Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.02.2000 y. 33-son "Yaponiyada Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining ta’lim olishini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.02.2000 y.

N 33


YaPONIYaDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAKILLARINING TA’LIM OLIShINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Yaponiyada Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining ta’lim olishini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumatining 127 mln. Yaponiya iyenasi miqdoridagi bearaz yordamidan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yaponiya Hukumatining har yili 20 nafar Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini Yaponiya universitetlarida Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JISA) koʻmagida ta’lim olishini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov Almashuv notasi tarzidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish uchun bearaz yordam mablalarini olish va ularga хizmat koʻrsatish, shu jumladan tanlov oʻtkazish va stipendiatlarni Yaponiyaga joʻnatish uchun barcha tartibotlarni rasmiylashtirish yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi Almashuv notalarida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga kelish-ketish vizalarini rasmiylashtirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan yaponiyalik mutaхassislarni yashash joyida vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazishni va vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni davlat bojlari undirmasdan amalga oshirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov