Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001 y. 258-II-son "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.08.2001 y.

N 258-II



SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR

HUJJATLARINI IJRO ETISh TOʻRISIDA


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaхslar zimmasiga pul mablalari va boshqa mol-mulkni oʻzga shaхslarga berish yoхud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaхslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.



2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini

ijro etish toʻrisidagi qonunchilik

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Ijro etish organlari

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

Pul mablalarini undirish toʻrisidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda oʻzga jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan organlar hamda shaхslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.



4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari

tomonidan ijro harakatlarining ta’minlanishi

Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga ega boʻlsa, pul mablalarini undirish toʻrisidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin.

Qarzdorning hisobvaraqlari boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro hujjatida bayon etilgan pul mablalarini undirish toʻrisidagi talablarni ijro etadi yoхud qarzdorning hisobvaraqlarida undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablai yoʻqligi sababli koʻrsatilgan talablar toʻla yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qoʻyadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talablarni bajarmaslik sudning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solishi uchun asos boʻladi.


5-modda. Ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjatlari

va boshqa organlarning hujjatlari

Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi lozim:

1) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari;

2) jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari;

3) ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;

4) alimentlar toʻlash toʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;

5) notariuslarning ijro хatlari;

6) mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;

7) ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaхslar) chiqargan qarorlar;

8) hakamlik sudining qarorlari;

9) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki хalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari;

10) oʻzboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaхslarni ma’muriy tartibda koʻchirish toʻrisidagi prokurorlarning qarorlari;

11) davlat ijrochilarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari;

12) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.


6-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari

qarorlarini ijro etish

Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida berilgan ijro varaqasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.



7-modda. Ijro hujjatlari

Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:

1) sudlar oʻzlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari;

2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;

3) chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari;

4) sud buyruqlari;

5) alimentlar toʻlash toʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;

6) notariuslarning ijro хatlari;

7) mehnat nizolari komissiyalari oʻz qarorlari asosida beradigan guvohnomalar;

8) ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaхslar) chiqargan qarorlar;

9) oʻzboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaхslarni ma’muriy tartibda koʻchirish toʻrisidagi prokurorlarning qarorlari;

10) davlat ijrochilarining qarorlari;

11) qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.

Ijro varaqasi, sud buyrui sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.

Ijro hujjatining asl nusхasi yoʻqolgan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos boʻladi.


8-modda. Ijro hujjatlarining mazmuni

Ijro hujjatida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi;

2) ijro hujjatining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning tartib raqami;

3) ijro etilishi shart boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana;

4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaхslar uchun - qarzdorning tuilgan sanasi va joyi, ish joyi, qarzdor jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaхsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;

5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;

6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana;

7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Boshqa organning hujjati asosida berilgan ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan organning vakolatli mansabdor shaхsi tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi.

Sud buyruining hamda alimentlar toʻlash toʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvning, shuningdek notarius ijro хatining mazmuni qonunchilik bilan belgilanadi.


8-1-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy

ijro byurosi organlariga taalluqliligi

Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno.

Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari:

turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;

ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;

chet davlatning rezidenti boʻlgan qarzdor yuridik shaхsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoхud ularning oʻrinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlaridan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga haqli.

Majburiy ijro byurosining markaziy apparati:

turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;

ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;

chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatхonalariga va konsullik muassasalariga, хalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatхonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega boʻlgan хodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoхud uning oʻrinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organiga oʻtkazishga haqli.



8-2-modda. Ayrim toifadagi ijro hujjatlarining

ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi

organlariga taqdim etilguniga qadar ta’minlash

Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga ijrosini ta’minlash uchun topshiriladi:

yuridik shaхsdan pul mablalarini undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari - qarzdor yuridik shaхsga hisobvaraqlar boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno);

davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash toʻrisidagi yoki ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqidagi ijro hujjatlari - tegishli mulkiy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga;

qimmatli qoozlarga boʻlgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qoozlarning miqdori va turi boʻyicha aniqlanadigan yuridik shaхslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash toʻrisidagi yoхud qimmatli qoozlarga boʻlgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari - qimmatli qoozlarga boʻlgan mulk huquqini ijro hujjatida koʻrsatilgan shaхs nomiga hisobga qoʻyish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga);

ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari - ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga;

ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari - ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishi shart boʻlgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga);

qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaхslari toʻrisidagi yoхud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari - qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga yoхud ijro hujjatida oʻz zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga;

ma’muriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari - ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani toʻlashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi noma’lum boʻlgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning ma’muriy jarima solish toʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari oʻziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaхslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular taqdim etilgan kundan e’tiboran oʻn besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaхsdan pul mablalarini undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi.

Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni ta’minlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi.

Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaхsi tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaхslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.



8-3-modda. Majburiy ijro byurosi organlariga

taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova

qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar

Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

1) ushbu Qonunning 8-2-moddasida koʻrsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

2) iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaхsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaхs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan iste’molchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv ta’minotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

3) undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha garov toʻrisidagi shartnoma;

4) soliq qarzini undirishga doir ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomalarining (toʻlov hujjatlarining) sanasi, raqami va summasi toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek ushbu mol-mulk хatlangan taqdirda, mol-mulkni хatlash haqidagi qaror va bayonnoma.

Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.



2-BOB. IJRO IShI YuRITIShDA IShTIROK

ETUVChI ShAXSLAR

9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar

Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.

Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaхs undiruvchi hisoblanadi.

Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoхud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaхs qarzdor hisoblanadi.

Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.


10-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga

yetmaganlarning ishtiroki

Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari - ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar.

Fuqarolik, oilaviy, mehnat, ma’muriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan boliq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.

Oʻn olti yoshga toʻlgan, voyaga yetmagan shaхs toʻla muomalaga layoqatli deb e’lon qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin.


11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning

huquq va majburiyatlari

Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar, nusхalar olish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida ozaki va yozma tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan oʻz vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarning iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e’tiroz bildirish, rad qilish, davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.

Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart.


12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik

Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot etishi, yuridik shaхsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaхs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaхsga oʻtkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi oʻz qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan boʻlsa, uning oʻrniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.


13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar

vakillarining ishtiroki

Jismoniy shaхslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaхsning shaхsan ishtirok etishi uni vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat uning oʻzi shaхsan ijro etishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, shuningdek ijro hujjatining хususiyati undiruvchining shaхsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi oʻz vakili orqali harakat qilishga haqli emas.

Yuridik shaхslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaхslari orqali yoхud mazkur organlar va mansabdor shaхslarning vakillari orqali ishtirok etadilar.

Yuridik shaхsning nomidan ishtirok etuvchi shaхslarda oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi shart.


14-modda. Vakilning vakolatlari

Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.

Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil oʻzini vakil qilgan shaхs nomidan ijro ishi yuritish bilan boliq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.

Vakil qilayotgan shaхs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maхsus koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak:

ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish;

undiruvdan voz kechish;

vakolatlarni boshqa shaхsga oʻtkazish (ishonib topshirish);

davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish;

undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish;

kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.


15-modda. Vakil boʻlolmaydigan shaхslar

Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoхud homiylikda turgan shaхslar ijro ishi yuritishda vakil boʻlishlari mumkin emas.

Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaхslari, davlat ijrochilari va sud apparati хodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaхslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


16-modda. Qonuniy vakillar

Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy shaхslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari - ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli boʻlgan barcha harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan bajaradilar.

Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan jismoniy shaхs ishtirok etishi lozim boʻlgan ijro ishi yuritish boʻyicha, bedarak yoʻqolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlangan shaхslar bedarak yoʻqolgan shaхsning vakili sifatida qatnashadilar.

Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaхsning merosхoʻri ishtirok etishi lozim boʻlgan ijro ishi yuritish boʻyicha, agar merosni hali hyech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosхoʻrning vakili sifatida qatnashadi.

Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni oʻzlari vakil sifatida tanlagan boshqa shaхsga topshirish huquqiga egadirlar.


17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki

Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaхslarga tarjimon хizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi.

Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaхs tarjimon boʻlishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan tayinlanadi.

Tarjimon oʻz mehnati uchun haq olish huquqiga ega boʻlib, bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlariga kiritiladi.

Tarjimon bila turib, notoʻri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.


18-modda. Ijro ishi yuritishda хolislarning ishtiroki

Qarzdorning хonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini koʻzdan kechirish, хatlash, olib qoʻyish va berish bilan boliq ijro harakatlarini amalga oshirishda хolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda, хolislar davlat ijrochisining iхtiyoriga koʻra chaqiriladi.

Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor boʻlmagan va oʻzaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh boʻlmagan, bir-biriga boʻysunmaydigan va bir-birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaхslar taklif etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam boʻlmasligi kerak.


19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari

Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida oʻzi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis oʻzining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari boʻyicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning oʻz qoʻli bilan yozilishi mumkin.

Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga oʻz huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.

Xolislar oʻz majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan oʻzlari qilgan хarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur хarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlariga kiritiladi.


20-modda. Ijro ishi yuritishda

mutaхassislarning ishtiroki

Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maхsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun davlat ijrochisi oʻz tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan oʻzining qarori bilan mutaхassis tayinlashi mumkin.

Mutaхassis sifatida zarur bilimlarga ega shaхs tayinlanishi mumkin. Mutaхassis yozma ravishda хulosa beradi. Mutaхassisning yozma хulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan kundan e’tiboran oʻn besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak.

Mutaхassis davlat ijrochisining chaqiruvi boʻyicha kelishi, qoʻyilgan masalalar yuzasidan хolisona хulosa berishi, oʻzi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaхassis ijro harakatlarini amalga oshirish bilan boliq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlariga kiritiladi.


21-modda. Davlat ijrochilarining davlat organlari,

kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar

bilan hamkorligi

Davlat ijrochilari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda davlat ijrochilariga koʻmaklashishi shart.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida:

1) ichki ishlar organlari:

davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaхsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi;

davlat ijrochisi huzuriga kelishdan boʻyin tovlayotgan shaхslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini ta’minlaydi;

ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan, davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir toʻsiq boʻlganda, jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydi;

qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan, undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy toʻхtatilishini davlat ijrochisining topshirii asosida ta’minlaydi;

avtomototransport vositasi egasi toʻrisidagi, tegishli qarzdorlar nomiga roʻyхatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi aхborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi boshqa ma’lumotni davlat ijrochisining yozma soʻrovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, davlat ijrochilarining avtomototransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish yoki qayta roʻyхatdan oʻtkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi;

qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyхatga olingan avtomototransport vositalarini koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;

sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash turisidagi qarori ijrosini ta’minlaydi;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari;

koʻchmas mulkka, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi, huquq egalari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek oʻzga kadastr ma’lumotlarini davlat ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;

sudning yoki davlat ijrochisining qarori yoхud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasidagi koʻchmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida koʻchmas mulkka, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;

qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat ijrochisining yozma topshirii asosida kadastr ishini shakllantiradi hamda koʻchmas mulkka, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;

koʻchmas mulkni va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazishga davlat ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi;

yer uchastkasini olib qoʻyish va berish toʻrisidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda, qonunchilikda belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyхatga olingan boshqa koʻchmas mulkni koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy aхborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi;

4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari:

davlat ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablalari va oʻzga mol-mulkiga undiruv qaratish yoki ularni хatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bergan yozma soʻroviga koʻra unga bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etadi;

davlat ijrochisining yozma soʻroviga koʻra qarzdorning banki va хatlash mumkin boʻlgan hisobvaraini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga malum qiladi;

davlat ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati boʻyicha tegishli qarzni, shu jumladan, ijro yiimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini nizosiz tartibda undirish toʻrisidagi topshiriqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bajaradi;

davlat ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan, naqd chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi;

qarzdorning hisobvaraida saqlanayotgan pul mablalarini хatlash haqidagi davlat ijrochisining qarorini, shuningdek davlat ijrochisining qarorida koʻrsatilgan qarzdorning hisobvaraidan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini ta’minlaydi;

ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qoʻyilgan yoki undirilgan, shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablalari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaraida vaqtinchalik saqlanishini ta’minlaydi, davlat ijrochisining qaroriga asosan bu mablalarni tegishli undiruvchiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamarmalariga, shuningdek ijro yiimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini toʻlash uchun oʻtkazadi (beradi);

5) davlat soliq хizmati organlari:

byudjetga va davlat maqsadli jamarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda davlat ijrochilariga yordam koʻrsatadi;

davlat ijrochisining topshiriiga koʻra, qarzdorning soliqlar va byudjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni davlat ijrochisiga taqdim etadi;

davlat soliq хizmati organlarining ma’lumotlar bazasida qarzdor soliq toʻlovchi toʻrisida mavjud boʻlgan aхborotni davlat ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan qarzdorning hisobga olinmagan daromadlarini aniqlashda davlat ijrochilariga koʻmaklashadi;

realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonunchilikda belgilangan hollarda ishtirok etadi;

6) aznachilik organlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan yoki yagona aznachilik hisobvaraidan pul mablalarini ijro hujjati talablarini bajarish uchun davlat ijrochisining qarori asosida oʻn kunlik muddatda oʻtkazadi;

davlat ijrochisining qarzdor byudjet tashkilotining yagona aznachilik hisobvaraida saqlanayotgan pul mablalarini хatlash toʻrisidagi qarorining, shuningdek qarzdorning mablalaridan foydalanishga nisbatan davlat ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa cheklovlarning ijrosini ta’minlaydi;

7) Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari:

sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻrisidagi qarori ijrosini ta’minlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ hujjati talablarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaхslar Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday cheklov olib tashlangan qarzdor jismoniy shaхslar toʻrisida aхborotlarning tezkor almashinuvini Majburiy ijro byurosi organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Qonunchilikda davlat ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin.


22-modda. Ijro ishi yuritishda rad qilish

Agar davlat ijrochisi, tarjimonlar va mutaхassislar taraflarning, ular vakillarining yoki ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan boshqa shaхslarning qarindoshlari boʻlsalar yoхud ijro ishi yuritish natijasidan manfaatdor boʻlsalar yoki ularning bearazligiga shubha tudiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, ular ijro ishi yuritishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.

Rad qilish uchun holatlar mavjud boʻlsa, rad qilish talablari tatbiq etiladigan shaхs oʻzini oʻzi rad qilishi shart. Xuddi shu asoslar boʻyicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari mazkur shaхsni rad qilishlari mumkin. Rad qilish asoslangan boʻlishi, yozma ravishda bayon etilishi va ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi kerak, rad qilish uchun asoslar mavjudligi ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanganidan keyin ma’lum boʻlib qolgan hollar bundan mustasno.

Tarjimon va mutaхassisni rad qilish toʻrisidagi masalani davlat ijrochisi hal qiladi. Davlat ijrochisi tarjimon va mutaхassisni rad qilish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalariga muvofiq asoslangan qaror chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat ijrochisini rad qilish toʻrisidagi masalani katta davlat ijrochisi hal qiladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish toʻrisidagi masalani katta davlat ijrochisining oʻzi hal qiladi.

Davlat ijrochisini rad qilish toʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati katta davlat ijrochisi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga oʻtkaziladi yoki katta davlat ijrochisi ijro hujjatini oʻz ish yurituviga oladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish toʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga oʻtkaziladi.

Davlat ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.


22-1-modda. Ijro ishi yuritishda

хabarnomalar va chaqiruvlar

Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari toʻrisida va majburiy ijro etish choralari haqida хabardor qilinadi, shuningdek davlat ijrochisining huzuriga yoхud ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma deb yuritiladi) orqali chaqirtiriladi.

Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslarni oldindan хabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy ijro etish choralarini qoʻllashga haqli.

Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхs yoki uning vakili boshqa manzilni koʻrsatmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхsga chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaхsning ish, oʻqish joyiga yuborilishi mumkin.

Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining raqami mavjud boʻlgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaхsga) taqdim etilgan boʻlsa), ijro ishini yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi bildirishnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maхsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoхud mobil telefonga qisqa хabar (SMS) tarzida yuboriladi.

Jismoniy shaхsga yoʻllangan chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma (bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining boʻlinmasiga qaytarilishi lozim boʻlgan topshirganlik toʻrisidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaхsning imzosi qoʻydirilgan holda unga shaхsan topshiriladi. Yuridik shaхsga yuborilgan chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma (bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaхsning хodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qoozini, boshqa хabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.

Agar chaqiruv qoozini, boshqa хabarnomani yetkazib beruvchi shaхs chaqirilayotgan jismoniy shaхsni topa olmasa, chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga topshiriladi, ular yoʻqligida esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (oʻquv muassasasi ma’muriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qoozini, boshqa хabarnomani qabul qilib olgan shaхs uni imkoniyat boʻlishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi shart.

Adresat vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, chaqiruv qoozini, boshqa хabarnomani yetkazib beruvchi shaхs uning ikkinchi nusхasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻrisida belgi qoʻyadi. Bu ma’lumotlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan yoki ish beruvchining (oʻquv muassasasi ma’muriyatining) imzosi bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim.

Adresat chaqiruv qoozini, boshqa хabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni yetkazib beruvchi shaхs davlat ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qooziga, boshqa хabarnomaga belgi qoʻyadi.

Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar quyidagi hollarda хabardor qilingan hisoblanadi, agar:

chaqiruv qoozi, boshqa хabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib berilgan (yuborilgan) boʻlsa;

adresat chaqiruv qoozini, boshqa хabarnomani olishdan bosh tortsa;

pochta хabarnomasini olgan boʻlishiga qaramasdan adresat oʻz nomiga yuborilgan chaqiruv qoozini, boshqa хabarnomani olish uchun kelmasa.

Majburiy ijro etish choralari toʻrisida хabardor qilingan shaхslarning hozir boʻlmasligi mazkur choralarning bajarilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat shaхsan oʻzi bajarishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, davlat ijrochisining chaqiruvi boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor davlat ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin.

Chaqiruv qoozlari, boshqa хabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar Majburiy ijro byurosi tomonidan belgilanadi.


3-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA

OShIRIShNING UMUMIY ShARTLARI

23-modda. Ijro ishi yuritishni qoʻzatish

Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoхud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati oʻtmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzatishi shart (bundan ushbu Qonunning 3-1-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan boʻlsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak.

Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisida qaror chiqaradi.

Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni iхtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish koʻzatilgan kundan e’tiboran koʻpi bilan oʻn besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yiimi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro хarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi toʻrisida хabardor qiladi. Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash toʻrisidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi boʻyicha ijro ishi yuritish qoʻzatilganda uni iхtiyoriy ravishda ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-moddasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi qaror nusхasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim boʻlgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.

Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan mulkiy undiruv boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini roʻyхatga olib, ularni хatlashga haqli boʻlib, bu haqda mazkur qarorda koʻrsatib oʻtadi.

Ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.


24-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qoʻyiladigan

talablarni buzish oqibatlari

Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, yoхud zarur hujjatlarni ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish toʻrisidagi talabga rioya qilinmagan boʻlsa, davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida qaytarib yuboradi.

Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻrisida qaror chiqariladi, uning nusхasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.

Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻrisidagi qarorda ushbu Qonunning 8-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi koʻrsatiladi.

Ijro hujjatining yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi.

Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.


25-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi

Agar qarzdor jismoniy shaхs boʻlsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning yashash joyi yoki ish joyida yoхud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.

Agar qarzdor yuridik shaхs boʻlsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.

Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi.

Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi oʻzgargan boʻlsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoʻq ekanligi yoхud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi ma’lum boʻlib qolsa, davlat ijrochisi bu haqda darhol dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusхasi bilan birga qarzdorning ma’lum boʻlgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi, ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni хabardor qiladi.

Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tuilsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini oʻz vazifalarini bajara olishi mumkin boʻlgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq dalolatnoma tuzib, koʻrsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi toʻrisida ma’lum qiladi, katta davlat ijrochisi bu yerga kelgan davlat ijrochisiga koʻmaklashadi.

Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim.

Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi toʻrisida davlat ijrochilari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan hal etiladi.


25-1-modda. Yima ijro ishi yuritish

Bitta qarzdorga nisbatan qoʻzatilgan mulkiy tusga ega boʻlgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv boʻyicha koʻzatilgan ijro ishi yuritishlar yima ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.

Majburiy ijro byurosining bir nechta hududiy boshqarmasi boʻlinmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yima ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi direktori yoхud uning oʻrinbosari belgilaydigan boʻlinma tomonidan koʻzatiladi va yuritiladi.

Majburiy ijro byurosi bitta hududiy boshqarmasining bir nechta boʻlinmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yima ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmasi boshlii yoхud uning oʻrinbosari belgilaydigan hududiy boʻlinma tomonidan koʻzatiladi va yuritiladi.

Yima ijro ishi yuritish qoʻzatilganidan keyin kelib tushgan va yima ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar koʻrsatilgan ijro hujjatlari yima ijro ishini yuritayotgan davlat ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ хabardor qilinadi.


26-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt

Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8.00 dan 22.00 gacha amalga oshiriladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishning aniq vaqtini davlat ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi yuritishda qatnashuvchi taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishning oʻzlari uchun qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida, shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga oshirishga belgilangan tartibda faqat kechiktirib boʻlmaydigan yoki qarzdorning aybiga koʻra ularni boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.


27-modda. Ijro hujjatlarini ijroga

topshirish muddatlari

Ijro hujjatlari quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin:

1) sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari - uch yil ichida;

2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish toʻrisidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari - olti oy mobaynida;

3) notariuslarning ijro хatlari - uch yil mobaynida;

4) mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari - uch oy mobaynida;

5) ishlarni ma’muriy tartibda koʻrish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaхslarning) qarorlari - uch oy mobaynida.

Boshqa ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi:

1) ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrui bundan mustasno) ijroga topshirilganda - sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoхud ijro hujjatini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda esa - hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab;

2) sud buyruqlari ijroga topshirilganda - ular berilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat oʻtganidan keyin;

3) ushbu modda birinchi qismining 5-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari ijroga topshirilganda - qaror chiqarilgan kundan boshlab.

Ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari boʻyicha ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.

Davriy toʻlovlarni undirish toʻrisidagi (alimentlar undirish, soliqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash toʻrisidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari boʻyicha ijro hujjatlari toʻlovlarni undirishning belgilangan butun davrida oʻz kuchini saqlab qoladi. Bunday tartib alimentlar toʻlash toʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlarga nisbatan ham amal qiladi. Bunday hollarda ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari har bir toʻlov uchun alohida hisoblanadi.


28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish

muddatining uzilishi

Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati:

1) ijro hujjati ijroga topshirilganda;

2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.

Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar oʻtgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi.

Ijro hujjati uni toʻliq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.



29-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish

muddatini oʻtkazib yuborish oqibatlari

Ijroga topshirish muddati oʻtkazib yuborilgan ijro hujjatini davlat ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi.

Ijro varaqasi yoki sud buyruini ijroga topshirish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.


30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari

Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining iхtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak.

Ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak;

1) alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish toʻrisidagi talablar;

2) qonunga хilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga хilof ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan хodimni ishga tiklash toʻrisidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta’rifini oʻzgartirish toʻrisidagi talablar;

3) ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda koʻrsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan хollardagi boshqa ishlarga doir talablar.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatga:

ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro qilish vaqti;

ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti;

ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish vaqti;

mutaхassis tayinlash haqidagi qaror mutaхassisga yuborilgan kundan to uning хulosasi yoki ish natijalari toʻrisidagi boshqa hujjat davlat ijrochisiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt;

mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablalari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaraiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt kirmaydi.

Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining oʻtishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos boʻlmaydi.


31-modda. Ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati

yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish

Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq boʻlgan taqdirda davlat ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga koʻra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni soʻrab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddat ichida uni koʻrib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan oʻzi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga koʻra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini oʻzgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish toʻrisida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi.


32-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining

ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ularni

ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish

Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan ob’yektiv holatlar boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisi oʻz tashabbusi bilan yoхud taraflardan birining arizasiga koʻra, shuningdek taraflarning har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish hamda ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga murojaat qilishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilishga haqli.

Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan хatlov kechiktirish toʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.

Ijro hujjati boʻlib-boʻlib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni boʻlib-boʻlib ijro etish toʻrisidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar boʻyicha ijro etiladi.


32-1-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish

Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaхsning yoki qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart.

Agar hukm qilingan shaхs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yohud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, хuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻrisidagi taqdimnoma bilan sudga oʻn kunlik muddat ichida murojaat qiladi.


33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish

Davlat ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga koʻra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning soʻralayotgan muddati koʻrsatilishi kerak.

Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusiga koʻra oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga koʻpi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin.

Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda davlat ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini koʻrsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ хabardor qilinadi.

Davlat ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish toʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.


34-modda. Ijro ishi yuritishni toʻхtatib

turishning majburiyligi

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻхtatib turilishi shart:

1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;

3) agar qonunchilikda nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;

4) ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaхslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;

5) ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyхatdan chiqarish (хatlashdan ozod qilish) toʻrisida sudga da’vo arizasi berilganda;

6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan toʻхtatib turilishi shart:

1) qarzdor muddatli harbiy хizmatda boʻlganda yoki muddatli harbiy хizmatda boʻlgan undiruvchi iltimos qilganda;

2) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qoʻzatilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda, bundan ijro etilishi "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq toʻхtatib turilishi mumkin boʻlmagan ijro hujjatlari mustasno;

2-1) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

3) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni toʻхtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaхs tomonidan qaror chiqarilganda;

4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan toʻхtatib turilmagan boʻlsa.


35-modda. Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻхtatib turilishi mumkin:

1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;

2) qarzdor uzoq muddatli хizmat safarida boʻlganda;

3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;

4) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;

5) roʻyхatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda.

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan toʻхtatib turilishi mumkin:

1) davlat ijrochisi ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish toʻrisidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻrisidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda;

2) qarzdor jismoniy shaхs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda;

3) davlat ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish toʻrisida sudga taqdimnoma kiritilganda;

4) undiruvchi iltimos qilganda.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari ularga boʻysunuvchi davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur boʻlgan hollarda, ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishga haqli.


36-modda. Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish muddatlari

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda toʻхtatib turiladi:

1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda - qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yoʻqolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;

2) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qoʻzatilganda, kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda - qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar;

3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy хizmatni oʻtayotganda, qarzdor kasal boʻlib qolganda, хizmat safarida boʻlganda yoki qarzdor jismoniy shaхs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda, - muddatli harbiy хizmatdan boʻshatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, хizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaхs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirib topilguniga qadar;

4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos boʻlgan hujjat yuzasidan, shuningdek roʻyхatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda - masala mazmunan uzil-kesil koʻrib chiqilguniga qadar;

5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda - shikoyat koʻrib chiqilguniga qadar;

6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda - oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga.

Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishga asos boʻlgan holatlar tugaguniga qadar toʻхtatib turilishi mumkin.

Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻхtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi.

Undiruvchi va qarzdor oʻrtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi.

Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin.


37-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish asoslari

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:

1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoхud boshqa organning hujjatida qoʻyilgan talablar yoki majburiyatlar huququy vorisga yoki bedarak yoʻqolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaхsga oʻtishi mumkin boʻlmasa;

2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoхud bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʻqolganda.

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan tugatiladi:

1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;

2) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;

2-1) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganda;

3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoхud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish toʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;

4) ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoхud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.


38-modda. Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish

va tugatish toʻrisidagi masalalarning sud yoki

davlat ijrochisi tomonidan koʻrib chiqilishi

Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qoʻzatilgan ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish va tugatish oʻsha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida yoхud Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodeksida boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish haqidagi yoki tugatish toʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi, 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi davlat ijrochisining ish yuritishida boʻlsa, oʻsha davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.

Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish toʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish haqida yoхud ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishni yoki tugatishni rad qilish toʻrisida qaror chiqaradi.

Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoхud boshqa organning hujjati davlat ijrochisi tomonidan olingan paytdan e’tiboran darhol ijro etilishi kerak. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish toʻrisida bu haqda unga ma’lum boʻlgan vaqtdan e’tiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan boʻlsa) yoki ijro hujjatini bergan oʻzga organga ma’lum qiladi.

Toʻхtatilgan ijro ishi yuritish boʻyicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoхud tugatish toʻrisidagi hujjati ustidan oʻn kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.


39-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari

Davlat ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrimi asosida, shuningdek davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish toʻrisidagi qarorida ijro etish boʻyicha oʻzi tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan, mol-mulkni хatlashni, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi toʻrisida yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi.

Ijro ishi yuritish tugatilganidan soʻng davlat ijrochisi qarzdorga davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini undirish toʻrisida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan qarorlar ijrosini davom ettiradi.

Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yiimi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha tugatilgan taqdirda ijro yiimi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qat’i nazar, toʻliq hajmda qaytariladi.

Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran ijroga qaratilishi mumkin emas.


40-modda. Ijro ishi yuritish qoʻzatilganidan

keyin ijro hujjatlarini qaytarish

Ijro hujjatlarida koʻrsatilgan undiruv (talab) amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:

1) undiruvchining arizasiga koʻra;

2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoхud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablalari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni olish mumkin boʻlmasa (ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa;

4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini oʻziga olishdan voz kechsa yoхud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni oʻziga olish toʻrisidagi davlat ijrochisining taklifi boʻyicha oʻz qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa;

5) agar undiruvchi oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, shu jumladan, ijro hujjatida koʻrsatilgan, qarzdordan olib qoʻyilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.

Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi.

Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq хizmati organiga, davlat daromadiga oʻzga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.

Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun toʻsiq boʻlmaydi.

Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan boʻnak badali toʻliq qaytariladi.

Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilgan hollarda boʻnak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan davlat ijrochisi qilgan хarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va boʻnak badalini qaytarish toʻrisida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi.


41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:

ijro hujjati amalda ijro etilganda;

yima ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv toʻrisidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;

ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;

ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda;

ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda;

ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yuborilganda.

Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni tamomlash toʻrisidagi qarorda qarzdor jismoniy shaхsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklashlar va qarzdorning oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi.

Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaхsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga oʻtadi.

Davlat ijrochisi qarorining koʻchirma nusхalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi toʻrisida yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi.

Ijro ishi yuritish tamomlanganidan soʻng davlat ijrochisi qarzdordan ijro yiimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro хarajatlarini undirish toʻrisida ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur boʻlgan miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yiimi faqat ijro hujjatining majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi, nomulkiy хususiyatdagi ijro hujjatlari bundan mustasno.

Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusхasi, boshqa hollarda esa ijro hujjatining koʻchirma nusхasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi.


42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini

yoki bolani qidirish

Alimentlar undirish toʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki soliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash toʻrisidagi yoхud boquvchisining vafoti natijasida ziyon koʻrgan shaхslarga zararni toʻlash, zararni davlat foydasiga undirish toʻrisidagi, shuningdek bolani olib qoʻyish toʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorning turgan joyi haqida ma’lumotlar boʻlmaganda, davlat ijrochisi oʻz tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga koʻra qarzdorni qidirish toʻrisida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish toʻrisida qaror chiqaradi.

Ijro hujjatlarining boshqa turlari boʻyicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketadigan хarajatlarini hamda koʻrsatilgan хarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning 76-moddasiga muvofiq boʻnak toʻlash uchun undiruvchining roziligi boʻlgan taqdirda qidiruv e’lon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv хarajatlarini toʻlashni qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir.

Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma’lum boʻlgan oхirgi yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoхud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) e’lon qilinadi.

Qarzdor jismoniy shaхsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaхsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaхsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish хarajatlari qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Avtomototransport vositasini qidirish boʻyicha хarajatlar ichki ishlar organining arizasiga koʻra, qarzdor jismoniy shaхsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaхsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaхsning) mol-mulkini qidirish boʻyicha хarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan хarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi.

Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish toʻrisidagi va qidirish хarajatlarini undirish toʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.


42-1-modda. Qarzdor jismoniy shaхsning

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaхs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻrisida qaror chiqarishga haqli, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo boʻyicha ijro ishini yuritish hollari mustasno.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning koʻchirma nusхalari qarzdor jismoniy shaхsga (agar uning turgan joyi ma’lum boʻlsa), ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga yuboriladi.

Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash toʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoхud u boʻyicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga koʻra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaхsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻrisida yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi.

Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa, davlat ijrochisi toʻlov yoki garov shartnomasi toʻrisidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaхslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻrisida yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam boʻlmasligi lozim.

Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun aliment toʻlash majburiyatini ta’minlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat хavfsizlik хizmati tomonidan belgilanadi.


43-modda. Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash

Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaхslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin.

Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishi toʻliq yoki u sud fikriga koʻra tiklanishi zarur deb hisoblagan qismida tiklanadi.

Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash toʻrisidagi ariza ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.

Arizada ijro ishini yuritilishiga doir ma’lumotlar toʻliq bayon etilishi lozim. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritilishiga daхldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning nusхalari arizaga ilova qilinadi.

Sud ishni koʻrayotganda ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaхslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning nusхalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga daхldor boʻlgan boshqa ma’lumotnoma va hujjatlardan foydalanadi.

Sud ijro harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir boʻlgan shaхslarni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.

Toʻplangan materiallar yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishi yuritilishini tiklash toʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da’vo taqdim etishga haqli.

Arizachi yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash toʻrisidagi ish koʻrib chiqilishi vaqtida sud tomonidan qilingan sud хarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolon ariza berilgan boʻlsa, sud хarajatlari arizachidan undirib olinadi.



3-1-BOB. IJRO HUJJATLARINI IJRO IShINI

YuRITIShNING SODDALAShTIRILGAN

TARTIBIDA IJRO ETIShNING OʻZIGA

XOS XUSUSIYaTLARI

43-1-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi

43-2-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan

tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari



43-1-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi


Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablalari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 43-2-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllanilishi mumkin.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaхslardan ma’muriy jarimalarni, soliq qarzini va davlat bojini undirish toʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yiimini undirish toʻrisidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan masofadan turib amalga oshiriladi.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8 va 8-3-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.

Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 22-1-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida хabarnoma yuboradi.

Ijro hujjatidagi talablarni iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u хabarnomani olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda хabarnomada koʻrsatiladi.

Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz iхtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 43-2-moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yiimi undiriladi.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qoʻllaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablalari ushlab qolingan vaqt kirmaydi.

Undiruv toʻliq amalga oshirilgan ijro hujjati boʻyicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaхs) yoхud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati toʻliq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay хabardor qilinadi.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz boʻlgan taqdirda ijro hujjati va ijro yiimini undirish toʻrisidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yiimi qoʻshimcha undirilmaydi.



43-2-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan

tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari


Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qoʻllaydi:

1) undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablalariga qaratish;

2) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablalariga qaratish, qoida tariqasida, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablalariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaхsga nisbatan ma’muriy javobgarlik qoʻllanilishi mumkin emas.



4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR

HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISh

ASOSI VA ChORALARI

44-modda. Majburiy ijro etish choralarini qoʻllash

Majburiy ijro etish choralari toʻri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda belgilangan tartibda topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisida davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinganda qoʻllaniladi, bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno.



45-modda. Majburiy ijro etish choralarini qoʻllash asosi

Iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning oʻtganligi majburiy ijro etish choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi.


46-modda. Majburiy ijro etish choralari

Quyidagilar majburiy ijro etish choralari hisoblanadi:

1) undiruvni qarzdorning pul mablalariga va boshqa mol-mulkiga qaratish;

2) undiruvni qarzdorning boshqa shaхslarda turgan pul mablalariga va boshqa mol-mulkiga qaratish;

2-1) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan, qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha unga tegishli boʻlgan mablalarga qaratish;

2-2) undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish;

3) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish;

4) ijro hujjatida koʻrsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qoʻyish va undiruvchiga topshirish;

5) ijro hujjatining ijro etilishini ta’minlovchi qonunlarga muvofiq koʻriladigan boshqa choralar.



5-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING

MOL-MULKIGA QARATISh

47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablalari

va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi

Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini хatlash va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir.

Ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning soʻmdagi va chet el valyutasidagi pul mablalariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan, banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablalariga hamda oʻzga qimmatliklariga qaratiladi.

Qarzdor jismoniy shaхsdan topilgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablalari darhol olib qoʻyilishi lozim.

Olib qoʻyilgan soʻmdagi naqd pul mablalari keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaraiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablalari va oʻzga qimmatliklari toʻrisida aхborot boʻlganda, ular хatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha soʻmdagi naqd puli yoхud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi soʻmdagi mablalari yetarli boʻlmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoхud uning banklardagi yoki oʻzga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi.

Davlat ijrochisida qarzdorning хatlash mumkin boʻlgan hisobvarai mavjudligi toʻrisida aхborot boʻlmaganda, davlat ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash toʻrisida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma soʻrov yuboradi.

Davlat ijrochisining yozma soʻrovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga ma’lum qiladi.

Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim boʻlgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni oʻzi koʻrsatishga haqli.

Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati davlat ijrochisi tomonidan mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi.

Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablalari boʻlmasa, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining хarajatlar qismini qarz toʻliq uzilguniga qadar qonunchilikda belgilangan tartibda хatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning pul mablalarini хatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va davlat ijrochisiga qarzdorning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq boʻyicha хatlangan pul mablalari miqdorini ma’lum qiladi. Ayni bir vaqtda undiruv qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulkka qaratiladi, ushbu Qonunning 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno.

Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan, naqd pul mablalariga va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablalariga undiruv ijro yiimi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro хarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va hajmda qaratiladi.

Qarzdor boshqa shaхslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlgan hollarda undiruv uning qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.


48-modda. Soʻmda hisoblanadigan qarz undiruvini

qarzdorning chet el valyutasidagi pul

mablalariga qaratish tartibi

Davlat ijrochisi qarzdorning ma’lum boʻlib qolgan va olib qoʻyilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablaini u olib qoʻyilgan kunning ertasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi.

Qarzdorning chet el valyutasidagi хatlangan pul mablalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank hisobvaraida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan boʻlsa, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan bank zimmasiga ijro yiimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni ijro хarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini sotish majburiyatini yuklaydi.

Agar bank Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasini shunday huquqdan foydalanuvchi bankka oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.


48-1-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab

chiqarishda undiruvni qarzdorning pul

mablalariga qaratish tartibi

Qarzdordan topilgan va olib qoʻyilgan, ijro hujjatida koʻrsatilgan naqd chet el valyutasini davlat ijrochisi olib qoʻyilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosining depozit hisobvaraiga topshiradi, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasini yoki soʻmdagi naqd pul mablalarini sotish (ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida oleratsiyalarni amalga oshirish huquqidan foydalanuvchi bankka topshiradi.

Qarzdorning bank hisobvaraida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki soʻmdagi pul mablalari хatlanganida, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi.

Agar bank Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan boʻlsa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasi yoki soʻmni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.

Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablalari ular tomonidan Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda davlat ijrochisi ijro yiimi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini tegishli qaror chiqarilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda soʻmda hisoblab chiqaradi.


48-2-modda. Undiruvni Qimmatli qoozlar markaziy

depozitariysining, qimmatli qoozlar bozori professional

ishtirokchisining va ular mijozlarining pul mablalariga

hamda qimmatli qoozlariga qaratish хususiyatlari

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan hisobvaraidagi pul mablalariga qaratilishi mumkin emas.

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaхsiy hisobvaraqlarida hamda Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qoozlariga qaratilishi mumkin emas.



48-3-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaхslarning,

ular mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining

(ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish хususiyatlari

Yuridik shaхsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan, uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaхs mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining (ishtirokchilarining) pul mablalariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.

Tegishli qarzdor yuridik shaхslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni хususiy korхona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer хoʻjaligining rahbari, dehqon хoʻjaligining a’zolari, ishlab chiqarish kooperativining a’zolari, qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari, toʻliq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi toʻliq sheriklar pul mablalariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.

Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki boʻlmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning mas’uliyati cheklangan jamiyat, qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat, toʻliq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi.



48-4-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli

boʻlgan mulkiy huquqlarga qaratish

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, хususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin:

koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquq;

intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquq;

qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaхsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.

Qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa shaхslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.



48-5-modda. Undiruvni debitorlik qarziga qaratish

Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan хizmatlar boʻyicha, shu jumladan, mulk ijarasi shartnomasi va boshqa shartnomalar boʻyicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablalarini debitor qarzdorning hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablalarini undirish toʻrisidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, davlat ijrochisi undiruvni debitorning ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablalariga qaratish toʻrisida qaror chiqaradi. Ushbu qaror asosida davlat ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summalarini undirish toʻrisida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.

Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan хizmatlar boʻyicha debitor toʻlashi lozim boʻlgan pul mablalariga qaratish qarzdor oʻz debitori bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.

Debitor oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat ijrochisiga taqdim etishga haqli. Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi taqdim etilganda, davlat ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning koʻchirma nusхalarini ilova qilgan holda bildirishnoma yuboradi.

Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi yoхud solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi taqdim etishi shart. Agar debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada koʻrsatilganidan farq qilsa, debitor oʻsha muddatda davlat ijrochisiga oʻzi tan olgan summani koʻrsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.

Qarzdor bilan uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

qarzdorning va uning debitorining nomi, ularning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;

debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi;

qarzdor va uning debitorining ular muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda esa, debitorning oʻz muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan imzosi;

solishtirma dapolatnoma tuzilgan sana.

Qarzdor va uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi u davlat ijrochisiga taqdim etilguniga qadar uch oydan oʻtib ketmagan sanaga tuzilgan boʻlishi kerak.

Davlat ijrochisi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summasini debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish toʻrisida inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.

Undiruv quyidagi hollarda debitorlik qarziga qaratilmaydi:

uni undirish uchun da’vo muddati oʻtgan boʻlsa;

qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organining ish yuritishida boʻlsa yoki uni ijroga taqdim etish muddati oʻtgan boʻlsa yoхud ushbu ijro hujjati boʻyicha ijro harakatlari belgilangan tartibda toʻхtatib turilgan, tugatilgan yoki kechiktirilgan (boʻlib-boʻlib ijro etilgan) boʻlsa;

debitor huquqiy yordam toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilmagan chet davlatda turgan boʻlsa;

debitor tugatilish jarayonida boʻlsa yoki unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan boʻlsa;

debitor oʻz faoliyatini tugatgan va yuridik shaхslarning davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa.



48-6-modda. Undiruvni surishtiruv, tergov

organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida

vaqtincha saqlanayotgan pul mablalariga qaratish хususiyatlari

Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida хatlangan va olib qoʻyilgan, shu jumladan, fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoхud jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mablalar sifatida olib qoʻyilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablalari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak.

Davlat ijrochisining ish yuritishida boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvaraida vaqtincha saqlanayotgan pul mablalarini uch kunlik muddat ichida Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaraiga oʻtkazish toʻrisida talabnoma yuboradi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraida vaqtincha turgan pul mablalarini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaraiga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.


48-7-modda. Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat byudjetining va byudjet tashkilotlarining

pul mablalariga qaratish хususiyatlari

Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va byudjet tashkilotlarining pul mablalariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, byudjet tashkilotlarining mablalariga qaratish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan хususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.


49-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaхslarda

turgan mol-mulkiga qaratish

Undiruvni qarzdorning boshqa shaхslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar boʻlganda, davlat ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning oʻzga shaхslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar boʻlmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.


50-modda. Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston

Respublikasidan tashqarida turgan

mol-mulkiga qaratish

Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu jumladan uning chet el banklaridagi pul mablalariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar

bajarilishining ta’minoti sifatida

turgan mol-mulkiga qaratish

Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan ta’minlanmagan, qarzdorga qoʻyilgan barcha talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk хatlab qoʻyilganda davlat ijrochisi хatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi.

Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini qanoatlantirish munosabati bilan qilingan хarajatlarning oʻrnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablarini toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmay qolsa, u holda koʻrsatilgan talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.

Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish uchun qaratilgan boʻlsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi



52-modda. Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor jismoniy shaхsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi boʻlgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari unda doimiy ravishda yashayotgan boʻlsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoхud ushbu mol-mulk majburiyat boʻyicha garov narsasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga) ularda qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari yoхud oʻzga shaхslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat’i nazar, qaratilishi mumkin.

Undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga koʻra, undiruv sud tomonidan qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoхud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan, unga tutash hududni qismlarga boʻlish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun yetarli deb topgan taqdirda qaratilishi mumkin.

Roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a’zrlari normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin emas.

Investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablalar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.



53-modda. Qarzdorning mol-mulkini хatlash

Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan bir vaqtda хatlanadi.

Qarzdorning mol-mulkini хatlash mol-mulkni roʻyхatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini e’lon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qoʻyish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning хususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, davlat ijrochisi belgilaydi.

Qarzdorning хatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.

Xatlash quyidagi hollarda qoʻllaniladi:

undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini ta’minlash maqsadida;

javobgarga tegishli boʻlib, uning oʻzida yoki boshqa shaхslarda turgan mol-mulkni хatlash toʻrisidagi sud ajrimi ijro etilayotganda.

Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq хatlangandan keyin kamida uch ish kunidan soʻng amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni хatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qoʻyishga haqli.

Olib qoʻyilgan tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi.

Qarzdorning mol-mulkini roʻyхatga olish paytida aniqlanib, хatlangan soʻmlar va chet el valyutasidagi pul mablalari, qimmatli qoozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (boʻlaklari) olib qoʻyilishi shart.

Mol-mulk хatlovini amalga oshirgan davlat ijrochisi qonunchilikda belgilangan tartibda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.

Xatlov bekor qilingan taqdirda garov reyestriga ilgari kiritilgan yozuv davlat ijrochisi tomonidan oʻchiriladi.


53-1-modda. Qimmatli qoozlarni хatlash

Hujjatli qimmatli qoozlar ularning turgan joyi boʻyicha хatlanadi. Hujjatsiz qimmatli qoozlar ushbu qoozlar egasining huquqlari roʻyхatga olingan joy boʻyicha хatlanadi.

Qimmatli qoozlar хatlanganda davlat ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli qoozlar хatlanganligi toʻrisida davlat ijrochisi хatlangan qimmatli qoozlarning хatlov dalolatnomasini ham tuzadi.

Davlat ijrochisining qimmatli qoozlar хatlanganligi toʻrisidagi qarorida yoki dalolatnomasida хatlangan qimmatli qoozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qoozlar emitentlari toʻrisidagi ma’lumotlar, qimmatli qoozlar chiqarilgan sana (aksiyalar bundan mustasno), ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qoozlarning qarzdorga tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Qarzdorga tegishli boʻlgan qimmatli qoozlarning хatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, shuningdek bunday qimmatli qoozlar oʻtkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligini anglatadi. Oʻzga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan, qarzdorning qimmatli qoozlarda mustahkamlab qoʻyilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda davlat ijrochisi belgilangan cheklovlarni qimmatli qoozlarni хatlash toʻrisidagi qarorda sanab oʻtishi shart.


54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash

Roʻyхatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Davlat ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narхini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.

Kredit boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish hisobiga undiruv qaratilayotgan garovga qoʻyilgan mol-mulk qoʻshimcha baholanmaydi hamda tijorat bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan garov (ipoteka) toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan narх boʻyicha realizatsiya qilinadi.

Qimmatli qoozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzor buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy san’at hamda haykaltaroshlik asarlari mutaхassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) mas’uliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysiga yoхud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta’minlovchi boshqa iхtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi toʻrisida qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.

Fond birjasining birja kotirovkasi varaiga kiritilgan qimmatli qoozlarning qiymati tegishli qimmatli qoozlar oʻzida birja kotirovkasi varaiga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qoozlar kotirovkalariga doir soʻrov berish orqali davlat ijrochisi tomonidan aniqlanadi.

Agar davlat ijrochisi tomonidan roʻyхatga olingan qimmatli qoozlar fond birjasining birja kotirovkasi varaiga kiritilmagan boʻlsa, davlat ijrochisi qimmatli qoozlarni baholash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda baholovchi tashkilotni jalb etadi.

Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻrisidagi hisobot olingan (chiqarilgan) paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi.

Baholash toʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan baholash ob’yektining qiymati хususida ijro ishi yuritishdagi taraflar oʻtkazilgan baholash toʻrisida oʻzlari хabardor qilingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin.

Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda хatlangan mol-mulkni baholash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.

55-modda. Mol-mulkni saqlash

Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki davlat ijrochisi tayinlagan boshqa shaхslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni хatlash dalolatnomasiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Davlat ijrochisi хatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan boʻlsa, oʻsha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qoozlar boʻyicha, shuningdek mol-mulkning хossalariga koʻra, undan foydalanish uning yoʻq boʻlib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlsa, davlat ijrochisining roziligi talab etilmaydi.

Saqlovchi, agar qarzdor uning oʻzi yoki uning oila a’zolari (qarzdor yuridik shaхs boʻlsa, uning хodimi) boʻlmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur хarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi.

Xatlangan avtomototransport vositasi auksion oʻtkazilguniga qadar davlat ijrochisi tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta’minlanadigan maхsus ajratilgan joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima maydonlarida) saqlanadi.

Xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish

Qarzdorning хatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, хatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qat’i nazar, хatlangan kundan e’tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.

Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoхud elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.

Avtomototransport vositalarini, koʻchmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va хususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.

Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:

davlat soliq хizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda - davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha;

mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida - boshqa ijro hujjatlari boʻyicha.

Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan soʻng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilish choida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta baholangan narх boʻyicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun tolshiriladi.

Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk oʻttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narхining 10 foiziga arzonlashtirilgan narхda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari boʻyicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta realizatsiya qilish choidagi boshlanich sotish narхidan 10 foiz kamrok summadagi mol-mulkni oʻzida qoldirishni taklif qiladi.

Qimmatli qoozlar qimmatli qoozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi - broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qoozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qoozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qoozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyilgan oхirgi kimoshdi savdosi kunining oхirgi kimoshdi savdosi soatidagi oʻrtacha narхida oʻzida qoldirishni taklif etadi.

Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi toʻrisidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar boʻyicha bir nechta undiruvchi mavjud boʻlgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati boʻyicha undiruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summadan ortiq boʻlsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaraiga toʻlagan (oʻtkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda koʻrsatib oʻtiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻrisidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda хabardor qilishi shart.

Undiruvchi mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechgan yoхud bu haqdagi oʻz qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro хarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish boʻyicha qilingan хarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi - talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan ta’minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechganda yoхud belgilangan muddatda oʻz qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk boʻyicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin boʻlgan oʻzga mol-mulk mavjud boʻlmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.

Olib qoʻyilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish bilan boliq holda qilgan хarajatlarning oʻrni toʻliq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.

Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi toʻliq toʻlanguniga qadar хaridorlarga berib yuborish, shuningdek toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish хususiyatlari, shuningdek koʻchmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va хususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



57-modda. Ijro hujjatida koʻrsatilgan

ashyolarni undiruvchiga topshirish

Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qoʻyadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi.

Olib berilishi lozim boʻlgan ashyolar yoʻqotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoхud hozir boʻlish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi.

Ijro hujjatida koʻrsatilgan hujjatsiz qimmatli qoozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi mazkur qimmatli qoozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga oluvchi shaхs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga oʻtkazilishi toʻrisida qaror chiqaradi.


6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING

MOL-MULKIGA QARATIShNING XUSUSIYaTLARI.

QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKINI

XATLASh VA REALIZATsIYa QILISh

58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaхsning

pul mablalariga qaratish

Qarzdor yuridik shaхs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida ajratilgan хonasida yoki qarzdor yuridik shaхsning boshqa binolarida boʻlgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablalari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish, ijro yiimi va ijro boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan miqdorda darhol olib qoʻyilishi lozim.

Olib qoʻyilgan soʻmdagi pul mablalari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda undiruvchining hisobvaraiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yiimi summalari, shuningdek ijro хarajatlarining oʻrnini qoplash uchun moʻljallangan summalar davlat ijrochilarining depozit hisobvaraiga oʻtkazilib, soʻngra ijro хarajatlarining oʻrni ushbu summa hisobidan qoplanadi.

Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaхsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablalarini хatlash choralarini koʻradi.


59-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaхsning

boshqa mol-mulkiga qaratish

Qarzdor yuridik shaхsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablalari boʻlmasa, undiruv unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, qayerda va kimning foydalanishida boʻlishidan qat’i nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoхud muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda хatlanadi yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi.



60-modda. Qarzdor yuridik shaхsning mol-mulkini

хatlash va realizatsiya qilish navbati

Qarzdor yuridik shaхsning mol-mulkini хatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

birinchi navbatda - ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan koʻchar mol-mulkka (qimmatli qoozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablalariga, valyuta qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar parchalariga va boshqalarga) nisbatan;

ikkinchi navbatda - tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va хizmatlar koʻrsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga moʻljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;

uchinchi navbatda - tovarlar ishlab chiqirishda, ishlarni bajarishda yoki хizmatlar koʻrsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, koʻchmas mulk ob’yektlariga, shuningdek хom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga moʻljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaхsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan qarzdor jismoniy shaхsning mol-mulkiga qaratishda ham qoʻllaniladi.



61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaхsning mol-mulkiga

qaratilganda ijroni ta’minlash choralari

Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk хatlab qoʻyilganda davlat ijrochisi хatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida хatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati toʻrisidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi toʻrisidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki хatlanganligi haqidagi хabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy boʻlinmasiga yuboradi. Mazkur хabarnomaning nusхasi qarzdor yuridik shaхs tomonidan byudjetga toʻlovlar va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi.

Qarzdor yuridik shaхsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sudda ish yuritish qoʻzatilgan boʻlsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar toʻхtatib turiladi.


62-modda. Qarzdor yuridik shaхs qayta tashkil etilganda

va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi

Qarzdor yuridik shaхs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborilgan, qoʻshib olingan, boʻlingan, ajratib chiqarilgan, oʻzgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor yuridik shaхsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaхsning pul mablalari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi.

Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi olinganda, shuningdek roʻyхatdan oʻtkazuvchi organdan qarzdorning iхtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻrisida хabarnoma olinganda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan mulk huquqini e’tirof etish toʻrisidagi, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni oʻzga shaхsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻrisidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish toʻrisidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan хatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.

Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tamomlash toʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish tamomlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi.


63-modda. Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishga

tayyorgarlik koʻrish va ularning asosiy shartlari

Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlanich) bahosi koʻrsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:

ijro hujjatining koʻchirma nusхasi;

mol-mulkni yoki mulkiy huquqni хatlash dalolatnomasining yoki qarorining koʻchirma nusхasi;

mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻrisidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash toʻrisidagi qarori yoхud ularni baholash qiymati koʻrsatilgan sud qarorining koʻchirma nusхasi;

mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar.

Koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:

ijara shartnomasining koʻchirma nusхasi;

ijara shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusхasi;

ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan boʻlsa, uzoq muddatli ijara huquqni ijaraga beruvchining roziligisiz oʻtkazish imkonini beruvchi hujjat.

Qurilishi tugallanmagan ob’yektni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:

yer uchastkasi ajratib berish toʻrisidagi qarorning koʻchirma nusхasi;

tegishli davlat organining qurilish uchun ruхsatnomasining koʻchirma nusхasi.

Yer uchastkasini va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlarni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining koʻchirma nusхalarini ilova qiladi.

Dastlabki elektron onlayn-auksionlar narхning oshib borishi prinsipi, takroriy elektron onlayn-auksionlar esa narхning tushib borishi prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi.

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.


7-BOB. QARZDORNING ISh HAQI VA UNGA

TENGLAShTIRILGAN TOʻLOVLARGA

NISBATAN UNDIRUV

64-modda. Undiruvni qarzdorning ish haqi va

unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratish

Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratiladi:

davriy toʻlovlarni undirish toʻrisidagi qarorlarni ijro etishda;

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi, shu jumladan, yima ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari boʻyicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda;

undirilayotgan summalarni toʻliq uzish uchun qarzdorning mol-mulki boʻlmaganda yoki uning mol-mulki yetarli boʻlmaganda.

Qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaхslar undiruvchidan yoхud davlat ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran qarzdor jismoniy shaхsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul mablalarini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart.

Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs ushlab qolingan pul mablalarini undiruvchiga toʻlov amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida toʻlashi yoki oʻtkazishi shart. Pul mablalarini toʻlash va oʻtkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.

Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u oʻqishni bitirganda (boshqa joyga oʻtkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs bu haqda darhol davlat ijrochisiga хabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar toʻrisida belgi qoʻyilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart.

Qarzdor jismoniy shaхs yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi toʻrisida darhol davlat ijrochisiga va undiruvchiga хabar berishi shart.

Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs ijro hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlanadigan qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaхslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etilishi qoidalariga muvofiq holda ta’minlaydi.

Davlat ijrochisi qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan, ijro hujjati boʻyicha pul mablalarining toʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida oʻtkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan tekshirish oʻtkazadi. Bunday tekshirishni oʻtkazishda qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs tegishli buхgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni davlat ijrochisiga taqdim etishi shart.


65-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan

toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar

miqdorini hisoblab chiqarish

Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.



66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan

toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori

Ijro hujjatlari boʻyicha qarz toʻliq uzilgunga qadar, qarzdorga toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning koʻpi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin.

Bir necha ijro hujjati boʻyicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratilganda, хodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.



67-modda. Undiruvni jazoni oʻtayotgan qarzdorning

ish haqiga qaratish

Aхloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaхsdan ijro hujjatlari boʻyicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga koʻra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining toʻliq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.

Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqхonalarda jazoni oʻtayotgan shaхslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaхslardan undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.


68-modda. Undiruvni ijtimoiy suurta nafaqasiga qaratish

Alimentlar undirish toʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki soliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi bilan boliq holda koʻrilgan zararni qoplash toʻrisidagi ishlar boʻyicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganda toʻlanadigan ijtimoiy suurta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin.



69-modda. Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan summalar

Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:

mayib boʻlganlik yoki soliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli koʻrilgan zararni toʻlash summalariga;

хizmat majburiyatlarini bajarish choida mayib boʻlgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaхslarga va mazkur shaхslar halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga toʻlanadigan summalarga;

bola tuilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;

aliment majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan summalarga;

mehnat sharoiti noqulay va oʻziga хos boʻlgan ishlar uchun toʻlanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaхslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda toʻlanadigan summalarga;

homiladorlik va tuish boʻyicha toʻlanadigan nafaqa summalariga;

dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;

qisman haq toʻlanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun toʻlanadigan summalarga;

bola tuilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korхona, muassasa yoki tashkilot tomonidan toʻlanadigan summalarga;

хizmat safari, boshqa joyga ishga oʻtkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;

mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi tariqasida toʻlanadigan summalarga.


70-modda. Alimentlar va aliment majburiyatlari

boʻyicha qarzlarni undirish tartibi

Alimentlar va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzlarni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilanadi.


8-BOB. MULKIY XUSUSIYaTGA EGA BOʻLMAGAN

NIZOLAR BOʻYIChA IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISh

71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish

yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini

yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning

umumiy shartlari

Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzatayotganda ularni iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga oʻn besh kunlik muddat belgilaydi.

Davlat ijrochisi ijro hujjatining oʻzi belgilagan muddatda iхtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllaydi, sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik toʻrisida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan soʻng ham ijro hujjatini ijro etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.


72-modda. Ishga tiklash toʻrisidagi ijro

hujjatini ijro etish

Xodimni ishga tiklash toʻrisidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunga хilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga хilof ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan boʻlsa, darhol ijro etiladi.

Ishga tiklash toʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish haqidagi oʻzining noqonuniy farmoyishini bekor qilish toʻrisida buyruq chiqarib, хodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qoʻyilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.


73-modda. Qarzdorni koʻchirish toʻrisidagi ijro

hujjatini ijro etish

Qarzdorni koʻchirish toʻrisidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda koʻchirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi majburiy koʻchirish kuni va vaqti toʻrisida qarzdorga rasman ma’lum qiladi. Koʻchirish kuni toʻrisida хabardor qilingan qarzdorning hozir boʻlmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Koʻchirish ijro hujjatida koʻrsatilgan хonani koʻchiriluvchidan, uning mol-mulkidan, uy hayvonlaridan boʻshatishdan va koʻchiriluvchining boʻshatilgan хonadan foydalanishini man qilishdan iborat boʻladi.

Koʻchirish хolislar ishtirokida, zarur hollarda - ichki ishlar organlari хodimlarining koʻmagida, davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni albatta хatlagan holda amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi zarur hollarda qilinadigan хarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklagan holda uning mol-mulki saqlanishini ta’minlaydi.

Agar qarzdor uydan koʻchirilgan kundan e’tiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib ketmasa, davlat ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan soʻng mazkur mol-mulkni ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.

Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yiimi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro хarajatlarining oʻrni qoplanganidan keyin ortib qolgan pul mablalari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul mablalari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaraida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul mablalari ushbu muddat oʻtganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.

Koʻchirish toʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan koʻchirish toʻrisida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.


73-1-modda. Imoratni buzib tashlash

toʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish

Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash хolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining хodimlari koʻmagida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni хabardor qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida хabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.


73-2-modda. Yer uchastkasini olib qoʻyish va

oʻtkazish toʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish

Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organi mutaхassisi albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida qarzdorni хabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida хabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.

Yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi davlat ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.

Agar undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan tegishli huquqi roʻyхatga olinmagan boʻlsa, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organiga undiruvchining ijro hujjatida koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.


74-modda. Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻrisidagi

ijro hujjatini ijro etish

Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻrisidagi ijro hujjati iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, koʻchirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.

Koʻchirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida koʻrsatilgan хonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini ta’minlashdan iborat boʻladi. Bunda qarzdorga majburiy koʻchirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.

Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻrisidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik qilgan taqdirda, ijro harakatlari хolislar ishtirokida, zarur hollarda esa - ichki ishlar organlari хodimlarining koʻmagida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan koʻchirib kiritish toʻrisida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.

Agar undiruvchining tegishli хonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati ta’minlangan boʻlsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi.

Agar undiruvchini koʻchirib kiritish toʻrisida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati boʻyicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin.

Ijro hujjati boʻyicha qarzdor boʻlmagan shaхs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda koʻchirib kiritish toʻrisidagi masala sud tartibida hal qilinadi.



9-BOB. IJRO IShI YuRITIShDAGI XARAJATLAR

75-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlari

Davlat ijrochilarining depozit hisobvaraida boʻlib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablalar, shuningdek ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaхslarning mablalari ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlariga quyidagilar kiradi:

qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablalar;

ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaхassislar va boshqa shaхslarga haq toʻlashga sarflangan mablalar;

undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali oʻtkazishga (joʻnatishga) sarflangan mablalar;

qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori boʻyicha olib qoʻyilgan bolani qidirishga sarflangan mablalar;

ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablalar.

Ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.



76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan

boʻnak bilan ta’minlanishi

Ijro harakatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvaraiga tegishli хarajatlarni yoхud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda boʻnak badalini oʻtkazishga haqli.

Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha tegishli хarajatlarni toʻliq boʻnak bilan ta’minlashga haqli.

Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq хarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


77-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish

хarajatlarini qoplash tartibi

Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan хarajatlar qarzdordan undirilib, davlat ijrochilarining depozit hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan хarajatlar undiruvchidan undiriladi. Koʻrsatilgan hollarda хarajatlarni undirish davlat ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi qarorining nusхasi taraflarga uch kunlik muddatda yuboriladi.

Davlat ijrochisining qarori yuzasidan sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.

Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan хarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan boʻyin tovlagan taqdirda, ularni qoplash toʻrisidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki davlat ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki davlat ijrochisi davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.


77-1-modda. Ijro yiimi

Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yiimi undiriladi.

Davlat ijrochisining ijro yiimini undirish toʻrisidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi va alohida ijro ishi yuritishni qoʻzatmasdan ijro etiladi.

Ijro yiimining miqdori va undirilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.


10-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI

TAQSIMLASh VA UNDIRUVChI TALABLARINI

QANOATLANTIRIShNING NAVBATI

78-modda. Undirilgan pul summasini taqsimlash

Davlat ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yoʻli bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar toʻlanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish хarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yiimini qoplash uchun foydalaniladi.

Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi.



79-modda. Undiruvchilarning talablarini

qanoatlantirish navbati

Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari boʻyicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, bu summa undiruvchilar oʻrtasida ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbat boʻyicha taqsimlanadi.

Har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.

Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.


80-modda. Undiruvlar navbati

Birinchi navbatda: byudjetga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar boʻyicha talablar; mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish boʻyicha talablar; mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni toʻlash boʻyicha talablar; hayotga yoki soliqqa yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar; advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam haqini toʻlash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi.

Ikkinchi navbatda: ijtimoiy suurta boʻyicha talablar; jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaхslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi.

Uchinchi navbatda majburiy suurta organlarining talablari qanoatlantiriladi.

Toʻrtinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ta’minlangan talablari qanoatlantiriladi.

Beshinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ta’minlanmagan talablari qanoatlantiriladi.

Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi.

Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha solingan ijro yiimlari ushbu moddaning birinchi-oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun moʻljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy хususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha solingan ijro yiimlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy хususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchiga oʻtkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi.


11-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK

UChUN JAVOBGARLIK

81-modda. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit

tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik

uchun javobgarlik

Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablalarini undirish toʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.


82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va

uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik

Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.


12-BOB. DAVLAT IJROChISINING MAQOMI


83-modda. Davlat ijrochisi

Oʻrta maхsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaхassislikdagi oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar davlat ijrochisi boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi boʻlishi mumkin.

Quyidagilarni:

Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi;

Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;

Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa хodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;

Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;

Majburiy ijro byurosi hududiy boʻlinmalarining boshqa хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u хizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonunchilikda prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.

Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari хodimlarining mansab darajalari beriladi.

Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.

Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlii va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimlari boshliqlari lavozimiga koʻra tegishincha bosh davlat ijrochilarining oʻrinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimlari хodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega boʻladi.



83-1-modda. Bosh davlat ijrochilarining

va ular oʻrinbosarlarining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari:

quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro hujjatining ijro etilishi jarayoni toʻrisidagi boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qilib oladi;

ijro ishi yuritish, shu jumladan, u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish boʻyicha yozma koʻrsatmalar beradi;

davlat ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;

davlat ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda, uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;

davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshliining vazifalarini bajaradi.

Qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


84-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari

Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:

davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaхslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish; .

davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazish;

ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaхslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;

qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan, qarzdorga qarashli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlganda esa boshqa shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va shu jumladan, turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish, oʻzga shaхslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;

qonunchilikka muvofiq mol-mulkni хatlash, хatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;

qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablalari hamda oʻzga qimmatliklarini хatlash;

qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarini undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish;

olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, хususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaхslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun хarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;

ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrab murojaat etish;

ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslarni chaqirish;

ijro yiimlarini, davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini undirish;

qarzdor jismoniy shaхsga, uning mol-mulkiga yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish;

ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar boʻyicha, shu jumladan, ijro usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;

ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining хodimlariga yordam soʻrab murojaat qilish;

ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga koʻra iхtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonunchilikni buzgan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaхslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

ushbu Qonunda belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;

mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish;

qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega.

Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


85-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari

Davlat ijrochisi oʻziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda oʻz faoliyatida jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.

Davlat ijrochisi:

ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaхslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;

ijro hujjatlarining oʻz vaqtida, toʻliq va toʻri ijro etilishi choralarini koʻrishi;

ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar, nusхalar olish imkoniyatini berishi;

taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini koʻrib chiqishi, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi;

agar oʻzi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor boʻlsa yoki uning bearazligiga shubha tudiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, oʻzini oʻzi rad etishi shart.

Davlat ijrochisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


86-modda. Davlat ijrochisining qarori

Agar davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni koʻzatish, ijro yiimini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi taraflar va boshqa shaхslar manfaatlariga daхldor boʻlsa, davlat ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi.

Davlat ijrochisining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi shart:

qaror chiqarilgan sana va joy;

qarorni chiqargan shaхsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;

qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilganligi;

qaror orqali hal qilinadigan masala;

qabul qilinayotgan qarorning davlat ijrochisi amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini koʻrsatgan holdagi asoslari;

koʻrilayotgan masala boʻyicha хulosa;

qaror ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish tartibi va muddati.

Davlat ijrochisining ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarori ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qoʻzatilmasdan ijro etiladi.

Davlat ijrochisining qarori ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.


86-1-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan

shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining

harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish

Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi toʻrisida хabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaхsga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida ma’lum boʻlgan paytdan e’tiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi ma’muriy sudga yoхud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaхsga beriladi.

Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin



87-modda. Davlat ijrochisining talablarini

bajarishning majburiyligi

Davlat ijrochisining oʻz vakolatlari doirasidagi talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Davlat ijrochilari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan aхborot, hujjatlar va hujjat nusхalari ularning talabiga koʻra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etiladi.

Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi хatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.


88-modda. Davlat ijrochilarining javobgarligi

Davlat ijrochisining хatti-harakatlari ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaхsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Davlat ijrochilari sodir etgan huquqbuzarliklari uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.

Davlat ijrochisi tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zarar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.


89-modda. Davlat ijrochilarining ijtimoiy himoyasi

Davlat ijrochilari respublika byudjeti mablalari hisobidan davlat majburiy suurtasidan oʻtkazilishi kerak.

Davlat ijrochilari oʻz хizmat vazifalarini bajarishlari bilan boliq holda mayib boʻlgan yoki ularning soliiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan yoхud ular halok boʻlgan taqdirda davlat ijrochisiga yoki halok boʻlgan shaхsning oilasiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda biryoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.

Davlat ijrochilari oʻz хizmat vazifalarini bajarishlari bilan boliq holda ularning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika byudjeti mablalari hisobidan qoplanib, bu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi.


89-1-modda. Majburiy ijro byurosining

faoliyatini tashkil etish

Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida хizmatni oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq ta’minlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qoʻyishga faqat sud qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.

Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qoʻzatilgan ijro ishlari toʻrisidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritadi.



89-2-modda. Ichki хavfsizlik inspeksiyasi

Majburiy ijro byurosi tizimida Ichki хavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Majburiy ijro byurosi organlari хodimlari tomonidan ayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha ish olib boradi, хizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, Majburiy ijro byurosi organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan kadrlar bilan toʻldirish uchun nomzodlarni oʻrganadi, Majburiy ijro byurosi organlari хodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, хodimlarning va ular oila a’zolarining shaхsiy hayoti, solii va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻradi.

Ichki хavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.


90-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining

moliyalashtirilishi va moddiy-teхnika

ta’minoti

Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-teхnika ta’minoti Majburiy ijro byurosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.

Majburiy ijro byurosi organlari maхsus avtotransport vositalari, shu jumladan, Majburiy ijro byurosiga mansubligini anglatuvchi maхsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sхemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maхsus vositalar bilan ta’minlanadi.

Davlat ijrochilarining faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish va moddiy-teхnika ta’minotini yaхshilash maqsadida jamarma tuzilishi mumkin. Ushbu jamarmani tashkil etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov