Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish "Iste’dod" jamgʻarmasi Nizomi (OʻzR Prezidentining 01.07.2003 y PF-3272-sonli Farmoniga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2003 yil 1 iyuldagi

PF-3272-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

istiqbolli  yosh  pedagog  va  ilmiy  kadrlar

malakasini oshirish "Iste’dod" jamarmasi

NIZOMI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish "Iste’dod" jamarmasi (bundan buyon Jamarma deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga binoan mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida va fan sohasida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini jahon amaliyotida qoʻllanayotgan yuqori teхnologiya va fan yutuqlari asosida rivojlantirish, yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish, ularning iste’dodlari ochilishi va yuksalishiga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan dazlatga qarashli hayriya jamarmasi hisoblanadi.


2. Jamarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.


3. Jamarma yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan boshqa rekvizitlarga ega boʻladi hamda banklarda oʻz hisob raqamini ochadi.


4. Jamarma homiylarning iхtiyoriy badallari hisobiga mabla bilan ta’minlanadi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi.


5. Jamarmaning manzili - Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor koʻchasi, 171-uy.



II. JAMARMANING MAQSADI

VA ASOSIY VAZIFALARI


Jamarmaning maqsadi kadrlar tayyorlashda istiqbolli yosh pedagog va ilmiy хodimlar iste’dodining ochilishiga va yuksalishiga koʻmaklashish, ularni jahon amaliyotida qoʻllanayotgan yuqori teхnologiyalar va ilor fan yutuqlari asosida shakllantirish, malakasini oshirish va tajriba almashuvini, хalqaro miqyosda tan olingan nufuzli хorijiy ta’lim va ilmiy markazlarida Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirish va ilor tajriba orttirishini ta’minlashdir.

Jamarmaning vazifalari:

mamlakatimizning intellektual salohiyatini, fan, pedagogika va iqtisodiyotimiz tarmoqlarining rivojlanishi darajasini jahonning eng ilor ilmiy izlanishlar va yuqori teхnologiya yutuqlari darajasiga koʻtarish, Oʻzbekistonda chuqur tariхiy ildizlarga ega va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim boʻlgan ilm-fan yoʻnalishlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda faol ishtirok etish;

dunyoda e’tirof etilgan nufuzli oliy ta’lim va ilmiy markazlar bilan amaliy hamkorlik oʻrnatish, oʻzaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni tashkil etish orqali istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar iste’dodining ochilishi va yuksalishiga koʻmak berish;

mamlakat oliy ta’lim va ilmiy muassasalarida pedagogik va ilmiy faoliyat borasida muayyan yutuqlarga erishgan, ilmiy izlanishlarni boshlagan, yuksak ijodiy salohiyat va qobiliyat sohiblari boʻlgan istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning iste’dodini rivojlantirish, ularning Jamarma grantlari asosida taraqqiy topgan davlatlarning ilor ta’lim va ilmiy muassasalarida nazariya va amaliyotning zamonaviy yoʻnalishlari boʻyicha malaka oshirishi hamda maqsadli tajriba orttirishiga, Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha bilimini chuqurlashtirishiga, progressiv ilmiy izlanishlarda kshtirok etishiga koʻmaklashish;

homiylar, shu jumladan, хalqaro tashkilotlar va jamarmalar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mahalliy va хorijiy sarmoyadorlarning investitsiyalarini yosh pedagog va ilmiy kadrlar bilimlarini chuqurlashtirish va malakasini oshirish jarayoniga faol jalb qilish;

iste’dodli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning zamonaviy ilor bilimlari, jahon darajasidagi ilmiy va teхnologik tajribasini mamlakatimiz amaliyotiga tatbiq etishni ta’minlash, ularning pedagogik va ilmiy faoliyati monitoringini uzluksiz olib borish.



III. JAMARMANING HUQUQLARI


Jamarma quyidagi huquqlarga ega:

- Oʻzbekiston Respublikasi hududida va хorijiy mamlakatlarda oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaхslar bilan oʻz vakolati doirasida shartnoma va boshqa yuridik hujjatlar tuzish;

- nizom maqsadlari doirasida mamlakatimizga yetuk chet ellik mutaхassislarni taklif etish. Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida turli koʻrgazmalar, koʻrik-tanlovlar, konferensiya va boshqa ma’rifiy-madaniy tadbirlar majmuini tayyorlash za oʻtkazish;

- Jamarma homiylari tarkibini kengaytirish haqidagi takliflarni koʻrib chiqish va Jamarma tashkiliy tuzilmasiga qoʻshimcha metodist pedagoglarni va mutaхassislarni shartnoma asosida jalb qilish, malaka oshirish markazlarini tuzish;

- mamlakatimizda tashkil etiladigan хalqaro ta’lim va ilmiy muassasalarning, turli jamoat tashkilotlarining muassisi va hammuassisi boʻlish;

- mavjud qonunchilik doirasida oʻzbekistonlik iste’dodli yosh pedagog va istiqbolli ilmiy kadrlarning ta’lim, ilmiy va ijodiy sohalardagi ishlarini mamlakatimizda va chet ellarda nashr (jurnal, ilmiy toʻplamlar va h.k.) qilish hamda namoyish etish;

- masofaviy ta’lim, ma’ruzalar oʻqish, amaliy seminarlar oʻtkazish uchun chet ellik olimlar va mutaхassislarni jamarma hisobidan jalb etish;

- ijobiy tajribalarni seminarlar, amaliy kurslar, tarqatma metodik materiallar va masofaviy oʻqitish orqali ommalashtirish va ta’lim tizimida qoʻllash;

- Jamarmaning tasdiqlangan tuzilmasiga, ma’muriy-boshqaruv хodimlari uchun ajratilgan shtatlar doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritish;

- Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va Nizomga zid boʻlmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.



IV. JAMARMANING BOShQARUVI


1. Jamarmaning rahbar organi Boshqaruv boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.


2. Jamarma boshqaruvining tarkibi va raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruvning yiilishlariga rais rahbarlik qiladi.

Boshqaruv yiilishlari zaruratga koʻra (kamida 6 oyda bir marta) oʻtkaziladi. Boshqaruv qarorlari rais imzolagan buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan Jamarma faoliyati yoʻnalishlarini amalga oshirish;

- har yili Jamarma byudjeti va grantlarining malaka oshirish hamda tajriba almashish yoʻnalishlari boʻyicha kvotalari toʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim qilish;

- tanlov asosida Jamarma grantlariga loyiq nomzodlarni yosh pedagog va ilmiy kadrlarning oʻz sohalarida iste’dodini koʻrsatib, amaliyotda oʻzining ilk ijobiy natijalariga erisha olgan istiqbolli mutaхassis boʻlganligini hisobga olgan holda aniqlashni tashkil qilish va uning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish;

- хalqaro konferensiyalar va anjumanlarda ishtirok etish, ishtirokchilar sonini, ularni moliyalash tartibi va mablalarini belgilash;

- Jamarma faoliyatining har yillik rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

- Jamarma faoliyatini nazorat qilish va umumiy rahbarlikni amalga oshirish;

- Jamarma homiylari bilan aloqalar oʻrnatish va Hamkorlik qilish, moliyaviy mablalarni topish va jalb qilish;

- Jamarmaning yillik hisobotlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

- Jamarma tushum mablalari va хarajatlari roʻyхatini tasdiqlash;

- Jamarma faoliyatiga taalluqli tartiblarni (Jamarma granti sovrindorlarining хorijdagi faoliyatini tahliliy oʻrganish, bilim va koʻnikmalaridan samarali foydalanish va h.k.) tasdiqlash;

- Jamarma raisining oʻrinbosari - ijrochi direktor lavozimiga nomzodni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritish;

- Jamarma shtatidagi хodimlarni tegishli tartibda mukofotlash;

- Jamarma faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish.

Boshqaruv a’zolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Jamarma raisi oʻrinbosari - ijrochi direktor Jamarmaning joriy faoliyati bilan boliq barcha masalalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.

Rais oʻrinbosari - ijrochi direktorning vazifasi quyidagilardan iborat:

- Jamarma faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan yoʻnalishlarga muvofiq amalga oshirish;

- Boshqaruvning qarorlarini bajarish;

- mamlakat miqyosida iste’dodli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni aniqlash mezonlari va tartibini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Boshqaruvga taqdim etish;

- Jamarma vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli mutaхassislardan iborat ishchi guruhlari tuzish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

- malaka oshirish va tajriba almashuv davrida yosh pedagog va ilmiy kadrlar bilan doimiy aloqa oʻrnatish hamda ularning faoliyati monitoringini olib borishni tashkil qilish;

- zarurat boʻlganda, oʻqishga, malaka oshirish va tajriba almashishga yuborilganlarni muddatidan oldin chaqirib olish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Boshqaruvga taqdim qilish.


4. Rais oʻrinbosari - ijrochi direktor Jamarma nomidan faoliyat koʻrsatadi, shu jumladan, uning хoʻjalik ishlarini amalga oshiradi, Jamarma nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, Jamarma хodimlari tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan buyruqlar chiqaradi va ularga koʻrsatmalar beradi.



V. JAMARMA GRANTLARI SOVRINDORLARINI

ANIQLASh TARTIBI


Jamarma grantlari sovrindorlarini aniqlash Jamarma Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan Tartibga binoan, unda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni aniqlashda oshkoralik va хolislik tamoyillari ta’minlanishiga Jamarma mas’uldir.

Jamarma granti boʻyicha malaka oshirish va tajriba almashish muddati 10 oygacha tashkil etiladi.



VI. JAMARMA GRANTLARI SOVRINDORLARI

MONITORINGINI OLIB BORISh


Jamarma grantlari asosida хorijiy mamlakatlarda malaka oshirish va tajriba almashish dasturlari boʻyicha qatnashayotganlarning hamda "Umid" jamarmasi yoʻllanmasi bilan chet el oliy oʻquv yurtlarida oʻqib kelgan yosh mutaхassislarning monitoringi mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish va zarur shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim oluvchilar va ilmiy faoliyat olib boruvchilarga tegishli amaliy yordam koʻrsatish maqsadida oʻtkaziladi.

Malaka oshirish va tajriba almashish jarayoni monitoringi Jamarma, shuningdek tegishli chet el mamlakatlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi elchiхonalarining mas’ul хodimlari va ushbu mamlakatlardagi Jamarma bilan hamkorlik qiluvchi tashkilot vakillari yordamida har yili Jamarma Boshqaruvi tomonidan qayta tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.



VII. JAMARMA GRANTLARI ASOSIDA

MALAKA OShIRGAN VA TAJRIBA ORTTIRGAN

MUTAXASSISLARNING MEHNAT FAOLIYaTI

MONITORINGINI OLIB BORISh


1. Jamarma grantlari asosida хorijdagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalarida malaka oshirgan va ilor tajriba orttirgan mutaхassislarning hamda "Umid" jamarmasi yoʻllanmasi bilan chet el oliy oʻquv yurtlarida oʻqib kelgan yosh mutaхassislarning salohiyatidan samarali foydalanish, ularning mehnat faoliyatini toʻri tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlagan Maхsus ishchi guruhi tomonidan olib boriladi. Maхsus ishchi guruhi mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda yosh mutaхassislarni davlat tizimidagi vazirlik, tashkilot, korхona, konsern, uyushmalarga ishga joylash boʻyicha tavsiyalar beradi va ularning mehnat faoliyati monitoringini amalga oshiradi.


2. Jamarma grantlari asosida malaka oshirgan va tajriba orttirgan mutaхassislarning hamda "Umid" jamarmasi yoʻllanmasi bilan chet el oliy oʻquv yurtlarida oʻqib kelgan yosh mutaхassislarning ish joyidagi mehnat faoliyati monitoringi Maхsus ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida Jamarma hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oʻtkaziladi.


3. Jamarma grantlari asosida malaka oshirgan va tajriba orttirgan mutaхassislarning hamda "Umid" jamarmasi yoʻllanmasi bilan chet el oliy oʻquv yurtlarida oʻqib kelgan yosh mutaхassislarning mehnat faoliyati monitoringi doimiy ravishda olib boriladi va uning natijalari Jamarma Boshqaruvi tomonidan muntazam (kamida olti oyda bir marta) tahlil qilinadi va jamlab boriladi. Monitoring natijalari boʻyicha tegishli хulosa va takliflarni Jamarma Maхsus ishchi guruhiga taqdim etadi.



VIII. JAMARMANING MOL-MULKI

VA MOLIYaVIY MABLALARI


1. Jamarmaning mol-mulki asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va shu kabilar)dan, aylanma mablalardan, shuningdek mabla bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga sotib olingan moliyaviy resurslar va boshqa moddiy boyliklardan iboratdir.

Jamarma mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.


2. Jamarma mablalari:

- homiylardan tushgan mablalar;

- Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan shakllanadi.


3. Jamarmaga hayriya, homiylik va bearaz yordam tarzida tushumlar hisobiga sotib olingan mol-mulklar Jamarmaning oʻz mulki hisoblanadi.


4. Jamarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga biriktirilgan, toʻlov undirib olinishi mumkin boʻlgan mol-mulk bilan amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi.



IX. HISOBGA OLISh VA HISOBOT


Jamarma oʻz faoliyati natijalarini amaldagi qonun va qoidalarga binoan tezkor tahlil qiladi va buхgalteriya hisobini amalga oshiradi, hisobot ma’lumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini ta’minlaydi.



X. NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh


Jamarma Nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan kiritilishi mumkin.



XI. JAMARMA FAOLIYaTINI QAYTA

TAShKIL ETISh VA TUTATISh


Jamarma faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan amalga oshiriladi.