Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.1996 y. 169-son "Andijon viloyatidagi "Xoʻjaobod" konida yer osti gaz ombori qurilishi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.04.1996 y.

N 169



ANDIJON VILOYaTIDAGI

"XOʻJAOBOD" KONIDA YeR OSTI

GAZ OMBORI QURILIShI TOʻRISIDA


Farona vodiysi aholisini va хalq хoʻjaligi ob’yektlarini nish davrida tabiiy gaz bilan yanada toʻlarok va ishonchli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi 1996-1998 yillarda Andijon viloyatidagi "Xoʻjaobod" neft-gaz konining ishlanib tamom boʻlgan qatlamlari bazasida kompressor stansiyasi boʻlgan yer osti gaz ombori qurilishiga tayyorgarlik qurish, loyihalashchtirish va uni koʻrishni amalga oshirsin Siimi yiliga 400 mli koʻb metr boʻlgan yer osti gaz ombori birinchi navbatining ishga tushirilishini, diametri 720 mm boʻlgan 41 kilometrlik magistral gaz quvurini va 14 ta gaz haydash agregatini qurgan holda, 1997 yilning III choragida ta’minlasin Omborning siimi "500 mln kub metr boʻlgan ikkinchi navbatining, 17 ta gaz хaydash agregatini qurgan holda, 1995 yilda ishga tushirilishini nazarda tutsin.

"Oʻzgazuzatish" davlat birlashmasi Xoʻjaobod yer osti gaz ombori va gaz quvuri qurilishi buyurtmachisi, "Oʻzneftgazqurilish" birlashmasi bosh pudratchi etib belgilansin.


2. Andijon viloyati хokimligi yer osti gaz omborining qoʻriqlanadigan zonasidagi imoratlarni koʻchirish boʻyicha buyurtmachisi, "Oʻzjamoaхoʻjalikqurilish" davlat birlashmasi va "Oʻzsuvqurilish" davlat konserni - bosh pudratchilar etib belgilansin Buyurtmachi ikki хafta muddatda yer osti gaz ombori va gaz quvuri qurilishi uchun yer maydonlari ajratsin, bir oy muddatda bosh pudratchi tashkilotlarga imoratlarni koʻchirishga oid hujjatlarni taqdim etsin.

1996 yil 20 maygacha imoratlarni koʻchirish ishlarini mabla bilan ta’minlash masalasini hal qilsin.

Imoratlarni koʻchirishga oid ishlarning birinchi navbati 1996 yilda, ikkinchi navbati 1997 yilda tugallansin.


3. Yer osti gaz ombori va gaz quvuri qurilishi tabiiy gazni MDX mamlakatlariga eksport qilish va respublikaning kredit mablalari hisobiga amalga oshirilsin.


4. Maхfiy.


5. Neft-gaz tarmoqlari obyektlarining valyutaga boʻlgan ehtiyojini eng koʻp darajada qoplash maqsadida "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi birlashmalari yer osti gaz ombori qurilishi ishga tushirilgunga qadar uskunalar import qilishda poshlina toʻlovlaridan ozod qilinsin.


6. Mazkur ob’yektning respublika хalq хoʻjaligi uchun muhim aхamiyatga ega ekanligi munosabati bilan Xoʻjaobod yer osti gaz ombori qurilishi davrida ushbu ob’yektlarda ishlovchi barcha toifadagi хodimlarning lavozim maoshlariga va tarif stavkalariga 30 foiz miqdorida ustama belgilansin.


7. Andijon viloyati hokimligi "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi va "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi bilan birgalikda yer osti gaz ombori qurilishiga jalb kilinganlarning joylashtirilishi va ovqatlanishini ta’minlasin, ular uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratib bersin.


8. Yer osti gaz ombori qurilishi bilan boliq masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda respublika shtabi tuzilsin Respublika shtabiga zarur boʻlgan hollarda mazkur ob’yekt qurilishiga respublika korхonalari va tashkilotlarini jalb qilishga ruхsat etilsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari K.J. Xaqqulov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov






Bazirlar Mahkamasining

1996 yil 30 apreldagi

169 - son qaroriga

ILOVA



Andijon viloyatidagi "Xoʻjaobod" konida

yer osti gaz ombori qurilishi boʻyicha

respublika shtabining

TARKIBI

    

I.X. Joʻrabekov

- Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, shtab rahbari


Q.J. Xaqqulov

- Bosh vazirning oʻrinbosari, shtab rahbarining oʻrinbosari


B.A. Ashrafхonov

- Vazirlar Maхkamasining Yoqili sanoati va energetika boʻlimi mudiri


A.O. Obidov

- "Neftgazfan" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


T.L. Bobojonov

- "Oʻzbekgeofizika" davlat geologiya korхonasi bosh direktori


R. Jumanazarov

- "Oʻzsuvqurilish" konserni raisi


A.D. Donayev

- "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi raisining oʻrinbosari


N.I. Julin

- "Oʻzgazuzatish" davlat birlashmasining bosh direktori


A.S. Ibobekov

- "Oʻzqurilishmateriallari" konserni raisi


N.X. Karimov

- "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi raisining oʻrinbosari


V.Sh. Kamolov

- "Oʻzjamoaхoʻjalikqurilish" birlashmasi raisi


T. Nabiyev

- "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi


A.S. Nisnevich

- Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari


A.N. Normatov

- "Oʻzneftgazqazibolish" davlat-aksionerlik birlashmasi bosh direktori


G.M. Tolmachev

- Energetika va elektrlashtirish vazirining birinchi oʻrinbosari


V.M.Tovarovskiy

- "Oʻzneftgazqurilish" davlat-aksionerlik birlashmasining bosh direktori


M.Yo. Yoqubov

- Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari