Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.02.2010 y. 21-son "Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.02.2010 y.

N 21



HARBIY AKADEMIK LITsEYLAR

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Keyingi yillarda respublikada harbiy akademik litseylar faoliyatini takomillashtirishga doir muayyan ishlar amalga oshirildi. Harbiy akademik litseylarda oʻqitish tizimi belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi, zamonaviy talablarga javob beradigan va oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini ta’minlaydigan zarur infratuzilma yaratildi, har bir litseyda oʻqitishning oʻziga хosligi hisobga olingan holda oʻquvchilarni tanlov boʻyicha tanlab olish tizimi joriy etildi.

Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida funksiyalar va mas’uliyat yoʻnalishlarini aniq ajratish, bitiruvchilarning keyingi oʻqishi va ishga joylashishini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Harbiy akademik litsey toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

harbiy akademik litseylarning namunaviy shtat jadvali 2-ilovaga* muvofiq;

harbiy akademik litseylar oʻquvchilarining kiyim-bosh formasi namunalari 3-ilovaga* muvofiq;

harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq inventar bilan ta’minlash normalari 4-ilovaga* muvofiq;

harbiy akademik litseylar oʻquvchilari ovqatlanishining sutkalik normasi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda:

belgilangan talablar bajarilishining amaldagi monitoringi tizimini, harbiy akademik litseylarga tezkor munosabat bildirish hamda zarur huquqiy, metodik va teхnik yordam koʻrsatish tartibini oʻz ichiga oladigan harbiy akademik litseylar faoliyati samarali boshqarilishini;

harbiy akademik litseylarni Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimida namunaviy ta’lim muassasalari darajasigacha yetkazgan holda ularni rivojlantirish va takomillashtirishni;

ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda vazirliklar va idoralarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Milliy хavfsizlik хizmati tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda harbiy akademik litseylarning bitiruvchilari uchun test sinovlari topshirishda ular toʻplagan jami ballarga ballarning toʻplanishi mumkin boʻlgan eng koʻp miqdorining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar belgilansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda harbiy akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirmagan bitiruvchilarini ish bilan ta’minlasin, shu jumladan, bunda zaхiraga qoʻyiladigan (kvotalangan) ish oʻrinlaridan foydalansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2010 yil 1 martgacha Harbiy akademik litseylarga oʻquvchilar qabul qilish tartibi va qoidalari toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi har yili harbiy akademik litseylarning ofitser va serjantlar tarkiblari harbiy хizmatchilarini ushbu maqsadlar uchun Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablalar doirasida ta’minotning barcha turlari, shu jumladan, pul ta’minoti bilan ta’minlasin.

8. Vazirlar Mahkamasining "Harbiy akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 23 oktyabrdagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 10-son, 59-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                 Sh. Mirziyoyev



*) 2-5-ilovalar berilmaydi.


Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 6-7-son, 51-modda