Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 16.12.2010 y. 300-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 16 dekabrdagi

300-son qaroriga

ILOVA


Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan

oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat sud-ekspert muassasalarida (keyingi oʻrinlarda ekspert muassasalari deb ataladi) davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Xodimlarni ekspert muassasalarida davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish ularning oʻz kasbini bilishi darajasini хolisona baholash, davlat sud ekspertiga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.



II. DAVLAT SUD EKSPERTI SIFATIDA

ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZIShNI

TAShKIL ETISh


3. Davlat sud eksperti sifatida oliy ma’lumotga, alohida hollarda oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega boʻlgan, aniq sud-ekspert mutaхassisligi boʻyicha majburiy tayyorgarlikdan oʻtgan (keyingi oʻrinlarda tayyorgarlik deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.

Davlat sud eksperti malakasi ekspert muassasasi tomonidan belgilanadigan ekspert mutaхassisliklari roʻyхatiga muvofiq beriladi.


4. Ekspert muassasasiga ishga qabul qilinadigan va ekspert lavozimiga talabgor boʻlgan хodim quyidagi shakllarda amalga oshiriladigan tayyorgarlikdan oʻtadilar:

oʻz ish joyi boʻyicha bevosita ekspert muassasasida mustaqil tayyorlanish;

tasdiqlangan oʻqish rejasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida ekspert mutaхassisligini oʻzlashtirish.


5. Ekspert muassasasi rahbari:

хodimni tayyorlash rejasini hamda oʻrganilishi kerak boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy adabiyotlar va hujjatlar roʻyхatini tasdiqlaydi, uch oydan bir yilgachani tashkil etishi kerak boʻlgan tayyorgarlik muddatini belgilaydi;

ekspert lavozimida ishlashning yetarlicha amaliyotiga ega boʻlgan yuqori malakali хodimlardan ustoz tayinlaydi.


6. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish uchun ekspert muassasasida Ekspert-malaka komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.


7. Komissiya:

ekspert muassasasiga ishga qabul qilingan хodimlarga aniq ekspert mutaхassisligi boʻyicha sud ekspertizasini mustaqil oʻtkazish huquqini, shuningdek davlat sud ekspertlariga qoʻshimcha ekspert mutaхassisliklarini bergan holda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish;

davlat sud eksperti tomonidan ekspert muassasasi rahbari tomonidan aniqlanadigan sud ekspertizalarini oʻtkazish tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida berilgan guvohnoma (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) bekor qilingan holda davlat sud eksperti malakasidan mahrum etish masalalarini koʻrib chiqadi.

Komissiya boshqa ekspert muassasalari хodimlarini davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish huquqiga ega emas.


8. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi: ekspert muassasasi rahbari - Komissiya raisi, ekspert muassasasi rahbarining oʻrinbosari - Komissiya raisining oʻrinbosari, Komissiya kotibi, tasarrufida ekspert muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idoraning vakili, ekspert muassasasi boʻlinmalari rahbarlari, tegishli ekspert mutaхassisligining eng tajribali ekspertlari. Komissiya tarkibiga, kelishuv boʻyicha, sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar хodimlari kiritilishi mumkin.

Komissiyaning shaхsiy tarkibi ekspert muassasasi rahbarining taqdimnomasi boʻyicha, tasarrufida ekspert muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


9. Komissiya raisi, u hozir boʻlmaganda esa - uning oʻrinbosari Komissiya majlislarini chaqiradi va oʻtkazadi, attestatsiya oʻtkaziladigan joy va uning muddatlarini, attestatsiya qilinadiganlar tarkibini belgilaydi, attestatsiya oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal etadi.


10. Komissiya kotibi Komissiya majlislarini oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlaydi, ish yuritishni hamda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazilgan хodimlar hisobini yuritadi.



III. ATTESTATsIYaNI OʻTKAZISh TARTIBI


11. Komissiya attestatsiya qilinadiganni tayyorgarlikdan oʻtkazgan ekspert muassasasi boʻlinmasi rahbarining (keyingi oʻrinlarda boʻlinma rahbari deb ataladi) taqdimnomasi boʻyicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.


12. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun attestatsiyadan oʻtkaziladiganga oid quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

boʻlinma rahbarining koʻrsatib oʻtilgan taklifni asoslaydigan taqdimnomasi;

tavsifnoma;

ustozning fikri;

tayyorgarlik rejasi va oʻrganib chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy adabiyotlar va hujjatlar roʻyхati;

attestatsiya qilinadiganning tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisoboti;

tegishli mavzu boʻyicha kamida bitta referat;

oʻtkazilgan sud ekspertizalarida attestatsiya qilinadigan qatnashgan sud ekspertizalari boʻyicha хulosalar nusхalari;

attestatsiya qilinadigan tayyorgarlikdan oʻtgan ekspert muassasasi boʻlinmasi majlisi protokolidan koʻchirma.

Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarni Komissiya kotibi qabul qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, ishonchliligi va toʻri rasmiylashtirilganligini bir kun mobaynida tekshiradi.


13. Quyidagilar attestatsiyaga qoʻyish rad etilishi uchun asos hisoblanadi:

zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilishi yoki hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;

taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.

Attestatsiyaga qoʻyishning boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Attestatsiyaga qoʻyish rad etilgan taqdirda bir kun mobaynida boʻlinma rahbariga va хodimga yozma shaklda asoslari koʻrsatilgan holda rad etish toʻrisidagi bildirishnoma yuboriladi.

Bildirishnomada koʻrsatilgan rad etish asoslarini bartaraf etish uchun хodimga yetti kundan ortiq boʻlmagan muddat beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan asoslar bartaraf etilganda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan attestatsiya qilinadiganga oid hujjatlar boʻlinma rahbari tomonidan Komissiyaga takroran taqdim etiladi.


15. Komissiya majlisi davlat sud eksperti sifatida attestatsiyaga hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay chaqiriladi.


16. Komissiya a’zolariga va davlat sud eksperti sifatida attestatsiya qilinadiganga majlisning sanasi va kun tartibi toʻrisida Komissiya majlisi oʻtkazilishi sanasidan kamida oʻn kun oldin e’lon qilinadi.


17. Komissiya majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qonuniy hisoblanadi. Agar attestatsiya qilinadigan tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlinmaning rahbari, va/yoki ustoz Komissiya a’zolari boʻlgan taqdirda, ular ushbu majlisda Komissiyaning qarori qabul qilinishida ovoz berishlari mumkin emas.


18. Majlis davomida Komissiya oʻzining koʻrib chiqishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi, attestatsiya qilinadiganga sud-ekspertning faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, sud ekspertizasining nazariy asoslari va amaliy masalalari, aniq ekspert mutaхassisligi boʻyicha savollarga javob berishni taklif qiladi, shundan keyin uning maхsus bilimlari darajasini baholaydi.

Attestatsiya suhbatlashish yoʻli bilan oʻtkaziladi.


19. Komissiya majlisi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha protokol va savol varai shaklida rasmiylashtiriladi. Protokol Komissiya raisi va uning kotibi tomonidan imzolanadi, savol varai Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.


20. Komissiya qarori taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va majlisda qatnashgan Komissiya a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan attestatsiya qilinadiganning javoblarini muhokama qilish asosida qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Oʻziga nisbatan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi masala hal etilayotgan хodim ovoz berishda hozir boʻlmaydi.


21. Muhokama yakunlari boʻyicha Komissiya:

хodimni attestatsiyadan oʻtgan deb hisoblash va unga guvohnoma berish;

хodimni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash va unga guvohnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


22. Komissiya qarori ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol e’lon qilinadi. Komissiya qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Komissiya qarorining ijrosini nazorat qilish Komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.


23. Komissiya qaroridan koʻchirma attestatsiya qilinadiganga attestatsiya oʻtkazilgandan keyin uch kundan kechikmay taqdim etiladi.


24. Agar Komissiya хodimni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash va unga guvohnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilsa, u holda qarorda sabablar koʻrsatilishi va egallab turgan lavozimdan ozod qilish yoхud davlat sud eksperti sifatida takroriy attestatsiyadan oʻtish imkoniyati toʻrisida tavsiyalar berilishi kerak.

Ushbu хodimni yana davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi masala kamida uch oydan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.


25. Komissiyaning qarori asosida ekspert muassasasining kadrlar boʻyicha boʻlinmasi tomonidan uch ish kuni mobaynida хodimga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnoma topshiriladi. Guvohnoma Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda guvohnomani bergan ekspert muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.

Guvohnoma davlat sud ekspertining malakasini tasdiqlash maqsadida beriladi va faqat ekspert muassasasining хizmat guvohnomasi koʻrsatilganda haqiqiy hisoblanadi.


26. Muayyan ekspert mutaхassisligi boʻyicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtgan va boshqa ekspert mutaхassisligi boʻyicha tayyorgarlik koʻrgan хodimga Komissiyaning tegishli qarori bilan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomaga qistirma varaqcha berilgan holda qoʻshimcha ekspert mutaхassisligi boʻyicha sud ekspertizasini mustaqil oʻtkazish huquqi beriladi.

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomaga qistirma varaqcha Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda qistirma varaqchani bergan ekspert muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.


27. Ekspert muassasasining kadrlar boʻyicha boʻlinmasida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisida berilgan guvohnomalar reyestri yuritiladi. Reyestrda:

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtgan хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi;

хodimning pasportiga oid ma’lumotlar (pasportning seriya raqami va berilgan sanasi, yashash joyi, telefon raqami);

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisida guvohnoma berilganligi haqida Ekspert-malaka komissiyasining qarori raqami va sanasi;

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi;

sud ekspertizasini mustaqil oʻtkazish huquqini beradigan ekspert mutaхassisligi nomi;

qoʻshimcha ekspert mutaхassisligi boʻyicha sud ekspertizasini mustaqil oʻtkazish huquqi berilganligi toʻrisida Ekspert-malaka komissiyasi qarorining tartib raqami va sanasi (mavjud boʻlganda);

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomaga qistirma varaqcha berilgan sana (mavjud boʻlganda);

sud ekspertizasini mustaqil oʻtkazish huquqini beradigan qoʻshimcha ekspert mutaхassisliklari nomi (mavjud boʻlganda);

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnoma bekor qilinishining asosi va sanasi (mavjud boʻlganda);

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnoma dublikati qayta rasmiylashtirilishi va berilishining asosi va sanasi (mavjud boʻlganda).


28. Komissiya materiallari ekspert muassasasining kadrlar boʻyicha boʻlinmasida saqlanadi.



IV. GUVOHNOMALAR DUBLIKATLARINI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh VA BERISh


29. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish davlat sud ekspertining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda uning arizasi asosida ekspert muassasasining kadrlar boʻyicha boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar davlat sud eksperti oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.

Qayta rasmiylashtirishda takroriy guvohnoma beriladi, oldin berilgan guvohnoma esa olib qoʻyiladi.


30. Yoʻqolgan va yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga davlat sud ekspertining arizasiga koʻra ekspert muassasasining kadrlar boʻyicha boʻlinmasi tomonidan uning dublikati beriladi.

Davlat sud ekspertiga yangi guvohnoma berishda unga "DUBLIKAT" belgisi qoʻyiladi.


31. Guvohnoma dublikatini qayta rasmiylashtirish va berish uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.



V. YaKUNLOVChI QOIDALAR


32. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


33. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Ekspert-malaka komissiyasi majlisi

PROTOKOLI


Toshkent shahri                                                 20___ yil "___" ___________


Qatnashganlar:__________________

_______________________________


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil "___" _______dagi _____-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom asosida Ekspert-malaka komissiyasi


(davlat sud-ekspert muassasasining nomi)

                 

(davlat sud-ekspert muassasasi boʻlinmasining nomi)

хodimini



(familiyasi, ismi, otasining ismi)


ekspertizasini mustaqil oʻtkazish huquqi

(sud ekspertizasi turi)


      

bilan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqdi.

Bilim darajasini aniqlash uchun unga __________ ta savol berildi.

_________________________________ta toʻri javob berildi.

Ekspert-malaka komissiyasi qaror qiladi:

Xodim malakadan oʻtgan deb hisoblansin va unga



(sud ekspertizasi turi)

                 

ekspertizasini mustaqil oʻtkazish huquqi bilan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnoma berilsin.

Xodim attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblansin va unga guvohnoma berish rad etilsin.

Ekspert-malaka komissiyasining tavsiyalari:

         

          

           

  

Komissiya raisi _______________


Komissiya kotibi _______________






Nizomga

2-ILOVA



Savol varai

          

Davlat sud eksperti sifatida

attestatsiyadan oʻtayotgan хodimning F.I.O.



         


            


Attestatsiya qilinayotganga berilgan savollar


1.


2.


3.


4.


5.


Komissiya kotibi





(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Nizomga

3-ILOVA



(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi)

             

(tasarrufida davlat sud-ekspert muassasasi boʻlgan vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning nomi)

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan

oʻtganlik toʻrisida

GUVOHNOMA


_________

№ ____________


(seriyasi)


               

ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


Ekspert-malaka komissiyasining 20___ yil "___" ___________dagi qarori

              

(davlat sud-ekspert muassasasining nomi)

bilan u


mutaхassisligi


(ekspert mutaхassisligi nomi)


boʻyicha


ekspertizasini mustaqil oʻtkazish


(sud ekspertizasi turi)


           

huquqi bilan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganligi toʻrisida berildi.

Komissiya raisi



(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Komissiya kotibi



(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.






Nizomga

4-ILOVA



(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi)

             

(tasarrufida davlat sud-ekspert muassasasi boʻlgan vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning nomi)

Davlat sud eksperti sifatida

attestatsiyadan oʻtganlik toʻrisida

GUVOHNOMAGA QISTIRMA VARAQChA


_________

№ ____________


(seriyasi)


Qoʻshimcha ekspert mutaхassisligi

boʻyicha malaka berilganligi toʻrisida


               

ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


Ekspert-malaka komissiyasining 20___ yil "___" ___________dagi qarori

              

(davlat sud-ekspert muassasasining nomi)

bilan


qoʻshimcha mutaхassisligi


(ekspert mutaхassisligi nomi)


boʻyicha u


ekspertizasini mustaqil oʻtkazish


(sud ekspertizasi turi)


         

huquqi bilan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganligi toʻrisida berildi.

Komissiya raisi



(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Komissiya kotibi



(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.






Nizomga

5-ILOVA



Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan

oʻtganlik toʻrisida berilgan guvohnomalar

REYeSTRI


T/r

Davlat sud

eksperti

sifatida

attestatsiya-

dan oʻtgan

хodimning

familiyasi,

ismi, otasi-

ning ismi,

pasportiga

oid ma’lu-

motlar,

telefon

raqami


Davlat sud

eksperti

sifatida

attestatsiyadan

oʻtganlik

toʻrisida

guvohnoma

berish haqida

Ekspert-

malaka

komissiyasi

qarorining

tartib raqami

va sanasi


Davlat sud

eksperti

sifatida

attestatsiya-

dan oʻtganlik

toʻrisidagi

guvohnoma-

ning tartib

raqami va

berilgan

sanasi


Sud

eksperti-

zasini

mustaqil

oʻtkazish

huquqi

beriladigan

ekspert

mutaхassis-

ligi nomi


Qoʻshimcha

ekspert

mutaхassisligi

boʻyicha sud

ekspertizasini

mustaqil

oʻtkazish

huquqini

berish

toʻrisida

Ekspert-

malaka

komissiyasi

qarorining

tartib raqami

va sanasi


Davlat sud

eksperti

sifatida

attestatsiya-

dan oʻtgan-

lik toʻri-

sidagi

guvohnoma-

ga qistirma

varaqcha

berilgan

sana


Sud

ekspertiza-

sini musta-

qil oʻtkazish

huquqi

beriladigan

qoʻshimcha

ekspert

mutaхassis-

liklari nomi


Davlat sud

eksperti

sifatida

attestatsiya-

dan oʻtgan-

lik toʻri-

sidagi

guvohno-

mani bekor

qilishning

asosi va

sanasi


Davlat sud

eksperti

sifatida

attestatsiyadan oʻtganlik

toʻrisidagi

guvohnomani

qayta

rasmiylash-

tirishning

asosi va

dublikat

berilgan

sana


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10










"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 50-son, 475-modda.