Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.10.2002 y. 358-son "Ijro ishini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.10.2002 y.

N 358


IJRO IShINI RIVOJLANTIRISh

JAMARMASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda ijro ishini yanada takomillashtirish va sud ijrochilari faoliyati samaradorligani oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining Ijro ishini rivojlantirish jamarmasi tashkil etilsin.


2. Belgilansinki:

Jamarmaning daromadlari ijro hujjatlari boʻyicha majburiy tartibda davlat daromadiga undirilgan summadan 30 foiz ajratmalar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;

Jamarmaning mablalaridan Departamentning hududiy boʻlimlari va sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlinmalari binolarini qurish, ta’mirlashda va ularning moddiy-teхnik ta’minotini mustahkamlashda, shuningdek sud ijrochilari faoliyati samaradorligini oshirishda foydalaniladi.

Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishi uchun shaхsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori zimmasiga yuklanadi.


3. Ijro ishini rivojlantirish toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Hudoybergenov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2002 y. 20-son