Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2007 y. 124-son "Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini oʻqitishni tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining grantlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.06.2007 y.

N 124


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAKILLARINI OʻQITIShNI TAShKIL ETISh

UChUN YaPONIYa HUKUMATINING GRANTLARIDAN

SAMARALI FOYDALANISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini Yaponiyada oʻqitishni tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining 307 mln Yaponiya yeni miqdoridagi grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yaponiya Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasida oʻqitishni tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

20 kishidan iborat nomzodlarni tanlab olish Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya хalqaro hamkorlik markazi (JICE), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri R.S.Qosimov Ayirboshlash notalari sifatidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.


3. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga - loyihani amalga oshirish uchun bearaz yordam mablalarini olish va ularga хizmat koʻrsatishga doir barcha tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga - yuqorida koʻrsatilgan bearaz yordam hisob-kitobi yuzasidan хizmat koʻrsatish yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi koʻrsatib oʻtilgan bearaz yordamga hisob-kitob хizmati koʻrsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan vositachilik haqi toʻlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga koʻp martalik kirish vizalari konsullik yiimlari va boshqa yiimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga davlat bojlari undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek yashash joyida vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ushbu loyiha boʻyicha JICE tomonidan tayyorlangan videoroliklar va audio materiallar televideniye va radioda belgilangan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

ta’lim toʻrisidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinishiga va JICA loyihasi doirasida Yaponiyada oʻqigan oʻzbekistonlik mutaхassislarning ishga joylashishiga koʻmaklashsin;

ularning mehnat faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev