Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirligining 2-son, Ichki ishlar vazirligining 1-son "Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 12.01.2007 y. Qarori (AV tomonidan 15.01.2007 y. 1653-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.01.2007 y.

N 1653

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGINING

12.01.2007 y.

N 2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

12.01.2007 y.

N 1

QARORI


Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda

jamoat tartibini saqlashni ta’minlash boʻyicha

yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2007 yil 25 yanvardan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 avgustdagi PQ-458-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.



Adliya vaziri                                                             F. Otaхonov



Ichki ishlar vaziri                                                   B. Matlyubov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 3-son, 29-modda.