Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 04.08.2014 y. 200-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 04.08.2014 y. 173-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.08.2014 y.

N 173-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

04.08.2014 y.

N 200-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2014 yil 1 avgustdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-sonli "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-sonli "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashga ruхsat berilgan nazorat-kassa mashinalari modellarini nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritish tartibi toʻrisidagi nizomni (roʻyхat raqami 173, 1995 yil 14 sentyabr) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2012 yil 28 dekabrdagi 1-6-1056/8-sonli taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan 2014 yil 2 iyuldagi 04-11860-sonli murojaati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Nazorat-kassa mashinalarini joriy qilish boʻyicha davlat idoralararo komissiyasining 1995 yil 30 avgustdagi bayoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashga ruхsat berilgan nazorat-kassa mashinalari modellarini nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritish tartibi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 173, 1995 yil 14 sentyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin hamda bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) mazkur buyruqning "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                       N. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 11 avgust, 32-son, 407-modda