Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2011 y. 192-son "Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.2011 y.

N 192


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAKILLARINING OʻQIShINI TAShKIL ETISh UChUN

YaPONIYa HUKUMATI GRANTLARIDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Yaponiya Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada oʻqishini tashkil etish uchun berilayotgan 202 mln. Yaponiya iyenasi miqdoridagi grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yaponiya Hukumatining Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish amalga oshiriladigan (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasida oʻqishini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripovga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notalari va Grant Bitimini imzolash vakolati berilsin.


3. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga - loyihani amalga oshirish doirasida grantlarni olish va ularga хizmat koʻrsatish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga - grantlarga hisob-kitob хizmati koʻrsatish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga - grantlarga hisob-kitob хizmati koʻrsatish yuzasidan Yaponiya tomoniga vositachilik хarajatlarini toʻlash uchun vositachilik хarajatlarini erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiyalashni ta’minlash yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi grantga hisob-kitob хizmati koʻrsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vositachilik хarajatlarini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan toʻlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashadigan хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari konsullik yiimlari va boshqa yiimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan хorijiy mutaхassislarga vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

Yaponiyada loyihani amalga oshirish doirasida oʻqigan oʻzbekistonlik mutaхassislarning ma’lumoti toʻrisidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinishiga va ularning ishga joylashtirilishiga koʻmaklashsin;

ularning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 26-son, 266-modda