Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2014 y. 375-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.2014 y.

N 375



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY BIZNES MAKTABINING AYRIM

MASALALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy biznes maktabi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2014 yil 8 oktyabrdagi 282-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oliy biznes maktabining хodimlarning cheklangan umumiy soni 52 nafar (yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oliy biznes maktabining direktoriga zaruriyat boʻlganda uning tuzilmasiga хodimlarning umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 31 dekabrdagi

375-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy biznes maktabining

TAShKILIY TUZILMASI










Direktor




























































































      

Direktorning oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari

       



    

Direktorning iqtisodiyot masalalari va tashqi aloqalar boʻyicha oʻrinbosari

      


     

Direktor oʻrinbosari - Korporativ boshqaruv markazi rahbari

      
























































Ishlar boshqarmasi

2 kishi

     

quv-metodik boʻlim

2 kishi



   

Boshqaruv хodimlari marketingi boʻlimi

3 kishi


     

Korporativ boshqaruv markazi

13 kishi
































Buхgalteriya

2 kishi

      

Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlimi

2 kishi
















Tashqi aloqalar boʻlimi

2 kishi




























Kadrlar boʻyicha inspektor

1 kishi

  

Magistratura fakulteti

3 kishi






















Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

2 kishi









































   

Kafedralar

16 kishi



















































            

Xodimlarning cheklangan umumiy soni 52 nafar (yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari).

Yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 31 dekabrdagi

375-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Korporativ boshqaruv markazini tashkil etish toʻrisida" 2003 yil 4 iyuldagi 304-son qarorida:


a) 1-banddagi, 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandda:

uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin, "va ularni ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan хarajatlarga" soʻzlari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Davlat mulki qoʻmitasining" soʻzlari "Davlat raqobat qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 1-ilovada:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Davlat mulki qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat raqobat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 2-ilovada:

ilovaning nomidagi, 1 va 15-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi toʻrisidagi nizomga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining ustaviga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Markazning toʻliq nomi:

oʻzbek tilida - "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi";

rus tilida - Sentr korporativnogo upravleniya Visshey shkoli biznesa pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;

ingliz tilida - The Center for Corporate Management of the Nigher School of Business under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan".


2. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-bandining ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining magistraturalariga tatbiq etilmaydi".






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 31 dekabrdagi

375-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida Oliy biznes maktabi tashkil etish toʻrisida" 2001 yil 18 maydagi 222-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshi, 2 - 14-bandlari hamda qarorga ilovalar.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2003 yil 28 fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 47-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 19-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2005 yil 8 sentyabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 9-10-son, 48-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2011 yil 17 iyundagi 180-son qaroriga ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 6-son, 54-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 12 yanvar, 1-son, 7-modda