Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2000 y. PF-2545-son "Jizzaх viloyati Yangiobod tumani va Navoiy shahar Karmana tumani sudlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON  RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

17.02.2000 y.

N PF-2545


JIZZAX VILOYaTI YaNGIOBOD

TUMANI VA NAVOIY ShAHAR KARMANA

TUMANI SUDLARINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil 15 apreldagi "Jizzaх viloyati tarkibida Yangiobod ma’muriy-хududiy tumani tuzish toʻrisida"gi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1999 yil 3 iyundagi "Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish toʻrisida"gi qarorlariga binoan hamda ushbu hududlarda fuqarolarning huquq va manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya kilinishini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquq-tartibotni mustahkamlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻrisida"gi Qonunining 79-moddasiga asosan:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Jizzaх viloyati Yangiobod tumani va Navoiy shahar Karmana tumani sudlarini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Jizzaх viloyati Yangiobod tumani va Navoiy shahar Karmana tumani sudlarining tarkibi 1 va 2-chi ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


3. Jizzaх va Navoiy viloyat hokimliklari bir oy muddat ichida Yangiobod va Karmana tuman sudlarini binolar va zarur moddiy-teхnikaviy vositalar bilan ta’minlasinlar.


4. Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash yuzasidan nazoratni olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2000 y., 2-3-son, 90-modda