Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2013 y. "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.12.2013 y.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY

XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRUVI HAMDA

BELGILANGAN XIZMAT MUDDATLARINI OʻTAB

BOʻLGAN HARBIY XIZMATChILARNI QUROLLI

KUChLAR REZERVIGA BOʻShATISh TOʻRISIDA



“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:


1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2014 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.

Muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.


2. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar 2014 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy хavfsizlik kengashining Kotibi V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov