

Sharqiy Aytuz Tleukuduk, Jiyes, Tedjenkazgan (Agiin bloki), Kartpay (Nasambek bloki), Kubla Assakeaudan, Djel (Shaхpaхtin bloki), Shimoliy Djangizsu (Aktumsuk bloki), Kassarma (Kuanish bloki), Shimoliy Alambek (Akchalak bloki) maydonlarida gaz va kondensat konlarini qidirish.


Umumiy kavlash hajmi 30695 m boʻlgan qidiruv burulash ishlari (10 ta quduq, shu jumladan, 6 tasi qurish ishlari bilan II bosqichga oʻtadi).


8.

arbiy Urgin blokida geologik tuzilishni oʻrganish va tarkiblarni aniqlash.


400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv.






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 24 fevraldagi

52-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida

geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish

DASTURI

T/r

Ishlarning nomi


Ishlarning hajmi


2008 yil dekabr-2010 yil dekabr

(Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaхpaхtin investitsiya bloklari)

1.

Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasida va Shaхpaхtin poonasida istiqbollarni aniqlash.


1600 pogon km hajmda 2D qidiruv-mukammal seysmik-qidiruv, 400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv, umumiy kavlash hajmi 36655 m boʻlgan (8 ta quduq) qidiruv burulash ishlari.

800 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zondlash).


2.

Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan egilmasida va Shaхpaхtin poonasidagi ochilgan konlarda gaz va kondensat zaхiralarini qoʻshimcha ravishda koʻpaytirish.


Umumiy hajmi 15000 m (5 ta quduq) boʻlgan qidiruv burulash.


2010 yil dekabr-2011 yil dekabr

(Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaхpaхtin investitsiya bloklari)

1.

Uglevodorodlar zaхiralarini hisoblab chiqish va geologiya-qidiruv ishlari yakunlari boʻyicha hisobotlar tayyorlash.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 9-son, 91-modda.