Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2008 y. 108-son "Konlarning Kondim guruhini kompleks jihozlashni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.05.2008 y.

N 108



KONLARNING KONDIM

GURUHINI KOMPLEKS JIHOZLAShNI

JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Gazni qayta ishlash zavodi qurilishini jadallashtirish va oʻz vaqtida foydalanishga topshirish hamda konlarning Kondim guruhini kompleks jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi bilan "LUKOYL" neft kompaniyasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati va "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2004 yil 16 iyunda tuzilgan konlarning Kondim guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻnirot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Buхoro viloyatidagi Xauzak uchastkasining gaz koni oʻz vaqtida foydalanishga topshirilganligi va tabiiy gaz qazib olish boshlanganligi;

tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash hajmining oʻrtacha yillik prognoz darajasi 8 mlrd kub m, tozalangan tovar gaz boʻyicha 6 519,5 ming tonna, stabil kondensat - 213,6 ming tonna, suyultirilgan gaz - 17,5 ming tonna va oltingugurt - 191,1 ming tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan "Gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va konlarning Kondim guruhini jihozlash" investitsiya loyihasining dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslashi vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha hujjatlari ekspert jihatdan kuzatib borilishini hamda bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan nazoratni ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari E.R. Shaismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov