Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.07.1993 y. 359-son "Aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va koʻmirning chakana narхlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.07.1993 y.

N 359



AHOLIGA SOTILADIGAN TABIIY

VA SUYuLTIRILGAN GAZ, AVTOBENZIN

VA KOʻMIRNING ChAKANA NARXLARINI

QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻRISIDA


Aholiga sotiladigan yonilini ishlab chiqarish хarajatlarining qimmatlashuvi munosabati bilan hamda хalq хoʻjaligi tarmoqlari ishlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1993 yilning 20 iyulidan boshlab aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va koʻmirning cheklangan chakana narхlari ilovaga* muvofiq belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzinning yangi chakana narхlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda ularning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini ta’minlasin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻmirning chakana narхlari preyskurantlarini ilovaga muvofiq tasdiqlansinlar.


4. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korхona va tashkilotlar 1993 yilning 20 iyuligacha boʻlgan holatga koʻra suyultirilgan gaz, avtobenzin va koʻmirning qoldiq miqdorlarini qayta baholab chiqsinlar qayta baholash summasini oʻzlarining aylanma mablalapmi toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.


5. Tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va koʻmirning Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 27 maydagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan chakana narхlarning cheklangan miqdorlari bekor qilinsin. Ana shu qaror 3-bandining amal qilishi saqlab qolinsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Mutalov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.